107
ADABIYOTDA HUDHUD OBRAZI POETIKASI
Moxichehra Muxammadiyeva
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
E-mail: muhammadiyevamohichexra@gmail.com
Tel: (90) 9035878
https://doi.org/10.5281/zenodo.14415111
Qushlar obrazining adabiyotga kirib kelishi uzoq asrlarga borib taqaladi. Ularning
adabiyotdagi dastlabki tasvirlari yunon va rim mifologiyasida uchraydi. Keyingi asrlar
davomida qushlar obrazi tasavvufiy, psixologik va falsafiy ma’no kasb etib bordi va
adabiyotda faol qo‘llanila boshlandi. Hudhud obrazining kelib chiqishi Qur’oni karimning
“Naml” surasiga borib taqaladi. Ushbu surada payg‘ambarlardan Muso, Solih, Lut alayhis-
salomlar zikr qilinadi, xususan, Dovud va Sulaymon payg‘ambarlar haqida batafsil to‘xtalib,
Sulaymon alayhis-salom Alloh taoloning payg‘ambari bo‘lishi bilan birga, jamiyki insu-jin va
parranda-yu darranda olamiga podshoh qilingani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Unda hudhud
qushining Sulaymon alayhis-salom va Saba’ o‘lkasi malikasi Bilqiys o‘rtasidagi vositachiligi
keltirib o‘tilgan. Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asarida Sulaymon alayhissalom haqidagi
qissada hudhud obrazi tasvirlanadi. Qissadan uning zakovati, omonatdorligi, ma’lumotni
yetkazishdagi farosati, tavhidga harisligi ma’lum bo‘ladi. O‘sha qissada Hudhud Saba’
mamlakati, o‘sha mamlakatga bir ayol malikalik qilishi, malika o‘z qavmi bilan Quyoshga
sig‘inayotgani haqida xabar keltiradi. Sulaymon alayhissalom Hudhud orqali o‘sha malikaga
bir maktub yuboradilar. Maktubda
“Bismillahir rohmanir rohiym. Menga qarshi bosh
ko‘tarmay, taslim bo‘lgan holingizda keeling”
deb yozilgan edi. Maktubni o‘qigan malika o‘z
ayonlari bilan maslahatlashadi. Ayonlar unga istagan ishini qilishini, nima deb buyruq bersa,
ular shunga rozi bo‘lishlarini aytadilar. Malika Sulaymon alayhissalomga hadya yuborib,
natijasi nima bo‘lishini kutadi. Elchi Sulaymon alayhissalomning huzurlariga kelganida, u
zot
:
“Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga
bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz. (Ey elchi!) Sen ularga
qaytib bor. Bas, albatta, Biz ular bas kela olmaydigan qo‘shin ila borurmiz va u yerdan ularni
xoru zor hollarida chiqarurmiz”
deydilar. Keyin malika Sulaymon alayhissalomning oldilariga
qo‘shini bilan kelishga qaror qiladi. Malika kelgunicha uning Saba’dagi taxti o‘zidan oldin olib
kelib qo‘yiladi. U kelib taxtini ko‘radi-da “Xuddi o‘shaning o‘zi”
deydi. Keyin unga saroyga
kirishi aytilganda, u billurdan silliq qilib yasalgan saroyga kiradi va
“Ey Robbim, albatta, men
o‘zimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi – Allohga musulmon
bo‘ldim!”
deb aytadi. Shu tariqa Hudhud bir mamlakat aholisining musulmon bo‘lishiga
sababchi bo‘ladi.
Hudhud obrazini “Lison ut-tayr” yo‘nalishidagi dostonlarga fors tasavvuf adabiyotining
yetakchi vakili Farididdin Attor o‘zining “Mantiq ut-tayr”iga markaziy qahramon sifatida olib
kirdi: “Shoirning mazkur mavzuni rivojlantirishga qo‘shgan ulushini belgilovchi omillardan
yana biri dostonda Hudhud obrazining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Hudhud asarning
yetakchi qahramonlaridan biri bo‘lib, asarda tasvir etilgan barcha voqea-hodisalar bevosita
uning faoliyati bilan bog‘liq holda berilgan... Attor hudhud obrazini ushbu mavzu doirasiga
olib kirar ekan, birinchi galda u haqdagi Sharq folklori va Qur’onda mavjud (XXVII sura 20
108
oyat) ayrim tasavvurlarga asoslanadi
1
. Mumtoz adabiyotda Attorga javob tarzida yozilgan ilk
turkiy doston turk adibi Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr”i hisoblanadi. Doston 1317-yilda
yaratilgan. Gulshahriyning “Mantiq ut-tayr”da ham hudhud – qushlar yo‘lboshchisi timsolida
gavdalanadi. Muallif ushbu dostonda hudhudni aql timsoli, deb baholaydi
2
. 1499- yilda Navoiy
“Mantiq ut-tayr” ga javob tarzida “Lison ut-tayr” dostonini bitadi. Dostonda hudhud obrazi
markaziy qahramon vazifasini bajaradi va qushlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, ularga pand-
nasihat qiluvchi shayx, pirning allerogik obrazi sifatida ifodalanadi. Keyinchalik, hudhud
obrazi Farididdin Attor, Gulshahriy va Alisher Navoiy an’anasini davom ettirgan Mavlono
Xo‘ja Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” va Salohiyning “Bul va gulgul” dostonida epizodik
obraz sifatida ishtirok etadi. XVIII asrning boshida yashab ijod etgan Muhammadniyoz
Nishotiy o‘zining “Qushlar munozarasi” asarida hudhud qushini markaziy obraz sifatida
tasvirlaydi. Asar allegorik – majoziy xarakterga ega bo‘lib, 14 ta qushning o‘zaro bahs-
munozarasi tasvirlangan. Asarda hudhud bahsli vaziyatda yechim beruvchi donishmand
insonlarning ramzi sifatida gavdalanadi. Shuningdek, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida ham
sovchilik uchun yo‘lga chiqqan Ko‘rqushga maslahat bergan donishmandlik va donolikning
ramzi sifatida tasvirlanadi. Ibn Sirin (r.a)ning aytishicha, tushdagi hudhud dono va ziyrak
odam bo‘lib, maxfiy ishlardan odamlarga xabar beradi. Tushida hudhud(sassiqpopishak)ni
tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, aytilgan sifatda dono va ulug‘ bir kishi bilan
suhbatdosh bo‘lishiga va undan ilm hosil qilishiga dalildir. Tushida sassiqpopishakni
o‘ldirganini ko‘rsa, dono va ulug‘ kishi ustida zafar topishi va uni yengishiga dalildir. Tushida
uning go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha o‘z ajalidan harom mol topishiga dalildir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tabiatan ham bu qushlar o‘ta ziyrak va vafodor
hisoblanishadi. Ular tozaliksevar qush bo‘lib, u ko‘proq pokiza, turli zaharli kimyoviy gazlar va
moddalardan xoli bo‘lgan hududlarda yashashni yoqtiradi. Hudhud vafodor qushki, biror
joyda ovqat yoki suv topsa, urg‘ochisini chaqiradi. Ovqatni bir o‘zi yemay, jufti bilan yeydi.
Agar juftini topa olmasa, sayragancha uni qidirib yuradi. Agar jufti vafot etsa, har gal uni
eslaganda, sayrab, xotirlaydi. Jufti bilan birga uchgan makonlariga boradi. Boshqa urg‘ochi
bilan juftlashmay, umrining oxirigacha sayrab yuradi. Turli xil zararkundalarni yeb, tabiatga
va insonlarga foyda keltirishadi. Shuning uchun adabiyotda ham donishmandlik,
yo‘lboshchilik, ziyraklik ramzini ifodalaydi.
References:
1.
Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4 tomlik. Fozilov E.I. tahriri ostida.–
Toshkent: Fan, 1983.
2.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma tomlik, birinchi tom. Badoyi’ ul-
bidoya – Toshkent: Fan, 1987. – 724 b.
3.
Sharipov Sharofiddin. “Lison ut-tayr” dostonining genezesi va g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari.Toshkent. Fan . 1982. B 60
4.
Valixo‘jayev Botir. O‘zbek epik poeziyasi tarixidan.T:. Fan.1974
1
Sharipov Sharofiddin. “Lison ut-tayr” dostonining genezesi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.Toshkent. Fan . 1982. B
60
2
Sharipov Sharofiddin. “Lison ut-tayr” dostonining genezesi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.Toshkent. Fan . 1982. B
166
