BEDIL FALSAFASIDA BARKAMOL YOSHLAR TARBIYASI HAQIDA

Annotasiya

Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Oʻzbek  xalqining vatandosh  siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, oʻz  zamondoshlari va ilm axllari tomonidan taqdirlanib, Abulma’oni  laqabi bilan shuhrat qozongan Mirzo Abdulkodir Bedil - qiyosi yoʻq shoir,  mutafakkir  va jamiyatshunos  olim, oʻziga хos  faylasufona qarashlar sohibi boʻlgan insondir.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
13-18
19

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
SATTOROVA , S. . (2024). BEDIL FALSAFASIDA BARKAMOL YOSHLAR TARBIYASI HAQIDA. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(9), 13–18. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/45893
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Oʻzbek  xalqining vatandosh  siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, oʻz  zamondoshlari va ilm axllari tomonidan taqdirlanib, Abulma’oni  laqabi bilan shuhrat qozongan Mirzo Abdulkodir Bedil - qiyosi yoʻq shoir,  mutafakkir  va jamiyatshunos  olim, oʻziga хos  faylasufona qarashlar sohibi boʻlgan insondir.


background image

13

BEDIL FALSAFASIDA BARKAMOL YOSHLAR TARBIYASI HAQIDA

SATTOROVA SHALOLA BOBIR QIZI

(Buxoro davlat pedagogika instituti)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13382366

Annotatsiya.

Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Oʻzbek

xalqining vatandosh siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, oʻz
zamondoshlari va ilm axllari tomonidan taqdirlanib, Abulma’oni laqabi bilan shuhrat
qozongan Mirzo Abdulkodir Bedil - qiyosi yoʻq shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim,
oʻziga хos faylasufona qarashlar sohibi boʻlgan insondir.

Kalit so’zlar:

jamiyatshunos olim, dunyoqrash, tarixiy va falsafiy ildizlari, falsafiy

ta’limotlar, zamondosh.


Mirzo Abdulqodir Bedil, ijtimoiy tenglikni mehnat, ilm-fan va sanʼatga bo‘lgan hurmat

bilan ko‘rib, qalloblik, tekinxo‘rlikni tanqid qiladi. Mirzo Abdulqodir Bedilning jamiyat
haqidagi taʼlimoti adolatli hukmdor va jamiyatni to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyasiga asoslanadi.

Agar biz bugun ilmga yo‘naltirilgan, donolikka asoslangan jamiyat haqida gapiradigan

bo‘lsak, shuni bilishimiz kerakki, bundan asrlar avval ham olam uchun shunday idealni
tasvirlagan Bedil bo‘lib, urushning oldini olish uchun doimo ta’kidlaydi. urush umumbashariy
vayronagarchilik va odamlar oldida, va u har doim urushdan qochadi. “Dunyo, Bedil nuqtai
nazaridan aqlli dunyo, inson esa kosmik borliqdir”, agar biz dunyoni urush orqali vayron
qilsak, bu yer bizga qarshi ko'tarilguncha kutishimiz kerak.

Mirzo Abdulqodir Bedir fikricha, adolatli davlat sharoitidagina yuksak axloqiy

tamoyillar, inson erkinligi amalga oshishi mumkin.

“Kishi tabiatin fosh etsa idrok,
Faqat yaxshilikka etar ishtirok.
Ilmdan bebaxra qoladi taʼbi
Badfelidan kechib bo‘lolmasa pok” .
Faylasuf Bedilning qimmatli asarlarida insonlarni zo‘ravonlikdan saqlanishga

chaqiruvchi, insoniylik, qadr-qimmat, tinchlik yo‘liga chorlovchi Bedilni ko‘ramiz. Bu asarlar
zulmga xizmat qiladigan, adolatni amalga oshirmaydigan hukumat, shubhasiz, xalq tinchligi va
osoyishtaligining sharti emasligini ko‘rsatadi. Bedil ijodining qadri shundaki, inson abadiy
tinchlikka, bag‘rikenglikka, zo‘ravonlikni inkor etishga bog‘lanadi.

L.Klimovichning yozishicha, “Mirzo Abdulqodir Bedil tili va uslubining o‘ziga xos

mohiyati shundaki, u anʼanaviy ramziylikka qarshi isyonni aks ettiradi. Bu “Sabki Hindiy” –
hind uslubi nomi bilan ustuvor bo‘lgan uslub Hindistonda va boshqa joylarda yashagan
shoirlarga ko‘chib o‘tgan” .

Mirzo Abdulqodir Bedil insonparvarlikni targ‘ib etadi, insoniy fazilatlarni ulug‘laydi, shu

bilan birga yomon hislatlar va nuqsonlarni tanqid etadi. U kishilarni turli millat va din
vakillari emas, umuminsoniy insonlar, deb ulug‘laydi, shuning uchun ham ularni eng yuksak
hurmat va e’zozga loyiq ko‘radi.

Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy dunyoqarashi buyuk faylasuf, ilohiyot va tasavvuf

shayx Muxtuddinomibn Arabiy asos solgan “Vahtad-ul-vujud” falsafasiga asoslanganligi


background image

14

yuqorida aytib o‘tilgan edi . Jumladan, Mirzo Abdulqodir Bedilo Ibnal-Arabiyning mashhur
“Fususul-hikam” asari ta’sirida yozilgan “Muhiti A’zam” asarida Oliy Haqiqatni bor narsaning
manbai, deb ta’riflaydi .

Mirzo Bedil eng nozik va pokiza tuyg‘ularni, insoniyatga muhabbatni ifodalaydi. Shunday

qilib, u o'z vatanini, vatanparvarligini ulug'laydi.

“Neki go‘zallikka egadir jahon
Hindiston diyori bariga makon.
Qoracha jononlar bari marg‘ubmas
Lek Laylo vatani shaksiz Hindiston” .
Umuman olganda, Mirzo Abdulqodir Bedil jamiyat, davlat ularning mohiyatiga alohida

eʼtibor qaratar ekan ijtimoiy taraqqiyotda iqtisodiy omil ustunligini taʼkidlaydi. Dehqonning
mehnati tufayli aholining soni tez surʼatda o‘sib boradi, hunarlar, ilm – fan, savdo – sotiq,
tijorat yuzaga keladi va rivoj topadi, qo‘l xizmatini til orqali, til xizmatini qo‘l vositasida
amalga oshirib bo‘lmasligini bayon etadi. Mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy falsafiy ayniqsa
jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalari Zebuniso, Anbar Otin, Dilshod otin, Muqimiy, Furqat, Ahmad
Donish , S.Ayniy ijodi va dunyoqarashining shakllanishiga samarali taʼsir ko‘rsatgan .

Shoir Mirzo Abdulqodir Bedil o‘zining oliyjanob fikr va g‘oyalarini, oddiy insonlarga

bo‘lgan mehr-shavqatini va ayni paytda qabohatning jirkanchligini, o‘zi esa erkin orzu va
xayollar oshig‘i ekanligini “Komde va Modan” dostonida mahorat bilan tasvirlab beradi.
Asardagi raqqosa Komdening go‘zalligini va unga oshiq bo‘lib qolgan qo‘chiqchi va cholg‘uchi
yosh Modan sevgi muhabbatini butun sehru jozibasi bilan tarannum etgan. Doston haqiqiy
sevgi, inson qadri, isteʼdodning mislsiz qudrati haqidagi go‘zal asar bo‘lib, u har bir avlodni
shunday yuksak tuyg‘ular va ishqqa sadoqat va go‘zallikka tan berish sari ilhomlantirayveradi
.

Shuningdek, dostonda do‘stlik, muhabbat, vafodorlik, adolat, ilm-maʼrifat masalalari ham

aks etgan. Mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida
maʼrifatparvarlik, muruvvat va odamiylik asosiy o‘rinni egallaydi.

Shunday qilib, Mirzo Bedil ham o‘tmishning ko‘plab mutafakkirlari singari o‘z

mamlakatini ma’rifatli va adolatli hukmdor boshqarib borishini doimo orzu qilgan.

Bugungi kunda angi O’zbekistonda yangi siyosiy tafakkurni shakllantirishda

insonparvarlik mazmuniga ega bo‘lgan o‘tmish merosini o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Mirzo
Abdulqodir Bedil ijodida Hind falsafasi va fors – tojik diniy falsafiy oqimlarning insonparvarlik
anʼanalari mavjud.

Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasi insonning intilishlariga asoslanadi, u o‘z she’riyatida

insonning qadr-qimmati nafaqat uning boyligi bilan, balki bilim va malaka egallashi bilan ham
belgilanishini e’tirof etadi.

Baʼzilar kelishar deb ilmu hunar,
Baʼzilar kelishar istab simu zar.
Hayol qasri ichra havas narvonin
Qay poyasidalar, shuncha olishar .
Ustoz Ibrohim Mo‘minov taʼkidlab o‘tganlaridek, “Mirzo Abdulqodir Bedil taʼkidlashicha,

mehnat bilan band bo‘lmagan odam marvaridsiz chig‘anoqdek befoydadir ipak yoki oddiy


background image

15

matodan qilingan ust bosh kishining xulq atvori, haqiqiy qiyofasini belgilashda asosiy omil
bo‘la olmaydi, balki insonni axloqiy qiyofasi mehnatda, qilgan ishlarida bilinadi”. Yaʼni:

“Joma hoh atlas ast, hoh palos,
Shaxs botil nameshavad zi libos.
Maʼniash ravshanu taqaddusi rang,
Az siyohii xat nadorad nang” .
Bu shuni anglatadiki, odamlar hech qachon o'zlarining axloqiy xatti-harakatlarini kiyim

orqasida yashira olmaydilar.

Insonparvarlik – insonning qadri, erkinligi, baxt – saodati, teng huquqliligi, to‘g‘risida,

insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish
haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushunchadir .

Mirzo Abdulqodir Bedil uchun insonparvarlik insonni haqiqiy taraqqiyotining asosiy

mezonidir. Chunki u uchun, inson bu oy ostidagi dunyoda o‘z maqsadiga ega bo‘lgan, eng
mukammal mavjudotdir. Mirzo Abdulqodir Bedil gumanizmi o‘zining ijtimoiy ahamiyati
bo‘yicha oliy axloqiy kategoriya hisoblanadi. Mutaffakir o‘z diqqat-eʼtiborini asosan inson
shaxsiyatining axloqiy mazmuniga qaratgan, uning insonparvarlik konsyepsiyasining
markazida inson turadi.

Darhaqiqat, shuni aytish mumkinki har bir davrda yashagan faylasuflar ijodiga, o‘sha

davr ruhiyati taʼsir ko‘rsatadi. Xuddi shunday ekan, Mirzo Abdulqodir Bedilning
insonparvarlik g‘oyalariga u yashagan davr taʼsir qilgan. U podshohlar o‘rtasidagi urushlar,
ayniqsa Akbarshohning vorislari o‘rtasida bo‘lgan kelishmovchiliklar hamda ruhoniylarning
o‘z manfaatlari yo‘lida amallardan foydalanishlariga guvoh bo‘lgan.

“Ne hosil, ayo nola, bul otash nafasingdan,
Qon bo‘l, seni deb bo‘yla kabob o‘ldi, bizim dil.
Bir chashma-ku to‘foni hayol ichra bu olam,
Mirzo Abdulqodir Bedil, na iloj, emdi sarob o‘ldi, bizim dil .
(Olovli nafasingning oqibati nima, ey nola,
Qon, kabob o‘ldi sendan, yuragimiz.
Bu dunyo bahor va toshqin orzusi.
Istaksizlik, iloj yo‘q, orzu o‘ldi, yuragimiz)”.
Mirzo Abdulqodir Bedil faylasuf va ilg‘or mutafakkir bo‘lganligi uchun yuqori toifadagi

amaldorlarning boylik orttirishi, buzuqchiligi va axloqsizligi hamda oddiy dehqonlar va
hunarmandlarga nisbatan adolatsizligi va ularni xo‘rlatishlarini jim turib kuzata olmagan. U
bo‘layotgan nohaqsizliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy harakatlarning ishtirokchisi bo‘lmagan,
ammo jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni, yuqorida aytib o‘tilgan illatlarni o‘z asarlarida
tanqid qilgan. Yaʼni:

“Dunyoda odamgarchilikni bilmaydigan arbobdan madad kutib, umringni zoye

o‘tkazma” deb nasihat qiladi. O‘z faoliyatida xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni teran sezib,
adolat, osoyishtalik, yurt tinchligi bo‘lishini orzu qilgan:

“Agar qilcha nizo bo‘lsa odamda,
Yo‘qolur osoyish, tartib olamda.


background image

16

Yuz xumda tiniq sut bo‘lsa, barini –
Achitar nim tomchi sirka bir damda” .
Mirzo Abdulqodir Bedil insonni insoniylik tamoyillariga amal qilishini, shu dunyodagi

ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan haqqini himoya qilgan, shaxs erkinligi va adolatli jamiyat
tuzilmasini qo‘llab-quvvatlagan . Shuni aytib o‘tish joizki, u inson taqdirini irfon orqali
tushuntirishga o‘tgan, insonning maqsadi ilohiyni bilish va bu o‘z-o‘zini bilish orqali amalga
oshadi, deya eʼtirof etadi.

Mirzo Abdulqodir Bedil fikricha, o‘z-o‘zini bilish, ko‘p qirrali xarakterga ega, chunki unda

estetik, axloqiy va jismoniy tomonlari mavjud. Mukammalikka erishish uchun inson o‘z
tanasining mohiyatini anglashi, o‘z go‘zalligini tushunishi va unda ilohiy nurni ko‘rishi kerak .

Ustoz Z.Davronov taʼkidlab o‘tganlaridek, “Mirzo Abdulqodir Bedil o‘z davrining ilg‘or

tafakkur egasi sifatida ijtimoiy hayot masalalariga eʼtibor qaratdi. Uning asarlari va sheʼrlarida
turmush tarzining xilma-xil sohalari ochib berilgan. Maʼlum qarashlarida insonlarni
birdamlikka g‘ayrat, shijoatga chorlab:

Himmat kamarini bog‘lagan hamon,
Chumoli yengadi sheʼrni begumon .
Mirzo Abdulqodir Bedilga ko‘ra, oliy axloqiy fazilatlar, insonni erkinlikka etishishida,

olamni bilishi va o‘z-o‘zini takomillashtirishda shakllanadi. Mutafakkirning fikricha, inson
axloqiy komillikga muhabbatni izlash va unga bo‘lgan haqqini anglash orqali yetadi.

Olima O.Muhammadiyeva o‘z tadqiqotlarida eʼtirof etib o‘tganidek, “Mirzo Abdulqodir

Bedil insonning axloqiy qadriyatlarini sinchiklab o‘rganar va tahlil qilar ekan, barcha
kishilarning hulq-odobi bir darajada emasligi, yaxshi xulq bor joyda yomon, yaʼni salbiy
xislatlar ham borligiga eʼtibor beradi. Kishilar orasida sahiylar va baxillar, qaramlar va
qaramsizlar, to‘g‘rilar va to‘g‘risizlar borligini ko‘rib, insondan oliyjanob xislatlarni rivoj
toptirish yo‘llarini izlaydi” .

Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasida yana bir muhim masala muhabbatdir. Faylasuf

Bedilning fikricha, muhabbat- bu shodlik va mustaqillik bilan sog‘lom turmush tarzidir. Mirzo
Abdulqodir Bedil ham boshqa so‘fiylar singari chinakam ishqni inson qalbining ibtidoiy olam
bilan birligida ko‘radi. Biroq, bir-biriga bog'liq jamiyatlarda odamlar aql, adolat va axloq
asosida ish ko'rsalar, sevgiga erishiladi. “Mirzo Abdulqodir Bedil axloqli insonni marvarid
bilan taqqoslaydi” . Jamiyatda yaxshi odamlarni bema'ni odamlar bilan aralashtirib
yubormaslik kerak, shuning uchun axloqiy odamlarning rivojlanishi sevgining muhim
shartidir. Faylasuf Muhabbatni hashamatli saroyda ko‘rmaydi. U faqat ruhning tinchligida
mavjud .

“Yuz shukrki, turli dinu turlicha millat –
Odamlari uchraganda ko‘rsatdim hurmat.
Soya kabi har tarafga bo‘lsam-da ravon,
Yo‘l ozig‘im kishilarga bo‘ldi muhabbat”.
Mirzo Abdulqodir Bedilning ijodi adolat va bu dunyodagi muhabbatga bo‘lgan

ishonchning insonparvarlik anʼanasi hamda illatlarga va nafslarga tanqidiy yondashuvning
misoli.

Mirzo Abdulqodir Bedil adolat va adolatli jamiyatni ko‘rish orzusi bilan yashagan. Mirzo


background image

17

Abdulqodir Bedil adolat kategoriyasini kishilar ahvolining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy
va axloqiy jihatlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Adolat ijtimoiy hayotning hal qiluvchi
mezoni sifatida qaralib, undan yuz o'girganlarga nisbatan nafratni bildiradi .

“Muallim as-Soniy” – “Ikkinchi muallif” unvoniga sazovor bo‘lgan  Abu Nasr Forobiy

“Fozil odamlar shahri” asarida adolatli, fazilatli jamiyat, davlatni demokratik boshqarish
to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari surgan. Mutafakkir “adolatli ideal jamiyatida kishilarning samarali
mehnatiga, ilm sohiblariga, ularning aql zakovatiga, fazilatli axloq odobiga, hayotiy tajribasiga
yuksak baho beradi. Bu jamiyatda davlat boshliqlarini fuqarolarning o‘zlari saylaydilar. Agar
saylagan boshliqlar xalq manfaatlariga zid harakat qilsalar, ular o‘z amal mansablaridan
chetlashtiriladi. Ideal davlat arboblari o‘z faoliyatlarida adolat teng huquqlilik, fuqarolar
manfaatlarini ko‘zlab ish tutadilar” deya eʼtirof etadi.

Aynan bu fikrlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatiga ega. Prezidentimiz Shavkat

Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga o‘tayotgan
xalqimiz salohiyatini yanada baland cho‘qqilarga ko‘tarish, barcha sohalarda tub islohotlar va
ulkan yangilnishlarni amalga oshirish, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib
chiqish, yurtimizda eng ilg‘or demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etilayotganligini
guvohimiz. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
taʼkidlagandek, “Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – ijtimoiy adolat
tamoyilini taʼminlashga qaratilishi shart. Ijtimoiy adolat bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili
va diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini taʼminlashdir”.

Darhaqiqat, jahon miqyosida kechayotgan murakkab jarayonlar va yangi O‘zbekiston

taraqqiyoti natijalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, kelgusi yillar aholi farovonligini yanada
yuksaltirish, inson manfaatlari huquqlarini tamoyillar asosida ta’minlashga qaratilgan,
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqqan
yettita ustivor yo‘nalishdan: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish; adolat va qonun ustivorligi; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyillariga
asoslangan ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta Yangi O’zbekiston yoshlari dono, bilimdon, odobli, ijodiy va intellektual

salohiyatga ega yetuk va mukammal shaxs bo‘lib yetishishlari uchun, yangi bilimni, kasbni
egallash, uni har tomonlama boyitish uchun doimo izlanish va intilishda bo‘lishlari asosiy
maqsaddir.

Mirzo Abdulqodir Bedil aytganidek, ilm-hunar egallab, ongli mehnat qilmaguncha “kishi

yuziga iqbol eshigi ochilmaydi”.

“Insonning qiymati emas siymu zar,
Insonning qiymati ilm ham hunar”.
Demak, mustaqillik tufayli o‘rganish, tahlil etish ajdodlarimiz maʼnaviy merosini chuqur

o‘rganish bizning muqaddas burchimizdir. O‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham
bo‘lmaydi.

References:

1.

Mirzo Аbdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986

2.

Sattorova S. B. Unique study of the problem of justice and equality in the doctrine of


background image

18

human and society of MIRZA ABDUL QADIR BEDIL //Oriental Journal of Social Sciences. –
2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 1-10.
3.

Айни Х.С. Бедиль и его поэма «Ирфон». - Сталинабад 1956

4.

Bedil M.A. Kulliyot .- Dushanbe.-1993

5.

Нуров Н., Салимӣ Н. Поэтикаи ғазалиёти Мирзо Абдулқодири Бедил. – Nashriëti

Noshir, 2020.
6.

Мухаммадиева О. Бедил ва ахлоқий қадриятлар фалсафаси. – Yangi nashr, 2016.

7.

Sattorova S. B. LIFE AND WORK OF MIRZO BEDIL //European International Journal of

Philological Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 08. – С. 13-16.
8.

Салимов М. С., Тагоймуродов Р. Х. БЕДИЛ О НОСТАЛЬГИИ //Вестник Бохтарского

государственного университета имени Носира Хусрава. Серия гуманитарных и
экономических наук. – 2018. – №. 1-2. – С. 37-40.
9.

Sattorova S. B. SOME FACTS ABOUT THE LIFE OF MIRZO BEDIL //International

Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 112-114.

Bibliografik manbalar

Mirzo Аbdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986

Sattorova S. B. Unique study of the problem of justice and equality in the doctrine of human and society of MIRZA ABDUL QADIR BEDIL //Oriental Journal of Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 1-10.

Айни Х.С. Бедиль и его поэма «Ирфон». - Сталинабад 1956

Bedil M.A. Kulliyot .- Dushanbe.-1993

Нуров Н., Салимӣ Н. Поэтикаи ғазалиёти Мирзо Абдулқодири Бедил. – Nashriëti Noshir, 2020.

Мухаммадиева О. Бедил ва ахлоқий қадриятлар фалсафаси. – Yangi nashr, 2016.

Sattorova S. B. LIFE AND WORK OF MIRZO BEDIL //European International Journal of Philological Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 08. – С. 13-16.

Салимов М. С., Тагоймуродов Р. Х. БЕДИЛ О НОСТАЛЬГИИ //Вестник Бохтарского государственного университета имени Носира Хусрава. Серия гуманитарных и экономических наук. – 2018. – №. 1-2. – С. 37-40.

Sattorova S. B. SOME FACTS ABOUT THE LIFE OF MIRZO BEDIL //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 112-114.