`
75
XALQARO SARMOYALAR VA AHOLI BANDLIGI: O‘ZBEKISTONDA
BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA
O‘ktamov Abbos O‘ktamovich
“Tadbirkorlikni rivojlantirish” AJ
Axborot-tahlil mutaxassisi
+998974078777
https://doi.org/10.5281/zenodo.16791788
Barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida xorijiy investitsiyalar va
aholi bandligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tobora dolzarb tus olmoqda. Rivojlanayotgan
mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, texnologik
yangilanishni amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda xalqaro sarmoyalarga katta
tayanmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng bosqichma-bosqich investitsion muhitni
yaxshilash, bandlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni
amalga oshirdi. Ushbu tezisda xalqaro investitsiyalar orqali bandlik darajasini oshirish va bu
orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish masalalari chuqur tahlil qilinadi.
Xalqaro sarmoyalar — bu chet ellik investorlar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga
yo‘naltirilgan kapital bo‘lib, odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXI) va portfel
investitsiyalar shaklida bo‘ladi. Ular yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratish,
raqobatbardoshlikni oshirish, soliq tushumlarini ko‘paytirish va eksport salohiyatini
kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Jahon banki va UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, TXI iqtisodiy o‘sishni 1-2% ga tezlashtiradi
va minglab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘ladi. Investitsiyalar natijasida texnologik
transfer, zamonaviy boshqaruv uslublari va xalqaro standartlar mamlakat ichkarisiga kirib
keladi.
Aholi bandligi — bu iqtisodiy faollikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, barqaror
ijtimoiy rivojlanish, daromadlar o‘sishi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Yangi ish
o‘rinlarining yaratilishi aholining moliyaviy mustaqilligini kuchaytiradi, kambag‘allik
darajasini pasaytiradi va ichki bozorni rivojlantiradi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki,
investitsiyalar bilan bir vaqtda kasbiy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va hududiy bandlik
siyosatini uyg‘unlashtirish iqtisodiy samaradorlikni keskin oshiradi. Masalan, Xitoy, Polsha,
Hindiston va Turkiya kabi davlatlarda TXI asosida barpo etilgan sanoat zonalari millionlab ish
o‘rinlarini taqdim etmoqda.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investitsion muhitni yaxshilash va bandlikni oshirish
borasida sezilarli natijalarga erishildi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatga jalb qilingan
xorijiy investitsiyalar hajmi 10,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, bu esa 2016-yilga nisbatan
uch baravar ko‘pdir.
Toshkent, Navoiy, Sirdaryo, Andijon, Buxoro va boshqa viloyatlarda tashkil etilgan
texnoparklar, erkin iqtisodiy zonalar va sanoat hududlari minglab aholini ish bilan
ta’minlamoqda. Masalan, 'Navoiyning erkin iqtisodiy zonasi'da 15 mingdan ortiq ish o‘rni
yaratilgan bo‘lsa, 'Angren' zonasi orqali eksport salohiyatiga ega ishlab chiqarish korxonalari
faoliyat yuritmoqda.
`
76
Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma
korxonalar (masalan, UzAuto, Artel, Samsung va boshqalar) minglab o‘zbekistonliklarni ish
bilan ta’minlamoqda.O‘zbekiston iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB),
Xalqaro valuta fondi (IMF) kabi tashkilotlarning roli katta.Ular tomonidan transport
infratuzilmasi, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida
moliyalashtirilayotgan loyihalar nafaqat iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlamoqda, balki
minglab ish o‘rinlarini ham yaratmoqda. Masalan, OTB moliyalashtirgan Qashqadaryo
viloyatidagi 'Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi 2000 dan ortiq mahalliy ishchilarni
ish bilan ta’minladi. Bu borada quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
1. Investitsiya loyihalarida mahalliy aholini ish bilan ta’minlash kvotalarini joriy etish;
2. Kasb-hunar markazlari va texnik kollejlarda investorlar bilan hamkorlikda kadrlar
tayyorlash dasturlarini joriy qilish;
3. Investitsion hududlarda infratuzilma (yo‘llar, elektr, internet)ni rivojlantirish orqali
yangi ish o‘rinlarini rag‘batlantirish;
4. Yashil investitsiyalar (ekologik toza texnologiyalar) orqali yangi bandlik shakllarini
yaratish;
5. Hududiy investitsiya forumlari va xalqaro ko‘rgazmalar orqali investorlar va mahalliy
ishbilarmonlar o‘rtasida tarmoq yaratish.
Xulosa shuki, xalqaro sarmoyalar va aholi bandligi O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining
ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi. Investitsiyalar nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
yaxshilaydi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ijtimoiy barqarorlikka ham xizmat qiladi.
Shu bois, davlat, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi uzviy hamkorlik asosida
xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va bandlik siyosatini uyg‘unlashtirish O‘zbekistonning uzoq
muddatli taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi bo‘lishi zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining investitsiya va bandlikka oid farmon va
qarorlari, 2020–2024.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborotlari, 2024.
3.
Jahon banki: Uzbekistan Country Economic Update, 2023.
4.
IMF Uzbekistan Outlook, 2024.
5.
UNCTAD World Investment Report 2023.
6.
YTTB va OTB hisobotlari, 2023.
7.
Polsha, Xitoy va Hindistonning TXI orqali bandlik tajribalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar.