123
OKKOZIONAL METAFORALARNING ASAR BADIIYATINI TA‘MINLASHDAGI
O‘RNI (CHO‘LPON SHE’RIYATI MISOLIDA)
Abduraximonova Sofiya
NavDU O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15209307
Annotatsiya:
Okkazionalizm ijodkorning o‘z hissiy qarashlarini, g‘oyalarini to‘laqonli
ifodalashga xizmat qiladi. Narsa, voqea-hodisa, shaxslarning ijobiy hamda salbiy
xususiyatlarining barcha qirralarini aks ettirish uchun lug‘atlardagi mavjud so‘zlarning imkoni
bo‘lmaganda, bu vazifani bajarish okkazionalizmlarga yuklatiladi. Okkazional birliklar
shoirning ijod mahsulidir.
Kalit so‘zlar:
Okkazionalizm, metafora, okkazional metafora.
Til birliklaridan matnda ma‘lum maqsadlarda foydalanish matnning uslubi uchun xizmat
qiladi. «Badiiy nutqda til me’yorining uslubiy xususiyatlariga maqsadli murojaat qilinadi.
Me’yorga nisbatan har bir chekinish “qonuniylashgan” holda paydo bo‘ladi, chunki til birliklari
estetik mazmunni, obrazlilikni shakllantiruvchi vositalardandir
1
».
Olamni bilishda o‘xshatishning o‘rni beqiyosdir. Chunki har bir kuzatilayotgan narsa-
predmet, jarayon avval o‘zlashtirilgan narsa-predmet, jarayonga qiyoslanadi. Ular o‘rtasidagi
o‘xshashlik avvalgi nomning yangi narsapredmet, jarayonning qo‘llanishi uchun sabab bo‘ladi.
Dastlab tilda mavjud bo‘lgan nomning ma’lum o‘xshashlik asosida yangi ma’noni ifodalash
uchun qo‘llanilishi ham nominativ, ham ekspressiv vazifani bajaradi. Ko‘chimning ana shunday
turlaridan biri metaforadir. Jahon tilshunosligida D.Galimova o‘z tadqiqotida metaforalarni
uzual va okkazional turlarga ajratadi
2
. Ularning har ikkisi ham badiiy asar uchun hissa qo‘shadi.
Bu esa ba’zi asarlarning favqulotda go‘zal va esda qolarli badiiy asarga aylantirishga xizmat
qiladi. Mazkur maqolamizda Cho‘lpon she’riyatida qo‘llanilgan okkazional metaforalarni tahlil
qilib o‘tamiz.
Kuz chog‘ida... tuproqlar gezarib qoladilar,
Gezarib qoladilar kuz chog‘i tuproqlar.
So‘ng damda yaproqlar qizarib oladilar,
Qizarib oladi so‘ng damda yaproqlar.(Cho‘lpon “Xazon”)
Ijodkor yuqorida “gezarib qoladilar” va “tuproqlar” kabi okkazional metaforalarni
qo‘llaydi. “Gezarib qolgan tuproqlar” okkozional metafora sifatida ishlatilsa, bu tuproqning
jismoniy holati emas, balki uning ma’nosi orqali insonga hos o‘xshatish holatni anglatadi.
Gezarmoq-Rangi oʻchib oqarib ketmoq, boʻzarmoq ma‘nosiga ega. Insonlarga xos holatdir,
ma’lumki Cho‘lpon yashagan davrda qatag‘on qurbonlari bo‘lishgan. Yerlarning gezarishi shu
qurbonlarning guvohi bo‘lishgani uchun deya tahlil qilish ham mumkin.
Bu yerda quyosh
Juda erinchak
Nozli kelinchak
Bilgani o‘ynash (Cho‘lpon “Bu yerning qishi”)
1
Боймирзаева С. Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи: Филол. Фанлари номз. ...дисс. автореф. –
Самарқанд, 2004.–Б.7.
2
Галимова Д.Н. Метафорическая картина мира русских говоров Амурской области (структурный и
Функциональный аспекты): Автореф. Дисс. .. канд. Филол. Наук. – Томск, 2010. – C.4
124
Quyoshga nisbatan
erinchak, nozli kelinchak
kabi o‘xshatishlarni ishlatish Cho‘lpon
she’riyatida uchraydi.
Men-da ojiz u muhitning oldida,
Qabring topib ko‘z yoshimni to‘kmakka.
Hamda achchiq hiddatim-la ul yerda,
Oq kallalik qora devni so‘kmakka
(Cho‘lpon,“Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi”).
Ijodkor yuqoridagi murakkab okkazional metafora orqali zolimlarga nisbatan o‘z salbiy
munosabatini ifodalagan. Bu okkazional birlik so‘z birikmasi zanjiri orqali ifodalangan.
Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yo‘qdir!
Temir barmoqlaringning dog‘i butkul ketgani yo‘qdir!
So‘z ustasi bo‘lgan Cho‘lpon metaforalardan ham unumli qo‘llanilgan. Yuqoridagi
parchada kishanga nisbatan
temir barmoqlar
o‘xshatishidan foydalanadi. Metaforalar
misralarning ta’sirchanligini ortiradi, estetik mazmun bag‘ishlandi va she‘rlarning o‘qish
unumdorligini ortiradi.
Ijodkorning aytmoqchi bo‘lgan fikrini o‘quvchi oson, lo‘nda va albatta, badiiy-estetik
tarzda yetkazish uslubi qarib barcha asarlarda bor va bu tabiiy. Metafora- har bir shoirda
botiniy xislatlarni she’rga aylantirishining o‘ziga hos yangicha usuli, deb xulosa qilishimiz ham
mumkin. Har bir shoir bu usulidan o‘zining uslubida, ya’ni so‘zlar, jumlalar, ba’zan esa butun
bir bandlar, butun she’rlar doirasida foydalanadi. Ana o‘shanda shoirlar tomonidan yangi o‘ziga
xosliklar kashf etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Боймирзаева С. Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи: Филол. Фанлари
номз. ...дисс. автореф. –Самарқанд, 2004.–Б.7.
2.
Галимова Д.Н. Метафорическая картина мира русских говоров Амурской области
(структурный и Функциональный аспекты): Автореф. Дисс. .. канд. Филол. Наук. – Томск,
2010. – C.4.
3.
Badiiy til muammolari. // “Inqilob va Adabiyot”Toshkent.19773.
4.
Fitrat “Tanlangan asarlar” Toshkent. “ Ma’naviyat”2009.
5.
Abdulhamid Cho‘lpon “Buloqlar quchog‘ida”Toshkent.2023
6.
Xo‘jamqulov A. O‘zbek tilida metaforaning tasniflanishiga doir. O‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligining_20yilligiga bag`ishlab chiqarilgan ilmiy maqolalar to‘plami. Lingvist. 2-kitob. –
T.: Akademnashr, 2011.- B. 85-88
