Ushbu ilmiy ishda ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalovchi maqollar tahlil qilinib, ularning zamonaviy nutqda qo‘llanish chastotasi o‘rganildi. Maqollar xalq donishmandligining o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, ularning qo‘llanish tezligi jamiyatning madaniy va kommunikativ ehtiyojlarini aks ettiradi. Tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar matnlar korpusi asosida tahlil qilinib, bu tushunchalarning zamonaviy til muhitida qanday aks etayotgani aniqlangan.