“1924–1932 ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ РИВОЖЛАНИШИ: ВАЗИФАЛАР, БОСҚИЧЛАР ВА НАТИЖАЛАР (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА)”

Annotasiya

Mazkur maqolada 1924–1932 yillarda UzSSRda sanoat rivojlanishi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
46-50
15

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Olimjanova , Z. . (2025). “1924–1932 ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ РИВОЖЛАНИШИ: ВАЗИФАЛАР, БОСҚИЧЛАР ВА НАТИЖАЛАР (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА)”. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(9), 46–50. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/83205
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada 1924–1932 yillarda UzSSRda sanoat rivojlanishi.


background image

46

“1924–1932 ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ РИВОЖЛАНИШИ:

ВАЗИФАЛАР, БОСҚИЧЛАР ВА НАТИЖАЛАР (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ

МИСОЛИДА)”

Olimjanova Zuxraxon Rustamjon qizi

Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15309756

Annotatsiya:

Mazkur maqolada 1924–1932 yillarda UzSSRda sanoat rivojlanishi.

Kalit so‘zlar:

milliy-hududiy chegaralash, O‘zbekiston SSR, Konimex rayoni, yetakchi

industrial davlat, besh yillik rejasini, paxtachilik, mashina-traktor stantsiyalar (MTS).

“РАЗВИТИЕ ПРОМЫШЛЕННОСТИ УЗБЕКИСТАНА В 1924–1932 ГГ.:

ЗАДАЧИ, ЭТАПЫ И РЕЗУЛЬТАТЫ (НА ПРИМЕРЕ ФЕРГАНСКОЙ

ДОЛИНЫ)”

Олимжанова Зухраxон Рустамжон кизи

Базовый докторант Андижанского государственного университета


Аннотация.

В статье рассматривается развитие промышленности Узбекской ССР в

1924–1932 годах.

Ключевые слова:

Национально-территориальное размежевание, Узбекская ССР,

Канимехский район, передовое индустриальное государство, пятилетний план,
хлопководство, машинно-тракторные станции (МТС).

1924 yil oxiri – 1925 yil boshlarida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralash o‘tkazilib,

bir qator milliy republikalar, shu jumladan O‘zbekiston SSR ham tashkil etildi. 1925 yil 29
yanvarda O‘zbekiston SSRda ma'muriy-hududiy bo‘linish amalga oshirilib, 7 ta oblast –
Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm oblastlari va
alohida Konimex rayoni, shuningdek, O‘zbekiston SSR tarkibidagi Tojikiston ASSR tashkil topdi.
[1, b.313]

1925 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan VKP(b)ning XIV syezdi mamlakatni sotsialistik

industrlashtirish rejasini e’lon qildi va sovet xalqi oldiga Sovet Ittifoqini “kapitalistik
munosabatlardan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan qudratli industrial sotsialistik davlatga
aylantirish” vazifasini qo‘ydi. Sanoatlashtirishning rasmiy vazifasi SSSRni asosan agrar
davlatdan yetakchi industrial davlatga aylantirish edi. Jamiyatni tubdan qayta qurish bo‘yicha
uchta asosiy vazifadan iborat yo‘nalish – sanoatlashtirish, qishloq xo‘jaligini kolektivlashtirish
va madaniy inqilob yo‘nalishlari belgilandi. Uning tarkibiy qismi sifatida sotsialistik
sanoatlashtirish xalq xo‘jaligini rivojlantirishning birinchi besh yillik rejasi (1928-1932) bilan
boshlandi.

VKP(b) Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy Nazorat Komissiyasining qo‘shma Plenumida

(1927 yil) qabul qilingan xalq xo‘jaligini rivojlantirishning besh yillik rejasini tuzish bo‘yicha
ko‘rsatmalar butun SSSR bo‘yicha sanoatlashtirish va iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlarini
belgilab berdi. Ushbu ko‘rsatmalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Kommunistik partiyasining
1927 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan III syezdi O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun
maxsus besh yillik reja ishlab chiqdi va tasdiqladi.

Bu reja O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini


background image

47

modernizatsiya qilish, transport va aloqa sohasini rivojlantirishni maqsad qilgan edi.
Shuningdek, reja mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, yangi sanoat
tarmoqlarini yaratish va aholi turmush darajasini oshirish kabi vazifalarni ham o‘z ichiga olgan.
Besh yillik reja ijrosi jarayonida paxtachilik, ipakchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash sanoati va qurilish sohalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bu davrda O‘zbekiston xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi hukmron edi. Respublika sanoati

asosan qishloq xo‘jaligi xom ashyosidan foydalangan, bu esa sanoatni qishloq xo‘jaligining
rivojlanish darajasiga qaram qilib qo‘ygan edi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning past
darajasi respublikada ishlab chiqarilayotgan barcha qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta
ishlashga qodir bo‘lmay, xom ashyoning ma'lum bir qismi Markaziy hududlarga eksport qilinib,
qisman tayyor mahsulot shaklida qaytarib olinar edi. [2, b.82] Bu esa, O‘zbekistonda qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalari juda oz bo‘lganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan besh yillik reja

amalga oshirilishi natijasida juda katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalo, qishloq
xo‘jaligini texnik jihatdan qayta qurish va paxta yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha muhim
natijalar qo‘lga kiritildi. Paxtachilikni industrial asosda rivojlantirish uchun yangi paxta
tozalash zavodlari, irrigatsiya inshootlari va mashina-traktor stantsiyalari (MTSlar) qurildi.

Ishlab chiqarishda mexanizatsiya darajasining o‘sishi mehnat unumdorligini oshirdi va

qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini kuchaytirdi. Shu bilan birga, sanoat sohasida
ham yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi: qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-
ovqat sanoati tarmoqlari rivojlandi.

Transport sohasida temir yo‘llar qurilishiga katta e'tibor qaratildi, bu esa iqtisodiy

aloqalarni mustahkamlash va ichki bozorni kengaytirish imkonini berdi. Maxsus holda, Yangi
Marg‘ilon — Toshkent temir yo‘li va boshqa yo‘nalishlar qurilishi iqtisodiy faollikni oshirishga
xizmat qildi.

Besh yillik reja ijrosi natijasida O‘zbekistonda ishchi sinfining soni ortdi, shahar aholisi

ko‘paydi va madaniyat sohasida ham salmoqli ildamlash kuzatildi: savodxonlik darajasi
yuqoriladi, yangi maktablar va kasbiy-texnik ta'lim muassasalari tashkil etildi.

Biroq, shu bilan birga, rejaning amalga oshirilishi bir qator murakkablik va qiyinchiliklar

bilan kechdi. Xususan, markazdan yuborilgan iqtisodiy ko‘rsatmalarning real sharoitlarga mos
kelmasligi, mehnat resurslarining yetarlicha bo‘lmasligi va infratuzilmaning rivojlanmaganligi
kabi omillar belgilangan maqsadlarga to‘liq erishishni qiyinlashtirdi.

Umuman, sanoatlashtirish siyosatining boshlanishida O‘zbekiston iqtisodiyoti to‘la agrar

xususiyatda edi. Mahalliy sanoatning qoniqarsiz va mayda xususiy (asosan hunarmandchilik-
kosib ishlab chiqarishi) ishlab chiqarish tuzilmasi, ularning yalpi ishlab chiqarishda salmoqli
ulushga egaligi, og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun asos bazaning yetishmasligi
o‘ziga xos muammolar edi.

Xalq xo‘jaligini tiklash davrining oxiriga (1925 yil) kelib, Ittifoq markaziy mintaqalari

bilan milliy respublikalar iqtisodiy rivojlanish darajalarida katta bo‘shliq mavjud edi. Agar
fabrika-zavod sanoatining mamlakatdagi asosiy vositalar va yirik sanoatning aylanma
mablag‘lari umumiy hajmidagi ulushi 1926-1927 yilda 22,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘rta
Osiyo va Qozog‘iston sanoatida bu ko‘rsatkich atigi 1,3 foizni tashkil etardi. [3, b.351] Ya'ni,
milliy respublikalarda sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida fabrika-zavod sanoatining
ulushi juda kam edi.


background image

48

O‘zbekistonning sanoat rivoji o‘z vazifalari, ish ko‘lami va erishilgan natijalari bilan bir-

biridan farq qiladigan bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini
rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan besh yillik reja amalga oshirilishi natijasida juda katta
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalo, qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan qayta qurish
va paxta yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha muhim natijalar qo‘lga kiritildi. Paxtachilikni
industrial asosda rivojlantirish uchun yangi paxta tozalash zavodlari, irrigatsiya inshootlari va
mashina-traktor stantsiyalari (MTSlar) qurildi.

Ishlab chiqarishda mexanizatsiya darajasining o‘sishi mehnat unumdorligini oshirdi va

qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini kuchaytirdi. Shu bilan birga, sanoat sohasida
ham yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi: qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-
ovqat sanoati tarmoqlari rivojlandi.

Transport sohasida temir yo‘llar qurilishiga katta e'tibor qaratildi, bu esa iqtisodiy

aloqalarni mustahkamlash va ichki bozorni kengaytirish imkonini berdi. Maxsus holda, Yangi
Marg‘ilon — Toshkent temir yo‘li va boshqa yo‘nalishlar qurilishi iqtisodiy faollikni oshirishga
xizmat qildi.

Besh yillik reja ijrosi natijasida O‘zbekistonda ishchi sinfining soni ortdi, shahar aholisi

ko‘paydi va madaniyat sohasida ham salmoqli ildamlash kuzatildi: savodxonlik darajasi
yuqoriladi, yangi maktablar va kasbiy-texnik ta'lim muassasalari tashkil etildi.

Biroq, shu bilan birga, rejaning amalga oshirilishi bir qator murakkablik va qiyinchiliklar

bilan kechdi. Xususan, markazdan yuborilgan iqtisodiy ko‘rsatmalarning real sharoitlarga mos
kelmasligi, mehnat resurslarining yetarlicha bo‘lmasligi va infratuzilmaning rivojlanmaganligi
kabi omillar belgilangan maqsadlarga to‘liq erishishni qiyinlashtirdi.

Farg‘ona oblastida 1926 yilda “Uzbekxlopkom” tasarrufida jami 30 ta paxta tozalash

zavodlari, “Uzshyolk” trestiga qarashli 5 ta kombinat, “Uzgostorg” uyushmasiga qarashli 13 ta
korxona (asosan oziq-ovqat ishlab chiqarish va meva-konserva korxonalari), davlat tog‘-kon
sanoati uyushmasi tasarrufidagi 7 ta korxona (neftь, ko‘mir va oltingugurt qazib oluvchi
konlar), “Aziaxleb” tresti tasarufidagi 3 ta un zavodlari faoliyat ko‘rsatgan. Umuman, 1926 yilda
Farg‘ona oblastida davlat tasarrufidagi 58 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari bor edi. Ular
1926 yilda to‘la quvvat bilan ishlar edi. [4, b.71 ]

1926-1927 yillarda Farg‘ona shahridagi №10 yog‘-moy zavodining ishlab chiqarish

quvvatlarini oshirish uchun qo‘shimcha ishlab chiqarish binolari va yog‘ni ekstraktsiya qilish
sexi qurilishi boshlangan. Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida 1926 yilda qurilishi boshlangan
to‘qimachilik fabrikasining 7 ta sexi, omborxonalari, ma'muriy binosi, aloqa yo‘llari va suv
ta'minoti tarmoqlari qurib bitkazildi. [5, b.75-76 ]

Bu borada Andijonda ham sezilarli yutuqlarga erishildi. 1926 yilning oktyabrь oyiga

kelganda, Andijon zavodlar boshqarmasi shahardagi barcha paxta zavodlarini, ularga ilgari
biriktirilgan sotib olish punktlarini hamda to‘rtta sotib olish punkti bilan birga Qo‘qonqishloq
paxta tozalash zavodini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shunday qilib, boshqarma 5 ta zavod va 15 ta
sotib olish punktini o‘z qo‘l ostida birlashtirdi. Bu boshqarma Farg‘ona viloyatidagi eng yirik
korxona bo‘lib, Farg‘ona viloyatidagi barcha paxta operatsiyalarining 30 foizini amalga
oshirardi. [6, b.170]

1925 yil oxirlarida Andijon shahrida 11 ta sanoat korxonasi ish yuritayotgan edi. Bu

vaqtga kelib, ularning ko‘pchiligi nafaqat tiklangan va kapital ta'mirlangan, balki qisman qayta
qurilgan ham edi. Masalan, 5-son yog‘ zavodida mexanika ustaxonalari barpo etildi, shahar


background image

49

elektr stantsiyasida asosiy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi, g‘isht zavodi sezilarli darajada
qayta jihozlandi, qushxona puxta ta'mirlandi. [7, b.75-76]

1926 yil oxirlarida O‘zbekiston SSRda ma'muriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga

oshirildi. Bunga muvofiq, respublikada oblastlar, uyezdlar va volostlar tugatildi. 1926 yilning
sentyabrь-oktyabrь oylarida O‘zbekiston SSRda 10 ta okrug (Andijon, Buxoro, Samarqand,
Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Xo‘jand, O‘rta Zarafshon, Qashqadaryo, Farg‘ona) va alohida
Qozoq-Konimex rayoni tashkil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston SSR tarkibida 1925-1929
yillarda Tojikiston ASSR, 1936 yildan Qoraqalpog‘iston ASSR ham bo‘lgan. . [8, b.313]

Farg‘ona okrugidagi sanoat korxonalarida asosiy kapitalning taqsimlanishi [9,

b.20]

Sanoat korxonalari turi

Ittifoq ahamiyatidagi sanoat

korxonalari

1925-1926

yillar

mutlaq %

1926-1927

yillar

mutlaq %

1927-1928

yillar

mutlaq %

-

-

5563,4 rubl

Respublika ahamiyatidagi sanoat

korxonalari

2634,3 rubl.

100%

2340,0 rubl

108%

3870,5 rubl

147%

Mahalliy ahamiyatdagi sanoat

korxonalari

667,7 rubl

100%

816,7 rubl

123%

1696,2 rubl

255%


Ma'lumotdan ko‘rinib turganidek, Farg‘ona vodiysida sanoat qurilishi avj olgan 1927-

1928 yillarda kapital mablag‘larning salmoqli qismi – 5 million 563,4 ming rubl Ittifoq
ahamiyatidagi sanoat korxonalari (asosan paxta tozalash zavodlari) qurilishi uchun sarflangan.

1927-1928 xo‘jalik yilida Farg‘onadagi paxta tozalash zavodlarida 5531,1 ming rubllik;

respublika ahamiyatidagi sanoat korxonalarida 3128,2 ming rubllik (1925-1926 xo‘jalik yiliga
nisbatan 200% o‘sish); mahalliy ahamiyatdagi sanoat korxonalarida esa 7702,8 ming rubllik
(1925-1926 yilga nisbatan 470% o‘sish) yalpi mahsulot ishlab chiqarildi. Umuman, 1927-1928
xo‘jalik yilida Farg‘ona okrugi yirik sanoat korxonalarida 46362,0 ming rubllik yalpi mahsulot
ishlab chiqarilgan . 1927-1928 yillarda mahalliy sanoatdagi yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari okrug
Qishloq xo‘jalik uyushmasi va “Paxtasoyuz” tomonidan yangi ishga tushirilgan korxonalar
(asosan, paxta tozalash zavodlari) hisobiga kuzatildi.

Xulosa qilib aytganda, 1920 yillar oxiri va 1930 yillar boshlarida O‘zbekiston sanoati rivoji

murakkab va bosqichma-bosqich yo‘ldan o‘tdi. Ilk bosqichda — 1924–1926 yillarda — asosiy
vazifa mavjud sanoat korxonalarini tiklash va qisman qayta qurish bo‘lgan bo‘lsa, keyingi
yillarda sanoatlashtirish siyosati asosida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va xalq
xo‘jaligini industrial poydevorga o‘tkazish ustuvor vazifaga aylandi.

O‘zbekistonda sanoatning shakllanishi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jarayonlarga ham

katta ta'sir ko‘rsatdi: yangi ishchi sinfi vujudga keldi, shaharlashuv sur'atlari tezlashdi va milliy
kadrlar tayyorlash ishlari faollashdi. Shunday qilib, sanoatlashtirish O‘zbekistonning iqtisodiy
mustaqilligini mustahkamlash va uni yangi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichga olib chiqishda hal
qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

References:


background image

50

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkita kitob. Birinchi kitob. O‘zbekiston 1917-1939

yillarda. Mas'ul muharrirlar: R. Abdullayev, M. Rahimov, Q. Rajabov. – Toshkent: O‘zbekiston,
2019. – B. 313.
2.

Ulmasbayev Sh.N. Promishlennoye razvitiye Sovetskogo Uzbekistana. Istoriko-

ekonomicheskiy ocherk. – Tashkent: Gosizdat UzSSR, 1958. – S. 82.
3.

O‘zbekiston SSR tarixi. To‘rt tomlik. 3-tom. Ulug‘ Oktyabr Sotsialistik revolyutsiyasining

g‘alabasi va O‘zbekistonda sotsializm qurish (1917-1937 yillar). Bosh muharrir I.M. Mo‘minov.
– Toshkent: Fan, 1971. – B. 351.
4.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 38-ish, 71-varaq.

5.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 97-ish, -75-76-varaqlar.

6.

Andijon VDA, 59-fond, 1-ro‘yxat, 203-ish, 170-varaq.

7.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 97-ish, -75-76-varaqlar.

8.

O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkita kitob. Birinchi kitob. O‘zbekiston 1917-1939

yillarda. Mas'ul muharrirlar: R. Abdullayev, M. Rahimov, Q. Rajabov. – Toshkent: O‘zbekiston,
2019. – B. 313.

9.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 283-ish, 20-varaq.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkita kitob. Birinchi kitob. O‘zbekiston 1917-1939 yillarda. Mas'ul muharrirlar: R. Abdullayev, M. Rahimov, Q. Rajabov. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – B. 313.

Ulmasbayev Sh.N. Promishlennoye razvitiye Sovetskogo Uzbekistana. Istoriko-ekonomicheskiy ocherk. – Tashkent: Gosizdat UzSSR, 1958. – S. 82.

O‘zbekiston SSR tarixi. To‘rt tomlik. 3-tom. Ulug‘ Oktyabr Sotsialistik revolyutsiyasining g‘alabasi va O‘zbekistonda sotsializm qurish (1917-1937 yillar). Bosh muharrir I.M. Mo‘minov. – Toshkent: Fan, 1971. – B. 351.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 38-ish, 71-varaq.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 97-ish, -75-76-varaqlar.

Andijon VDA, 59-fond, 1-ro‘yxat, 203-ish, 170-varaq.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 97-ish, -75-76-varaqlar.

O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Ikkita kitob. Birinchi kitob. O‘zbekiston 1917-1939 yillarda. Mas'ul muharrirlar: R. Abdullayev, M. Rahimov, Q. Rajabov. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – B. 313.

Farg‘ona VDA, 324-fond, 1-ro‘yxat, 283-ish, 20-varaq.