`
25
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY
JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI
Normuroda Sadoqat Xoliqovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi oʻqituvchisi , ilmiy raxbar
Asadova Shaxina Halim qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Matematika va informatika" yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504285
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy va iqtisodiy
jarayonlarni rivojlantirishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Raqamli infratuzilmani
kengaytirish, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlilidan foydalanish, raqamli platformalarni
joriy etish hamda innovatsion texnologiyalar orqali samaradorlikni oshirish kabi usullar
ko‘rib chiqilgan. Maqolada raqamli texnologiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarga ta’siri, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashdagi roli batafsil yoritiladi. Ushbu tadqiqot raqamli iqtisodiyot
imkoniyatlaridan samarali foydalanishni istagan mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun
foydali bo‘ladi.
Kalit soʻzi
. Raqamli iqtisodiyot, ijtimoiy jarayonlar, innavatsion texnologiya, sun’iy
intellekt, internet tarmoqlari , onlayn ta’lim.
Аннотация
. В данной статье анализируются современные методы развития
социальных и экономических процессов в цифровой экономике. Были рассмотрены
такие методы, как расширение цифровой инфраструктуры, использование
искусственного интеллекта и анализа данных, внедрение цифровых платформ и
повышение эффективности за счет инновационных технологий. В статье подробно
описано влияние цифровых технологий на социально-экономические изменения в
обществе, повышение эффективности использования ресурсов и обеспечение
экономической стабильности. Данное исследование будет полезно экспертам и
исследователям, желающим эффективно использовать возможности цифровой
экономики.
Ключевые слова
: Цифровая экономика, социальные процессы, инновационные
технологии, искусственный интеллект, сети Интернет, онлайн-образование.
Annotation
. This article analyzes modern methods of development of social and
economic processes in the digital economy. Methods such as the expansion of digital
infrastructure, the use of artificial intelligence and data analysis, the introduction of digital
platforms and the improvement of efficiency through innovative technologies were
considered. The article describes in detail the impact of digital technologies on socio-
economic changes in society, increasing the efficiency of resource use and ensuring economic
stability. This study will be useful for experts and researchers who want to effectively use the
opportunities of the digital economy.
Key word.
Digital economy, social processes, innovative technology, artificial
intelligence, Internet networks, online education.
Raqamli iqtisodiyot - bu iqtisodiy faoliyatning zamonaviy shakli bo‘lib, unda raqamli
texnologiyalar, internet va elektron tizimlar markaziy o‘rinda turadi. Hozirgi kunda,
`
26
texnologiyalarning jadal rivojlanishi va internetning keng tarqalishi iqtisodiyotning barcha
sohalarida inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. An'anaviy iqtisodiyotda ishlatiladigan
ko‘plab jarayonlar va usullar raqamli texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilmoqda va
optimallashtirilmoqda, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam
beradi. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyotning asosiy afzalliklari - samaradorlik, tezlik,
resurslarni tejash va innovatsiyalarni joriy etishdan iboratdir.
Raqamli iqtisodiyotning o‘sib borishi bilan yangi ish o‘rinlari yaratilib, eski ish o‘rinlari
esa transformatsiyalashadi. Startaplar va kichik bizneslar uchun yangi imkoniyatlar
yaratilmoqda, chunki raqamli platformalar orqali biznesni boshqarish va reklama qilish ancha
osonlashmoqda. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi katta.
Global miqyosda raqamli texnologiyalar va onlayn xizmatlarning ko‘payishi yangi bozorlarni
yaratishda va mavjud bozorlarni kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo'llab-
quvvatlash O'zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o'rin olgan.
Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat
xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich
ravishda elektron shaklga o'tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya
infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi.
Raqamlashtirish so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish
jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan
tortib, elektron hukumatgacha tobo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini
qo'llashni ko'zda tutadi.
Raqamti iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq boʼlmagan vaqtda, 1995-yilda
Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikotas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiy rivojlanishi ortidan iqtisadiyotdan
yangi iqtisodiyotga o'tishda, Qanday oʻzgarishlar roʼy berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot bu xoʼjalik faoliyatini yuritish boʼlib,bunda ishlab chiqarishga
xizmat koʻrsatishga asosiy, omil raqamlar koʻrinishidagi maʼlumotlar bo'lib, katta hajmdagi
axborodlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasida analiz qilish yordamida har xil
turdagi ishlab chiqarish, xizmat koʼrsatish, texnologiya qurilmalarini saqlash, mahsulotlarni
yetkazib: berishida oldingi tizimdan samarali yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha
aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar koʼrsatish. elektron tulovlar amalga
oshirish,intenet savdo, kraudlanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʼlangan faoliyatdir.
Texnologik raqamli muhit – bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi faoliyat
uchun butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan «akvarium» hisoblanadi. Axborot
texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur'atlarini o‘zlashtirish hamda
xizmat va mahsulotlar shaklini xilma-xillashtirishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari,
tadqiqotchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bozorga chiqarilishi haqida ham
gapirishmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasi haqida gapiradigan bo‘lsak, axborot texnologiyalari ko‘plab
kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko‘lamdagi amallar tezroq,
arzonroq, qulayroq va o‘rtadagi vositachilarsiz bajariladi.
`
27
Elektron savdo, internet-banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo‘nalishlar kundan
kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar sohalarda avtomatik
tarmoqli servislar (masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova kabi) biznesdagi vositachilar
o‘rnini egallamoqda.
Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar natijasida qo‘shimcha
qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va manfaatlarni baham
ko‘rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa bozordagi raqobat o‘z
o‘rnini o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol bo‘shatishi, shu bilan birga,
vertikal muloqotdan o‘zaro teng munosabatlar va bir-birini to‘ldiruvchi xizmatlarga o‘tishiga
umid uyg‘otadi.
Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan ortiq sohalarni
keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar
biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va
jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan.
Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga
ko‘payishi yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. 2010 yilda
Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko‘lamini 20ta mamlakatdan iborat
guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib
qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga
yaqinlashadi.
Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi, ushbu
sektor ish o‘rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq yaratadi. Biroq IT
yo‘nalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirayotgan boshqa sohalarda ish
o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1ta yangi ish o‘rni uchun
yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni to‘g‘ri keladi). Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun
ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil ochib bermoqda.
Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish
o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi,
elektron hukumat loyihalari doirasida xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi.
Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil bo‘lgan umumiy
effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda taqsimlanmaydi.
Raqamlashtirish – yangi iqtisodiy texnologiyalarning yo‘ldoshi hisoblanadi
Axborot platformalarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan muloqot modellari yangi
iqtisodiy texnologiyalarning (YaIT) paydo bo‘lishiga turtki beradi.
YaIT – bu tashkiliy boshqaruv tizimlariga biror maqsadga xizmat qiladigan axborot
(ma'lumotlar, g‘oyalar va bilimlar) mahsulotlarini yaratish, ularni uzatish, saqlash va aks
ettirish uchun yaxlit texnologik platformaga birlashuvchi va iqtisodiy agentlar muloqotiga
sarflanadigan trakzaksion xarajatlarni maksimal darajada kamaytiruvchi ma'lumotlarni qayta
ishlashga doir har jihatdan yangi «sozlanuvchi» vositalar va metodlar yig‘indisidir.
Raqamli texnologiyalar va xatarlar
Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning
asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar
`
28
atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan Alibaba
internet resursi hisoblanadi .
References:
1.
Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA
MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASH."
PEDAGOGS
50.2 (2024): 51-55.
4.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
5.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL
IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Models and methods in modern science
3.5 (2024): 44-49.
6.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA
TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."
Science and innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
7.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection. 2023/1/1.
10.
Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси
ҳолатини башоратлаш."
Сервис” илмий-амалий журнал
(2022): 56-59.
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."
Berlin Studies Transnational
Journal of Science and Humanities
2.1.1 Economical sciences (2022).
12.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
13.
Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА
ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.
Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic
papers collection (2019).
`
29
15.
Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX
STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.
Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ
РИВОЖЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).