11
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA O‘ZINI O‘ZI BAHOLASH
TIZIMINI NAMOYON BO‘LISHI
Z.A.Akmalova
Alfraganus universiteti psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15300312
Ma’lumki, bolada ijobiy o‘z o‘ziga baho berishni shakllatirish uchun bola doimo mehr
mavjud bo‘lgan muhitda katta bo‘lishi muhim, bunda beriladigan mehr bolaning ayni paytdagi
holati, uning yaxshi yomonligiga (bugun u idishlarni yuvib qo‘ydimi yoki piyolani sindirib
qo‘ydimi) bog‘liq bo‘lmaydi. Ota-onaning doimiy muhabbati bolaga o‘z qadr qimmatini his
qilishiga yordam beradi, ammo doimiy muhabbat ota-onaning bola xulq-atvori xatti-
xarakatlarini ob’ektiv baholashdan voz kechishni taqazo etmaydi. Tanbeh berilayotgan xatti-
harakatni bolaning shaxsiga nisbatlash noto‘g‘ri, agar bola yolg‘on gapirsa, uni shu yolg‘on
uchun jazolash mumkin, lekin uni yolg‘onchi deb atash mumkin emas. Ota-onaning o‘z
farzandi haqidagi salbiy replikalari bolalarning ongiga singib qoladi va ularning o‘z o‘ziga
baho berishini transformatsiyasiga olib keladi.
Kichik maktab yoshida bola o‘z-o‘ziga baho berishi tashqi muxitdagi odamlarning
fikrlariga asoslanadi va bola ularni tanqidsiz qabul qiladi. Bunday tashqi ta’sirning salmog‘i to
o‘smirlik davrigacha davom etadi. Ijobiy o‘z-o‘ziga baho berishga ega o‘smirlarning oilasidagi
muhit tadqiq etilganda, ularning oilalarida ota-onalar va farzand orasida doimiy yaqin
munosabatlar mavjudligi aniqlandi. Ota-onalarning farzandlarining muammosiga chuqur
qiziqish bilan qaraganlar, ularni hal qilishda ishtirok etganlar, bolalari nafaqat qiziqish, rahm
shavqat balki hurmatga sazovor ekanliklarini tan olganlar. Aytish mumkinki, ota-onalarning
bunday munosabati bolalarda o‘z o‘ziga ijobiy yondashishini shakllanishiga olib keladi [2] .
Odatda, bolalar maktabga unga nisbatan ijobiy munosabatda keladilar. Keyinchalik,
qobiliyati pastroq yoki yaxshi tayyor bo‘lmagan bolalarda past baho olish bilan bog‘liq salbiy
tajriba to‘planadi bunda motivatsiya o‘zgaradi – maktabga va ta’lim olishga munosabat salbiy
tomonga o‘zgaradi, o‘qishdagi ortib boradigan murakkablik o‘z-o‘ziga baho berish pasaytiradi.
O‘z-o‘ziga baho berishning pasayishini oldini olish uchun N.A.Menchinskaya past
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga o‘zidan kichik yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan o‘qituvchi rolini
topshirishni tavsiya etadi. Bunda o‘quvchida o‘qishda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirishga
ehtiyoj paydo bo‘la boshlaydi ,bu ishdagi muvaffaqiyat esa uning o‘z-o‘ziga baho berishini
muvozanatga kelishiga sabab bo‘ladi. Adekvat o‘z-o‘ziga baho berishning buzilishi maktabga
yaxshi tayyor o‘quvchilarda ham paydo bo‘lishi mumkin [1]. Yaxshi tayyorgarlik ularga kichik
maktab yoshida muvaffaqiyatli o‘qishga yordam beradi, ular o‘qishga deyarli kuch
sarflamaydilar. Oson keladigan omadga odat natijasida doimiy maqtovga o‘rganish paydo
bo‘ladi, o‘z-o‘ziga yuqori baho berish, ehtiyojlarning darajasi ko‘tarilishi shakllanadi. Katta
sinflarga o‘tganda o‘quv materialining murakkablashuvi natijasida bunday o‘quvchilarda
mehnat ko‘niklari yetishmasligi tufayli qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin, buning
natijasida ular boshqa sinfdoshlariga nisbatan pastroq o‘zlashtirishga erishishlari mumkin bu
esa ularning o‘z-o‘ziga baholashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar pedagog qo‘yadigan baho
yakuniy natijanigina emas balki bolaning mehnat urunishlarini inobatga olingan holda berilsa,
bu omil o‘quvchining mehnat urunishlarini zaruriy darajada ushlab turishiga, adekvat o‘z-
o‘ziga baho berishni shakllantirishiga olib keladi.
O‘qituvchining ustanovkasini bolaning o‘z-o‘ziga to‘g‘ri baho berishiga ta’siriga alohida
12
ahamiyat berish kerak. Amerikalik psixologlar Rozental va Yakobsonlar tomonidan qo‘yidagi
eksperiment qo‘llaganlar: o‘quv yilining boshida ular o‘qituvchilarni ayrim “kech gullovchi”
o‘quvchilardan muvaffaqiyatni faqat yilning so‘ngida olish mumkin ekanligiga ishontiradilar.
Aslida esa “kech gullovchi” o‘quvchilar sifatida mutlaqo tasodifiy o‘quvchilar tanlangan [3].
Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, “kech gullovchi” o‘quvchi sifatida tanlangan o‘quvchilarning
o‘zlashtirishi haqiqatdan ham boshqa o‘quvchilarga nisbatan ancha yaxshilandi. Bunday
yaxshilanish ayrim ma’noda o‘qituvchilarning kutishlariga bog‘liq, ular o‘zlari bilmagan holda
“kech gullovchi” o‘quvchilarga nisbatan muayyan ustanovkalarni amalga oshirganlar, xususan,
bu ustanovkalar muloqotda, yuz qiyofasida, gapirish tonida, jestalarida ya’ni ularning ijobiy
kutishlarini o‘quvchilarga anglatishi mumkin bo‘lgan barcha omillarda seziladi. Misol uchun,
agar o‘qituvchi o‘quvchidan yuqori intellektual salohiyat kutayotgan bo‘lsa, bu o‘quvchi javob
berish uchun doskaga chiqqanda o‘qituvchi undan javobni uzoqroq rag‘bat ma’nosidagi yuz
qiyofa bilan kutib turadi. Berilgan eksperimentlar ma’lumotlarini qayta ishlash natijasida
ma’lum bo‘ldiki, agar o‘qituvchida ta’limning past samaradorligiga nisbatan ustanovka
shakllangan bo‘lsa, u ixtiyorsiz ravishda shu ustanovkani o‘quvchi bilan muloqotda sabrsizlik,
befarq yuz qiyofasi orqali namoyon qiladi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchining o‘z-o‘ziga baho
berishini pasaytiradi va o‘zlashtirishning real pasayishiga olib keladi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra,barcha omillar tengligida past o‘z-o‘ziga baho
beruvchilarning 35% yolg‘izlikdan azoblanmaganlar, yuqori o‘z-o‘ziga baho beruvchilar
orasida bu miqdor 86 % tashkil etgan. Past o‘z-o‘ziga baho beruvchilar ish xonada
musobaqalashuvdan voz kechadilar negaki maqsad qo‘yganda unga erishni umid qilmaydilar
[2].
Yuqori o‘z-o‘ziga baho berish insonning boshqalarning ularga munosabatidan qat’iy
nazar o‘z prinsiplariga binoan faoliyat ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Agar o‘z-o‘ziga baho
berish unchalik yuqori bo‘lmasa bu holat insonning o‘z o‘zini his qilishiga ijobiy ta’sir qilishi
mumkin, chunki u tanqidga nisbatan sabrni shakllantiradi. Shuning uchun, tanqidga nisbatan
qat’iy himoya reaksiyasini hosil qilmaydi va to‘g‘ri qabul qilinadi. Agar insonning ehtiyoji
darajasi imkoniyatlari darajasidan farqli ravishda juda yuqori bo‘lsa ruhiy muvozanat
shakllanishi mumkin emas. Yuqori darajadagi o‘z-o‘ziga baho berishga ega insonlar o‘zining
imkoniyatlaridan qat’iy nazar, ishga beriladilar va muvaffaqiyatsizlik esa ularni muvozanat
buziladi va inson muvaffaqiyatsizlik uchun mas’uliyatni boshqa odamlarga yuklashga harakat
qiladilar. Ba’zan, bolalikda boshqalar tomonidan singdirilgan o‘zining ahamiyati to‘g‘risidagi
yuqori tasavvur, shu insonning baxtsiz bo‘lishiga olib keladi va hayoti davomida o‘z o‘ziga
hurmat hissining kamsitilishidan azob chekadi.
Bu uslubiyat-Amerikada ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik S.L.Rubinshteyn tomonidan
qayta ishlangan. Bolalarnng o‘z-o‘zlariga baho berishlari, o‘zlariga tanqidiy qarashlari
o‘rganiladi. Asosan shaxsiy sifatlarning qay darajada shakllanganligini ko‘rsatib beradi.
Buning uchun bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: sog‘liq, aql, baxt, go‘zallik kabi
tushunchalar taklif etiiladi. Bu tushunchalarning 9 ta darajasi yoki sifatini bolalar o‘zlariga shu
tarzda tanlashlari taklif etiladi. Bu darajalar narvon shaklida yuqoriga ko‘tarilgan sari bu
tushunchalardagi sifatlar kamayib boradi. Masalan aql tushunchasida 1 daraja eng aqlli
hisoblansa, 4 daraja esa eng aqlsiz daraja sifatida belgilangan va hokazo. Sinaluvchilarning har
bir tushuncha bo‘yicha bergan javoblari maxsus jadvalni birlashtirib, ularning nomal
tengdoshlarinikiga taqqoslansa, juda qiziqarli manzaraning guvohi bo‘lamiz. Olingan
13
ma’lumotlar asosida bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq
tarzda rejalashtirishimiz mumkin.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘zini o‘zi baholash tizimini o‘rganish maqsadida
“Zina” metodikasidan foydalanildi. Mazkur metodika yordamida kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarida o‘ziga beradigan bahosini shakllanganlik darajasini aniqlash mumkin. O‘z
navbatida metodika natijalariga ko‘ra, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘zini o‘zi
baholash xususiyatlaridan o‘ziga noadkevat juda yuqori baho berish, o‘ziga yuqori baho
berish, adekvat baholash, o‘ziga noadekvat past baho berish darajalarini namoyon bo‘lish
jihatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot metodikasi tanlab olingan sinaluvchilar guruhida
o‘tkazilib, olingan natijalar miqdor jihatdan tahlil qilindi va shunga muvofiq jadvalda aks
ettirildi.
1-jadval
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘zini o‘zi baholash ko‘rsatkichlari
Sinaluvchilar
O‘ziga noadkevat
juda yuqori baho
berish
O‘ziga
yuqori baho
berish
Adekvat
baholash
O‘ziga noadekvat
past baho berish
30 nafar
28,7%
32,6%
16,5%
22,2%
Natijalar tahlilidan shuni ko‘rish mumkinki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
o‘ziga noadkevat juda yuqori baho berish shkalasi 28,7 ko‘rsatkichini tashkil qiladi. Bu
ularning ko‘p narsani qila olishga qodirman deb o‘ylashlari bilan izohlanadi. Sinaluvchilarda
ortiqcha o‘ylanmasdan o‘zini eng yuqori zinapoyaga qo‘yadi; onasi ham uni huddi shunday
baholaydi deb hisoblaydi; o‘z tanlovini izohlashda kattalar fikriga tayanadi: “Men yaxshi
bo‘laman, juda yaxshi bolaman. Onam menga shunday deganlar”.
O‘ziga yuqori baho berish shkalasi sinaluvchilarda 32,6% ni tashkil qiladi. Inson borki u
orzu qilish, atrofdagilarga monand ravishda intilish xususiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan
olganda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda baxt bu o‘z orzu qilgan narsaga intilish hamda
uni qo‘lga kiritish bo‘lsa, qaysidir ma’noda bu o‘z oldiga katta-katta maqsadlarni qo‘yish va
unga intilishdir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bir oz ikkilanish va o‘ychanlikdan
keyin o‘zini yuqori zinapoyaga qo‘yadi; o‘zining ba’zi kamchiliklarini vaziyat taqazosi, unga
bog‘liq bo‘lmagan holat sifatida tavsiflaydi. Ba’zida kattalar uning imkoniyatlarini past
baholashini aytadi. Izohlash so‘ralganda esa: “men shubhasiz yaxshi bolaman, lekin onam
ba’zida meni betartiblikda ayblaydilar”.
Adekvat baholash shkalasi bo‘yicha natijalarga nazar tashlar ekanmiz sinaluvchilar
orasida ahamiyatli ko‘rsatkichga 16,5% ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Topshiriqni o‘ylab ko‘rib,
o‘zini ikkinchi yoki uchinchi zinapoyaga qo‘yadi; o‘z yutuq va kamchiliklarini real hayotda
sodir bo‘lgan voqealarga asosan izohlaydi; kattalarning fikrini inobatga oladi. Bu toifadagi
bolalarda o‘zini o‘zi baholash ko‘p hollarda o‘zini o‘zi imkoniyatlari darajasini anglab yetishi
hamda shaxs sifatida kamol topishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotda ishtirok etgan sinaluvchilar guruhida o‘ziga noadekvat past baho berish
22,2% ni tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida sinaluvchilarning mavjud imkoniyatlar tizimidan
to‘la-to‘kis foydalanmasliklari hamda imkoniyatlar tizimini to‘g‘ri baholay olmasliklari
natijasida kelib chiqadi. O‘zini quyi zinapoyalarga qo‘yadi va bu tanlovini kattalar so‘zi bilan
izohlaydi: “Onam yomon bolasan, sendan yaxshi bola chiqmaydi deydi”.
14
Metodika natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar
o‘zlaridagi mavjud sifatlarni o‘ta yuqori baholaydilar. Bu albatta ularga ijtimoiy muhit,
insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’sir natijasida ro‘y beradi. Shuningdek, bunday tartibda
baholash noadekvat tarzda ro‘y berishi tadqiqot natijalaridan aniqlangan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абрамова Г.С. Возрастная психология. Учеб. пособи для вузов М.: Академический
проект. Альма Матер, 2005. – 698с.
2.
Волков, Б.С., Волкова Возрастная психология. В 2-х частях. Ч.2: От младшего
школьного возраста до юношества: учебное пособие для студентов вузов, обучающихся
по пед. специальностям / Б.С. Волков, Н.В. Волкова, под ред. Б.С.Волкова. - М.:
Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС, 2005. - 343 с.
3.
Грейс Крайг. Психология развития / Грейс Крайг. - Серия «Мастера психологии»,
2002. - 992 с..
