15
O’ZBEKISTON XALQ SHOIRASI ZULFIYAXONIMNING JAHONDAGI O’RNI
Saydullayeva Sug‘diyona Sayitqulovna
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Guliston davlat universiteti
Xayrullayeva Shaxzoda Ziyodulla qizi
3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15304344
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi.
Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi
teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning
dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi
va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat
arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal
Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasining bajargan ishlari ko’rib chiqilgan
Kalit so’zlar:
Xotin-qizlar, adabiyot, nashriyoti, moharrir.
Abstract:
This article examines the work of Zulfiya Isroilova, a famous and talented Uzbek
poetess. A brilliant artist, a keen sense of the common man's heart, a hard worker, a courageous
fighter for the equal rights of Eastern women in society. The authority of Zulfiya's poetry lies in
its truthful expression of our luxurious and complex era, its originality, and its vivid depiction
of the hearts and actions of our contemporaries. The work of Zulfiya Isroilova, a prominent and
honored representative of the Uzbek people, a prominent public figure, and a herald of the
struggle for international peace, is reviewed
.
Keywords:
Women, literature, publishing, editor.
KIRISH
Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini
o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar
kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning
haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin
tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik
uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda
Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy
Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim
yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot
instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan
1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin –
qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush
qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati
tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. Shoira badiiy
ijodga juda erta kirishdi. O’n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy
kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o’ttizga yaqin she’riy to’plamlar, o’ndan ortiq
dostonlar yaratdi. Shoira hammani o’ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo’lgan holatlarni
she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko’pchilikka manzur bo’ladi. Zulfiyaning ulkan
iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U – xalqaro
“Nilufar” mukofoti egasi.
16
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot
varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“,
„Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi „Uni
Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan
bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va
qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak
beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar
bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
1940-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet Ittifoqining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi
qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar — pessimistik
kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash
birodarlari singari, „davr gʻoyalari“ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay,
oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va
publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining
poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.
1950-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro
birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida
boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur
iz qoldirdi. „Mushoira“, „Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush“, „Qozogʻiston oʻlanlari“, „Men
chizolmagan surat“ singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir
etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi.
70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi,
haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „Oʻylar“ (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan
voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), „Yillar, yillar…“ (1975) sheʼriy kitoblarida
davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U
yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan „Quyoshli qalam“
(1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagʻishlangan turkum sheʼrlar ham
yozdi („Lolaqizgʻaldoq“, 1975).
NATIJALAR
Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va
nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ
yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova
bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi.
Tarjimalari
A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S.
Kaputikyan, E. Ognetsvet, M. Karim, P. Amrita, Y. Bagryana va boshqalarning asarlarini oʻzbek
tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar
tillarida nashr etilgan.
Mukofotlari
Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza
nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va
Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini
17
eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga
uning nomi berilgan..{ 2-100-106b}
MUHOKAMA
Taʼkidlash lozimki, Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan
olamga hayrat ko’zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko’rolmaydigan jihatlarini ilg’ovchi qizaloq
ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga
ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini shunday eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar.
Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat zavq
ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun. Temirlar otam qo’lida chaqmoqlar
taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo’llari cho’g’ga aylangan temir parchasini
istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz
otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan
mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo’lavermas
eka.{3-64 b}
Xulosa oʻrnida:
Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy
tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi,
kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli
janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar,
ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi
va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she’rlarini yozgan. U
tomonidan, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan,
“Zaynab va Omon” operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga
mansub “Semurg‘” dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
B.Ziyomuhammadov. Pedagogika. O’quv qo’llanma. Тоshkent, 2006.
2.
Ibrohimov A. Va boshq. Vatan tuyg’usi. Т., 1998.
3.
Internet ma'lumotlari
4.
Karshiyevich, S. K., & Karshiboyevna, T. G. (2024). TEXNIKA YO’NALISHI TALABALARIGA
MUTAXASSISLIK
FANLARINI
O’QITISHDA
ZAMONAVIY
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI. PEDAGOG, 7(11), 11-14.
5.
Karshiyevich, S. K., & Karshiboyevna, T. G. (2024). TEXNIKA YO’NALISHI TALABALARIGA
MUTAXASSISLIK
FANLARINI
O’QITISHDA
ZAMONAVIY
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI.
PEDAGOG
,
7
(11), 11-14.
