Авторы

  • Toxir Nurulloyev
    Renessans ta’lim universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.120683

Ключевые слова:

jismoniy madaniyat psixika murabbiy ob’ektiv sub’ektiv emotsional holat ruhiy holat metod.

Аннотация

Ushbu maqolada sportchilarning psixologik holatlarini o‘rganish va korreksiyalashning mashg‘ulotlarga ta’siri, hamda natijadorligi haqida so‘z yuritiladi.


background image

`

22

SPORT PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI

Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich

Renessans ta’lim universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15836491

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sportchilarning psixologik holatlarini o‘rganish va

korreksiyalashning mashg‘ulotlarga ta’siri, hamda natijadorligi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

jismoniy madaniyat,

psixika, murabbiy, ob’ektiv, sub’ektiv, emotsional

holat, ruhiy holat, metod.

Murabbiylar va jismoniy madaniyat o‘qituvchilari pedagogik va murabbiylik faoliyati

jarayonida hamda psixologik tadqiqotlar o‘tkazishda Sport psixologiyasi fanining asosiy
uslublaridan amaliy foydalanish imkoniga ega bo‘lish uchun ularni o‘zlashtirishlari zarur.
Psixologik uslublar o‘quvchi va talabalarning ruhiy hayotini xolis tahlil etuvchi tadqiqotlar olib
borishni talab qiladi. Bunda turlituman uslublar, shu jumladan, psixik hodisalarni har
tomonlama tadqiq va tahlil etishni ta’minlovchi boshqa fanlarning uslublaridan ham
foydalanish mumkin. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi uchun psixikani tadqiq etish uslublari,
eng avvalo, talaba ruhiyatini samaraliroq shakllantirish maqsadida uning shaxsini, individual
psixologik xususiyatlarini o‘rganish usullari sifatida qaraladi. Psixologiya fanida barcha psixik
jarayonlarda, holatlar va shaxsning individual xususiyatlari qanday uslublar yordami bilan
o‘rganilgan bo‘lsa, sport psixologiyasi fanida ham xuddi o‘sha uslublardan foydalaniladi.
Sportchini ob’ektiv ravishda tekshirish jarayonida sportchi faoliyatining turli jihatlarini qayd
qilib borish va uning paydo bo‘lishi, kechishi, ifodalanishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar
to‘plashga imkon beradi. Jumladan, turli xil muammolarning paydo bo‘lishi, uni hal qilish
imkoniyatlari to‘g‘risida o‘ylash (gepotiza yaratish), qiyinchiliklardan chekinmasdan maqsadga
erishish yo‘llari va usullarini tanlash, jahon birinchiligi va olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish
rejalarini tuzish, sportchilarni o‘rganishda kuzatish, suhbat, tajriba o‘tkazish, sportchi faoliyat
mahsulini tahlil qilish, test kabi uslublar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sportchini chuqurroq,
yanada ko‘proq o‘rganish uchun o‘rni bilan quyidagi uslublardan foydalanish mumkin:
Kuzatish uslubi. Bu uslub sport musobaqasi va mashg‘ulotlari jarayonida sportchi ruhiy
sifatlarini kuzatib borish bilan birga, sportchi psixikasini xarakterlovchi zaruriy materiallarni
ko‘proq yig‘ishdan iborat. Psixologiya fanida kuzatish uslubi: ob’ektiv (tashqi) hamda sub’ektiv
(ichki) kuzatishdan iborat ikki qismga ajratilib o‘rganiladi. Kuzatish davomida quyidagi
jarayonlar o‘rganiladi:

1) umumiy maqsad va vazifalarni belgilash;
2) kuzatish ob’ektini tanlash;
3) sportchining qaysi tomonlarini kuzatish haqida maqsad va vazifalarni belgilash;
4) sportchining mashq va musobaqa jarayonida qaysi tomonlarini kuzatish ob’ektini

tanlash;

5) kuzatish sub’ekti (sinaluvchi sportchi)ni aniqlash;
6) kuzatish muddati (vaqti)ni belgilash;
7) sportchini izchil va muntazam kuzatishga erishish, ya’ni har xil faoliyat turlarida,

jumladan, musobaqada, mashq jarayonida, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan
munosabatini kuzatish;

8) individual yoki sport guruhlarini yoppasiga kuzatish;


background image

`

23

9) kuzatish mahsulini qayd etib borishda kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi,

videokamera va magnitofon vositalaridan foydalanish.

Sportchi qanchalik aqlli, zakovatli, yetuk bo‘lsa, sport mashg‘uloti va musobaqa

jarayonida muvaffaqiyatga erishish holati shunchalik yengil kechadi. Sportchi o‘zining
individual jismoniy xususiyatlarini o‘zgartirish asosida mantiqiy jihatdan ham jismoniy
jihatdan ham ruhiy rivojlanish imkoniyatiga ega. Sportchining bilish jarayoni, individual
xususiyatlari, hissiyotlarini o‘rganish yo‘li o‘z-o‘zini ichki va tashqi kuzatish orqali amalga
oshiriladi. Shu boisdan, kuzatishning har ikkala yo‘lini inobatga olgan holda ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilsa, u taqdirda kutilgan ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish mumkin. Ko‘pincha
tajribali psixolog, o‘qituvchi, pedagog va murabbiylar o‘z-o‘zini kuzatish orqali to‘plagan
ma’lumotlarga asoslangan holda o‘zgalar fikr yuritishini tahlil qilish bilan chegaralanmasdan,
sportchining tashqi (ob’ektiv) va ichki (sub’ektiv) harakatlari, xulq-avtori haqida ham ilmiy
xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, sportchini kuzatish orqali undagi
emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda
aql-zakovatining ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar olinadi.
Natijada sportchining musobaqaga jismoniy va psixologik tayyorgarlik holati qay tarzda, qay
tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi kuzatiladi. Yosh sportchilarning jismoniy harakat va o‘yin
faoliyatini kuzatish orqali harakatning, obrazli tafakkurning rivojlanishiga harakatli va syujetli
o‘yin turlarining ta’siri kuchli ekanligini, shuningdek, sport bilan shug‘ullanayotgan
o‘quvchining sport turlari bo‘yicha mustaqil fikr yuritishi, g‘alaba, hayajon, ehtiros kabi aqliy
his-tuyg‘ularining pay-do bo‘lishi uning sport haqidagi tafakkurining o‘sishiga ta’siri juda
yaqqol aniqlanadi. Tajribalarimizning ko‘rsatishicha, kuzatish yordamida sport bilan
shug‘ullanayotgan o‘quvchining chaqqonligi, chidamliligi, tashabbuskorligi, sport musobaqasi
jarayonida fikrining bir ob’ektga yo‘naltirilganligi, tashqi ta’sirga berilmasligi, yuz
alomatlaridagi tashvish va iztirob, ko‘zlaridagi g‘ayritabiiy holat, o‘z-o‘zicha ichki nutqning
paydo bo‘lishi, o‘z raqibiga, tomoshabin va hakamlarga sinchkovlik bilan qarashi, g‘azab va
xursandlik kabi ruhiy kechinmalarini kuzatish orqali ularning faoliyatini yanada
takomillashtirishning ilmiy-uslubiy jihatlarini ishlab chiqish mumkin. Shuningdek,
sportchining sportdagi ijodkorligi va erishgan natijalarini kuzatish orqali sportga o‘ta berilishi,
xavfli vaziyatlarda qo‘lining, umuman, tanasining titrashi, kayfiyatidagi beqarorlikni aniqlash
bilan sportchining o‘zini boshqarishi, o‘zini tuta bilishi qay tarzda kechishi bo‘yicha u yoki bu
xulosaga kelinadi. Kuzatishning qulay va samarali jihatlari bilan birga, uning zaif tomonlari ham
mavjud. Jumladan, sportchi xarakterida ifodalanadigan keskin o‘zgarishlar yuz berish sababini
kuzatish yordamida o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shu sababli sportchi ruhiyatini tadqiq etishda
boshqa uslublardan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Tashkiliy uslub. Bu uslubda tajribaning
ilmiy-strategik tomonlari aniqlanadi. Bu guruhdagi uslublarga quyidagilar kiradi:

1) taqqoslash uslubi orqali sportchining turli darajadagi ruhiyati, holati, yosh

xususiyatlari, jinsi, ruhiy tayyorgarligi va jismoniy tarbiyaga xos xarakter xususiyatlari
o‘rganiladi;

2) tashkiliy uslub yordamida sportchining ko‘p yillik maxsus jismoniy mashqlar bajarish

jarayonidagi harakatlarining rivojlanishi o‘rganiladi. Bu uslub maktabda jismoniy madaniyat
o‘qitishni takomillashtiradi, sportchilarning ko‘p yillik sport mashg‘uloti jarayonining sifatini
oshirishda qo‘l keladi;


background image

`

24

3) umumiylik uslubining asosiy maqsadi birorta ob’ektni har tomonlama o‘rganishdan

iborat. Jumladan, sportchining laboratoriyadagi harakatlari kamerada maxsus texnik asboblar
yordamida o‘rganiladi; reaksiya tezligi, his-tuyg‘ulari tahlil etiladi.

Tabiiy tajriba o‘tkazish uslubi. Bu uslub faoliyatni tashkil etishda qo‘llaniladi. Jismoniy

madaniyat darsida, sport musobaqasi va mashg‘ulotlar davrida aniq xarakter sifatlari
o‘rganiladi. Bu uslubda tajriba o‘tkazuvchi kishi sportchiga bildirmasdan uning o‘ziga kerakli
tomonlarini o‘rganadi. Masalan, qobiliyatini, malakasini, qiziqishlarini xarakter sifatlari,
teperament tiplari va boshqa psixologik xususiyatlarini o‘rganishga harakat qiladi.
Psixodiagnostika uslubi. Bu uslub orqali sportchining jismoniy va ruhiy harakatlarining
rivojlanishi o‘rganiladi. Jumladan, aniq sport turlarining maxsus jihatlarini, sportchining
musobaqadan oldingi, musobaqa davridagi, musobaqadan keyingi ruhiy holatini, sportchining
musobaqaga tayyorgarligi va sport mashqlarini bajarishdagi ruhiy kuchlanishini o‘rganadi. Bu
uslubdan sportchilarni jamoaga saralab olishda, ularning aqliy his-tuyg‘ulari, irodaviy
sifatlarini aniqlashda foydalanish mumkin. Empirik uslub. Bu uslubda suhbat, anketa, reyting,
sotsiometriya va biografiya usullaridan foydalansa bo‘ladi. Bunga ham o‘z-o‘zini kuzatish
uslublari kiradi. Miqdor sifatlarini tahlil qilish uslubi. Bu uslubda matematik hisoblash
yordamida aniq ma’lumotlar ishlab chiqiladi. Birinchidan, sportchilar asab tizimining kuchli
yoki kuchsizligiga qarab guruhlarga ajratiladi. Ikkinchidan, asab tizimining tiplarini o‘rganish
orqali ularning temperamenti aniqlanadi. Oliy ta’lim tizimida talabalarga pedagogik va
psixologik bilimlarni o‘rgatishda ularda ma’naviy, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zarur.
Jumladan, psixologiya darslarida har bir talabaga kelajakda yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash
borasidagi ishlar o‘zlarining ma’naviy burchi ekanligini anglab, bu vazifani zavqshavq va
mamnuniyat bilan bajarishga odatlanish zarurligini uqtirish lozim. Zero, yuksak madaniyatli,
adolatli, talabchan, intizomli, shirinso‘z sport xodimlari va sportchilarni tayyorlash, talabalarni
mustaqil oilaviy va ijtimoiy hayotga yo‘llash shu kunning asosiy talablaridan biridir.
Sportchining guruh va jamoada shaxs sifatida o‘zlari yashab turgan jamiyat tomonidan qabul
qilingan axloqiy talablarni ado etishlari ma’naviy histuyg‘ularini shakllantirish asosida amalga
oshiriladi. Bu jarayonda sportchining murakkab, sermazmun, kuchli hislari: o‘rtoqlik va do‘stlik
hislari, muhabbat, rashk, yoqtirmaslik, nafrat hislari, insonparvarlik va vatanparvarlik hislari,
ishchanlik va burchlar tengligiga bo‘ysunishga asoslanish lozim. Shuningdek, sportchilar
shaxsiy munosabatlarda, psixologik munosabatlarda bir-biriga bog‘liq tomonlariga, jumladan,
yoqtirish, hamjihatlik, shaxsiy manfaatlarga asoslanmasligi, o‘z vazifalarini bajarayotganlarida
xudbinlik bilan biror g‘arazli maqsadni ko‘zlamasligi lozim. Ma’naviy his-tuyg‘ulari kamol
topgan sportchilar jamiyat foydasiga bo‘ladigan ish-larni bajarayotganlarida yuksak ma’naviy
hislarga to‘lib-toshadi, buni o‘zlari uchun baxt deb bilishadi. Sportchining ma’naviy burch hissi
sport mashg‘uloti va o‘qish jarayonida yanada yaqqolroq, yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Sportchilarni o‘qitish va tarbiyalash katta ma’naviy mas’uliyatni talab qiladi. Mas’uliyat hissi
talaba-sportchilarni o‘z bur-chini anglashga undaydi. O‘z burchini anglashning o‘ziyoq
sportchida tetiklik, mamnunlik va xursandlik hissini, o‘z kuchiga ishonch hissini, yuksak
optimizm hissini tug‘diradi. Sportchidagi optimizm real go‘zallik va xursandlik hissidir.
Ma’naviy his mustaqil jamiyat qurayotgan, tinchlik uchun kurashchi bo‘lgan O‘zbekiston
fuqarosining shon va sharaf hissidir. Barcha ma’naviy hislar kabi sport faoliyatida namoyon
bo‘ladigan ijobiy hislar ham iroda bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, talaba va


background image

`

25

sportchilarning ma’naviy xislatlarini belgilab beradi. Sport psixologiyasi fanini o‘qitishda
sportchilarda shakllangan axloqiy talablar, o‘zaro munosabatda namoyon bo‘lgan asosiy
ma’naviy hislarni kamol toptirishga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Chunki, ma’naviy his
har bir sportchining o‘z qadr-qimmatini hurmat qilishida ifodalanadi. Hozirgi kunda do‘stlik,
o‘rtoqlik va birodarlik, bir-birlarini hurmat qilish, bir-biriga tanqidiy munosabatda bo‘lish kabi
yuksak axloqiy sifatlar sportchilarning turmushiga singib bormoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Weinberg, R. S., & Gould, D. (2023). Foundations of Sport and Exercise Psychology (8th

ed.). Human Kinetics.
2.

Cotterill, S. T. (2021). Team Psychology in Sports: Theory and Practice. Routledge.

3.

Gucciardi, D. F., & Gordon, S. (2020). Mental Toughness in Sport: Developments in

Research and Theory. Routledge.
4.

Hanin, Y. L. (2022). Emotions in Sport (2nd ed.). Human Kinetics.

5.

Birrer, D., Röthlin, P., & Morgan, G. (2024). Psychological Skills Training in Sport: Theory

and Practice for Athletes, Coaches and Practitioners. Springer.

Библиографические ссылки

Weinberg, R. S., & Gould, D. (2023). Foundations of Sport and Exercise Psychology (8th ed.). Human Kinetics.

Cotterill, S. T. (2021). Team Psychology in Sports: Theory and Practice. Routledge.

Gucciardi, D. F., & Gordon, S. (2020). Mental Toughness in Sport: Developments in Research and Theory. Routledge.

Hanin, Y. L. (2022). Emotions in Sport (2nd ed.). Human Kinetics.

Birrer, D., Röthlin, P., & Morgan, G. (2024). Psychological Skills Training in Sport: Theory and Practice for Athletes, Coaches and Practitioners. Springer.