TADQIQOTLARDA AHMAD TABIBIY HAQIDA

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida yashab ijod etgan Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Ahmad Tabibiy bo‘yicha qilingan ishlar, O‘zbekiston va xorijlik olimlarning mulohazalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
61-64
15

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Raximova , S. . (2025). TADQIQOTLARDA AHMAD TABIBIY HAQIDA. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(9), 61–64. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/84027
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida yashab ijod etgan Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Ahmad Tabibiy bo‘yicha qilingan ishlar, O‘zbekiston va xorijlik olimlarning mulohazalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.


background image

61

TADQIQOTLARDA AHMAD TABIBIY HAQIDA

Raximova Saboxat Raxmonqulovna

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15321278

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida yashab ijod

etgan Xorazm adabiy muhitining yirik vakili Ahmad Tabibiy bo‘yicha qilingan ishlar,
O‘zbekiston va xorijlik olimlarning mulohazalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Xorazm adabiy muhiti, Ahmad Tabibiy, xorijlik olimlar.

О АХМАДЕ ТАБИБИИ В ИССЛЕДОВАНИЯХ

Рахимова Сабoхат Рахмонкуловна

Учитель родного языка и литературы специализированной школы имени

Мухаммада аль-Хорезми

Аннотация:

В статье рассматриваются работы, посвященные Ахмаду Табиби,

видному представителю хорезмской литературной общественности, жившему и
творившему во второй половине XIX — начале XX века, а также мнения узбекских и
зарубежных ученых.

Ключевые слова:

Хорезмийская литературная среда, Ахмад Табиби, зарубежные

ученые.

ABOUT AHMAD TABIBII IN RESEARCH

Rakhimova Sabokhat Rakhmonkulovna

Teacher of native language and literature at the specialized school named after

Muhammad al-Khwarizmi

Abstract:

This article discusses the work done on Ahmad Tabibi, a prominent

representative of the Khorezm literary community who lived and worked in the second half of
the 19th century and the beginning of the 20th century, and the opinions of Uzbek and foreign
scholars

Keywords:

Khorezm literary environment, Ahmad Tabibi, foreign scholars.

Kirish:

Ahmad Tabibiy hayoti va faoliyati to‘g‘risida u hayotlik paytining o‘zidayoq

Bobojon Tarroh (Xodim), Muhammadyusuf Bayoniy, Samoylovich singari tarixchi va
adabiyotshunoslar o‘z esdaliklarida yozib o‘tishgan. Biroq uning hayoti va faoliyatini alohida
o‘rgangan o‘zbekistonlik adabiyotshunos olim Fathulla G‘anixo‘jayev, eronlik tadqiqotchi
Ibrohim Xudoyor o‘z risolalarida Tabibiy avtobiografiyasiga katta e’tibor qaratishgan.

Professor Hamdam Abdullayev yozadi:”...Ikkinchisi shoir hayoti, faoliyati va adabiy

merosini maxsus o‘rganishga oid tadqiqotlardir. Har biri 204 dan 550 sahifagacha bo‘lgan
katta hajmli va ikki tildagi bu devonlar 1908-1910 yillarda tuzilgan bo‘lib, shoirning avvalgi
to‘plamlaridagi she’rlarini ham qamrab olgan va mumtoz lirikaning sakkiz

1

janrida yaratilgan.

Ular asosini taxminan 1500 ga yaqin g‘azaldan tashqari 518 ta muxammas tashkil etadiki,
bunchalik ko‘p beshlik boshqa o‘zbek ijodkori bisotida uchramaydi...

2

".

1

Bu o‘rinda “sakkiz” janrda deya olim turkiy devondagi she’r janrlarini hisobga olgan, chunki shoirning forsiy devonida

10 ta lirik janrdagi she’rlar jamlangan.

2

Abdullayev H. Tabibiyning ijodiy yo‘li. // Hurriyat, 2010 yil 26 may. 7-sahifa.


background image

62

Sharqshunos olim Abdulla Ahmedov o‘zining «Xorazmdagi forsiyzabon adabiyot»

maqolasida shunday yozadi: «Muhammad Rizo Ogahiydan keyin saroy shoirlari rahnamosiga
aylangan hassos shoir va tarjimon Ahmad Tabibiy beshta alohida she’riy devon sohibi bo‘lib,
ulardan ikkitasida shoirning forsiy ash’ori jamlangan. Ajdodlari eronlik bo‘lgan Tabibiy forsiy
tilni juda yaxshi bilgan, forsiy she’riyatdagi uslub va san’atlardan yaxshi xabardor bo‘lgan. U
forsiy adabiyotning noyob yodgorliklaridan biri hisoblangan «Vomiq va Azro» dostonidan
ilhomlanib, o‘zbek tilida original epik doston yaratgan. Tabibiy xorazmlik shoirlarning she’riy
namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan «Tazkirat ush-shuaro» nomli tazkira muallifi ham
hisoblanadi

3

».

Pedagogika fanlari doktori Solijon Hasanov o‘zining "Xorazm ma’rifati – olam ko‘zgusi

kitobida Tabibiy va So‘fiyning pedagogik qarashlari bayonida shunday yozadi: "Ahmad
Tabibiy (1869-1910) Ahmad Tabibiy ham shoiru fozillar orasida katta hurmatga sazovor
bo‘ladi, juda ko‘p ilm ahliga ustoz sifatida homiylik qiladi. Bayoniy u haqda shunday yozgan
edi:

Tabibiydurki, shoiri muhtaram,
Naylay oning atvorin aylab raqam.
Maorifda bordur bag‘oyat orif,
Majlisda bog‘i harifu zorif.
Pur oyinadur so‘zlari sarbasar,
Rumuz oni aksidadur jilvagar.
Surur nuqta lutfila ul nuktadon,
Ko‘rub so‘zlarini dedim: "Al-’amon"

4

Ayniqsa Avaz O‘tar Tabibiyni o‘z ustozi sifatida zo‘r hurmat bilan tilga oladi:

Ey Avaz, qil jahd, devoning qilmoq istasang,
Gar Navoiyyu Tabibiy daftarlariga hamradif.

Yoki:

Ne g‘am emdi, Avaz, nazm ilmida bo‘lsang Tabibiydek,
Ki derlar, ko‘rgan el nazmingni ustodingga sallamno.

Yoki:

Avaz gar nazm aro bo‘lmoq tilarsen dahr yaktosi,
Hamisha ko‘ngling ichra qil Tabibiydek ayon ixlos

5

.

Hasanmurod qori Laffasiyning yozishicha, Tabibiy shirin so‘zli, nozik tabiat,

xushmuomala bir kishi bo‘lib, shaxmat o‘yiniga nihoyatda usta ekan. Shoirning zamondoshi
Xodimning hikoya qilishicha, agar u soz va tanburni qo‘liga olib, "Navo" maqomini chalsa,
kishilarni maftun qilib qo‘yar ekan.

Yuqoridagi mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
1. Avaz do‘sti va zamondoshi Tabibiyni Alisher Navoiy bilan tenglashtirmoqda va "Gar

Navoiyyu Tabibiy daftarlariga hamradif" deya ularga havas qilmoqda. Biror kishi haqidagi
tavsifni uni yaqin taniganlardan boshqa yaxshi bera olmaydi. Demak, Tabibiy salohiyati ancha
kuchli shoir bo‘lgan.

2. Hasanmurod Laffasiy ham uni "Navo" kuyini yaxshi chalishini aytganki, bu ham balki

3

Ahmedov A. Xorazmdagi forsiyzabon adabiyot. Sino, № 23, -b. 53.

4

Qobulov N. Xorazm adabiy muhiti, 95-b.

5

Avaz. Saylanma. Toshkent, 1984, 200-218 –b.


background image

63

uni Navoiyga ergashgan va ixlosmand shoirlardan ekanligini ko‘rsatsa ajab emas.

3. Avaz nafaqat Tabibiyni zamondosh sifatida, balki ustoz sifatida tan olmoqda. Buni biz

Xodimning Xorazm navozandalari asaridagi "U (Avaz O‘tar) bizlarga: - Ahmad Tabibiy yulduz
tanimasang, ramilni (folni) ishlata olmaysan, degani uchun, oqshomlari yulduz tekshirmasam
bo‘lmaydi, - der edi..." degan so‘zlaridan ham bilib olish mumkin.

4. Tabibiy o‘zining she’rlarida subhu maso, subhu shom, sabohu shom kabi iboralarni

ko‘p qo‘llar ekan. Buni biz uning hozirgacha ko‘chirgan (to jim radifli g‘azallargacha 99 ta
g‘azal ko‘chirildi) fors-tojikcha g‘azallaridagi mazkur so‘zning ko‘p qo‘llanganidan ham aytish
mumkin. (15 ga yaqin o‘rinda uchradi.)

5. Tabibiyning "...Mast esang subhu maso olamda nodonlig‘ bila" misralari xuddi o‘zi

to‘g‘risida aytilgandek, agar Bobojon Tarroh Xodimning shoir haqida "ko‘p sharob ichardi"
deb yozganlari to‘g‘ri bo‘lsa, o‘z sharhi holida deyish mumkin. Zero, forscha g‘azalining birida
u shunday yozadi:

Banusham chun Tabibiy boda ro‘zu shab, ajab nabvad,

Zamiram baski soqiy hast bo ayshu tarab muhtoj.

(Xuddi Tabibiy kabi kecha-kunduz boda ichsam, ajablanma. Chunki zamirim-ichim ayshu

tarabga muhtojdir). Demak, Tabibiyning ich-ichida qandaydir alami, ranju azobi bo‘lgan. Balki
uning oila jihatidan omadi yurishmagandir, balki... Ishqilib o‘z alamini sharobdan olgan
Tabibiy mazkur baytlarni yozgan bo‘lsa ajab ermas. Shuningdek yana bir o‘rinda " "Boda
xo‘rdan chun Umar Xayyom doram ehtiyoj (Umar Xayyomdek boda ichishga ehtiyojim bor),
deya Umar Xayyomni bodaparast deb atagan shoir. Bu holatlar chindan ham Tabibiyning
keyinchalik nimagadir ichkilikka ruju’ qo‘yganidan dalolat beradi.

Rus sharqshunos olimi A.N.Samoylovichning ta’kidlashicha Tabibiy o‘zining shoirlik va

olimlik mavqei bilan Xorazmlik taraqqiyparvar, erkin fikrli kishilar orasida ajralib turadi"

6

.

Eronlik olim Ibrohim Xudoyor o‘zining “G‘aribahoyi oshno” risolasida 25 sahifa joyni

Ahmad Tabibiyga bag‘ishlagan va uni “Musofiri Tus” (Tusga safar qilgan musofir) bosh
sarlavhasi bilan Ahmad Tabibiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lim quyidagi
qismlardan iborat:

1.

Nom va nasabi.

2.

Tavalludi, tug‘ilgan joyi, vafoti

3.

Shoirning ijtimoiy kelib chiqishi (poygoh...)

4.

Tahsiloti

5.

Uylanishi va farzandlari

6.

Tabibiy va musiqa

7.

Tabibiy mazhabi

8.

Tusga safar

9.

Asarlari va ta’lifotlari: 9.1. She’riy devonlari; 9.2. Majmuat ush-shuaroi

Feruzshohiy; 9.3. Tabibiy va Xorazmdagi tarjima maktabi; 9.3.1. Vomiq va Azro. 9.3.2. Nozir va
Manzur. 9.3.3. Fuzuliyning “Haft jom” soqiynomasi

10.

Tabibiyning forsiy merosi: 10.1. Birinchi forsiy devoni (Mir’ot ul-ishq nomli);

6

Samoylovich A.N. Zapiski vostochnogo otdeleniya mmperatorskogo russkogo arxeologicheskogo obshestvo. Moskva.

T. 19 i 20. Sankt-Peturburg, 1909, -B.200


background image

64

10.2. Ikkinchi forsiy devoni (Mazhar ul-ishtiyoq nomli); 10.2.1. Shoirligi va she’riy uslubi;
10.2.2. Tabibiy she’rlari tilining o‘ziga xosliklari; 10.2.3. Tabibiy muxammaslariga bir nigoh;
10.2.4.Tabibiy she’rlarining mazmun-mundarijasi; 10.2.5. Tabibiy va Hofiz; 10.2.6. Takrorning
jilvalari; 10.2.7. Tabibiy she’rlaridan namunalar.

Tabibiy to‘g‘risida jurnalist Fayz Mahmud: Men Tabibiy devonlarini, to‘g‘rirog‘i o‘sha

davr shoirlari bayozlarini ko‘rish jarayonida uning fors-tojik, turkiy she’rlaridan tashqari,
arab tilidagi she’ri ham mavjudligini ko‘rganman. Shu davrga 20 ga yaqin bayozni ko‘rib
chiqish jarayonida uning naqadar yuksak mahoratli shoir bo‘lganiga amin bo‘ldim. Avvalo
shuni aytish lozimki, "bayoz" bu arab tilidan olingan bo‘lib, "oq" ma’nosini beradi, shoirlar tili
bilan aytganda eng yuksak, oliy, saylanma asarlar deganidir. Chunki bayozda nomi tilga
olingan shoirlarning eng zo‘r va tanlab olingan asarlarigina beriladi, xolos. Ya’ni eng mashhur
shoirlarning, masalan Hofiz bormi yoki boshqasimi, eng sara she’rlarigina bayozlarga
kiritiladi. Shunday ekan, Tabibiy nomi ko‘p bayozlarda tilga olinganidan shuni anglash
mumkinki, uning nazmdagi mahorati ancha kuchli darajada bo‘lgan. Bu mavzu bo‘yicha oxirgi
ishlardan biri Shermuhammad Omonovning 2023 yilda yoqlangan “Ahmad Tabibiy turkiy
devonlari qo‘lyozmalarining qiyosiy matniy tadqiqi” nomli doktorlik dissertatsiyasidir.
Mazkur dissertatsiya asosan shoirning turkiy devonlarini tadqiq doirasiga tortgan. Biz
ishimizda esa Ahmad Tabibiyning forsiy merosiga e’tiborni qaratmoqchimiz.

Xulosa qilib aytganda, Ahmad Tabibiy forsiy merosi o‘zining salmog‘i bilan nafaqat

o‘zbekistonlik olimlarni, balki xorijliklarni ham jalb qilishgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev H. Tabibiyning ijodiy yo‘li. // Hurriyat, 2010 yil 26 may. 7-sahifa.

2.

Ahmedov A. Xorazmdagi forsiyzabon adabiyot. Sino, № 23, -b. 53.

3.

Qobulov N. Xorazm adabiy muhiti, 95-b.

4.

Avaz. Saylanma. Toshkent, 1984, 200-218 –b.

5.

Samoylovich A.N. Zapiski vostochnogo otdeleniya mmperatorskogo russkogo

arxeologicheskogo obshestvo. Moskva. T. 19 i 20. Sankt-Peturburg, 1909, -B.200
6.

Ibrohim Xudoyor. G‘aribahoyi oshno. Tehron: muassasai mutolaoti milliy, tamadduni

Eroniy. 1384/2005. 321 s.

Библиографические ссылки

Abdullayev H. Tabibiyning ijodiy yo‘li. // Hurriyat, 2010 yil 26 may. 7-sahifa.

Ahmedov A. Xorazmdagi forsiyzabon adabiyot. Sino, № 23, -b. 53.

Qobulov N. Xorazm adabiy muhiti, 95-b.

Avaz. Saylanma. Toshkent, 1984, 200-218 –b.

Samoylovich A.N. Zapiski vostochnogo otdeleniya mmperatorskogo russkogo arxeologicheskogo obshestvo. Moskva. T. 19 i 20. Sankt-Peturburg, 1909, -B.200

Ibrohim Xudoyor. G‘aribahoyi oshno. Tehron: muassasai mutolaoti milliy, tamadduni Eroniy. 1384/2005. 321 s.