`
38
BALET SAN’ATINING O‘LMAS OQQUSHI
Zakirova Sabina
O‘zbekiston davlat xoreografiya akdemiyasi
san’atshunoslik yo‘nalishi 2-kus talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14616130
Rus balet san’atini Anna Pavlovasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, yosh Anna sahnaga
chiqganida, tanqidchilar uni yangi Mariya Talyoni deb atashdi.
Anna Matveyevna Pavlova 1881-yil 12-fevralda Sankt-Peterburg yaqinidagi Ligovo
qishlog’ida tavallud topgan. Uning otasi Matvey Pavlovich Pavlov askar, onasi Lyubov
Fyodorovna esa yozuvchi bo‘lgan. Anna oilada yagona qiz edi. Pavlovaning faol tasavvurlari
sevgisi uni balet dunyosiga jalb qildi. O‘z bolaligini eslab, Anna baletga bo‘lgan ishtiyoqini
quyidagicha tasvirladi: “Men doimo raqsga tushishni xohlardim, orzu va umidlarimdan
havoga qasrlar qurdim”. Garchi ular kambag’al bo‘lishsa - da, Pavlova va uning onasi
Mariinskiy teatrida "Uyqudagi go‘zal” spektaklini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Yosh
Anna uchun balet spektakliga tashrif buyurish haqiqiy bayram edi. Ko‘p yillar o‘tgach u bu
haqida eslaganda shunday satrlar keltirgan: “Orkestrning ilk notalarida men jim bo‘lgandim.
Butun vujudim titrab ketgandi. Parda ochilganida esa juda xursand edim. Sahnaga yovuz
sehrgar kalamushlar tortgan aravada chiqqanida yuzimni berkitganimni hali hanuz
eslayman”. Kichik Anna “Uyqudagi go‘zal” balet spektakli so‘ngida, malika Aurora singari
raqsga tushishni orzu qiladi. Koʻrganlaridan hayratda qolgan yosh qizaloq balet raqqosasi
boʻlishga qaror qildi. Uning onasi qizning harakatlarini jon deb qo‘llab-quvvatladi. Ikki yil oʻtar
- oʻtmas, Pavlovani Sankt - Peterburgda oʻqishga qabul qilishdi. Peterburg imperatorlik balet
maktabiga kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgach, mashaqqatli mehnat uning taqdiriga
aylanadi. U endi raqqosalar singari qat’iy tartib-intizomga amal qilishi kerak bo‘lgan. Erta
uyg’onardi, sakkiz soat mashg’ulotlarda bo‘lardi. Kechki vaqtini spektakllarda o‘tkazar edi.
Yosh Annaning mashgʻulot yillari qiyin kechdi. Uning qattiq kamonli oyoqlari uzun qoʻllari
oʻsha paytdagi kichik, ixcham balerina tanasi kabi emas edi. Boshqa balerinalar uni “La petite
sauvage” (supurgi) kabi nomlar bilan mazax qilishardi. Shunga qaramasdan, tez orada Anna
maktabda eng yaxshi talabalardan biriga aylandi. Qirollik balet maktabida Yekaterina Vazem
va Pavel Gerdt yosh balerinaning ajoyib qobiliyatiga tez orada ahamiyat berishdi. O‘zini san’at
olamiga bag’ishlagan va intilish qobiliyatiga ega bo‘lgan talaba Pavlova muvaffaqiyatli balet
karyerasi uchun shunchaki iste’doddan ko‘proq mehnat talab qilinishini bilardi. 1899 - yilda
Pavlova Sankt - Peterburg universitetini tamomlagan. Pavlovaning birinchi debyuti “Hisobga
olinmagan ehtiyotkorlik” spektakli bo‘ldi. Bu balet spektaklida u Fokin bilan birgalikda
sahnaga chiqdi. Pavlovaning keyingi ommaviy chiqishlari Mariinskiy teatrida bo‘lib o‘tdi.
Ulardan biri Kristian Ioganson spektaklida “Fir’avnning qizi” baletida sahnaga chiqdi. Balet
maktabini tugatgandan so‘ng, Anna tez o‘sadi. U spektaklda ijro etgan rollarining endi o'z
muxlislari bor edi. Keyinchalik Pavlova “Sehrli nay”, “Bayaderka” balet spektakllarida bosh
rollarni ijro etadi. 1903- yili unga “Jizel” baletining bosh roli ishonib topshiriladi va yosh
balerina hammani hayratda qoldiradi. Shunga oid Pavlova haqida Mixail Fokin o‘zining
“Qarshi oqimlar” kitobida shunday deb yozgan: “Agar men Pavlova qaysi rolni eng yaxshi
yetkazib berganini aytadigan bo‘lsam, uning yo‘nalishi qayg'u edi. Pavlovaning jismoniy
`
39
tanasida, uning qomatida, uzun bo‘yni, uzun ingichka qo‘llarida chuqur qayg’u bor edi.
Shuning uchun, “Jizel” va “Bayaderka” balet spektaklidagi rollari unga atalgandek edi”.
Anna Pavlova 1902-yilda Mariinskiy teatrining ikkinchi solisti, 1903-yilda esa birinchi
solisti bo‘lib ijodiiy faoliyatini olib boradi. 1905-yilda prima balerina darajasiga
erishgan.1907-yildan boshlab, Mixail Fokin truppasida ishlaydi, va o‘sha yili Fokin u uchun
kompozitor Sen-Saens musiqasi ostida “O‘layotgan oqqush” baletini sahnalashtiradi. Bu balet
Anna Pavlova uchun muvaffaqiyatga aylanadi. Deyarli butun badiiy faoliyati davomida juda
katta shuhrat qozonadi va Pavlovaning eng sevimli baleti bo’lib qoladi. Prima balerinaga
darajasiga erishgan Anna dunyo bo‘ylab ko’plab gastrol safarlarida bo’ladi. Ilk bor 1907-yil
Stokgolmda, keyinchalik esa Berlin, Praga, Kopengagenda va 1909-yili Dyagilev truppasi bilan
Parijda gastrol safarlarida bo‘ladi. 1910-yilda truppani tark etgach, 1913-yil Mariinskiy
teatrida uning oxirgi sahnaga chiqishi bo‘ldi. Anna o‘z truppasini yig’ib, Londonga ko‘chib
o‘tadi. So‘ngra 40 dan ortiq davlatlarda gastrol safarlarida bo‘lib, 200 dan ortiq balet
spektakllarida sahnaga chiqadi. 1931-yil Anna Pavlova Gaagaga gastrol safari uchun boradi
va u yerda unda yiringli plevrit kasalligi aniqlanadi. 1931-yil 23-yanvar kuni A.Pavlova ushbu
kassallikdan vafot etadi. Uning o‘limi hammani hayratlantiradigan afsonaga aylandi.
Keyinchalik turmush o‘rtog’ining hikoya qilishicha shifokorlar balerinaga jarrohlik amaliyoti
o‘tkazilganidan so‘ng tuzalishini, ammo bitta qovurg’asini olib tashlashi haqida aytishadi.
Anna bunga rozi bo‘lmaydi. Sababi u bu amaliyotdan so‘ng raqsga tusholmasdi. Turmush
o‘rtog’i, Anna o‘limidan oldin unga o‘girilib, past ovozda: “Menga oqqush libosini olib keling”-,
deb so‘raganini aytdi, shundan keyin Anna boshqa so‘z aytmadi. Matbuotda bu habar juda tez
tarqaldi. O‘layotgan oqqush afsona bo‘lib qoldi. Muxlislari uni Mariya Talyoni qabrining oldiga
dafn etishlarini aytishdi, biroq balerina vasiyatiga binoan hind urf-odatlariga ko’ra
yondiriladi. Uning kuli solingan urna hozirda Londondagi Golders Green krematoriyasida
saqlanadi.
References:
1.
В.Пасютинская, Волшебный мир танца –М.,1985.
2.
Ю.Андреева. Анна Павлова жизнь в танце-М., -2021.
3.
Издательство «Планета» Анна Павлова-М.,1981.
4.
https://www.culture.ru
