Авторы

  • Zokirjon Jabborov
    O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi.
  • Avazjon Imyaminov
    O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.98047

Ключевые слова:

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ijtimoiy himoya plyuralizm konvensiya huquqiy hamkorlik davlat organlari propaganda qullik iqtisodiy tanazzul siyosiy beqarorlik chegaralar daxlsizligi ichki ishlarga aralashmaslik globallashuv.

Аннотация

Maqolada hozirgi vaqtda va umuman olganda inson yaratilganidan buyon uning erkin yashash bilan bog`liq huquqlari buzilishing eng yuqori ko`rinishi hisoblangan odam savdosining insoniyat svilizatsiyasiga salbiy ta`sirlari ,savdosing salbiy jihatlari yoritilgan. Bu kabi salbiy ko`rinishlarni yoritish uchun turli statistikalardan foydalanilgan. Maqolada shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o`zaro hamkorligi yoritilgan. Ushbu maqola davlat organlari xodimlari, siyosiy soha izlanuvchilari, xalqaro toifadagi yuristlar va siyosatchilar uchun amaliy qo`llanma sifatida foydali bo`ladi.


background image

`

142

ODAM SAVDOSI – GLOBAL MUAMMO

Jabborov Zokirjon Qodirjonovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi.

Imyaminov Avazjon Azimjon o’g’li

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15535958

Annotatsiya

Maqolada hozirgi vaqtda va umuman olganda inson yaratilganidan buyon uning erkin

yashash bilan bog`liq huquqlari buzilishing eng yuqori ko`rinishi hisoblangan odam
savdosining insoniyat svilizatsiyasiga salbiy ta`sirlari ,savdosing salbiy jihatlari yoritilgan. Bu
kabi salbiy ko`rinishlarni yoritish uchun turli statistikalardan foydalanilgan. Maqolada
shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o`zaro
hamkorligi yoritilgan. Ushbu maqola davlat organlari xodimlari, siyosiy soha izlanuvchilari,
xalqaro toifadagi yuristlar va siyosatchilar uchun amaliy qo`llanma sifatida foydali bo`ladi.

Kalit so`zlar

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ijtimoiy himoya plyuralizm, konvensiya, huquqiy

hamkorlik, davlat organlari, propaganda qullik, iqtisodiy tanazzul, siyosiy beqarorlik,
chegaralar daxlsizligi, ichki ishlarga aralashmaslik, globallashuv.


Dunyo xalqlarining jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash

barchaning e'tiborida qolmoqda.

Jinoyatchilikning bu mudhish turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega bo'lgan
hujjatlari qabul qilingan.

Xususan, "Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan

foydalanishga qarshi kurash to'g'risida"gi Konventsiya (1949 yil), "Qullik va qul savdosini,
qullikka o'xshash institutlar va odatlarni bekor qilish to'g'risida"gi qo'shimcha Konventsiya
(1956 yil), "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqida" Konventsiyani
to'ldiruvchi "Odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini to'xtatish, oldini olish va uning
uchun jazo to'g'risida"gi bayonnoma (2000 yil) shu toifadagi halqaro huquqiy hujjatlar
xisoblanadi

1

.

Bundan tashqari, odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni

kuchaytirish maqsadida 2005-yili MDH doirasida "Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida
hamkorlikni kuchaytirish to'g'risida"gi kelishuv, 2006-yilda sakkiz a'zo mamlakat doirasida
"Odam savdosiga qarshi kurashning 2007–2010-yillarga mo'ljallangan dasturi" qabul qilingan
edi.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga oid milliy

qonunchiligimizda ham o'zgarishlar bo'lmoqda. Xususan, 2019-2020-yillarda mazkur
yo'nalishlardagi faoliyatni tartibga solish maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat
qabul qilindi. Bundan tashqari, XMT va Xalqaro migratsiya tashkilotining 6 ta Konventsiya

1

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество

и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.


background image

`

143

hamda protokollari ratifikatsiya qilindi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo'l qo'yilganlik
uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy
javobgarlik to'g'risidagi hamda Jinoyat kodekslariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Shu
bilan birga, xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda «Odam savdosiga qarshi kurashish
to'g'risida"gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi

2

.

BMTning statistik ma'lumotlariga ko'ra, odamlar kamida 127 mamlakatdan sotuvga

chiqmoqda va ular 137 davlatda ekspluatatsiya qilinmoqda. Har yili turli hisob-kitoblarga ko'ra,
20-40 million kishi quldorlikning zamonaviy shakli qurboniga aylanyapti.

Mazkur muammoning aniq ko'lamini bilish juda ham qiyin, zero, jinoiy faoliyat yashirin

sodir etiladi. Aniq statistika mavjud emas, buni yuritib ham bo'lmaydi. Xalqaro darajada odam
savdosi qurbonlarining atigi 0,04 foizigina aniqlangan.

Afsuski, dunyo bo'ylab shuncha keng qamrovli amaliyot, tegishli targ'ibot-tashviqot olib

borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar "zamonaviy qullik", ya'ni odam savdosi
qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi
judayam achinarli. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo'layotgan asosiy omillardan biri
odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma'lumotga ega emasligidir.
Achinarlisi, o'zga davlat, begona bir muhitga tushib qolganlar mo'may daromad ilinjida og'ir
jismoniy mehnatga yollanmoqda, ayollar esa tuban va fahsh ishlarga majbur etilmoqda.

BMT ma'lumotiga ko'ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kishi odam

savdosining qurboniga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyatchilik
natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan.
Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har
yili dunyo bo'yicha 600–800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo'li bilan xorijiy mamlakatlarga
olib ketilib, sotib yuborilmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar fuqaro sudlangan. Ularning 84

nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga esa shartli va ozodlikni cheklash jazosi
tayinlangan. Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.
O‘zbekistonda 2023-yilda Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 126 nafar
shaxs sudlanib, ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash)
tayinlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 242 nafar

shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan
chaqaloqlar tashkil qilgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi)

bilan 69 nafar shaxs sudlanib, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 17
nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (jarima, shartli va
ozodlikni cheklash) tayinlandi.

Sudlanganlarning 53 nafari ayol, 16 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 86 nafar

shaxs jabrlangan bo‘lib, shulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoshgacha bo‘lgan

2

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и

инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.


background image

`

144

chaqaloqlar tashkil etdi. Odam savdosi-chinnakamiga insoniyatga jiddiy zarar yetkazayotganini
yuqorida keltirilgan statistikalardan ham ko`rish mumkin.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab Konstitutsiyamizda,

qonunlarimizda va butun dunyo tan olgan xalqaro qonunchilik normalarida mustahkamlangan
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, uning hayoti, sog’lig’i, qadr-qimmati, shaʼni va
boshqa qonuniy manfaatlari daxlsizligini himoya qilish ustuvor vazifalardan biriga aylandi
desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mustaqil demokratik yo‘ldan ketayotgan O‘zbekistonning eng oliy
maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlariga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga yoʻnalgani
bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh
Qomusimizning II bob 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy
printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va
boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi”

deyilgan. Demak, bundan shuni anglash mumkinki, har kim shaxsiy hayotini o’zi hoxlagancha
tashkil qilishi va egalik qilish (qonuniy cheklashlardan tashqari), shaxsiy va oilaviy sirlarini
saqlash, o’zining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga egadir. Afsus bilan ta’kidlash
joizki, mamlakatimizda ayrim shaxslar oson yoʻl bilan katta mablagʻ topish ilinjida jinoyat sodir
etish yo’liga kirib, fuqarolarimizni turli aldov va firibgarlik yo’li bilan tuzog’iga ilintirib, ulardan
o’zlarining g’ayriqonuniy manfaatlari yo’lida foydalanib, ko’pgina oilalarning boshiga so’z bilan
ifodalab bo’lmaydigan kulfatlar keltirib, odam savdosi bilan shug’ullanib kelmoqdalar.
Oqibatda ko’pgina fuqarolarimiz odam savdosi jinoyatining qurboniga aylanishmoqda.

«Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida

odam savdosi jinoyatining tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. Odam savdosi bu kuch
bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish,
o’g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan
foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni
to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida
ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishni, shuningdek, odamlardan
foydalanish maqsadida boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan
shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki
qullikka o’xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olishni
anglatadi. Odam savdosi qadimdan mavjud bo’lgan jinoyatlardan biridir.

Tarixga nazar soladigan bo’lsangiz, antik davrda va oʻrta asrlarda ham odam savdosiga

oddiy hol sifatida qaralgan. Bunda savdo-sotiq ob’ekti - inson qul maqomida bo’lgan. Inson
huquqlari bo’yicha lug’atdagi ta’rifda qulchilik deganda, o’z ish beruvchilarini tanlashda
mustaqil bo’lmagan, mulk yoki ashyo sifatida bozorda sotib yuborilishi mumkin bo’lgan
shaxsning hayot sharoiti va maqomi tushuniladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish
bo‘yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi
bo‘yicha hamda jinoyatchilikka qarshi kurash, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish
kabi ustuvor yo‘nalish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va
ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy,


background image

`

145

psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda

3

.

Bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish

va ko‘kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek
qo‘yish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda,
O‘zbekistonda 2013-yildan boshlab XMT metodologiyasi bo‘yicha va ushbu tashkilot
ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan
foydalanish ustidan monitoring olib borilmoqda. XMT va Jahon banki tomonidan 2013-2018-
yillarda o‘tkazilgan monitoringlar natijasida paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va
majburiy mehnatdan ommaviy foydalanish hollari aniqlanmadi. Bularning amaliy misollari
sifatida 2015-yil sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi davlat huquqiy inspeksiyasining tezkor aloqasi va vazirlik veb-saytida
online-maslahatchi faoliyatida ham koʻrishimiz mumkin

4

.

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning o‘z

vaqtida olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar majmuini tashkil etish orqali jinoyatni
kamaytirishga doir topshirig‘i ijrosini taʼminlash yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari
tomonidan jinoyatlarning, shu jumladan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning erta oldini
olishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shu bilan birga, tahliliy
maoʻlumotlarning ko‘rsatishicha, hozirgi vaqtda odam savdosiga qarshi samarali kurashishga
va majburiy mehnatdan foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator salbiy omillar saqlanib
qolmoqda. 2019-yilning 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga binoan Odam
savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va
majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi etib qayta tashkil etilganini alohida
e’tirof etishni zarur deb hisoblayman. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmoni bilan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy
ma’ruzachi instituti ta’sis etildi, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklandi.
Milliy ma’ruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida
mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida, ushbu jinoyat turiga dahldor
shaxslarni taqdim qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili
ma’lumot taqdim etib turishi nazarda tutilgan. Shu bilan bir qatorda mazkur sohada
respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ishonchli axborotlarni keng
jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va xalqaro tashkilotlarning
vakolatxonalarini jalb etgan holda ommaviy axborot vositalari uchun muntazam brifinglar
tashkil etish nazarda tutilgan. Bunda Milliy ma’ruzachi odam savdosiga va majburiy mehnatga
qarshi kurashish sohasida xalqaro hamjamiyat bilan, ushbu sohada ixtisoslashayotgan

3

Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi munosabati bilan tugatish asoslarini

takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3 (2016): 47-50.

4

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические

исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.


background image

`

146

tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni ta’minlaydi

5

.

Shuningdek mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya
qilish Milliy ma’ruzachining yana bir muhim vazifasidir. Ushbu Farmonga muvofiq odam
savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasini
takomillashtirish nazarda tutilgan. Har yili butun dunyo bo’ylab minglab erkaklar, ayollar va
bolalar odam savdosining qurboni bo’lishadi. Turli internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlarda
jinoyatchilar tarqatadigan soxta va yolg’on ma’lumotlarga ishonib, ular qulga aylanishadi. Eng
achinarlisi shundaki, har yili shu tarzda minglab insonlarning huquq va erkinliklari
buzilmoqda

6

.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda bugungi kunda 20 milliondan ortiq odam savdosi

qurbonlari mavjud. Har yili to’rt milliondan ortiq kishilar o’z xohishiga qarshi ushlab turiladi
va jismonan ekspluatatsiya qilinadi. Garchi jinsiy ekspluatatsiya odam savdosining nisbatan
keng tarqalgan shakli bo’lsa-da, yuz minglab qurbonlar majburiy mehnat, uy sharoitida xizmat,
bolalar esa tilanchilik qilish maqsadida yoki tana a’zolari uchun bu jinoyat qurboniga
aylanadilar. Noqonuniy faoliyatning mazkur turi butun dunyo miqyosida eng daromadli
biznesga aylangan. Xalqaro ekspertlarning fikriga ko’ra, “tirik odamlar” bilan savdolashayotgan
noqonuniy “savdogarlar”ning yillik daromadi qariyb 150 milliard dollarni tashkil etadi. Odam
savdosi muammosi – transchegarviy jinoyat, u hech qanday milliy chegaralarni tan olmaydi.
Shuning uchun unga qarshi kurashishda xalqaro miqyosda maʼlumot almashish va o’zaro
hamkorlikni kuchaytirish talab etiladi

7

. Bugungi kunda O’zbekiston hukumati odam savdosi,

majburiy mehnat va bolalar mehnatiga qarshi kurashish uchun faol choralar ko’rmoqda.
Respublikamiz BMTning “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’grisida”gi
konvensiyasi, “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga
chek qo’yish va uning uchun jazolash haqida”gi Protokoli va boshqa xalqaro hujjatlar
ishtirokchisiga aylandi. Ko’plab xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan normalar milliy
qonunchiligimizga implementatsiya etilgan. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi
kurashish Milliy komissiyasining birinchi yig’ilishida komissiya faoliyatiga oid bir necha
tashkiliy masalalar muhokama qilindi. 2019-2020 yillarda odam savdosi va majburiy mehnatga
qarshi kurashish sohasida davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha ish
rejalari va “yo’l xaritalari”, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
hamda komissiyaga taqdim etish bilan bog’liq tadbirlar belgilab olindi

8

. Yaqinda “Ijtimoiy fikr”

respublika jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalari
shuni ko’rsatadiki, mehnat muhojirlari ko’p hollarda o’z huquqlarini to’liq amalga oshira

5

Аширбоев А. Ислом ҳуқуқи таъсири кучли давлатларда суриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш

институтининг ўзига хос хусусиятлари //Наука и технология в современном мире. – 2024. – Т. 3. – №. 13. – С. 35-
38.

6

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини

кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

7

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических

средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S.
– С. 267-277.

8

Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар

//Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.


background image

`

147

olmaydi. Aksariyat hollarda fuqarolarimiz chet davlatlarda o’z xavfsizligini qanday ta’minlash
haqida o’ylamaydi va noqonuniy yoki shartnomasiz ish topib, chet elda duch kelishlari mumkin
boʻlgan qiyinchiliklar haqida, odatda, hech narsa bilishmaydi. Shu munosabat bilan odam
savdosiga qarshi kurashish doirasida olib borilayotgan axborot ishlari aholi, ayniqsa, ayollar va
yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi

9

. Milliy komissiya

davlatning har bir fuqarosiga, hatto eng chekka qishloqlarda yashovchilarga ham noqonuniy
migratsiya havfi, zamonaviy qullikning mohiyatini tushuntirish, ularni yurtimizda yaratilgan
shart-sharoitlardan boxabar qilish, ishga joylashish imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot
yetkazish ma’suliyatini zimmasiga oldi. Bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlari davlat
idoralari bilan yaqin hamkorlikda odam savdosi qurbonlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish, chet
elda ishlashni istaganlar uchun ekspertlarning maslahatlarini tashkil etish, ishsizlarni kasbga
yo’naltirish, bandligini ta’minlashda faol qatnashmoqda. Milliy komissiya tegishli vazirliklar,
idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha
vakili (ombudsman) bilan hamkorlik qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O`zbekiston respublikasi qonuni-633 “Odam savdosiga qarshi kurashish to`g`risidagi”

17.08.2020 yil.
2.

“Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanafurushlikda foydalanilishiga qarshi

kurashish to`g`risidagi” konvensiya 21.03.1950-yil
3.

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” 1948-yil 10-dekabr

4.

“Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shavqatsiz, g`ayriinsoniy yoki

qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya” 28.10.1995-yil.
5.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном

процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
6.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и

следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
7.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари

//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
8.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп

моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
9.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,

хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.

9

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан

фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.


background image

`

148

10.

Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish

asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.
11.

Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi

munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3
(2016): 47-50.
12.

Murodov, B. (2016). Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da'vo muddati o'tganligi

munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston qonunchiligiga sharh , (3),
47-50.
13.

Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni

sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va
innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
14.

Аширбоев А. Ислом ҳуқуқи таъсири кучли давлатларда суриштирув ва дастлабки

терговни тўхтатиш институтининг ўзига хос хусусиятлари //Наука и технология в
современном мире. – 2024. – Т. 3. – №. 13. – С. 35-38.
15.

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда

жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.
16.

Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан

боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Библиографические ссылки

O`zbekiston respublikasi qonuni-633 “Odam savdosiga qarshi kurashish to`g`risidagi” 17.08.2020 yil.

“Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanafurushlikda foydalanilishiga qarshi kurashish to`g`risidagi” konvensiya 21.03.1950-yil

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” 1948-yil 10-dekabr

“Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shavqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya” 28.10.1995-yil.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.

Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.

Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3 (2016): 47-50.

Murodov, B. (2016). Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da'vo muddati o'tganligi munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston qonunchiligiga sharh , (3), 47-50.

Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.

Аширбоев А. Ислом ҳуқуқи таъсири кучли давлатларда суриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институтининг ўзига хос хусусиятлари //Наука и технология в современном мире. – 2024. – Т. 3. – №. 13. – С. 35-38.

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.