Авторы

  • Behruzjon Omanov
    t.f.(PhD), Kimyo kafedrasi dotsenti, Navoiy davlat universiteti
  • Lola Safarova
    Talaba, Navoiy Davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.62674

Ключевые слова:

Asetilen asetaldegid gidratlanish katalizatorlar suyuq faza gaz faza ekzotermik reaksiya simob katalizatori kalsiy-kadmiy-fosfat katalizatori samaradorlik optimallashtirish.

Аннотация

Ushbu tadqiqotda asetilendan asetaldegid olishning zamonaviy usullari va ularning samaradorligi o‘rganilgan. Asetilenning suyuq va gaz fazada gidratlanishi, simob va kalsiy-kadmiy-fosfat katalizatorlarining ishlatilishi tahlil qilingan. Gidratlanish jarayoni kuchli ekzotermik bo‘lib, katalizatorlarning qisqa muddatli faoliyati, yonaki mahsulotlarning hosil bo‘lishi va reaktor texnologiyasidagi murakkabliklar asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan. Optimallashtirilgan jarayon shartlari (bug‘:asetilen nisbatining 8-9:1) yuqori konversiyaga erishishga imkon beradi. Tadqiqotda jarayonning texnologik va iqtisodiy jihatlari hamda katalizatorlarning samaradorligi ta'kidlangan.


background image

98

SANOATDA ASETALDEGID ISHLAB CHIQARISH

Omanov Behruzjon Shuhrat o‘g‘li

t.f.(PhD), Kimyo kafedrasi dotsenti, Navoiy davlat universiteti

Safarova Lola Bobir qizi

Talaba, Navoiy Davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14584119

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqotda asetilendan asetaldegid olishning zamonaviy usullari va

ularning samaradorligi o‘rganilgan. Asetilenning suyuq va gaz fazada gidratlanishi, simob va
kalsiy-kadmiy-fosfat katalizatorlarining ishlatilishi tahlil qilingan. Gidratlanish jarayoni kuchli
ekzotermik bo‘lib, katalizatorlarning qisqa muddatli faoliyati, yonaki mahsulotlarning hosil
bo‘lishi va reaktor texnologiyasidagi murakkabliklar asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan.
Optimallashtirilgan jarayon shartlari (bug‘:asetilen nisbatining 8-9:1) yuqori konversiyaga
erishishga imkon beradi. Tadqiqotda jarayonning texnologik va iqtisodiy jihatlari hamda
katalizatorlarning samaradorligi ta'kidlangan.

Kalit so‘zlar.

Asetilen, asetaldegid, gidratlanish, katalizatorlar, suyuq faza, gaz faza,

ekzotermik reaksiya, simob katalizatori, kalsiy-kadmiy-fosfat katalizatori, samaradorlik,
optimallashtirish.

Kirish.

Asetilenni bevosita gidratlash-asetaldegid olish usullarining biri hisoblanadi.

Mazkur bo‘limda asetilenning suyuq fazali va gaz (bug‘) fazali gidratlanishi ko‘rib chiqilgan.
Yana C

2

H

2

ning CuCl va ZnCl

2

eritmalarida suyuq fazali gidratlash sxemasi berilgan. Bu

jarayonni suyultirilgan asetilen (uglevodorodlar elektrokrekingi yoki metan pirolizi gazi) bilan
reaksiyasini o‘rganish iqtisodiy jihatdan qulayligini ko‘rsatdi. Gidratlanish reaksiyasi kuchli
ekzotermik reaksiyadir.

Adiabatik qizib ketish

H

2

O:C

2

H

2

=7:1 bo‘lganda 500

o

C ga teng. Jarayon tezligi katalizator

qatlamidagi va uning ustidagi temperaturalar farqi bilan belgilanadi; bu farq 35

o

C dan

oshmasligi kerak. Katalizator qatlamida temperaturaning oshishi yonaki mahsulotlarni,
birinchi navbatda kroton aldegidini, hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Bu esa kroton aldegid hosil
bo‘lishiga olib keladigan aktivlanish energiyasi asetilen gidratlanishiga nisbatan yuqoriligi
bilan bog‘liq. Hajmiy tezlikning pasayishi (kontakt vaqtini oshishi) ham xuddi shunday natija
beradi. Bug‘:asetilen nisbatining 7:1 dan pasayishi ham yonaki mahsulotlar hosil bo‘lishini
kuchaytiradi; nisbatning oshishi esa ko‘p miqdorda bug‘ning sarflanishi va demak uni
kondensatsiyasi va suv-aldegid aralashmasining rektifikatsiyasi uchun yana ham energiya
sarflanishiga olib keladi.

Eng maqbul nisbat 8-9:1. Bunda bir o‘tishdagi asetilenning aylanish darajasi ≈ 30%.

Ishlash davomida katalizator o‘z aktivligini yo‘qotadi. Bu jarayonning o‘ziga xos xususiyati ikki
bir vaqtning o‘zida o‘tadigan katalizator deaktivlanish jarayonlaridan iborat: qaytar
deaktivatsiya-asetilen destruksiyasi mahsulotlari hosil bo‘lib ulardan qattiq smolasimon
katalizatorning aktiv sirtini qoplaydigan moddalarning hosil bo‘lishi; qaytmas deaktivatsiya-
katalizator zarrachalari parchalanganda aktiv moddalarning chiqib ketishi va aktiv
markazlarning katalitik zaharlar bilan shu hisobda dimerizatsiya va destruksiya mahsulotlari
bilan zaharlanishi. Katalizatorning qaytar deaktivatsiya siklida ishlash muddati amalda 3
sutkani tashkil etadi. Katalizatorning ishlash effektivligiga uning tayyorlanish sharoiti ham


background image

99

ta’sir etadi. Kalsiy-kadmiy- fosfat katalizatorlarning asosiy kamchiligi past stabillik va unda
zaharli bo‘lgan kadmiy borligidan iborat (oqova suvlarga o‘tib qolish ehtimoli bor).

Asetilen va uning hosilalarini gidratlash reaksiyalarining asosiy ko‘rsatkichlari va

ishlatilgan katalizatorlar tarkibi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Asetilen va uning hosilalarini gidratlash reaksiyalarining asosiy

ko‘rsatkichlari va ishlatilgan katalizatorlar tarkibi

Boshlang‘ich

komponent

Katalizator

tarkibi, %

Asosiy mahsulot va

reaksiyaning

nazariy unumi, %

Boshlang‘ich

komponent

konversiyasi, %

1

CH

CH

20,0 % CdF

2

5,0 % AlF

3

75,0 % Al

2

O

3

Asetaldegid,

80,0-85,0

85,0 - 90,0

2

CH

3

C

CH

20,0 % CdF

2

5,0 % AlF

3

75,0 % Al

2

O

3

Aseton, 85,0-90,0

90,0 - 95,0

3

CH

2

=C=CH

2

20,0 % CdF

2

5,0 % AlF

3

75,0 % Al

2

O

3

Aseton, 80,0-90,0

90,0 - 95,0

4

HC

CH

15,0 % ZnO

5,0 % Fe

2

O

3

70,0 % Al

2

O

3

Aseton,

80,0-85,0

80,0 – 90,0

Xulosa.

Ushbu tadqiqotda asetilenni gidratlash jarayoni va asetaldegid olishning

zamonaviy usullari tahlil qilindi. Suyuq va gaz fazadagi gidratlanish jarayonlari, shuningdek,
C

2

H

2

ning CuCl va ZnCl

2

eritmalaridagi gidratlash sxemalari o‘rganildi. Katalizatorlar, jumladan,

simob va kalsiy-kadmiy-fosfat moddalari, jarayon samaradorligini oshirishga yordam beradi,
ammo ular qisqa muddatda faoliyatini yo‘qotadi va yonaki mahsulotlar hosil bo‘lishi xavfi
mavjud. Umuman olganda, asetilendan asetaldegid olish jarayonining samaradorligi yuqori
konversiya va optimallashtirilgan shartlar bilan ta'minlanadi. Tadqiqotda ko‘rsatilgan usullar,
jarayonni yanada takomillashtirish va iqtisodiy jihatdan foydaliligini oshirish uchun muhim
asos bo‘lib xizmat qiladi.

References:

1.

Akolekar D. V., Bhargava S. K. (2000) Adsorption of NO and CO on silver-exchanged

microporous materials // J. Mol. Catal. A: Chem. 157(1-2). P. 199-206.
2.

Omanov B.Sh. Islomova G.F. // Asetilenni katalitik gidratlash reaksiyasi uchun katalizator

yaratish// Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy.uz/index.php/si.
2023
3.

Omanov B.Sh. Islomova G.F. //Catalyst regeneration in acetone production// Proceedings

of the 9th International Scientific and Practical Conference «Global and Regional Aspects of
Sustainable Development» (October 6-8, 2023). Copenhagen, Denmark. 2023

Библиографические ссылки

Akolekar D. V., Bhargava S. K. (2000) Adsorption of NO and CO on silver-exchanged microporous materials // J. Mol. Catal. A: Chem. 157(1-2). P. 199-206.

Omanov B.Sh. Islomova G.F. // Asetilenni katalitik gidratlash reaksiyasi uchun katalizator yaratish// Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy.uz/index.php/si. 2023

Omanov B.Sh. Islomova G.F. //Catalyst regeneration in acetone production// Proceedings of the 9th International Scientific and Practical Conference «Global and Regional Aspects of Sustainable Development» (October 6-8, 2023). Copenhagen, Denmark. 2023