INKLYUZIV TAʼLIMNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Аннотация

Ushbu tezisda yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish mohiyativa inkluziv ta’lim muammolari tahlil qilingan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Turdiboyeva , Z. . (2025). INKLYUZIV TAʼLIMNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(9), 74–76. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/74761
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish mohiyativa inkluziv ta’lim muammolari tahlil qilingan.


background image

74

INKLYUZIV TAʼLIMNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Turdiboyeva Zarnigor Otabek qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15104668

Annotatsiya.

Ushbu tezisda yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati,

inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
mohiyativa inkluziv ta’lim muammolari tahlil qilingan.

Kalit so`zlar

: inkluziv ta’lim maxsus ta’lim, imkoniyati cheklangan bola, mutaxassis,

hamkorlik

.


Jamiyat paydo bo’libdiki, unda yashayotgan insonlar taraqqiy etib boradi. Nimanidir

orzu qiladi, unga erishish uchun o’z oldiga maqsad qo’yadi, yutadi, yutkazadi,qayerdadir
qoqiladi , lekin asosiysi tanlagan yo’lida davom etadi va hayotda nimagadir erishadi. Inson
hayotda hech qachon to’xtab qolmasligi, yangi marralarni ko’zlay bilishi va uni zabt etish
uchun har doim olg’a intilishi zarur. Bugungi kunda bu jamiyatimizda har bir sohada keng
ko’lamli ishlar olib borilmoqda . Xoh u sport bo’lsin, xoh u san’at bo’lsin, xoh ta’lim bo’lsin
barcha sohalarga birday e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar
ayniqsa, biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar bizni yanada olg’a qadam tashlashga, o’qib
izlanishga, ta’lim olishga undamoqda. Mamlakatimizda barcha shaxslarning ta’lim olishi
ayniqsa, alohida yordamga muhtoj bo’lgan shaxslarning ta’lim olishi eng dolzarb masalalar
sirasiga kiritilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” (PQ-4860-son, 2020 yil 13 oktyabr) qarori tasdiqlandi. Bu borada respublikamizda
inkluziv ta’limning joriy qilinishi va ,,Ta’lim tog’risidagi qonun”da har bir bolaning ta’lim
olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini
olishga qaratilgan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi ham kiritilishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Ushbu qonunning 55-moddasida rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo’lgan
bolalar ta’lim olish huquqiga ega ekanligi qaytib o’tilgan. Savol tug’ilishi mumkin, inkluziv
ta’lim nima o’zi?

Inkluziv ta’lim bu- nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni olib tashlash,

ijtimoiy kelib chiqishi, millati, dini, tanasining rangi, jinsi,ota-onasining jamiyatdagi o’rni ,
jismoniy yoki ruhiy kamchiliklaridan qat’iy nazar ularni ijtimoiy hayotga yo’naltirilgan
umumta’lim tizimida ta’lim olishlariga yordam beruvchi ta’lim tizimidir. Inkluziv ta’limda
bolaning nuqsoni, qobiliyati, ta’lim olishga bo’lgan salohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim
jarayonlari olib boriladi.

Ko’p yillar davomida alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalarida

emas, balki maxsus ta’lim muassasalarda ta’lim olishlari tarafdorlari ko’p edi. Bu esa bolalarga
ota-onasining mehridan uzoqda ulg’ayishlariga sabab bo’lardi. Alohida yordamga muxtoj bola
ham boshqalar qatori bola , u ham boshqa bolalardek o’ynab –kulishi, sog’lom bolalar singari
ota–onasi bag’rida ta’lim olishi, kelajakda ma’lum bir kasb yoki hunarni egallashi va jamiyatda
o’z o’rnini topishi kerak. Buning uchun esa ular albatta inkluziv ta’limga jalb qilinishi kerak .
chunki inkluziv ta’lim ularga quyidagi imkoniyatlarni berishi mumkin:

o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini;

mustaqil harakatlanish, birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyatini;

dunyoqarashi kengayishi , hayotiy tajribasi oshishini.


background image

75

Inkluziv ta’lim o’z o’rnida sog’lom bolalarda ham quyidagi sifatlarning tarbiyalanishiga

ta’sir ko’rsatadi:

o‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlarining ehtiyojlarini his qiladilar;

qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;

yordamga muxtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar;

tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi;

insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi.
Inkluziv ta’limni rivojlanishi uchun barcha birdek harakat qilishi zarur, barcha

ishtirokchilar birgalikda maqsadli faoliyat olib borgandagina, samarali natijalarga erishadi.
Ya'ni:

Oila

- ota-ona farzandining ijtimoiy hayotga erta va samarali moslashishi uchun o‘z

tengqurlari bilan ta'lim olishi zarurligini anglashi va har tomonlama tayyor bo‘lishi kerak.

Mahalla

–o‘z navbatida aholini imkoniyati cheklangan bolalarga ijobiy munosabatda

bo‘lishini tarbiyalashi, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Maktab jamoasi -

imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim berishga tayyor bo‘lishi,

ularni qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.

Sinfdoshlar-

sog‘lom o‘quvchilar imkoniyati cheklangan bolalarni

o‘z saflariga qabul

qilishga tayyor bo`lishlari kerak.

Mutaxassislar

- maktabga kelgan o‘quvchini birinchi navbatda o‘qituvchi, psixolog,

maktab shifokori, defektolog qo‘llab-quvvatlab, ta'limga to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim.

Sog‘liqni saqlash tizimi

klinik tashxis qo‘yadi, muntazam davolash-profilaktika

ishlarini olib boradi.

Xalq ta'limi tizimi

o‘quvchini ta'lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan birga

metodik qo‘llanma va tavsiyalar bilan ta'minlaydi; tibbiy- psixologo-pedagogik komissiya
bolalarni o‘rganib, tegishli xulosani beradi va ota-ona tanlovi asosida bolani ta'limga
yo‘naltiradi.

Nodavlat va notijorat tashkilotlari

maktabdagi ta'lim-tarbiya muassasalariga homiylik

va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi.

Har bir rivojlanib kelayotgan sohada bo’lgani kabi, inkluziv ta’limda ham bir qancha

muammolar mavjud va ular quyidagilar:

Bir qancha davlatlarda inkluziv ta’limni joriy qilishga doir qonun va qarorlarning yo’q

ekanligi;

Kadrlar yetishmovchiligi;

Jamiyatda kamsitilish;

Imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatda ko’rinmasligi ;

Kambag’allik;

Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim jarayonlarida ko’rinmasligi;

Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi;

Ta’lim muassasalarining imkoniyati cheklangan bolalarga moslashtirilmaganligi;

Sinfda bolalar soning ko’pligi;
Ko’rinib turibdiki, muammolar talaygina. Bu muammolarni yechish borasida

mamlakatimizda bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda Respublika

bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta


background image

76

ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi
maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq
muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda
o‘qitiladi.

150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq

pedagog xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;

Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim

muassasalarining o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta
o‘qitish moduli kiritildi;

2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga

inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;

2021-2022 o‘quv yilidan respublikamiz miqyosida umumta’lim muassasalarida tajriba

sinov tariqasida inklyuziv ta’lim joriy etildi. Bunday birinchi inklyuziv ta’lim sinflari va
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflariga o‘quvchilar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul
qilinadi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash
maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan
bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi. 2023-2024- o‘quv yilida alohida ta'lim ehtiyoji bor
bolalarning 24 foizi, 2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz

2.

BMTning “Nogironlar huquqlari to`g`risidagi Konvensiyasi(UNCPRD) 2006-yil 13-

dekabr
3.

Ta’lim to’g’risidagi qonun 2020-yil 19-may.

4.

O`zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni

rivojlantirish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-5044711)
5.

U. J. Mansurov. O`zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta’lim va yangicha

pedagogik yondashuvlar

.

Библиографические ссылки

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz

BMTning “Nogironlar huquqlari to`g`risidagi Konvensiyasi(UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr

Ta’lim to’g’risidagi qonun 2020-yil 19-may.

O`zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-5044711)

U. J. Mansurov. O`zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta’lim va yangicha pedagogik yondashuvlar.