`
159
EDGE COMPUTING VA UNING TARMOQ INFRATUZILMASIDAGI OʻRNI
Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li
Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar
Rajabova Mashxura Mirsaid qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15117585
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Edge computing tarmoq haqida maʼlumotlar, uning
imkoniyatlari, afzalliklari haqida maʼlumotlar jamlangan. Ushbu maqola asosan Edge
computing tarmoq infratuzilmasidagi oʻrni haqida batafsil axborot beradi.
Kalit soʻzlar
: Edge computing, Edge computing serverlari,Edge slyuzlari,tarmoq
trafiglari, infratuzilma.
Kirish
: Edge computing haqida maʼlumot beradigan boʻlsak, Edge computing bu
foydalanuvchi yoki unga yaqin bo‘lgan bir qator tarmoqlar va qurilmalarni nazarda tutadigan,
yangi paydo bo‘lgan hisoblash paradigmasi sanaladi. Edge computing maʼlumotlarni
yaratilgan joyga yaqinroq yerda qayta ishlashga qaratilgan texnologiya boʻlib, katta hajmli
ma’lumotlarni katta tezlikda qayta ishlash imkonini beradi va real vaqtda yirik natijalarga olib
keladi. Edge Computing maʼlumotlarni markaziy serverga yubormasdan, ularga yaqin joyda
qayta ishlash texnologiyasi hisoblanadi.Bu yondashuv tarmoq infratuzilmasida muhim rol
o‘ynaydi va quyidagi jihatlar bilan ajralib turishini koʻrishimiz mumkin.Maʼlumotlarni
markaziy serverga uzatish o‘rniga, ularni joyida qayta ishlash tarmoq trafigini sezilarli
darajada kamaytiradi. Bu ayniqsa IoT ,Internet of Things, qurilmalarida muhim bo‘lib, minglab
qurilmalar tomonidan hosil qilinadigan katta hajmdagi maʼlumotlarni boshqarishga yordam
beradi.Yana ,markaziy server bilan aloqa qilish vaqt talab etadi. Edge computing yordamida
maʼlumotlar bevosita yaqin tarmoq tugunlarida qayta ishlanadi, bu esa real vaqt rejimidagi
ilovalar uchun muhim hisoblanadi.Agar markaziy server yoki bulutli xizmat vaqtincha
ishlamay qolsa, edge qurilmalar mustaqil ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu, ayniqsa,
sanoat avtomatizatsiyasi va tibbiyot sohasida muhim.Edge computing xavfsizligi haqida shuni
aytish joizki maʼlumotlar markaziy serverga yuborilmasdan joyida qayta ishlanganligi sababli,
ularga ruxsatsiz kirish xavfi kamayadi. Edge computing ayniqsa shaxsiy va korporativ maxfiy
maʼlumotlar bilan ishlaydigan tizimlar uchun foydalidir.Edge computing tez va samarali
ishlash qobiliyatiga ham ega. Tahlillar joyida amalga oshirilgani uchun tizimlar tezroq qaror
qabul qiladi. Masalan, aqlli videokuzatuv tizimlari kadrlarni lokal qurilmalarda qayta ishlab,
faqat kerakli natijalarni markaziy serverga yuborishi mumkin.Edge computing tarmoq
infratuzilmasida markaziy va bulutli hisoblash tizimlariga muqobil yechim sifatida paydo
bo‘lgan. U maʼlumotlarni qayta ishlashni tezlashtirish, tarmoq yukini kamaytirish, xavfsizlikni
oshirish va real vaqt rejimidagi ilovalarning samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga
ega.Edge computing turli sohalarda qo‘llaniladi, jumladan: Sanoat, aqlli zavodlar va
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari uchun real vaqt rejimida monitoring va
boshqaruv. Sog‘liqni saqlash, masofaviy diagnostika, tibbiy qurilmalardan tushgan signal va
ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash.Transport, avtonom avtomobillar, yo‘l harakati boshqaruvi
va real vaqt ma’lumotlar tahlili. Rivojlangan shaharlar, atrof-muhit monitoringi, energiya
boshqaruvi va xavfsizlik tizimlari.
`
160
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili:
Ilmiy maqolalar va konferensiya materiallari IEEE,
ACM, Springer kabi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan tadqiqotlar.Masalan, "IEEE Internet
of Things Journal" va "ACM Computing Surveys" dagi maqolalar edge computing’ning tarmoq
infratuzilmasiga ta’siri va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kitoblar va
monografiyalarga qarasak: Edge computing asoslari, bulutli hisoblash bilan integratsiyasi va
xavfsizlik muammolari bo‘yicha akademik kitoblar. Masalan, "Edge Computing: Principles and
Practices" (Mahadev Satyanarayanan) kabi nashrlar. Texnologik kompaniyalarning
hisobotlari va oq qog‘ozlari Cisco, IBM, Microsoft, AWS kabi yirik IT-kompaniyalarning tahliliy
hujjatlari. Ushbu hujjatlar edge computing’ning sanoatga tatbiqi, iqtisodiy samaradorligi va
xavfsizlik bo‘yicha muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. So‘nggi tadqiqot va innovatsiyalar AI,
IoT, 5G bilan integratsiyalangan edge computing modellarini ko‘rib chiquvchi tadqiqotlar.
GPU va FPGA kabi tezkor apparat platformalarida edge computing optimallashtirilishi haqida
maqolalar. Tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, edge computing tadqiqotlari va rivojlanishi bulutli
texnologiyalar, IoT va 5G tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli, ilmiy maqolalar,
texnik hisobotlar va tarmoq standartlari ushbu sohada asosiy manba hisoblanadi.
Xulosa va takliflar:
Edge computing zamonaviy tarmoq infratuzilmasining ajralmas
qismiga aylanib bormoqda. U markaziy serverlarga bo‘lgan yukni kamaytirish, kechikishni
pasaytirish va real vaqt rejimida ishlov berishni ta’minlash orqali IoT, 5G va sun’iy intellekt
kabi texnologiyalar bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi. Ilmiy tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, edge computing samaradorligi va xavfsizligi uning muvaffaqiyatli joriy etilishi
uchun
muhim
omillardir.Takliflar
shundan
iboratki:
Tarmoq
infratuzilmasini
takomillashtirish yaʼni, 5G va yuqori tezlikdagi optik tarmoqlar bilan integratsiyani
kuchaytirish. Edge computing markazlarini strategik joylashuvi va samarali ishlashini
optimallashtirish. Xavfsizlik choralari va ma’lumotlarni himoyalash.Edge computing
tizimlarida shifrlash va autentifikatsiya mexanizmlarini kuchaytirish.Kiberxavfsizlik bo‘yicha
xalqaro standartlarni joriy etish va monitoring tizimlarini rivojlantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ
МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ."
Символ науки 7-2 (2022): 15-17.
2.
Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS
OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.
Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol
multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and
Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature
Switzerland, 2023.
4.
Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР
ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va
o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).
5.
Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information
`
161
security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.
6.
Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern
programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
7.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir
hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
4.09 (2024): 178-183.
8.
Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA
QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI
O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
9.
Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO
SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023):
130-146.
10.
Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ,
ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА,
ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.11. Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H.
Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS.
APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.
11.
Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of
electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
12.
Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE
MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
13.
Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ
ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
14.
Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ
ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
15.
Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ
СОЗДАНИЯ
ДИНАМИЧЕСКИХ
ВЕБ-САЙТОВ
И
ОПТИМИЗАЦИИ
ИХ
ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
16.
Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING
LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
17.
Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY
WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
18.
Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы
`
162
Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
19.
Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical
services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.