BOSHLANG‘ICH TA’LIMDAGI STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR

Аннотация

1991-2020 yillarda O‘zbekiston, mamlakat ta’lim tizimini milliy g‘oya va qadriyatlar asosida qayta tashkil etishga kirishdi. Islom dini qadriyatlari va o‘zbek tiliga e’tibor qaratish, tarixiy merosni o‘rgatish, milliy ta’lim dasturlarini joriy etish boshlandi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor qaratilganligi tarihi asoslangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
127-131
16

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Isoqjanov , F. . (2025). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDAGI STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(7), 127–131. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/79525
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

1991-2020 yillarda O‘zbekiston, mamlakat ta’lim tizimini milliy g‘oya va qadriyatlar asosida qayta tashkil etishga kirishdi. Islom dini qadriyatlari va o‘zbek tiliga e’tibor qaratish, tarixiy merosni o‘rgatish, milliy ta’lim dasturlarini joriy etish boshlandi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor qaratilganligi tarihi asoslangan.


background image

127

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDAGI STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR

Isoqjanov Furqat Qodirjon o‘g‘li

Namangan Davlat Pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

Тел: +998 97 270 00 33, E.mail: furqatisoqjanov22@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15221123

Annotatsiya:

1991-2020 yillarda O‘zbekiston, mamlakat ta’lim tizimini milliy g‘oya va

qadriyatlar asosida qayta tashkil etishga kirishdi. Islom dini qadriyatlari va o‘zbek tiliga e’tibor
qaratish, tarixiy merosni o‘rgatish, milliy ta’lim dasturlarini joriy etish boshlandi. Zamonaviy
texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor
qaratilganligi tarihi asoslangan.

Kalit so‘zlar.

Strukturaviy o‘zgarishlar, ta’lim paradigmasi, interfaol metodlar, ijodiy fikrlash, xorijiy

tajribalar, o‘quv dasturlari, zamonaviy texnologiyalar, ta’lim infratuzilmasi, siyosiy kontekst.


O‘zbekiston tarixi davomida ta’lim tizimi, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim institutsional

rivojlanish jarayonida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlarga uchragan. Mustamlakachilik, sovet
modernizatsiyasi va mustaqillik davrlarining har biri boshlang‘ich ta’lim paradigmasiga o‘ziga
xos modellarni tatbiq qilgan. Ilk o‘rta asrlardan boshlab Markaziy Osiyo hududida ta’limning
asosiy manbai bo‘lib xizmat qilgan madrasalar, maktablar va mahalliy ta’lim muassasalari
mavjud edi. O‘rta asr mutafakkirlari – Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa allomalarning ilmiy
merosi ta’lim jarayonining tamal toshi bo‘lib xizmat qilgan. Lekin bu ta’lim tizimi diniy
bilimlarga urg‘u berish bilan chegaralanib, keng ommaga barobar ta’lim berish maqsadiga to‘liq
mos kelmagan.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jadidchilik harakati ta’lim tizimini modernizatsiya

qilishga bo‘lgan intilishni ifodaladi. Jadid maktablari an’anaviy ta’lim shaklini tanqid qilar ekan,
dunyoviy fanlarga asoslangan boshlang‘ich ta’lim tizimini shakllantirishga harakat qilgan.
Biroq, sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan bu harakat bostirildi va boshlang‘ich ta’lim sovet
modeliga moslashtirildi. Sovet davrida (1920–1991) ta’lim tizimi markazlashgan holda qayta
tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim majburiylashtirilib, barcha bolalar uchun bepul ta’lim tizimi
joriy etildi. Sovet modernizatsiyasining muhim tarkibiy elementi sifatida ommaviy savodxonlik
kampaniyalari olib borildi va boshlang‘ich maktablarda jismoniy va ilmiy-ta’limiy asoslar
kuchaytirildi. Shu bilan birga, sovet ideologiyasining ta’siri ostida tarix va madaniy merosga
yondashuv mafkuralashtirildi, bu esa ta’lim dasturlarining biryoqliligiga olib keldi.

1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar

yuz berdi. Boshlang‘ich ta’lim tizimi milliy g‘oyalar va qadriyatlarga asoslangan holda qayta
shakllantirildi. 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” boshlang‘ich ta’limni isloh qilishning huquqiy bazasini yaratdi. Ushbu islohotlar
natijasida o‘quv dasturlari takomillashtirilib, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani
mustahkamlashga qaratilgan fanlar kiritildi. O‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar
va innovatsion metodlar joriy etilib, boshlang‘ich maktablar material-texnik bazasi
mustahkamlandi. Shu bilan birga, 2017-yildan boshlab prezident Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan ta’lim tizimining zamonaviy talablar asosida rivojlanishiga qaratilgan
islohotlar amalga oshirildi. Xususan, boshlang‘ich ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati
yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirish maqsadida xalqaro tajribalarga asoslangan darsliklar ishlab


background image

128

chiqildi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirish
konsepsiyasida boshlang‘ich ta’limga e’tibor yanada oshirildi, xususan, maktabgacha ta’limni
rivojlantirish, boshlang‘ich sinflarda innovatsion yondashuvlarni keng joriy qilish choralari
belgilandi. O‘zbekiston tarixida boshlang‘ich ta’lim tizimi jamiyat rivojlanishining muhim
elementi sifatida shakllangan va turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga mos tarzda
yangilangan. Milliy mustaqillik davrida esa, ta’limning modernizatsiyasi va xalqaro
standartlarga moslashtirish jarayonlari kuchayib, O‘zbekistonning o‘ziga xos ta’lim modeli
shakllandi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi strukturaviy o‘zgarishlar eng avvalo o‘quv dasturlarining

modernizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida maktab
darsliklari va o‘quv materiallari sovet mafkuraviy yondashuvlaridan to‘liq xalos qilinib, milliy
o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi
o‘quv dasturlar ishlab chiqildi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan darsliklarda
o‘zbek milliy madaniyati, tarixi va an’analariga asoslangan o‘quv materiallarining keng joriy
etilishi e’tiborga molikdir.

Ta’lim tizimidagi muhim islohotlardan biri – raqamli texnologiyalarning joriy etilishi

bo‘lib, bu jarayon 2017-yildan boshlab yanada faollashdi. Elektron darsliklar, interfaol
metodlar, masofaviy ta’lim platformalari hamda gamifikatsiya elementlaridan foydalanish
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim samaradorligini
ta’minlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, pedagoglar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor
qaratildi. O‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ishlash malakasini
oshirish maqsadida ko‘plab xalqaro tajriba almashinuv dasturlari, maxsus kurslar va
seminarlar tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi strukturaviy o‘zgarishlar eng avvalo
o‘quv dasturlarining modernizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

O‘zbekistonning mustaqillik yillarida maktab darsliklari va o‘quv materiallari sovet

mafkuraviy yondashuvlaridan to‘liq xalos qilinib, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va
milliy qadriyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlar ishlab chiqildi. Ayniqsa,
boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan darsliklarda o‘zbek milliy madaniyati, tarixi va
an’analariga asoslangan o‘quv materiallarining keng joriy etilishi e’tiborga molikdir.

Ta’lim tizimidagi muhim islohotlardan biri – raqamli texnologiyalarning joriy etilishi

bo‘lib, bu jarayon 2017-yildan boshlab yanada faollashdi. Elektron darsliklar, interfaol
metodlar, masofaviy ta’lim platformalari hamda gamifikatsiya elementlaridan foydalanish
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim samaradorligini
ta’minlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, pedagoglar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor
qaratildi. O‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ishlash malakasini
oshirish maqsadida ko‘plab xalqaro tajriba almashinuv dasturlari, maxsus kurslar va
seminarlar tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida boshlang‘ich ta’limning hududiy qamrovini kengaytirish ham muhim

islohotlardan biri bo‘ldi. Uzoq hududlarda yangi maktablar qurilishi, qishloq joylarda
o‘quvchilar uchun zamonaviy o‘quv muhitini yaratish, jumladan, maktabgacha ta’lim
muassasalarining faoliyatini kengaytirish orqali ta’lim tizimining uzluksizligi ta’minlandi. Bu
esa bolalarning intellektual rivojlanishi va maktabga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat
qildi. Shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish maqsadida boshlang‘ich ta’lim
tizimida individual ta’lim yondashuvi joriy etildi. Bu esa bolalarning ijodiy qobiliyatlari,


background image

129

mustaqil fikrlashi va analitik tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirildi. Yangi ta’lim dasturlari va
metodikalarning joriy etilishi natijasida boshlang‘ich sinflardagi savodxonlik darajasi oshib,
o‘quvchilarning bilim va kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishildi.

O‘zbekiston mustaqillik yillarida boshlang‘ich ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida

zamonaviy, innovatsion va milliy qadriyatlarga asoslangan ta’lim modeli shakllantirildi. Bu
jarayon mamlakat ta’lim tizimini xalqaro andozalar darajasiga olib chiqish, millatning
intellektual salohiyatini oshirish va kelajak avlodni yuksak ma’naviy-axloqiy asoslarda
tarbiyalash kabi strategik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qildi. O‘zbekiston tarixi
kontekstida bu o‘zgarishlar ta’lim tizimining jadal rivojlanishi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning uyg‘unlashuvi va mamlakatning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi intilishlari bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, uzoq muddatli istiqbolda uning barqaror rivojlanishiga asos yaratdi.

O‘zbekistonning boshlang‘ich ta’lim tizimida kuzatilayotgan strukturaviy o‘zgarishlar

tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘zgarishlar mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy kontekstida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ta’lim
tizimida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikdan oldin, O‘zbekiston ta’lim tizimi
Sovet Ittifoqining markazlashtirilgan tizimiga asoslangan edi. Bu tizimda boshlang‘ich ta’lim
umumiy va bir xil standartlarga asoslangan bo‘lib, milliy qadriyatlar va an’analar e’tiborga
olinmagan.

Mustaqillikdan so‘ng, O‘zbekiston o‘z ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator

islohotlarni amalga oshirdi. O‘zbekistonning milliy ta’lim dasturlari ishlab chiqildi, bu esa
o‘quvchilarning o‘z milliy madaniyati va tarixini o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Ta’limda
innovatsion pedagogik metodlar va texnologiyalar joriy etila boshlandi. Bu o‘quv jarayonini
yanada samarali qilishga yordam berdi. O‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini
oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni malaka oshirish
kurslari tashkil etildi. O‘zbekiston boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimidan o‘rganib, o‘z
tizimini takomillashtirishga harakat qilmoqda.

Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, masofaviy ta’lim va onlayn

resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirdi. Ota-onalar ta’lim jarayonida faolroq ishtirok
etishi uchun turli dasturlar va loyihalar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonning boshlang‘ich ta’lim
tizimidagi strukturaviy o‘zgarishlar tarixiy jarayon sifatida davom etmoqda. Bu jarayonlar
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va zamon
talablariga javob berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar,
shuningdek, kelajak avlodni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.

Prezidentning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida boshlang‘ich

ta'limni rivojlantirish va uning sifatini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilangan. Bu
vazifalar orasida, bolalar uchun sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish, ularni tahliliy va
kreativ fikrlashga o‘rgatish, shuningdek, Milliy o‘quv dasturini joriy etish kabi yo‘nalishlar
mavjud. Ushbu yo‘nalishlar boshlang‘ich ta'limda strukturaviy o‘zgarishlarni amalga oshirishga
yordam beradi, shuningdek, ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va sifatli natijalarga erishish
imkoniyatini yaratadi. Yangi milliy o‘quv dasturi boshlang‘ich sinfda ta'lim berishning
integratsiyalashgan yondashuvini ta'minlaydi. Bu dastur bolalar uchun ijodiy fikrlash, tanqidiy
tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, shu orqali ta'limda sifatli
o‘zgarishlarni amalga oshiradi. O‘quvchilarni tahlil va kreaktiv fikrlashga o‘rgatish, zamonaviy
pedagogik yondashuvlarga asoslangan metodlarni tatbiq etish boshlang‘ich ta'limda


background image

130

strukturaviy yangilanishlarga olib keladi.

Boshlang‘ich ta'limda bolalar uchun tushunarli va sermazmun darsliklar yaratish zarurati

ta'lim jarayoniga yangi yondashuvlarni olib kiradi. Bu o‘zgarishlar boshlang‘ich ta'limdagi
o‘qituvchilarni metodik jihatdan yangi o‘quv dasturlariga moslashtirishni taqozo etadi. Bu
jarayon pedagoglarning o‘qitish metodlarini zamonaviylashtirish va o‘quvchilarga ta'limni
yanada samarali va interaktiv tarzda yetkazishni ko‘zda tutadi. Davrning yangi talablariga javob
berish uchun boshlang‘ich sinf darsliklarini masofaviy ta'limga moslashtirish zarurati ham
boshlang‘ich ta'limda strukturaviy o‘zgarishlarning bir qismi sifatida qaralmoqda. Elektron
darsliklar ta'limni yanada interaktiv qilish, o‘quvchilarga o‘z vaqtida va istalgan joydan ta'lim
olish imkoniyatini beradi.

Boshlang‘ich ta'limda fanlararo integratsiya qilish, ijtimoiy va aniq fanlarni birlashtirish

orqali fikrlash va ijodiy yondashuvlarni shakllantirish mumkin. Bu, o‘z navbatida,
o‘quvchilarning integratsiyalashgan bilim olishiga yordam beradi va strukturaviy
o‘zgarishlarga zamin yaratadi. Boshlang‘ich ta'limning metodik va strukturalari samarali tarzda
yangilanadi. O‘quvchilarning tahliliy va kreativ fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. O‘qituvchilar
yangi metodik va texnologik vositalar bilan ta'minlanadi. Milliy o‘quv dasturi orqali
o‘quvchilarni yanada mustahkam va sifatli bilimlar bilan ta'minlash imkoniyatlari yaratiladi.
Masofaviy ta'lim va elektron resurslardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali va
moslashuvchan qiladi. Shu tarzda, Prezident Murojaatnomasida belgilangan boshlang‘ich
ta'limni rivojlantirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar, tizimning strukturaviy o‘zgarishlarini
ta'minlaydi va ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu jarayonlarda o‘quvchilar, o‘qituvchilar
va ta'lim tizimi hamkorlikda faol ishtirok etishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T: «Aolat», 2023. –114 b.

2.

О‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. –T.: Adolat, О‘zbekiston, 2021. -296 b.

3.

О‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida”gi О‘RQ-562-son Qonuni. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y., 03/19/561/3680-son.
4.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-

ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila
va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
PF-5938-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020 y.,
06/20/5938/0187-son; 03.04.2020 y., 06/20/5978/0393-son.
5.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni

tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
3-son Qarori.
6.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi “О‘zbekiston

Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi
normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 228-son Qarori.
7.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qо‘llab-

quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5020-son Qarori.
8.

Karimov I. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. –№14. –T.: О‘zbekiston,


background image

131

2006.
9.

Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. 178-b.

10.

Mirziyoyev SH. Erkin va farovon demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. –T.: О‘zbekiston, NMIU, 2016.
11.

Mirziyoyev SH. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va

xalq farovonligining garovi. –T.: «О‘zbekiston». 2017. –48 b.
12.

Mirziyoyev SH. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.:

«О‘zbekiston». 2017. –488 b.
13.

Mirziyoyev SH. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari [Matn]. –T.: О‘zbekiston, 2020. –

456 b.
14.

Mirziyoyev SH. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning

poydevoridir. –T.: “TASVIR” nashriyot uyi. 2021. –36 b.
15.

Mirziyoyev SH. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. –T.: О‘zbekiston,. 2021. –464 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T: «Aolat», 2023. –114 b.

О‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. –T.: Adolat, О‘zbekiston, 2021. -296 b.

О‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida”gi О‘RQ-562-son Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y., 03/19/561/3680-son.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020 y., 06/20/5938/0187-son; 03.04.2020 y., 06/20/5978/0393-son.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 3-son Qarori.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi “О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 228-son Qarori.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5020-son Qarori.

Karimov I. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. –№14. –T.: О‘zbekiston, 2006.

Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. ¬ –T.: Ma’naviyat, 2008. 178-b.

Mirziyoyev SH. Erkin va farovon demokratik О‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: О‘zbekiston, NMIU, 2016.

Mirziyoyev SH. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ¬–T.: «О‘zbekiston». 2017. –48 b.

Mirziyoyev SH. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: «О‘zbekiston». 2017. –488 b.

Mirziyoyev SH. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari [Matn]. –T.: О‘zbekiston, 2020. –456 b.

Mirziyoyev SH. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning poydevoridir. –T.: “TASVIR” nashriyot uyi. 2021. –36 b.

Mirziyoyev SH. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. –T.: О‘zbekiston,. 2021. –464 b.