BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik jihatlari pedagogik muammo sifatida tadqiq qilingan.  Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
21-24
37

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yusupova, S. . (2025). BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(5), 21–24. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/66048
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik jihatlari pedagogik muammo sifatida tadqiq qilingan.  Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.


background image

21

BO’LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING METODIK

TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI

Yusupova Shohzoda Yunus qizi

2-kurs tayanch doktorant shahzodayusupova1996@gmail.com +998974955560

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univeriteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14851110

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-metodik

tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik jihatlari pedagogik muammo sifatida tadqiq
qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy
asoslangan.

Kalit so’zlar:

moliyaviy savodxonlik, kasbiy tayyorgarlik, metodik tayyorgarlik, bo’lajak

o’qituvchi.

Abstract:

In this article, the pedagogical aspects of improving the professional-

methodical training of primary school teachers are studied as a pedagogical problem. It
summarizes the opinions of foreign and domestic researchers. The principles, theoretical and
pedagogical aspects of professional development of primary school teachers are scientifically
based.

Key words:

financial literacy, professional training, methodical training, teacher.

Аннотация:

В данной статье педагогические аспекты совершенствования

профессионально-методической подготовки учителей начальных классов изучаются
как педагогическая проблема. Обобщены мнения зарубежных и отечественных
исследователей. Научно обоснованы принципы, теоретические и педагогические
аспекты профессионального развития учителей начальных классов.

Ключевые слова:

финансовая грамотность, профессиональная подготовка,

методическая подготовка, учитель.


Kirish.

Respublikamizda so‘ngi yillarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy

savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish
faoliyatining pedagogik imkoniyatlarini o‘rganish, moliyaviy savodxonlikni shakllantirish,
o‘quv jarayonini o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarli asosida mazmunli tashkil etishning
meyoriy asoslari yaratilmoqda. Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega

1

shaxs sifatida tarbiyalash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining rivojlanganlik dinamikasini nazorat qilish, o‘quv
dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni ta’minlash, ummumiy o‘rta ta’lim tizimi
natijadorligini muntazam o‘rganib borish va o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli takliflar
ishlab chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-

sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni[1], O‘zbekiston Respublikasining
2016-yil 14-sentyabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni[2],
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son [3], 2017-yil

1

Mirziyoyev Sh.М. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Тоshkent:

“Oʻzbekiston”, 2016 y. 56 b.


background image

22

7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” PF-4947-son [4], 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son[5]
farmonlari, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi
bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” PQ-3160-son[6], 2021 yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son[7] qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 187-son qarori[8] hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Tadqiqot maqsadi

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni

shakllantirishda o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish boʻyicha
metodika ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari:

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni shakllantirish imkoniyatlari

takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari moliyaviy savodxonlikni shaklantirish dasturini

takomillashirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida moliyaviy savodxonlikni shaklantirish modeli

takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining moliyaviy savodxonlikni shakllantirish samaradorligi

aniqlangan.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.

Tadqiqot natijalarining ilmiy

ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni shakllantirishda
o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy metodologik
asoslari ilmiy o‘rganilganligi va tahlil qilinganligi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy
savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish
texnologiyalari, uni amaliyotga tatbiq etishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlanganligi
hamda ishlab chiqilgan takliflardan foydalanish bilan belgilanadi.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan ilmiy-pedagogik tavsiyalar

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchining
kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat
qilganligi, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni
shakllantirishda o‘qituvchining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘quv
mashg‘ulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablar mazmunini takomillashtirishga xizmat qilganligi
bilan belgilanadi.

Bо‘lajak о‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining yaxlitligini

ta’minlash shaxsning madaniy tajribasi yaxlitligi, uning obyektiv va subyektiv jihatlari yaxlitligi
haqidagi qoidaga asoslanadi. Mazkur kompetentlikni shakllantirish yaxlit jarayoni, shu tariqa,
о‘zga tilli madaniyat va ingliz tili о‘qitish sohasida tо‘plangan ijtimoiy-madaniy metodik
tajribani egallash jarayonlari birligi; shuningdek, talaba shaxsining kasbiy lingvistik ta’limda
kasbiy faoliyat

subyekti sifatida rivojlanish yaxlitligini ta’minlashga chaqirilgan.


background image

23

«Shaxsning kasbiy tajribasi» kategoriyasi tadqiqotimizda talabaning bо‘lajak о‘qituvchi

sifatida shakllanish jarayoni va natijasi, shuningdek, mazkur jarayonni tashkil qilish sifatini
oshirishni tavsiflaydi. Bu kategoriya ta’lim makonida ta’lim oluvchilarning, motivlar, bilimlar,
kо‘nikma va malakalar, shuningdek, kasbiy kommunikatsiya normalarida mustahkamlangan,
yaxlit kasbiy tajribasini shakllantirishga yо‘nalganlikni aks ettiradi.

Pedagogik an’anaga muvofiq, tadqiqotimizda

didaktik

shart-sharoitlar bо‘lajak

о‘qituvchining kasbiy kompetentlikni samarali shakllantirishga kо‘maklashadigan chora-
tadbirlar tizimi sifatida qaraladi. Mazkur sharoitlar kasbiy tayyorgarlikda integratsiya
mohiyatini batafsilroq tasavvur qilish imkonini beradi.

Tadqiqotda didaktik shart-sharoitlarning ikki asosiy guruhi taqdim qilindi:

kasbiy metodik faoliyatni yaxlit о‘zlashtirishni uning (motivatsiyali, maqsadli, mazmunli-

instrumental, refleksiv) tarkibiy qismlari tо‘liqligini shakllantirish orqali pedagogik-psixologik
ta’minlash;

bо‘lajak о‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligi (KK) bosqichli rivojlanishi va

kasbiy tajribani egallashda anglashilganlik, faollik va mustaqillikning tobora yuqori
darajalariga о‘tishiga kо‘maklashadigan kasbiy tayyorgarlikni tashkiliy-texnologik ta’minlash.

Mazkur shart-sharoitlar tavsiflariga batafsilroq tо‘xtalamiz.

Birinchi shart-sharoit

kasbiy faoliyatni uning barcha komponentlarini shakllantirish

vositasida о‘zlashtirishga kо‘maklashadi. Yaxlitlik har qanday pedagogik tizimning bazaviy
tavsifi va eng muhim tizimli belgisi sanaladi. Bunda hodisaning rivojlanishiga tо‘sqinlik
qilmaydi. Yaxlitlik – xossa emas, atribut (belgi) emas, balki о‘ziga xos qarash, u umumiylik,
bog‘liqlik, ajralmaslikni topish imkonini beradi. Aynan bitta reallikni sifat xilma-xilligi,
tenglashtirilmaslik, tafovut orqali, ammo ayni vaqtda uni ontologik yaxlitlik sifatida ham
tavsiflash mumkin. Yaxlitlik insonga berilmaydi, balki uning tomonidan egallanadi. Bir xususiy
yaxlitlikdan boshqasiga о‘tib borar ekan, inson ma’lum darajada о‘z idealini realizatsiyalaydi.

Bо‘lajak о‘qituvchilarning OTM ta’lim jarayonida kasbiy yaxlitlikka erishishi

kasbiy

faoliyat

ning barcha komponentlari didaktik ta’minlanishi bilan bog‘liq. Bu komponentlar:

motivatsiyali (bо‘lajak о‘qituvchilarni fan mazmunni tushunish, qabul qilish, о‘zlashtirish;

fanni о‘qitish uchun metodik kompetensiyani shakllantirish va dolzarblashtirishga undash);

maqsadli (kasbiy kompetentlikni kommunikatsiya va fanni о‘qitishga oid qadriyatli

tajriba sifatida ongli shakllantirish, faol realizatsiyalash va rivojlantirishni rag‘batlash);

mazmuniy-instrumental (bilim, kommunikativ va kasbiy faoliyat kо‘nikma, malaka va

usullarini, kasbiy kompetent shaxsni tavsiflaydigan sifatlarni belgilash va rivojlantirish);

refleksiv-baholash (kasbiy faoliyatni tashqi baholash bilan bо‘lajak о‘qituchilarning о‘zini

о‘zi baholashini birlashtirish).

Kasbiy mahorat, bugungi kunda biz tushunganimizdek, qobiliyatni о‘z ichiga oladi, aniq

va sodda muloqot qilish, bilimlarni taqdim etish, shuningdek, talabaning bilish faoliyatini aqlli
va nozik о‘tkazish, uni tо‘g‘ri yо‘nalishda boshqarish, kasbiy bilimlarni mustaqil ravishda
egallashga о‘rgatish. О‘qituvchi о‘z mavzusini chuqur bilishdan tashqari, о‘quvchi /talabaning
ichki dunyosiga kirib borishga qodir. U psixologik kuzatuvchanligi va g‘ayrati bilan ajralib
turadi. О‘qituvchi uchun eng muhim axloqiy talab - bu о‘z о‘quvchilariga bо‘lgan muhabbat
tuyg‘usi.


background image

24

Xulosa.

Jamiyatning ehtiyojlari, fan va amaliyotning rivojlanishi, inson shaxsini

rivojlantirishga tobora ortib borayotgan talablar, o‘zgaruvchan ijtimoiy jarayonlar va
vaziyatlarga tez va adekvat javob berish qobiliyati, o‘z faoliyatini qayta qurishga tayyorligi va
yangi, yanada murakkab muammolarni mohirona hal qilishga tayyorligi bilan belgilanadi. O‘z-
o‘zini rivojlantirishning ma’nosi bilim faoliyati qoniqishida, o‘qituvchining ortib borayotgan
ehtiyojida, uzluksiz ta’lim orqali o‘zini o‘zi anglashda namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini
rivojlantirishning mohiyati aqliy mehnatning texnikasi va madaniyatini, muammolarni bartaraf
etish, mustaqil ravishda o‘z ustida ishlash, shu jumladan kasbiy mahoratni o‘zlashtirishdir.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637 sonli “Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonuni.
2.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-406 son “Yoshlarga oid

davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni.
https://lex.uz/docs/5841063.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-son
Farmoni.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-
son farmoni.
6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” PQ-
3160-son qarori.
7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi

ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son qarori.
8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va

o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 187-son qarori.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637 sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-406 son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/docs/5841063.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” PQ-3160-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 187-son qarori.