O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA’MURIY SUDLARNING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda hamda qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish va takomillashtirishda sud hokimiyati alohida o‘rin tutadi. Shu sababli ham jamiyatda va davlat boshqaruvida sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
91-94
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sultonov , M. . (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA’MURIY SUDLARNING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(2), 91–94. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/68612
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda hamda qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish va takomillashtirishda sud hokimiyati alohida o‘rin tutadi. Shu sababli ham jamiyatda va davlat boshqaruvida sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.


background image

91

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA’MURIY SUDLARNING SHAKLLANISH VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Sultonov Mahmudbek Xikmat o‘g‘li

Tashkent International University

“Huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

mahmudsultonov9999@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14880739

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va

erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda
hamda qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish va takomillashtirishda
sud hokimiyati alohida o‘rin tutadi. Shu sababli ham jamiyatda va davlat boshqaruvida sud
organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga
asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021-yillarda Harakatlar strategiyasida ham ma’muriy sudlarni
tashkil etishning nazarda tutilishi ham aynan inson huquqlarini himoya qiluvchi sudlarning
chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudda ishlarni ko‘rib chiqish va hal etishning sifatini
oshirish, shuning asnosida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlarning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 110-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud
hokimiyatining oliy organi hisoblanishi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy normaning amalga
oshirilishini ta’minlaydi.

Ma’lumki, ixtisoslashgan sudlar sudga taalluqli ishlarni o‘z vaqtida, sifatli ko‘rish va hal

etish, odil sudlovning samaradorligini oshirishdagi muhim omillardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlarning tashkil etilishi quyidagi omillar bilan

ham belgilanadi:

-sudlarda ko‘rib chiqilayotgan fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlariga qaraganda

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning ko‘pchilikni tashkil etishi;

-fuqarolarning davlat boshqaruviga oid huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tartibida

himoya qilishning samarali tizimini yaratish zarurati;

-davlat boshqaruv organlari, ular mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni

mustahkamlash, bu borada sud nazoratini ta’minlash talab qilinayotgani.

Shu bilan birga, Konstitutsiyamizning 44-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z huquq va

erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi
kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlarning tashkil etilishi asosiy
qonunimizda mustahkamlangan ushbu huquqlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlashga
ham xizmat qiladi.

2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida hamda O‘zbekiston

Respublikasining Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi
tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari


background image

92

to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Xususan, 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining ahamiyati katta bo‘lib, fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va
shu bilan birga, xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy
sudlarni tashkil etish nazarda tutilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 2017-yil
6-aprelda sud tizimiga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib ma’muriy sudlar tashkil etildi
[1]. “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
2017-yil 8-sentabrdagi farmonga binoan ma’muriy yustitsiya tizimini yanada
takomillashtirishga e’tibor qaratildi. Ma’muriy sudlarning tashkil etilishi 2018-yil 8-yanvarda
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni va 2018-yil 25-
yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish
to‘g‘risidagi kodeksi bilan mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov
samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2021-
yil 1-yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari
bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan
va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda
Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini
tashkil etilib, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini
ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazildi.

Xorijiy davlatlar tajribasiga ko‘ra Germaniya, AQSH, Rossiyada ma’muriy yustitsiya uch xil

modelda tashkil etilganligini ko‘rish mumkin. Ya’ni ma’muriy yustitsiyaning umumiy, kvazi,
maxsus sudlov shakllari amal qiladi.

Olimlardan A. Vlasov ixtisoslashtirilgan sudlargina ma’muriy-huquqiy munosabatlardan

kelib chiqadigan ishlarni ko’rib chiqishi mumkinligini bildiradi [7]. Uning fikrini olimlardan A.
Sapojnikov «ma’muriy sudlarni tashkil etish qonun chiqaruvchining konstitutsiyaviy burchi
bo’lib, bu konstitutsiyadagi qoidani mustahkamlagan holda Rossiyani umumevropa
standartlari darajasiga olib chiqadi»- deya qo’llab quvvatlaydi. Olimlardan A. Chirinov
sudyalarni ma’muriy ishlarga ixtisoslashtirishni taklif etib, Rossiya Federatsiyasida ma’muriy
sudlarni tashkil etishning zarurati yo’q ekanini Angliya va AQSH singari davlatlarda
ixtisoslashgan ma’muriy sudlar bo’lmasa-da, bu davlatlarda inson huquqlarining himoyasi
ixtisoslashgan ma’muriy huquq mavjud bo’lgan Germaniyadan kam darajada emasligi bilan
izohlaydi. AQSHda esa ijro xokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari
qonuniyligi ustidan nazoratni tahminlaydigan kvazi sudlar yoki tribunallar tashkil etilgan.
Kvazi turdagi sudlarga 1969 yilda tashkil etilgan Soliq ishlari bo’yicha Qo’shma Shtatlar sudi
misol bo’la oladi. 1950 yilda tashkil topgan Qurolli kuchlar ishlari bo’yicha apellyatsiyaviy sudi
birinchi instantsiya sifatida harbiy tribunallar tomonidan ko’rib chiqilgan ishlar bo’yicha qabul
qilingan qarorlar yuzasidan kelib tushadigan ishlarni ko’rib chiqadi. 1988 yilda asos solingan
Veteranlar da’vosi bo’yicha Qo’shma Shtatlar apellyatsiyaviy sudi veteranlar shikoyatini ko’rib
chiquvchi hayhatning qarorlarini ko’rib chiqish vakolatiga ega. Ijro etuvchi hokimiyat
tarmog’idagi davlat boshqaruvi organlari tarkibida tashkil etilgan tribunallarda 1300 nafardan
ortiq ma’muriy nizolar bo’yicha sudg’yalar faoliyat olib boradi [6]. Xulosa ma’muriy yustitsiya
jismoniy va yuridik shaxslarning ma’muriy organlar bilan o’zaro munosabatlarida vujudga
keladigan ommaviy-huquqiy xarakterdagi nizolarni xal etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy


background image

93

mexanizm bo’lib, milliy va xorijiy mamlakatlarlar tajribasi uni uch xil shaklda, ya’ni umumiy
sudlov shakli, kvazi sudlov shakli, maxsus sudlov shaklida tashkil etish mumkin ekanligini
ko’rsatdi. Bugungi kunda esa, ma’muriy sudlar tizimini optimallashtirish maqsadida tuman
ma’muriy sudlarini tumanlararo sudlarga aylantirildi, qonun hujjatlariga xorijiy tajribalarni
o’rganish, tahlil qilish natijasida o‘zgartirishlarning kiritilishi ma’muriy sudlarning ish hajmi
kamayishiga olib keldi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib
chiqish samaradorligi esa yanada oshirildi. Ma’muriy sudlarning respublikamizda tashkil
etilishi va sud ishlarini yuritish jarayonida sudyalarning yuridik shaxslar hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlarning huquq va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish
kabi vazifalarining belgilanishi ma’muriy sudlarning odil sudlov instituti sifatida shakllanishiga
xizmat qiladi.

References:

1.

Mirziyoyev Sh.M. “O’zbekiston Resoublikasini yanada rivojlantirish bo’yivcha Xarakatlar

strategiyasi to’g’risida”gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son farmoni. O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlar to’plami, 2017 y., (www.Lex.uz) [Mirziyoyev Sh.M. "On the Strategy of Actions
for the Further Development of the Republic of Uzbekistan". Collection of Legislation of the
Republic of Uzbekistan, 2017].
2.

Mirziyoyev Sh.M. “O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini

tasdiqlash to’grisida”gi 2017 yil 8 sentabrgi Farmoni. [Mirziyoyev Sh.M. Decree of September 8,
2017 "On approval of the Concept of administrative reform in the Republic of Uzbekistan"]
3.

Mirziyoyev Sh.M. “Sudlar faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini

oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli
farmoni. 2020 y., (www.Lex.uz) [Mirziyoyev Sh.M. Decree PF-6034 of July 24, 2020 "On
additional measures to improve the functioning of the judiciary and increase the efficiency of
justice." 2020 y].
4.

O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni. 2021 y. [Law of the Republic

of Uzbekistan "On Courts". 2021 y.]
5.

Qosimov B. Ma’muriy yustitsiya va uni tashkil etish shakllari: milliy va xorijiy tajriba//

Yuridik fanlar axborotnomasi. 2018 y. №2. -B. 20-23. [Kasimov B. Administrative justice and
forms of its organization: national and foreign experience // Bulletin of legal sciences. 2018 y.
№2. -B. 20-23.]
6.

Власов А.В. Какой будет административная юрисдикция?// Российская юстиция.-

2002.-№11.-С.17., Cапожников А.И. К вопросу о создании административной юстиции в
РФ//Адвокатская практика.-2008.-№1.-С.42- 44., [Vlasov A.V. What will be the
administrative jurisdiction? // Russian justice.- 2002.-№11.-p.17., Sapozhnikov A.I. On the
issue of creating administrative justice in the Russian Federation//Lawyer practice.-2008.-
№1.-p.42-44]
7.

Saidov A.X. Huquq metafizikasi, davlat huquqi va adabiyoti. Inson huquqlari bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi. Toshkent, 2016 y. -648-bet. [Saidov A.X. Metaphysics
of law, state law and literature. National Center for Human Rights of the Republic of Uzbekistan.
Tashkent, 2016 page 648]
8.

Shayzakov Sh. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda taraflarning huquqiy maqomi// Huquq


background image

94

va burch. 2021 y. №4.-B.47. [Shayzakov Sh. Legal status of the parties in administrative
proceedings //Law and duty. 2021 y. №4.- p.47.]
9.

Muratayev S.A., Musaev B., Artikov D. Ma’muriy huquq va protsess. Darslik. T.: Yuridik

adabiyotlar. Publish, 2022 y. -392 bet. [Muratayev S.A, Musaev B., Artikov D. Administrative law
and procedure. Textbook. T.: Legal literature. Publish, 2022 y. page-392].

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. “O’zbekiston Resoublikasini yanada rivojlantirish bo’yivcha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to’plami, 2017 y., (www.Lex.uz) [Mirziyoyev Sh.M. "On the Strategy of Actions for the Further Development of the Republic of Uzbekistan". Collection of Legislation of the Republic of Uzbekistan, 2017].

Mirziyoyev Sh.M. “O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to’grisida”gi 2017 yil 8 sentabrgi Farmoni. [Mirziyoyev Sh.M. Decree of September 8, 2017 "On approval of the Concept of administrative reform in the Republic of Uzbekistan"]

Mirziyoyev Sh.M. “Sudlar faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli farmoni. 2020 y., (www.Lex.uz) [Mirziyoyev Sh.M. Decree PF-6034 of July 24, 2020 "On additional measures to improve the functioning of the judiciary and increase the efficiency of justice." 2020 y].

O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni. 2021 y. [Law of the Republic of Uzbekistan "On Courts". 2021 y.]

Qosimov B. Ma’muriy yustitsiya va uni tashkil etish shakllari: milliy va xorijiy tajriba// Yuridik fanlar axborotnomasi. 2018 y. №2. -B. 20-23. [Kasimov B. Administrative justice and forms of its organization: national and foreign experience // Bulletin of legal sciences. 2018 y. №2. -B. 20-23.]

Власов А.В. Какой будет административная юрисдикция?// Российская юстиция.-2002.-№11.-С.17., Cапожников А.И. К вопросу о создании административной юстиции в РФ//Адвокатская практика.-2008.-№1.-С.42- 44., [Vlasov A.V. What will be the administrative jurisdiction? // Russian justice.- 2002.-№11.-p.17., Sapozhnikov A.I. On the issue of creating administrative justice in the Russian Federation//Lawyer practice.-2008.-№1.-p.42-44]

Saidov A.X. Huquq metafizikasi, davlat huquqi va adabiyoti. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi. Toshkent, 2016 y. -648-bet. [Saidov A.X. Metaphysics of law, state law and literature. National Center for Human Rights of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, 2016 page 648]

Shayzakov Sh. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda taraflarning huquqiy maqomi// Huquq va burch. 2021 y. №4.-B.47. [Shayzakov Sh. Legal status of the parties in administrative proceedings //Law and duty. 2021 y. №4.- p.47.]

Muratayev S.A., Musaev B., Artikov D. Ma’muriy huquq va protsess. Darslik. T.: Yuridik adabiyotlar. Publish, 2022 y. -392 bet. [Muratayev S.A, Musaev B., Artikov D. Administrative law and procedure. Textbook. T.: Legal literature. Publish, 2022 y. page-392].