`
106
FALSAFANING ASOSIY MAVZULARI
Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich
Renessans ta’lim universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15804813
Annotatsiya:
Ushbu maqolada falsafa fanining o‘rganish dolzarbligi, hayotiy
qadriyatlarning mazmun mohiyati, insonning jamiyatdagi o‘rnini topishiga ko‘maklashuvchi
omil sifatida so‘z yuritiladi
Kalit so‘zlar:
ontologiya, aksiologiya, filosofiya, faylasuf, shaxs falsafasi, qadriyatlar,
estetika.
Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga
erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o‘zining akl-zakovati
va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko‘plab sir-asrori kashf etildi, buyuk
ixtirolar qilindi.
Ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o‘rin
tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va xalqining tafakkuri,
ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar,
jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga
tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bayroq sifatida namoyon bo‘ladigan by
g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, falsafa o‘zi nima,
degan masalaga to‘xtalib o‘taylik. U insoniyat tarixidagi eng
qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o‘zi
kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlaninsh va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning
mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
«filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» —
donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi
hisoblanadi.
Asrlar davomida filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma - xil qarashlar, uning
jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar
bo‘lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o‘zgarib borgan.
Falsafa — dunyo va inson haqida umumiy, nazariy, tahlilchi fikr yurituvchi fan. U inson
tafakkurini, borliqni, ma’nolarni va qadriyatlarni o‘rganadi. Falsafaning asosiy mavzulari:
Ontologiya (borliq haqida ta’limot) Borliq, mavjudot, vujud, makon va zamon haqidagi falsafiy
o‘ylar. Bu mavzuda "Olam nima?", "Vujud abadiymi?" kabi savollar ko‘riladi. Gnoseologiya
(bilish nazariyasi) Inson dunyo haqida qanday bilim oladi? Haqiqiy bilimning manbalari va
shakllari qanday? Aql va his qilish o‘rni nimada?, Aksiologiya (qadriyatlar falsafasi) Yaxshilik,
yomonlik, go‘zallik, adolat, erkinlik kabi qadriyatlarning mohiyati va inson hayotidagi o‘rnini
o‘rganadi. Etika (axloq falsafasi) Inson qanday yashashi kerak? Axloqiy me’yorlar, vijdon,
mas’uliyat va insonning o‘zini tutishi haqida bahs yuritiladi. Estetika (go‘zallik haqida ta’limot)
San’at va go‘zallik mohiyati, estetik baholash mezonlari, go‘zallik subyektivmi yoki obyektiv?
Ijtimoiy falsafa Jamiyatning kelib chiqishi, davlat va inson munosabatlari, siyosat, huquq, adolat
va ijtimoiy tenglik masalalari tahlil qilinadi. Shaxs falsafasi Inson kim? Shaxsning maqsadi,
ozodligi, ma’suliyati va axloqiy tanlovlari kabi masalalarni qamrab oladi. Ilim-fan falsafasi
`
107
ilmiy bilim, fanning maqsadi, usullari, fan va texnologiyaning inson hayotiga ta’siri haqidagi
falsafiy tahlil.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali
barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa,
u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi
Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to‘g‘rirog‘i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga
aylangan.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu
Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari
ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish,
hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida
ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas,
olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech
qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida
bu hol yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va
odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda
faylasuf deganda, ko‘pdan-ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuxrat
qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql
vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan
uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki behuda
xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo‘lish ilmiy bilimlarni egallash
orkali ro‘y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari,
bid’at va cheklanishlarga muxolif bo‘lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi
dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo‘ldi.
Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo‘lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqat sifatida
mutlaqlashtirmaydi. Bu borada Suqrotning «Men hech narsani bilmasligimni bilaman» degan
e’tirofi haqiqat mezonidir.
Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bulib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari
erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish,
ko‘r - ko‘rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va kamchiliklarni
anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va
vorislik falsafaning muxim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga quyilgan vazifalarga va uning hayotdagi o‘rniga qarab, ijtimoiy
taraqqiyotning turli davrlarida unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib borgan. Bu munosabatlar
dastlabki fanlar paydo bo‘lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan
sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq, shakllana boshlagan.
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o‘rni, jamiyat va shaxs hayotidagi axamiyati
nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo‘lgan. Ayniqsa, tarixiy
taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g‘oyalari
kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
`
108
Har bir falsafiy g‘oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o‘z davri xususiyatlarini aks ettirgan.
Ular zamon ruhi va ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda
qo‘l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Xegelning asar va
ta’limotlarida ular yashab o‘tgan davr g‘oyalari aks etgan.
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. Taraqqiyot ortidan
inqirozlar, yutuqlar ketidan mag‘lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta’qib
etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy- estetik taraqqiyot borasida
inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomondan, madaniy-intellektual rivojlanish
samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o‘zgarishlar taqozosi deyish mumkin.
Endi faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek
ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchanipg ma’nosini u
Olimpiya o’yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh,
kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir gu-
ruh savdo - sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi esa, uyindan ma’naviy oziq
olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub
kishilar, Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi. Bu, bir qarashda, oddiy va jun misolga o‘xshaydi.
Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umrining o‘zi ham shunday. «Dunyo
teatrga o‘xshaydi, unda kelgan har bir kishi sahnaga chiqdi va o‘z rolini o’ynab dunyoni tark
etadi», dag‘al fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida bosh ham
qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish- ichish, uy-ro’zg‘or tashvishlari bilan o‘tkazadi.
Boshqasi - nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini
o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo‘larli hayot
kechiradi.
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga
ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga iitiluvchi kishilarni faylasuf deb
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda
falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri
Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim,
sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ala shu
haqiqatni nazarda tutgan. Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399
yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: «O‘z-o‘zini yerga urish, tubanlashish
nodonlikdan boshqa narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». Lev Tolstoy
donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular, avvalo,
boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga
qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuksonlariga sabr-toqat bilan
chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy
va imom Termiziy, Beruniy va Ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq
chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf
darajasiga ko‘tarilganlar.
`
109
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir
deb bo‘lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo‘ladi. Ular o‘z davri va millatining
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xudoning o‘zi aql-zakovat, iste’dod,
kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo‘lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy
tarqqiyot miqiyosida tanilgan, teran insoniy g‘oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini
chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo‘lgan.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimova V.M. – Falsafa asoslari.
2.
Narzikulov Q.N., Hasanov A. – Falsafa.
3.
Musurmanov N.M. – Falsafa tarixi va nazariyasi.
4.
Imomov V.I. – Falsafa.
5.
Alimov H. – Ma’naviyat asoslari.