`
76
TRANSPORT VOSITASINI OLIB QOCHISH JINOYATI
Jabborov Zokirjon Qodirjanovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi professor
vazifasini bajaruvchi yuridik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)dotsent.
Yuldoshev Azizbek Shavkat o’g’li
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15625017
Annotatsiya
Ushbu maqolada, o`zganing transport vositasini olib qochish jinoyati tushunchasi,
obyektiv, subyektiv belgilari, motivi, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga tayinlangan jazo
choralari haqida bayon qilingan.
Kalit so`zlar:
Transport vositasini olib qochish, to`gri qasd, zo`rlik ishlatish, zo`rlik ishlatish bilan
qo`rqitish, uyushgan guruh, transport vositasini talonchilik, bosqinchilik maqsadida olib
qochish.
Аннотация:
В данной статье раскрыто понятие преступления угона чужого транспортного
средства, его объективные и субъективные признаки, мотивы, а также наказания,
назначенные виновникам этого преступления.
Ключевые слова
Угон автомобиля, умысел, применение силы, угроза применения силы,
организованная группа, угон автомобиля с целью грабежа, разбой.
Jinoyatning asosiy bevosita obyekti mexanik transport vositalarining yo‘l harakati
qoidalari sohasidagi harakat xavfsizligidir. Qo‘shimcha bevosita obyekt sifatida o‘zganing
mulki, shuningdek, transport vositasini olib qochish chog‘ida zo‘rlik ishlatilgan yoki zo‘rlik
ishlatish bilan qo‘rqitilgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 264-moddasida nazarda tutilgan transport
vositalaridan tashqari, barcha transport vositalari jinoyat predmeti hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat Kodeksi 267-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni
transport vositasini olib qochishdan iborat
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorida transport vositalarini haydab
qochish deganda, o‘ziga tegishli bo‘lmagan transport vositasini o‘zlashtirish maqsadisiz uni
turgan joyidan boshqa joyga olib qochishni tushunish kerakligi qayd etiladi
3
.
Qonunga xiloflik shaxsning transport vositasidan foydalanish, unga egalik qilish va uni
tasarruf etishga oid hech qanday vakolati yo‘qligidan dalolat beradi. Olib qochishga transport
1
Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2012. Б.24
2
Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва
ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари.
Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
3
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала
қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
`
77
vositasiga qonunga xilof ravishda egallash xos bo‘lib, bunda undan mas’ul bo‘lmagan
subyektlarning foydalanishi imkoniyati tug‘iladi.
Egallab olish yashirin yoki ochiqdan-ochiq bo‘lishi mumkin. Jinoyatni kvalifikatsiya
qilishda egallab olish usuli ahamiyatga ega emas. Olib qochish tushunchasi xususiyati va
energiya manbaidan qat’i nazar, transportda yurishni, uni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishni
ham qamrab oladi
4
.
Transport vositalarini olib qochish transport vositasi har qanday usulda (avtomobilni
bevosita boshqarish, itarish, shatakka olish yo‘li bilan va h.k.) harakatga keltirilgan paytdan
e’tiboran tugallangan jinoyat deb e’tirof etiladi. Bunda avtomobilni bir joydan boshqa joyga
ko‘chirish uchun sarflangan vaqt hamda aybdor transport vositasini ko‘chirib ulgurgan masofa
jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas.
Ayrim harakatlar, masalan, shaxs transport vositasining kabinasiga kirishi, dvigatelni
yurg‘izishga harakat qilishi transport vositasini olib qochishga qasd qilish sifatida kvalifikatsiya
qilinishi lozim.
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi.
Aybdor avtomobil yoki boshqa transport vositasini qonunga xilof ravishda egallab
olayotganini anglaydi, buning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetadi va uning yuz berishini
istaydi
5
.
Transport vositalarini olib qochish bilan bog‘liq qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish
uchun jinoyat motivlari va maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Sudlar bunday jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rayotib, har bir muayyan holda olib qochish
nima maqsadda amalga oshirilganini aniqlashlari lozim.
Agar transport vositasini o‘g‘irlash maqsadi borligi isbotlansa, aybdor shaxsning
harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasining tegishli qismlariga
ko‘ra kvalifikatsiya qilinadi. Bunday holatlarda qilmish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksining 164, 166, 169-moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Transport vositasini olib qochishni uni o‘g‘irlashdan farqlashda bir qancha holatlarni
hisobga olish lozim.
Jumladan, transport vositasi olib qochilganda, undan foydalanish imkoniyati bo‘la turib,
transport vositasi tashlab ketilgani va boshqa shunga o‘xshash holatlar uni o‘g‘irlash maqsadi
mavjud bo‘lmaganidan dalolat beruvchi holatlar deb e’tirof etilishi lozim.
Transport vositasini o‘g‘irlash maqsadi mavjud bo‘lganidan quyidagi holatlar darak
berishi mumkin: transport vositasining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (ustidan bo‘yash,
raqamini o‘zgartirish, qaytadan kuzov qildirish va boshqa o‘zgartirishlar), foydalanishga oid
qalbaki hujjatlar tayyorlash; transport vositasini sotib yuborish; ba’zi qismlarini sotish, uzoq
vaqt foydalanish va h.k. 14 yoshga to‘lgan, transport vositasiga egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etish vakolatlariga ega bo‘lmagan har qanday aqli raso jismoniy shaxs transport
vositasini olib qochishning subyekti bo‘lishi mumkin.
4
Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни
аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли
Республика илмий-амалий конференцияси.
5
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш
мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
`
78
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 2-qismida transport
vositasini olib qochganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan
sodir etilgan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 3-qismida transport
vositasini olib qochganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;173
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan
bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qaroriga ko‘ra, “uyushgan guruh”
deganda, transport vositalarini olib qochish yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki
yoki undan ko‘p shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak.
Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular
o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlash, guruhda
o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishlik jinoiy guruhning
uyushganligidan dalolat beradi.
Ayblov xulosasida va sud hukmida aynan qanday asoslarga ko‘ra jinoiy guruh uyushgan
deb topilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
“Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochishda qatnashgan shaxslarning
harakatlari, ularning har birining rolidan qat’i nazar, ishtirokchilik deb topilishi lozim”
6
.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 267-moddasi 2-qismi “v” bandi ma’nosiga ko‘ra:
- zo‘rlik ishlatish
deganda, jabrlanuvchiga har qanday og‘irlikda tan jarohati yetkazishni
tushunish lozim. Bunda aybdor shaxsning harakatlari shaxsga qarshi tegishli jinoyatlar uchun
javobgarlik nazarda tutilgan moddalarga binoan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab
etmaydi.
- zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish
deganda, jabrlanuvchiga har qanday og‘irlikda tan
jarohati yetkazish bilan qo‘rqitishni tushunish lozim.
Bunda ham qilmishni jinoyatlar majmui bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksi 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish)ga binoan kvalifikatsiya
qilish talab etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga muvofiq, transport vositalarini olib
qochish jinoyati uchun besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi
belgilangan
7
.
6
А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни
тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг
Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.
7
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал
қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
`
79
Transport vositalarni olib qochish ishlkari bo`yicha sud amaliyotini umumlashtirish
natijalarini muhokama qilib, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlari faoliyatida bu
haqdagi ishlarni ko`rishda jiddiy xato va kamchiliklar mavjudligi qayd etilmoqda.
Jinoyatning takroriyligi, bir guruh shaxslar tomonidan jinoiy til biriktirib sodir etilishi
belgilari tomonidan jinoiy til biriktirib sodir etilish belgilari har doim ham to`g`ri talqin
qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoya Kodeksi 267-moddasining 1-qismiga muvofiq, transport
vositalarini olib qochish deganda, o`zganing transport vositlarini talon-taroj qilish maqsadisiz
bir joydan boshqa joyga ko`chirish tushunlishi lozim.
Ushbu jinoyat aybdor shaxs tomonidan transport vositasini turgan joyidan boshqa joyga
olib qochgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Transport vositalari deganda yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar,
maxsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3. dan
kam bo‘lmagan mototsikl va motorollerlar, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan
o‘ziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar)
tushuniladi
8
.
Transport vositasini o‘g‘irlash maqsadisiz olib qochish faqat to‘g‘ri qasd bilan amalga
oshiriladi. Aybdor transport vositasini olib qochganda talon-toroj maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa,
uning harakatlari qilmishning xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksi 267-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki uchinchi qismi “v” bandi bilan kvalifikatsiya
qilinishi lozim. Bunday harakatlarni, tegishlicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 164,
166 yoki 169-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi
9
.
Shaxs o‘ziga berkitilgan transport vositasini o‘zboshimchalik bilan ishlatgan taqdirda
Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan javobgar bo‘la olmaydi.
Uyushgan guruh deganida transport vositalarini olib qochish yoki boshqa jinoyatlarni
sodir etish maqsadida ikki yoki undan ko‘p shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi
kerak
10
.
Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular
o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlash, guruhda
o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishlik jinoiy guruhning
uyushganligidan dalolat beradi.
Ayblash fikrida va sud hukmida aynan qanday asoslarga ko‘ra jinoiy guruh uyushgan deb
topilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochgan shaxslarning harakatlari,
ulardan har birining rolidan qat’i nazar, hamijrochi deb baholanishi va O‘zbekiston
8
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные науки
в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
9
Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари
//проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
10
Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в
досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы
правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции
«Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд.
«Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
`
80
Respublikasi Jinoyat Kodeksi 267-moddasi uchinchi qismining “b” bandi bilan O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat Kodeksi 28-moddasiga havola etilmagan holda kvalifikatsiya qilinishi
lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.
5.
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //
Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //
“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.
Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш
йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.
Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга
хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.
Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик
жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.
Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг
жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп
моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.
А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда
жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
`
81
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.
А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти.
Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.
А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган
тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.
А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.
Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий
жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.
Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан
боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.
Н.Қ.Усманалиев.
Протсессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни
кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.
Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт
//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг
ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик
жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-
протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.
Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию
общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.
Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда
`
82
жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.