10
MOLIYAVIY BARQARORLIK TUSHUNCHASI VA UNING BANKLAR
FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Yangiboyev Sardor Ernazar o‘g‘li
Termiz Davlat Universiteti
Moliya mutaxassisligi 1-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14523154
Annotatsiya:
Ushbu tezisda moliyaviy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati
shuningdek banklar faoliyatidagi ahamiyati yoritib berilgan. Banklarning moliyaviy
barqarorligi milliy iqtisodiy tizimdagi barqarorlikka ta’siri hamda banklarning moliyaviy
jihatdan qanchalik barqaror ekanligi ko‘rsatuvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy barqarorlik, tijorat banklari, iqtisodiy tizim, moliyaviy
ko‘rsatkichlar, kreditlar, depozitlar, bankrotlik.
Abstract:
This thesis elucidates the concept of financial stability and its essence, as well
as its importance in banking activities. It presents financial indicators that demonstrate the
impact of banks' financial stability on the stability of the national economic system and
illustrate the extent of banks' financial soundness.
Key words:
financial stability, commercial banks, economic system, financial
performance, loans, deposits, bankruptcy.
Аннотация:
В данном тезисе раскрывается понятие финансовой устойчивости, ее
сущность, а также значение в деятельности банков. Приведены финансовые
показатели, отражающие влияние финансовой устойчивости банков на стабильность
национальной экономической системы, а также степень финансовой стабильности
банков.
Ключевые слова:
финансовая устойчивость, коммерческие банки, экономическая
система, финансовые показатели, кредиты, депозиты, банкротство.
Shaxs nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak moliyaviy barqarorlik deganda kishining
moliyaviy imkoniyatlari hamda moliyaviy majburiyatlari o‘rtasidagi yuqori ijobiy farqni
tushunishimiz mumkin. Korxona nuqtai nazaridan olib qaralsa tahlillar natijasida pul
oqimlarini hamda majburiyatlarini samarali boshqarishda namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va
bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu
bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish
qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun
moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat. Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning
barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi. (O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, 2022)
Global, Yevropa va AQSH moliyaviy barqarorligi masalalari va siyosati bo‘yicha mustaqil
maslahatchi i.f.d Garry J. Schinasi o‘zining “Moliyaviy barqarorlikni saqlash” kitobida
quyidagicha ta’rif bergan: “Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizim o‘zining uchta asosiy
vazifasini bir vaqtning o‘zida qoniqarli tarzda bajarishga qodir bo‘lgan holatdir. Birinchidan,
moliyaviy tizim jamg‘arma egalaridan investorlarga resurslarni vaqt o‘tishi bilan taqsimlashni
va umuman iqtisodiy resurslarni taqsimlashni samarali hamda ravon tarzda amalga oshiradi.
Ikkinchidan, kelajakka yo‘naltirilgan moliyaviy xatarlar yetarlicha aniq baholanadi va
narxlanadi, shuningdek, nisbatan yaxshi boshqariladi. Uchinchidan, moliyaviy tizim shunday
11
holatdaki, u moliyaviy va real iqtisodiy kutilmagan vaziyatlar hamda zarbalarni qiyinchiliksiz,
hatto ba’zan ravon tarzda qabul qila oladi.” (Schinasi, 2024)
Banklar uchun moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy tizimdagi ahamiyati shundaki ular
iqtisodiy faoliyatni qo‘llab - quvvatlaydi, to‘lov tizimlarining ishlashini kafolatlaydi, ishonch
muhitini yaratadi, moliyaviy vositachilikni rivojlantiradi, moliyaviy inqirozni oldini oladi
hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tijorat banklari iqtisodiyotdagi kreditlash, depozit qabul qilish va to‘lov tizimlarini
boshqarish kabi qator vazifalarni amalga oshiradi. Ushbu vazifalarni bajarar ekan banklarning
moliyaviy barqarorligi mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarish va umumiy ishonchni
saqlashi uchun zarur hisoblanadi. Banklar barqarorligi milliy iqtisodiy tizimdagi
barqarorlikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, quyidagi jihatlari iqtisodiyotning umumiy
barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi:
-
banklar iqtisodiyotning asosiy "vositachisi" bo‘lib, aholi va korxonalarning
jamg‘armalarini samarali loyihalarga yo‘naltiradi;
-
barqaror bank tizimi kreditlar va investitsiyalarni uzluksiz ta’minlaydi, bu esa
iqtisodiyotning turli sektorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur;
-
banklar faoliyati orqali kapital taqsimoti va mablag‘larning iqtisodiy aylanishi
muvozanatda saqlanadi;
-
korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning uzluksizligini kafolatlaydi;
-
bank tizimi moliyaviy barqaror bo‘lsa, aholi va investorlar orasida ishonch ortadi;
-
banklarning moliyaviy barqarorligi iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, investitsiya hajmi va
ishsizlik kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi;
-
barqaror banklar o‘z vaqtida kreditlar ajratadi, bu esa korxonalar va tadbirkorlar uchun
iqtisodiy faollikni oshirish imkonini beradi;
-
bank tizimining izchil va barqaror ishlashi iqtisodiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi
omillarni kamaytiradi;
-
barqaror bank tizimi xalqaro moliyaviy bozorlar oldida davlatning ishonchliligini
ta'minlaydi;
-
investitsiya jalb qilish va chet eldan kredit olish imkoniyatlarini oshiradi
Moliyaviy barqarorlikni baholash uchun bir qator asosiy ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib,
ular tijorat banklarining iqtisodiy sog‘lomligini va barqarorligini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu ko‘rsatkichlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Kapitalning yetarliligi – bankning o‘z majburiyatlarini bajarish va zararlarni qoplash
qobiliyatini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich hisoblanadi va bankning kapitali va aktivlaridan
foydalangan holda moliyaviy kuchini o‘lchaydi.
𝐊𝐚𝐩𝐢𝐭𝐚𝐥 𝐲𝐞𝐭𝐚𝐫𝐥𝐢𝐥𝐢𝐠𝐢 =
𝟏−𝐝𝐚𝐫𝐚𝐣𝐚𝐥𝐢 𝐤𝐚𝐩𝐢𝐭𝐚𝐥+𝟐−𝐝𝐚𝐫𝐚𝐣𝐚𝐥𝐢 𝐤𝐚𝐩𝐢𝐭𝐚𝐥
𝐑𝐢𝐬𝐤𝐤𝐚 𝐚𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐚𝐤𝐭𝐢𝐯𝐥𝐚𝐫
(1)
Bazel III standartlari bo‘yicha kapitalning yetarliligi koeffitsiyenti 8 % dan kam
bo‘lmasligi kerak. Ushbu ko‘rsatkich bankning qarzlarni qoplash va moliyaviy xavflarga qarshi
tura olish qobiliyatini aks ettiradi.
Likvidlik darajasi - bankning qisqa muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish
uchun yetarli mablag‘ga ega ekanligini bildiradi. Bu ko‘rsatkich bankning to‘lov qobiliyatini
saqlash va moliyaviy qo‘rquvlarini oldini olish uchun muhim hisoblanadi va quyidagicha
hisoblanadi.
12
𝐉𝐨𝐫𝐢𝐲 𝐥𝐢𝐤𝐯𝐢𝐝𝐥𝐢𝐤 𝐤𝐨𝐞𝐟𝐟𝐢𝐭𝐬𝐢𝐲𝐞𝐧𝐭𝐢 =
𝐋𝐢𝐤𝐯𝐢𝐝 𝐚𝐤𝐭𝐢𝐯𝐥𝐚𝐫
𝐐𝐢𝐬𝐪𝐚 𝐦𝐮𝐝𝐝𝐚𝐭𝐥𝐢 𝐦𝐚𝐣𝐛𝐮𝐫𝐢𝐲𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫
(2)
Aktivlar sifati – bankning aktivlar portfeli, ayniqsa, kredit portfelining sifatini baholash
ko‘rsatkichi hisoblanadi va aktivlar sifati past bo‘lsa, bu bankning moliyaviy barqarorligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
𝐌𝐮𝐚𝐦𝐦𝐨𝐥𝐢 𝐤𝐫𝐞𝐝𝐢𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐮𝐥𝐮𝐬𝐡𝐢 =
𝐊𝐫𝐞𝐝𝐢𝐭𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐮𝐦𝐮𝐦𝐢𝐲 𝐡𝐚𝐣𝐦𝐢
𝐪𝐚𝐲𝐭𝐚𝐫𝐢𝐥𝐦𝐚𝐠𝐚𝐧 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐤𝐞𝐜𝐡𝐢𝐤𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐤𝐫𝐞𝐝𝐢𝐭𝐥𝐚𝐫
(3)
𝐏𝐫𝐨𝐯𝐢𝐬𝐢𝐨𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐑𝐚𝐭𝐢𝐨 (𝐫𝐞𝐳𝐞𝐫𝐯𝐥𝐚𝐫) =
𝐪𝐨𝐩𝐥𝐚𝐦𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐚𝐣𝐫𝐚𝐭𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐛𝐥𝐚𝐠‘𝐥𝐚𝐫
𝐦𝐮𝐚𝐦𝐦𝐨𝐥𝐢 𝐤𝐫𝐞𝐝𝐢𝐭𝐥𝐚𝐫
(4)
Rentabellik va daromadlilik ko‘rsatkichlari – bankning daromad olish qobiliyatini va
rentabellik darajasini aks ettiradi.
ROA
: Aktivlardan olingan foyda darajasi.
ROE
: Bank kapitalining rentabelligi yoki foyda darajasi.
Net Interest Margin (NIM)
: Kredit va depozit foizlari o‘rtasidagi farq orqali bankning
asosiy daromad manbaini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsienti - bankning umumiy barqarorligini baholash uchun
ishlatiladi. Kapital, likvidlik va risklarni birgalikda baholab, bankning uzoq muddatli
sog‘lomligini ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekiston bank tizimida 2023-yilda likvidlilik
ko‘rsatkichlari pasayuvchi dinamika, xususan bank tizimi bo‘yicha sof barqaror
moliyalashtirish me’yori koeffitsiyenti (NSFR) hamda likvidlilikni qoplash me’yori
koeffitsiyentlarida (LCR) kamayish kuzatilgan bo‘lsa-da, minimal talablar bajarildi. Ushbu
holat bank tizimining uzoq muddatli aktivlarni barqaror manbalar hisobidan moliyalashtirish
imkoniyati cheklanganligi hamda likvidlilik shoklariga nisbatan bardoshlilikning zaiflashish
xatarlarini kuchaytiradi. (O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, 2023)
Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari banklarning sog‘lom faoliyat yuritishi,
majburiyatlarini bajarish qobiliyati va moliyaviy tizimdagi xavflarni kamaytirish uchun
muhimdir. Ushbu ko‘rsatkichlarni kuzatib borish nafaqat bank ichida, balki davlat
regulyatorlari tomonidan ham qat’iy nazorat qilinadi
Banklarda moliyaviy barqarorlik holati buzilishi xususida so‘z borganda bu bir qator
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Avvalo banklar tizimidagi inqirozning iqtisodiyotga ta’sirini
ko‘rishimiz mumkin. Bunda banklar orasidagi hisob-kitoblar ishlamay qoladi, iqtisodiy
subyektlar o‘rtasidagi tranzaksiyalar sekinlashadi, banklarning aktivlari qadrsizlanishi bozor
ishonchini pasaytirib, moliyaviy vositalar narxlarining keskin o‘zgarishiga olib keladi, kredit
olish imkoniyatining kamayishi korxonalar faoliyatini cheklaydi, bu esa ishsizlikka sabab
bo‘ladi va natijada bank tizimidagi muammolar iqtisodiy faollikni pasaytirib, yalpi ichki
mahsulot (YIM) o‘sishini susaytiradi. Misol uchun 2008-yil global moliyaviy inqirozi AQShda
boshlanib, butun dunyoga yoyilgan va iqtisodiy pasayish, ishsizlik darajasining oshishi va
davlatlarning favqulodda choralar ko‘rishiga olib kelgan. Ikkinchidan bankrotlik, mijozlar
depozitlarining yo‘qolishi va ishonchning pasayishi. Moliyaviy barqarorlik buzilganda
bankrotlik va depozitlarning xavf ostida qolishi mijozlarning zarar ko‘rishi, banklarga bo‘lgan
ishonchning pasayish, davlat kafolatlariga yukning oshishi, moliyaviy sarosima kabi
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Uchinchidan Kreditlash faoliyatining qisqarishi va iqtisodiy
o‘sishning sustlashuvi. Moliyaviy barqarorlik buzilganda banklarning kreditlash imkoniyati
cheklanadi, bu esa butun iqtisodiyotga ta'sir qiladi. Bunda korxonalar o‘z faoliyatini
moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni topa olmaydi, bu esa ishlab chiqarishning
13
qisqarishiga olib keladi, kreditlash cheklanganda yangi loyihalar va texnologiyalarga sarmoya
kiritish sekinlashadi, kreditlash faoliyatining qisqarishi iqtisodiy faollikni pasaytirib, yalpi
ichki mahsulot (YIM) o‘sish sur’atlarini susaytiradi va kredit tanqisligi iqtisodiy bosimlarni
kuchaytirib, inflyatsiya yoki deflyatsiya xavfini oshiradi. (IMF, 2024)
Banklarning moliyaviy barqarorligi iqtisodiy tizimning samarali ishlashi va uzoq
muddatli rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Barqaror bank tizimi iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirib, moliyaviy xavflarni kamaytiradi va inqirozlarning oldini oladi. Shu sababli,
banklarning kapital yetarliligi, likvidlik darajasi va risklarni boshqarish tizimlari qat’iy
nazorat qilinishi, davlat va regulyatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, banklar moliyaviy barqarorlikni saqlagan holda iqtisodiy
tizimning samarali ishlashiga xizmat qiladi. Barqaror bank tizimi orqali nafaqat qisqa
muddatli iqtisodiy manfaatlar ta’minlanadi, balki uzoq muddatli milliy rivojlanish va
farovonlikka erishish imkoniyati yaratiladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash
barcha iqtisodiy ishtirokchilarning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
References:
1.
IMF. (2024, October).
Global Financial Stability Report.
Retrieved from imf.org:
https://www.imf.org/en/Publications/GFSR/Issues/2024/10/22/global-financial-stability-
report-october-2024
2.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki. (2022, Noyabr 15).
Moliyaviy barqarorlik
haqida
. Retrieved from https://cbu.uz/uz/financial-stability/about/
3.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki. (2023).
Moliyaviy barqarorlik sharhi.
Tashkent: Markaziy Bank Moliyaviy barqarorlik departamenti.
4.
Schinasi, G. J. (2024). 5 Defining Financial Stability". In
Safeguarding Financial Stability.
USA:
International
Monetary
Fund.
Retrieved
Dec
2024,
2024,
from
https://doi.org/10.5089/9781589064409.071.ch005
