XX ASR AQSH REGIONAL ROMANI BADIIY O‘ZIGA XOSLIGI

Аннотация

Mazkur maqolada XX asr AQSH regional romanlari, janriy ko‘rinishlari, epik rivoyada mukammallikga erisha olgan mualliflar asarlarining o‘ziga xosligi nazariyotchilar fikrlari misolida tahlilga tortiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
43-45
36

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada XX asr AQSH regional romanlari, janriy ko‘rinishlari, epik rivoyada mukammallikga erisha olgan mualliflar asarlarining o‘ziga xosligi nazariyotchilar fikrlari misolida tahlilga tortiladi.


background image

43

XX ASR AQSH REGIONAL ROMANI BADIIY O‘ZIGA XOSLIGI

O.X.Ganiyeva

F.f.f.d., dotsent

Buxoro davlat universiteti

E-mail: o.x.ganieva@buxdu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14355564

Annotatsiya:

Mazkur maqolada XX asr AQSH regional romanlari, janriy ko‘rinishlari,

epik rivoyada mukammallikga erisha olgan mualliflar asarlarining o‘ziga xosligi
nazariyotchilar fikrlari misolida tahlilga tortiladi.

Kalit so‘zlar:

roman, epik bayon, nasr, xarakter, obraz, rivoya, AQSH adabiyoti, muallif,

romannavis.


Roman epik turning salmoqli janrlaridan sanalib, uning taraqqiyotida AQSH adabiyoti

vakillarining ham bevosita xizmatlari beqiyos. XX asr AQSH romannavislari qatoriga F. Skot
Fitzjerald, U. Folkner, E. Heminguey kabi zabardast vakillarni sanab o‘tish hamda ularning
novatorona yondashuvlari sababli Amerika romanining taraqqiyoti bevosita shunday mahorat
egalarining xizmatlari tufayli ekanini anglash mushkul emas. Mamlakat romannavislari
an’analarga sodiq qolish bilan bir qatorda, rivoya uslubida tajribalar o‘tkazish, psixologik
tahlil, qahramon ruhiy olamini teran qalamga olish, modernistik syujetga asoslanish, hukmron
jamiyat kamchiliklarini tanqid qilish, bid’at va xurofotga oid qarashlardan voz kechish,
ramziylikdan unumli foydalanish, har bir insonga individual yondashish hamda
antroposentrik yondashuvga urg‘u berish, badiiy asar tilida o‘ziga xoslik kasb etish, milliy-
madaniy qadriyatlar talqinida yakdillikga erisha oldilar.

AQSH realistik romani shakllanishida

mahalliy kolorit yoki regionalizm

adabiyoti

muhim o‘rin egallaydi. XIX asr so‘nggi o‘n yilliklarida tamal toshi qo‘yilgan bu yo‘nalish XX
asrda ham muayyan mualliflar romanlarida davom etdi. Mazkur adabiyot vakillari o‘zlari
mansub hudud tasviri hamda talqinida yangi shakl va mazmunda badiiy asarlar yaratishdi.
XIX asr so‘ngidagi H. Garlend, B. Gart, S. O. Jyuett, K. Shopin singari mualliflar shahar sanoat
markazlaridan uzoqda bo‘lgan qishloq joylar hayotini realistik tasvirlab, bu hududlarga xos
sheva, xalq og‘zaki ijodi, madaniyatini saqlab qola olgan, qayta gavdalantirgan nasriy asarlar
yaratishdi.

XX asr regional romanchiligi qator zabardast yozuvchilar hissasi evaziga yuksalishga

erishdi. U. Keser (Willa Cather) “O Pioneers!”, “The Song of the Lark”, “My Antonia” va “One of
Ours” kabi romanlarida Nebraska shtatida istiqomat qiluvchi fermerlar hayotiga teran nazar
tashlaydi. Yozuvchi qishloq xalqi hayotini turli ranglarda batafsil aks ettirib, fermerlar,
dehqonlar va migrantlarning og‘ir hayotiga chuqur kirib boradi. U. Keser mahalliy tasvir va
qahramonlar ichki olami in’ikosini birlashtirib, universal mavzularning badiiy ifodasini
keltiradi. Romanlarda umid, umidsizlik, murakkab ijtimoiy sharoitda insoniylikga sodiq
qolish, madaniy mansublik mavzularini keng yoritadi. Nosir regional talqin yordamida
hukmron jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy evrilishlarini yorqin namoyon etadi.

XX asrning regionalistik romanlari postmodernistik kosmopolit madaniyat bilan

uyg‘unlashib, yangi jonlanishni boshdan kechirdi, bu tendensiyalar garmoniyasi mahalliy
madaniyat hamda muayyan muhitga xos ijtimoiy spesifik jihatlarni yoritib berilishiga xizmat
qildi.


background image

44

Norms are values (moral and social) and standards of behaviour. One of Booth’s norms in

“The Rhetoric of Fiction”, for example, is that novels should communicate their moral positions
clearly” [5; 59].

U. K. But (Wayne C.Booth) AQSH romanchiligi borasida izchil

tadqiqotchilardan biri sanalib, adabiyotshunos roman hamda muallifning asar yaratishda
rioya qilishi lozim bo‘lgan qator prinsiplarni izohlab beradi. Munaqqid “The Rhetoric of
Fiction” asarida romannavislikning nazariy asoslarini ochib berish bilan bir qatorda,
romannavislar uchun tavsiyalar ham berib o‘tadi. Uning fikricha, haqiqiy roman realistik
bo‘lishi lozim, aynan badiiy soflik roman poetikasida eng muhim element sanaladi. Rivoyada
realistik ifodaga erishish, asar-muallif-kitobxon triosida mushtarak mezonlar, romanning
bevosita reallikni istifoda etishi, har bir muallif obyektivlikni lozim tutishi, neytrallikga erisha
olgan yozuvchi badiiy ifodada maqsadga erisha olishi, rivoyachi, roviyning nasrda roli va o‘rni,
nasrda muallifning ‘ovoz’i singari qator nazariy masalalar keng tahlil qilinadi. U. K. But XX
asrning “A Portrait of the Artist”, “Aspern Papers”, “Emma” singari salmoqli romanlari
misolida fikrlarini batafsil izohlaydi.

U. K. But romanda yozuvchining mezon borasida muayyan qoidalarini ta’kidlab, axloqiy

va ijtimoiy qadriyatlar hamda hatti-harakatlar ifodasi, bu normativ me’yorlar talqinida har
qanday muallif o‘zining aniq axloqiy pozitsiyasini namoyon qilishi lozimligini qayd etadi.
Bunday vaziyatda romannavis bevosita kitobxon bilan axloqiy normalar haqida muloqot qilish
imkoniyatiga erishib, nafaqat rivoya qilish, balki ijtimoiy hamda axloqiy masalalar
muhokamasi orqali reseptorga ta’sir qila olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. U. K. Butning
nazdida, aniq axloqiy pozisiyaga ega bo‘lmagan romanlar o‘zining ta’sirdorligini saqlab qola
olmasligi mumkin [2; 212]. H. Li (Harper Lee) “To Kill a Mockingbird”, J. Steynbek “The Grapes
of Wrath”, R. Ellison “Invisible Man”, T. Morrison “ Beloved” singari romanlar yuqorida
ta’kidlangan fikrlarda keltirilganidek, badiiy asarning axloqiy-estetik maqsadini aniq ifodalab,
kitobxonni ijtimoiy hamda axloqiy masalalar ustida chuqurroq mushohada qilishga
majburlaydi.

XX asr AQSH regionalistlari ham faqat mahalliy tasvirga emas, jamiyatda mavjud axloqiy,

ijtimoiy masalalarga ham teran nigoh tashladilar. XX asr regional tasvir an’analarini modern
elementlar bilan uyg‘un namoyon etgan romanlar Sh. Anderson (Sherwood Anderson), E.
Heminuey (Ernest Hemingway), J. Steynbek (John Steinbeck), U. Folkner (William Faulkner),
R. Rayt (Richard Wright) singari zabardast mualliflar qalamiga mansub bo‘lgani kuzatiladi.
“The Revolt from the Village” (Carl Van Doren), “Main Street” (Sinclair Lewis), “Spoon River
Anthology” (Edgar Lee Masters) kabi romanlar XIX asrda hukmron regional tendensiyalardan
ancha chekinib, novatorona rakurs namoyon etdi. Yozuvchilar mahalliy tasvir orqali
jamiyatda etnik guruhlar muammosi, irq, sinf bilan bog‘liq marginalizatsiyaga uchragan
kishilar masalasi, ularning psixo-emotsional tanazzuli, ijtimoiy tengsizlik oqibatida
diskriminatsiya singari qator mavzularni yoritdilar.

Xulosa qilib aytganda, XX asr realistik adabiyoti takomilida regional romanchiligi

rivojlanishi ham asosiy faktorlardan biriga aylanib, novatorona rakurs orqali ijtimoiy illatlarni
yoritishdi.

References:

1.

Barrish, P. J. The Cambridge Introduction to American Literary Realism. – USA:

Cambridge University Press, 2011. – P.241.


background image

45

2.

Booth, W.C. Rhetoric of Fiction. – USA: The University of Chicago Press, 1983. - P. 574.

3.

Brown, H.R. The Great American Novel. // American Literature, 1935, Vol.37, No.1. // P.

1-14.
4.

A Companion to the Modern American Novel. 1900-1950. Ed. by John T. Matthews. – UK:

Wiley-Blackwell, 2009. P.617.
5.

David Madden. A Primer of the Novel. For Readers and Writers. – The USA: The

Scarecrow Press, 2006. – P. 276.
6.

Rawlings P. American Theorists of the Novel. – NY.: Routledge, 2006. – P. 171.

Библиографические ссылки

Barrish, P. J. The Cambridge Introduction to American Literary Realism. – USA: Cambridge University Press, 2011. – P.241.

Booth, W.C. Rhetoric of Fiction. – USA: The University of Chicago Press, 1983. - P. 574.

Brown, H.R. The Great American Novel. // American Literature, 1935, Vol.37, No.1. // P. 1-14.

A Companion to the Modern American Novel. 1900-1950. Ed. by John T. Matthews. – UK: Wiley-Blackwell, 2009. P.617.

David Madden. A Primer of the Novel. For Readers and Writers. – The USA: The Scarecrow Press, 2006. – P. 276.

Rawlings P. American Theorists of the Novel. – NY.: Routledge, 2006. – P. 171.