`
153
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR: MEHNATNI MUHOFAZA
QILISH QOIDALARINING BUZILISHI JINOYATINI OCHISHNING O‘ZIGA XOS
JIHATLARI
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Xudoyberganov Sardor Sherimbetovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15536523
Annotatsiya
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha
islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot
sharoitlarini yaratib berishga qaratilgandir. Albatta, munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-
texnik taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yengillashtirish bilan bir
qatorda, turli xil xavfli faktorlarni vujudga keltiradiki, natijada har xil ko‘rinishdagi baxtsiz
hodisalar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu
muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson yaxshi yashashni, уa’ni o‘zining moddiy-
ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli inson tinimsiz
faoliyatda bo‘ladi.
Kalit so’zlar
Mehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, shaxsiy himoya vositalari, ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisa, zararli ishlab chiqarish omili, ishchilarning xavfsizligi, ishlash
huquqi.
Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish jarohatlarini
kamaytirishda, ushbu baxtsiz hodisalarni chuqur tahlil qilish asosida ularni keltirib chiqaruvchi
sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta o‘rganish mubim rol
o‘ynaydi
1
.
Baxtsiz hodisalarning sabablari
asosan quyidagi 4 guruhga bo‘linadi: texnikaviy, sanitar-
gigiyenik, tashkiliy va psixofiziologik.
Texnikaviy sabablarga
mashina
va
mexanizmlar hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr
qurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklashtushirish mashinalaridan noto‘g‘ri foydalanish,
mashina va mexanizmlar konstruksiyasini mehnat muhofazasi talablariga javob bermasligi
kabilar kiradi.
Sanitar-gigiyenik sabablarga
esa mehnat gigiyenasi, sanitar me’yorlar
va
qoidalarga amal
qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi
kabi ko‘rsatkichlarni me’yordan chetga chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havoning
changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin
2
.
1
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va
amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.
2
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson
huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy
universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.
`
154
Tashkiliy sabablarga
ish rejimi va dam olish rejimini noto‘g‘ri tashkil etilganligi, sog‘lom
va xavfsiz ish sharoitini yaratilma-ganligi, ishchilarni xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha
o‘qitilmaganligi, ish joylarida ogohlantiruvchi belgilarni bo‘lmas-ligi, nomutaxassislarni ishga
qabul qilish, maxsus kiyim-boshlar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ishchilarni ta’minlan-
maganligi va boshqalar misol bo‘la oladi.
Psixofiziologik sabablarga
bajarilayotgan ishga e’tiborsiz qaralishi, ishchining o‘z
faoliyatida bo‘lgan nazoratining bo‘shligi, jismoniy yoki asabiy toliqish va boshqa shu kabilar
kiradi.
Ishlab chiqarishdagi хаfli va zararli оmillar
baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi
sabablardan farq qiladi. Baxtsiz hodisalarning sabablari mehnat muhofazasi bo‘yicha
standartlar, qonun-qoidalar va ko‘rsatmalarning buzilishi, ularga amal qil-maslik oqibati bo‘lsa,
ishlab chiqarishdagi xavfli
va
zararli omillar esa bevosita jarohatlanishlarni keltirib chiqaruvchi
shart-sharoitlar hisoblanadi.Ishlab chiqarishdagi хаfli va zararli omillar ishning turi va mehnat
sharoitiga bоg‘liq holda 4 guruhga bo‘linadi: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik
.
Fizikaviy omillarga
harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning himoyalanmagan
qo‘zg‘aluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi,
baland darajadagi shovqin, titrash, infratovush, ultratovush, turli xi1 nurlanishlar, statik elektr
zaryadlari, yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining
me’yordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi.
Kimyoviy omillarga
ishlab chiqarish jarayonlarida ishlati-ladigan yoki ajralib chiqadigan
turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish xususiyatiga qarab quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi, ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi; inson
a’zolariga kirish уo‘li orqali esa: nafas olish уo‘li orqali ta’sir etuvchi, ovqatlanish va hazm qilish
tizimi orqali va bevosita teri orqali ta’sir etuvchi.
Biologik omillarga
esa har xil jarohatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro va
makroorganizmlar: bakteriyalar, virus-lar, rikket, zamburug‘lar, har xil zaharli o‘simliklar vа
hayvonlar kiradi.
Psixofiziologik omillarga
jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi. Jismoniy
zo‘riqishlar statik, dinamik va giperdinamik holda bo‘lishi mumkin. Asabiy zo‘riqish esa kuchli
aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishda bo‘lishidan, kuchli hayajonlanish yoki
asabiylashishdan sodir bo‘ladi.
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina holatlarda ushbu faktorlar umumlashgan holda uchraydi.
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish zararli
va
xavfli faktorlarning ta’sir
darajasini susaytirish maqsadida texnologik
jarayonlarni to‘liq mexaniza-tsiyalashtirish, avtomatlashtirish
va
ish joylarini
germetiklashtirish, ishlab chiqarish xonalarida yoritilganlik, shovqin, titrash darajalarini
hamda mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yor-lashtirish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar va
shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni o‘z vaqtida amalga oshirish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7- noyabr 1994-yildagi 538-sonli
qaroriga asosan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish davlat boshqaruviga o‘tkazildi va bи
masalada bosh mutasaddi qilib Mehnat vazirligi tayinlandi
.
Keyinchalik Vazirlar
Mahkamasining 16-fevral 1995-yildagi 58- son qarori bilan Mehnat vazirligi qoshida
«Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi» tuzildi. Bu boshqarmaning vazifasi
`
155
respublikamizdagi korxona va muassasalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha tashkiliy
va
texnikaviy muammolarni o‘z vaqtida yechilishini nazorat qilish
hamda xavfsizlik mezonlarini muhokama etish
va
tasdiqlash jarayonida ishtirok etishdan
iboratdir. Mehnat xavfsizligi xizmatini bevosita tashkilotning bosh rahbari boshqaradi. Unga
amalda bu xizmatni tashkil etish uchun uning yordamchisi va
asosiy mutasaddi shaxs sifatida
texnika xavfsizligi muhandisi tayinlanadi
va
ungahamkorlik uchun ko‘р yillik ish tajribasiga ega
bo‘lgan muhandis hamda texnik xodimlar, mehnat jamoalari
va
kasaba uyushmasi qo‘mitasi
tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari saylagan vakillari jalb etiladi.
Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan
jarohatlanish
va
boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish
va
tashkilot ma’muriyatining ishchi-xizmatchilarga ish sharoitini yaxshilab borishi ustidan
nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish asosida mehnat xavfsizligi
va
himoya
vositalarini muttasil takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini
olishga qaratilgan tashkiliy
va
texnik hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish
va
ularni joriy
qilishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining birdan bir maqsadi, mehnat muhofazasi
qonun-qoidalariga ishchi
va
xizmatchilarning e’tiborini oshirish, sog‘lom
va
xavfsiz ish
sharoitini yaratishni yagona, to‘g‘ri yechimini aniqlash hamda uni ishlab chiqarishda tatbiq
etishga tavsiya qilishdir.
Mehnat xavfsizligini boshqarish– bu bir qator, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigiyenik
hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini tayyorlash va joriy qilish asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda mehnat muhofazasi– bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar
asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish
qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy,
sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir
3
.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr
1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari,
nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi.
Respublikamizda demo-kratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson
huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy
va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat
xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat-lariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor
shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir
insonning uzviy huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash,
adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda)
4
.
3
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini to‘xtatishning nazariy va
amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-320 b.
4
Sh.Sh.Suyunov. Some aspects of qualifying drug-related crimes. Koreya Respublikasining “Digital Fashion
Conference” jurnali 5.10.2022 y B. 13-15
`
156
Yuqoridagilarga asoslangan holda ifodalash mumkinki, insonning hayoti, mehnat
faoliyati, faoliyаti davridagi sog‘ligi davlat qonunlari asosida himoyalanadi, muhofaza
qilinadi.O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunida
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini topgan. Unda «Korxonaning
ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» (4-
modda) ta’kidlangan. Ushbu qonun 5 bo‘lim va 29 moddadan iborat bo‘lib, unda mehnat
muhofazasi bo‘yicha umumiy qoidalar (1-bo‘lim, 7 moddadan iborat); mehnatning muhofaza
qilinishini ta’minlash (2-bo‘lim, 8 moddadan iborat); ishlovchilarning mehnatni muhofaza
qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar (3-bo‘lim, 6 moddadan iborat);
mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan
davlat va jamoatchilik nazorati (4-bo‘lim, 3 moddadan iborat); mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javob-garlik (5-bo‘lim, 5
moddadan iborat) masalalari aniq yoritilgan.
1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi va u
1996-yil aprel oyidan boshlab amalda kuchga kirdi. Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik
texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, yong‘in chiqishidan saqlanishga va mehnat
muhofazasining boshqa qoidalariga rioya etish yuzasidan ishchi va xizmatchilarga уo‘l-
уo‘riqlar berish, shuningdek, xodimlarning mehnat muhofazasiga doir qo‘llanmalarda
ko‘rsatilgan hamma talablarga amal qilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish ma’muriyat
zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat
sharoitida bajariladigan yoki havoni ifloslantiruvchi ishlarda mehnat qiluvchi ishchi va
xizmatchilarga belgilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya
vositalari tekinga beriladi. Mehnat sharoiti ifloslanish bilan bog‘liq va zararli bo‘lgan ishlarda
ishlovchi ishchilar belgilangan me’yorda sovun hamda sut yoki boshqa xil parhez oziq-ovqatlar,
issiq sexlarda ishlovchilar esa gazsuv bilan tekin ta’minlanadi
5
.
Mehnat qonunlari kodeksida balog‘atga yetmagan yoshlarning, ayollarning mehnatiga
alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to‘lmagan yigitlarni 16 kg.dan, qizlarni 10 kg.dan ortiq yuk
ko‘tarishiga, ularning ish vaqtini haftasiga 36 soatdan ortib ketishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak.
Shuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlari ishlashga
jalb etish taqiqlanadi. Ishchi xodimlar uchun ish vaqtining me’yoriy muddati 40 soatdan oshib
ketmasligi, 18 ga kirmagan yoshlar hamda mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda mehnat
qiluvchilar uchun ish vaqti miqdori haftasiga ko‘pi bilan 36 soat bo‘lishi kerak. Ish vaqtidan
ortiq ishlash har bir ishchi va xizmatchi uchun surunkasiga ikki kun davomida 4 soatdan va
yiliga 120 soatdan ko‘р bo‘lmasligi lozim
6
.
Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini
ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib, ular
ma’lum bir tizimga solingan. Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalarning oldini
olishga qaratilgan tadbirlardan biri – sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri .tekshirish va tahlil
5
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining
sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar (Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava,
finansov i prikladnыx. 2023 g.
6
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat
jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni.
01.10.2022 yil B. 105-109.
`
157
qilish, ularning sabablarini aniqlash hamda olingan ma’lumotlar asosida tegishli tadbirlar
ishlab chiqishdan iboratdir. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston Rеspub-likasi Vazirlar
Mahkamasining 1997-уil 6-iyundagi 286-sonli qaroriga asosan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa zararlanishini tekshirish va hisobga olish»
to‘g‘risida Nizomi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida hamda mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni va boshqa me’yoriy
hujjatlarni buzganligi uchun javobgarlik belgilangan. Qonunda, mehnatni muhofaza qilishga
doir talablar ta’minlanmaganligi uchun korxonalarning javobgarligi (25- modda); mehnatni
muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni
tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi (26-modda); mehnatni
muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
(27-modda); ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun
korxonalarning moddiy javobgarligi (28- modda); ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida
xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi (29-modda) aniq ko‘rsatib
o‘tilgan.
«Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar
va
boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida
aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik
qilgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda
intizomiy, ma’muriy
va
jinoiy javobgarlikka tortiladilar (27-modda). Mehnat muhofazasi
bo‘yicha qonunlarga, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoida
va
me’yorlariga
rioya etmaslik ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari hisoblanadi. Shu
sababli, mehnat qonunlari va mehnat sharoitlarini doimiy nazorat qilib borish taqozo etiladi va
bu ishni davlat hamda jamoat nazorat organlari olib boradi. Davlat nazorat organlari
quyidagilardan iboratdir: «O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi– ishlab chiqarishda
ishlar bexatar olib borilishini, unda ishlatiladigan texnikalar, uskunalar va jihozlarning texnik
holatini, ulardan foydalanish qoidalarining bajarilishini, shuningdek, yuk ko‘tarish-tushirish
mashina va mexanizmlari, bosim ostida ishlovchi qozon va
sig‘imlardan foydalanish hamda
portlatish ishlarini bexatar olib borilishini nazorat qiladi
7
.
Davlat yong‘in nazorati
ishlab chiqarish binolari va inshoot-larida yong‘in xavfsizligini
yuqori darajada bo‘lishini nazorat qiladi. Davlat sanitariya nazorati
korxonalar va tashkilotlar
tomonidan sanitariya-gigiyena me’yorlariga va qoidalariga rioya qilish, shuningdek,
zaharlanish hamda kasb kasalligining oldini olish tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat
qiladi. Davlat sanitariya nazorati viloyat, shahar, tuman sanitariya epidemiologiya stansiyalari
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat energetika nazorati
elektr va issiqlik yordamida ishlovchi uskuna
va
qurilmalaridan foydalanish ishlarini bexatar olib borilishini nazorat qiladi. Davlat
nazorat
organlaridan tashqari kasaba uyushmalarining texnik inspektorlari ham nazorat ishlarini olib
boradi.
Mehnat bo‘yicha texnik inspektorlar ishlab chiqarishda ro‘у bergan avariya va baxtsiz
hodisalarni tekshiradi hamda sud-tergov ishlari uchun xulosa yozib beradi, shuningdek, baxtsiz
hodisalarni hisobga olib boradi. Bundan tashqari, ular mehnat muhofazasi bo‘yicha ish
7
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil
`
158
sharoitlarini yaxshilash borasida tuzilgan bitim
va
jamoa shartnomalarining bajarilishini ham
nazorat qiladi
8
.
Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat muhofazasi holatini nazorat qilib borish uchun
jamoatchi inspektorlar ham saylanadi. Ushbu jamoatchi inspektorlarga maxsus guvohnoma
beriladi va
kasaba uyushmalarining umumiy yig‘ilishlarida ularning hisobotlari tinglanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].
3.
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.
4.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.
5.
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy
yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning
zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti
2009. B. 66-69.
6.
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki //
“Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. –
Toshkent, 2010. B. 171-175.
7.
B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari //
Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
8.
B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24
9.
B.B.Murodov. Predvaritelnoe sledstvie v organax vnutrennix del. Uchebnik. T.:
Akademiya MVD Respubliki Uzbekistan, 2014. 395 B.
10.
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari.
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.
11.
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati
turlari. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 9.06.2023 yil
12.
Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat
sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
13.
Sh.Sh.Suyunov. Some aspects of qualifying drug-related crimes. Koreya Respublikasining
8
N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-
tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9
B. 81-86.
`
159
“Digital Fashion Conference” jurnali 5.10.2022 y B. 13-15
14.
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini
to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-
320 b.
15.
A.T.Ashirboev. Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik
faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T.,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
16.
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda
dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.
17.
A.Y.Abdullaev. Guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi
jinoyatlarini sodir etish izlarining yuzaga kelish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari.
Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. 2023 yil.
18.
A.Y.Abdullaev. Guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi sabablari. Yevraziyskiy
jurnal prava, finansov i prikladnыx. 2023 g.
19.
A.Y.Abdullaev. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilishning taktik jihatlari. Yevraziyskiy
jurnal prava, finansov i prikladnыx. 2022 g.
20.
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish jinoyatining sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar
(Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx. 2023 g.