TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA FANIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AMALIY ASOSLARI

Abstract

Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida etarlicha foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi hamda o‘quvchi yoshlarni etuk barkamol shaxs sifatida tayyorlashdek vazifasini o‘z oldiga maqsad qilgan ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni  joriy qilishning vaqti keldi. Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy tarzda ta’lim berishning davom etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanmaslik oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi achinarli holdir. O‘qituvchi darslarni to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida talaba va o‘qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan iborat turli metod va usullarni to‘liq va o‘z o‘rnida qo‘llay olmasligi, o‘rganiladigan yangi mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar etarlicha amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
154-155
172

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Boymurotov, F. . (2025). TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA FANIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AMALIY ASOSLARI. Science and Technology in the Modern World, 4(1), 154–155. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/63011
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida etarlicha foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi hamda o‘quvchi yoshlarni etuk barkamol shaxs sifatida tayyorlashdek vazifasini o‘z oldiga maqsad qilgan ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni  joriy qilishning vaqti keldi. Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy tarzda ta’lim berishning davom etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanmaslik oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi achinarli holdir. O‘qituvchi darslarni to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida talaba va o‘qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan iborat turli metod va usullarni to‘liq va o‘z o‘rnida qo‘llay olmasligi, o‘rganiladigan yangi mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar etarlicha amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi.


background image

`

154

TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA FANIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI

JORIY QILISHNING AMALIY ASOSLARI

Boymurotov Faxriddin Tog‘aymuradovich

ALFRAGANUS UNIVERSITY Tibbiyot fakulteti

farmatsevtika va kimyo kafedrasi dotsenti

ORCID: 0000-0003-1703-4605

f.boymuratov@afu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14700129

Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning

keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida etarlicha foydalanish uchun
vaqtning chegaralanganligi hamda o‘quvchi yoshlarni etuk barkamol shaxs sifatida
tayyorlashdek vazifasini o‘z oldiga maqsad qilgan ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni joriy qilishning vaqti keldi. Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy
tarzda ta’lim berishning davom etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan
foydalanmaslik oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi
achinarli holdir. O‘qituvchi darslarni to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida talaba va
o‘qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan
iborat turli metod va usullarni to‘liq va o‘z o‘rnida qo‘llay olmasligi, o‘rganiladigan yangi
mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi
maqsad va vazifalar etarlicha amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi.

Demak, dars an’anaviy tarzda olib borilganda talabalarning mustaqil fikrlashi uchun

imkoniyat etarli emasligi o‘qituvchi darslikda berilgan materialni ma’ruza tarzida talabaga
etkazishi va tabalalardan dars davomida olgan yangi bilimlarni qanchalik darajada
o‘zlashtirganini aniqlashning qiyin kechishi natijada dars samarali yoki samarasiz
o‘tkazilganligini bilish imkoniyati bo‘lmay qolyapti. YA’ni, talaba o‘qituvchining ma’ruzasini
zerikarli tarzda eshitadi yoki eshitmay boshqa hayolar og‘ushida bo‘ladi. Buning oqibatida
darsning maqsadi amalga oshmay, vaqt bekorga sarflanadi.

Fizika fanini o‘qitishda noan’anaviy ta’lim shakl va usullaridan foydalanish ijobiy natija

beradi. U yoki bu usulni tanlashda talabalarni har tomonlama erkin fikrlashga, ijodiy faol
ishtirokchiga aylanishiga hamda xilma-xil metodlarni qo‘llagan holda masalan, bahs-munozara
darslar, ijodiy izlanishga, mustaqil ishlashga yo‘naltirilishi kerak. Talabalar qo‘yilgan masalaga
bir tomonlama yondoshmasdan o‘z qarashlarini, fikrlarini erkin bayon etish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Bir xil shaklda tashkil etilgan darslar, bir xil usulda muammolarni hal etish talabani
zeriktiradi, natijada talaba passiv eshituvchiga aylanadi hamda darsning maqsadi amalga
oshmasligiga olib keladi. SHuning uchun darsda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan
uyg‘unlashgan holda foydalanib bilim berish muhim ahamiyat kasb etadi. Misol tariqasida
mavzularning murakkablik darajasiga qarab ularni o‘qitish metodikasi quyidagicha beriladi:
1.Mazmuniga ko‘ra murakkab mavzu: Qattiq jismlarning aylanma harakat kinetik energiyasi. 2.
Mazmuniga ko‘ra o‘rtacha murakkablikdagi mavzu: Ilgarilanma harakatning kinetik energiyasi.
3. Mazmuni murakkab bo‘lmagan mavzu: Jismlarning o‘zaro ta’sir energiyasi. Ushbu
mavzularni

d

ars jarayonida namoyon bo‘luvchi holatlari hamda shakl, metod va vositalar

aniqlanadi.

Demak, ta’lim jarayoni oldindan loyihalansa, ta’lim maqsadi aniq qo‘yilsa, talabalarni

hamjihatlik bilan qaror qabul qilishi, vazifalarni to‘g‘ri bo‘lib berish, ko‘rgazmali qurollardan


background image

`

155

foydalanish, o‘quv materialini aniq, ishonarli va ilmiy tarzda etkazish, talabaning bilimini
haqqoniy baholash pedagogik texnologiya elementlaridan unumli va o‘z o‘rnida foydalana olish
samarali natijalarni beradi.

Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni fizika ta’limi jarayonida qo‘llash mazkur jarayon

sub’ektlari-o‘qituvchi va talabalarning roli almashinuvini ta’minlashdek xususiyatiga ko‘ra ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy ta’limning etakchi g‘oyaviy yo‘nalishiga muvofiq
o‘qituvchi dars davomida etakchilik rolini bajarib kelgan hamda o‘zining buyruqlari asosida
talaba faoliyatini nazorat qilib va baholab kelgan bo‘lsa, pedagogik texnologiya nazariyasi
g‘oyaviy yo‘nalishiga ko‘ra uning ta’lim jarayonidagi roli talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, zarur
o‘rinlarda maslahatlar berish, o‘quv topshiriqlarini taklif etish va umumiy jarayonga bilvosita
rahbarlik qilishdan iboratdir. Ta’lim jarayonini tashkil etishga yangicha yondashuv talabaning
mutloq ustunlikdagi faolligini yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Endilikda u asosan mustaqil ta’lim
olish, u tomonidan o‘rganilishi tavsiya etilayotgan mavzu va unda ilgari surilgan g‘oya xususida
mustaqil fikr yuritish, mavzu echimi negizida ifoda etilgan masalaning qo‘yilishi borasidagi
mulohazalarini tengdoshlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

References:

1.

Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. T., Fan.

2006. 261b.
2.

Nazirov E. N.Qurbonov M. Turli muxitlarda elektr tokiga oid namoyish tajribalarini

muammoli ko‘rsatish. – T.: Universitet, 1999. – 27 b.
3.

Qurbonov M.,Begmatova D. Fizika praktikum ishlarini miqdoriy baholashning didaktik

asoslari. T.,Universitet. 2008 .
4.

G‘aybullaev N.R., YOdgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. T.:Universitet. 2005 - 176 b.

References

Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. T., Fan. 2006. 261b.

Nazirov E. N.Qurbonov M. Turli muxitlarda elektr tokiga oid namoyish tajribalarini muammoli ko‘rsatish. – T.: Universitet, 1999. – 27 b.

Qurbonov M.,Begmatova D. Fizika praktikum ishlarini miqdoriy baholashning didaktik asoslari. T.,Universitet. 2008 .

G‘aybullaev N.R., YOdgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. T.:Universitet. 2005 - 176 b.