46
KREDIT HAQIDA TUSHUNCHA
Saporboyev Munisbek Zafarbek o’g’li
O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087210
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kredit tushunchasi, kredit turlari, kredit prinsiplari,
kredit subyektlari, kredit funksiyalari, kredit resurslarining manbalari, kreditning mohiyati,
kredit va kredit shakllari to’g’risida tushunchalar aks ettirilgan.
Kalit so’zlar:
Bank, kredit, prinsip, funksiya, subyekt, resurs, tijorat.
Abstract:
This article reflects the concepts of the concept of credit, types of credit,
principles of credit, subjects of credit, functions of credit, sources of credit resources, the
essence of credit, concepts of credit and forms of credit.
Keywords:
Bank, credit, principle, function, subject, resource, commerce.
Аннотация:
В статье отражены понятия о понятии кредита, видах кредита,
принципах кредитования, субъектах кредита, функциях кредита, источниках
кредитных ресурсов, сущности кредита, кредита и форм кредита.
Ключевые слова:
Банк, кредит, принцип, функция, субъект, ресурс, коммерция.
KIRISH
Kredit-
(lot. creditum – qarz, credo – ishonaman, maqullayman) – pul mablagʻlari, tovar
va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum
muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona,
xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit
kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har
qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ
qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum
tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi
muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq,
muddatli (6 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi.
Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat
krediti – bir xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan
rasmiylashtiriladi. Bank krediti – jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar
tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi
koʻrinishlari bor. Davlat krediti – davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini
nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud,
korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari,
obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki
davlat qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi.
Isteʼmol krediti – aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi
harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va
boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro kredit – muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari
bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki
47
tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari
aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.
Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini
qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan
ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni
kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng
foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini
banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki
ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz
navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.
Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish
uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz
siyosati va ajratilayotgan K.larning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning
samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish
tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat
iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan,
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan K.lari mamlakat
mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo
etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni
qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va
mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit
uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank
alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda kredittizimi faoliyati
„Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida“ (1995.21.12), „Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida“ (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Kredit prinsplari
1.
qaytarib berishlilik prinspi.
2.
Muddatlilik prinspi.
3.
Foiz toʻlashlilik prinspi.
4.
Taʼminlanganlik prinspi.
5.
Maqsadlilik prinspi.
Kredit – tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va
maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum koʻrinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim
etiladigan iqtisodiy kategoriyalarning bir shaklidir" Kreditnig funksiyalari. Kreditlar odatda
birinchi toifali garov ob’ektlari bilan taʼminlanadi.(yer, oltin va boshqa metallar).
Kredit subyektlari
Banklar.
Nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikromoliyalash
tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar.
Korxonalar.
Jismoniy shaxslar.
Davlat.
Davlat organi.
48
Halqaro moliya kredit tashkilotlari.
Kredit munosabatlarining subyekti boʻlib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning
obyekti boʻlib pul va tovar hisoblanadi. Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:
1.
Bank krediti
2.
Tijorat krediti
Bank kreditining obyekti boʻlib
pul
mablagʻlari hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti
tovarlardir
.
Kredit funksiyalari
1.
Haqiqiy pullarni kredit operatsialari orqali almashtirish funksiasi.
2.
Qayta taqsimlash funksiasi- kredit vositalari vaqtinch boʻsh turgan mablagʻlarni unga
muxtojlar foydasiga qayta taqsimlanadi.
3.
Kredit
muomula
vositasini
yaratish
funksiyasi.(kredit
muomala
vositasi
Kredit resurslarining manbalari
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1.
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2.
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3.
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy
ragʻbatlantirish fondlari;
4.
korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha,
shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi
hisoblarida saqlanadi;
5.
bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning
joriy pul resurslari;
6.
aholining boʻsh pul mablagʻlari.
Mohiyati
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha boʻsh pul resurslari hosil boʻlishi bilan bir
vaqtda, iqtisodiyotning ayrim boʻgʻinlari va sohalarida qoʻshimcha pul mablagʻlariga ehtiyoj
paydo boʻladi. Avvalo kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Uning yordamida
korxonalar, davlat va aholining boʻsh pul mablagʻlari ssuda fondi shaklida toʻplanib, keyin bu
mablagʻlar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olib qayta
taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlashga
xizmat qiladi. Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan toʻlov vositalarini (veksel, chek,
sertifikat va hokazo) yuzaga chiqarib, ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish vazifasini bajaradi.
Uchinchidan, kredit naqd pullar oʻrniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini
jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. Toʻrtinchidan, kredit
ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy oʻsishni
ragʻbatlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit oʻz muassasalari orqali iqtisodiy
subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nihoyat, kreditning oʻziga xos
vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini
tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan
foydalaniladi. Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi.
Kredit turlari
49
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib
kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib,
u bank, tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti
– kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari –
banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy
xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Xoʻjaliklararo kredit
– bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va
ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki
xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti
— bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi
subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish
yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.
Isteʼmol krediti
– xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan
isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum
muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash
bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga
oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti
– koʻchmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar
shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan
chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti
– kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul
mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti
mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday
shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
Xalqaro kredit
– ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi
harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor
va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar
hisoblanadi.
Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng
rivojlanib bormoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak kredit hozirgi zamonda juda ommalashgan bank
operatsiyalaridan biri xisoblanadi va banklarda xar xil turdagi kreditlar mavjud. Jismoniy yoki
yuridik shaxslar o’ziga kerakli kredit bo’yicha banklarga arizalar qoldirib kredit shartnomasi
tuzushi mumkin. Kredit olish yildan yilga yengillashib hozirgi kunda uydan chiqmagan holda
mobil telefon orqali shaxsingizni tasdiqlab oylik plastik kartangiz orqali o’zingizga kerakli
bo’lgan mikroqarzlarni olish imkoniyati paydo bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
