FONETIK TRANSFORMATSIYA VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI

Аннотация

Ushbu maqolada fonetik transformatsiya tushunchasi, uning tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Fonetik transformatsiya – bu nutq tovushlarning o‘zgarishi hodisasi bo‘lib, til fonetik tizimining rivojlanishi va dinamikasini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada fonetik transformatsiyaning asosiy turlari, nazariy asoslari hamda real til shakllari vositasida yuz berishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tovush o‘zgarishining sabab va mexanizmlari, fonemalar darajasidagi o‘zgarishlar misollar bilan tasvirlanadi. Mazkur tadqiqot tilshunoslik sohasida fonetik jarayonlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
114-117

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ergashev , S. . (2025). FONETIK TRANSFORMATSIYA VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(26), 114–117. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/130582
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada fonetik transformatsiya tushunchasi, uning tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Fonetik transformatsiya – bu nutq tovushlarning o‘zgarishi hodisasi bo‘lib, til fonetik tizimining rivojlanishi va dinamikasini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada fonetik transformatsiyaning asosiy turlari, nazariy asoslari hamda real til shakllari vositasida yuz berishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tovush o‘zgarishining sabab va mexanizmlari, fonemalar darajasidagi o‘zgarishlar misollar bilan tasvirlanadi. Mazkur tadqiqot tilshunoslik sohasida fonetik jarayonlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.


background image

114

FONETIK TRANSFORMATSIYA VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI

Ergashev Sardor Kosimovich

Qarshi davlat universiteti, Filologiya fakulteti,

O’zbek tilshunosligi kafedrasi, O’zbek tili yo’nalishi,

Mustaqil izlanuvchisi

sardorergashev654@gmail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.16626226

Annotatsiya

. Ushbu maqolada fonetik transformatsiya tushunchasi, uning

tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Fonetik transformatsiya – bu nutq
tovushlarning o‘zgarishi hodisasi bo‘lib, til fonetik tizimining rivojlanishi va dinamikasini
tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada fonetik transformatsiyaning asosiy turlari, nazariy
asoslari hamda real til shakllari vositasida yuz berishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tovush
o‘zgarishining sabab va mexanizmlari, fonemalar darajasidagi o‘zgarishlar misollar bilan
tasvirlanadi. Mazkur tadqiqot tilshunoslik sohasida fonetik jarayonlarni chuqurroq anglashga
xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

fonetik transformatsiya, fonetika, fonemalar, tovush o‘zgarishi, fonetik

jarayonlar, tilning fonetik tizimi, tovushlar transformatsiyasi.

KIRISH.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining bugungi holati lug‘at tarkibining sezilarli darajada

boyishi transformatsion hodisa bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, so‘zlashuv nutqining
fonetik va leksik birliklarining, xususan, umumxalq tilining badiiy til sohalariga singishida
transformalarning o‘rni muhimdir. So‘zlashuv nutqi va yozma nutq natijasida yuzaga
keladigan o‘zgarishlar til hodisalari sifatida tan olinadi. Barcha til darajalariga ta’sir ko‘rsatgan
holda, transformalar tilning tovush va yozuv jihatlarida o‘z aksini topadi va shu bois
so‘zlarning turli fonetik o‘zgarishlari zamonaviy o‘zbek adabiy tilida dolzarb ahamiyat kasb
etadi. O‘zlashma so‘zlarni tilga moslashtirishda transformatsiyaning o‘rni g‘oyat muhimdir.

ФОНЕТИЧЕСКАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ И ЕЁ РОЛЬ В ЛИНГВИСТИКЕ

Эргашев Сардор Косимович

Каршинский государственный университет,

филологический факультет, Кафедра узбекского языкознания,

Направление узбекского языка,

Самостоятельный исследователь

sardorergashev654@gmail.ru

Аннотация:

В данной статье анализируется понятие фонетической

трансформации, ее место и значение в лингвистике. Фонетическая трансформация -
это явление изменения речевых звуков, играющее важную роль в понимании развития
и динамики фонетической системы языка. В статье рассматриваются основные виды
фонетической трансформации, ее теоретические основы, а также ее проявление
посредством реальных языковых форм. Кроме того, на примерах описываются
причины и механизмы звуковых изменений, изменения на уровне фонем. Данное
исследование способствует более глубокому пониманию фонетических процессов в
области лингвистики.


background image

115

Ключевые слова:

фонетическая трансформация, фонетика, фонемы, звуковые

изменения, фонетические процессы, фонетическая система языка, трансформация
звуков.

ВВЕДЕНИЕ.

Современное состояние современного узбекского литературного

языка тесно связано с трансформационным явлением значительного обогащения
словарного состава. Также важна роль трансформаций в проникновении фонетических
и лексических единиц разговорной речи, в частности, общенародного языка в области
художественного языка. Изменения, возникающие в результате разговорной и
письменной речи, признаются языковыми явлениями. Воздействуя на все языковые
уровни, трансформации отражаются на звуковых и письменных аспектах языка, и
поэтому различные фонетические изменения слов приобретают актуальное значение в
современном узбекском литературном языке. В адаптации заимствованных слов к
нашему языку очень важна роль трансформации.

ASOSIY QISM:

Fonetik transformatsiya masalasi uzoq o‘rganish tarixiga ega bo‘lmasa-

da, fonetik o‘zgarishlarni tahlil qilishning barcha muhim tamoyillari, shuningdek, ularning
tabiati haqidagi qarashlar tilshunoslik to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘lgan davrga borib
taqaladi. Transformalarning kelib chiqishi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida tilshunos olim D.
Polivanov quyidagicha fikr bildiradi.

“fonemaning fakultativ (tengdosh yoki o‘rinbosar),

kombinator (ma’lum o‘rinda kelishi tufayli hosil bo‘ladigan), variantlari o‘rtasidagi aloqani
aniqladi” [1, 127]. Olimning fikrlari asosida tilning talaffuz tomoni yozuv tomoni bilan ba’zan
farqlanishi mavjudligi ko‘rinadi. Nutqda uchraydigan “sabab-sabap” yoki “Matis-Matiz” kabi
misollar shundan dalolat beradi. Bu o‘rinda misol sifatida keltirilayotgan so‘zlarning talaffuz
va orfoepik me’yorlari asosidagi o‘zgarishlari yuzaga kelmoqda. Bunday misollar o‘zbek tilida
ko‘plab uchraydi. Olima X.O.Sergeyevna o‘z ilmiy ishida tilda mavjud bo‘lgan fonetik
o‘zgarishlar haqida shunday fikr bildiradi. “Antik davrdan boshlab she’riyatda leksikaning
tovush o‘zgarishlarini metaplazmalar deb atash qabul qilingan. (bu yerda Eliy Donat, Mariy
(Mavr) Serviy Gonorat, Flaviy Sosipater Xariziy, Diomed va boshqa olimlarning risolalari
ta’kidlab o‘tiladi)” [2. 22]. X.O.Sergeyevna ta’kidlagan metaplazmlar – tovush o‘zgarishlari
tilda kecha yoki bugun paydo bo‘lgan hodisa emas. Bu fonetik o‘zgarish va transformatsiya
hodisasi

haqida

dunyo

tilshunos

olimlaridan

X.O.Sergiyevna,

K.Y.Igorovna,

Sh.M.Zahibullayevna, M.E.Vladimirovna, B.A.Vladimirovna, L.A.Grigorevich, K.A.Alekseyevna
kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Turkiy tilshunoslikning asoschisi Mahmud Qoshg‘ariy
o‘zining mashhur “Devonu lug‘otit-turk” asarida tilshunoslikning barcha qatlamlarini, shu
jumladan fonetik qatlamdagi tovush o‘zgarishlarini ham batafsil yoritib bergan. Xususan, u
Sharqiy Turkistondagi Qarluq qabilalar ittifoqiga mansub bo‘lgan chigillar haqida quyidagi
misollarni keltiradi: “ayaq-azaq, qarin to‘ydi-xarin to‘zdi” [3, 126]. Bunda y-z tovushlarining
uyg‘unligi ta’kidlanmoqda. Asarning boshqa bir qismida turkiy xalqlarning ovqat
taomnomasiga oid bo‘lgan “Tobiq”, “Sugut” [3,159] kabi taom nomlarini keltirib o‘tadi. Ushbu
so‘zlarning fonetik tarkibi hozirgi o‘zbek adabiy tili tovush tizimi bilan qiyoslanganda fonetik
transformalar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Misollardan ko‘rinib turibdiki, “Devonu lug‘otit-turk”
asari turkiy fonetik qonuniyatlarni dastlab ishlab chiqqan qomusiy asardir. Fonetik qonuniyat
va fonetik o‘zgarishlar borasida zamonaviy tilshunoslik darg‘alaridan A. G‘ulomov, Sh.


background image

116

Shoabdurahmonov, V.V. Reshetov, N.Qambarov kabi o‘zbek tilshunos olimlari ilmiy izlanishlar
olib borgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida transformatsiya hodisasi va transformatsion metod
tushunchasi tahlil va tadqiq talab qiladigan mavzular sirasiga kiradi. Bu hodisa qarindosh va
qarindosh bo‘lmagan tillarga mansub so‘zlarning o‘zaro almashinuvi jarayonida tillarning
ichki imkoniyatlaridan foydalanish asosida yuzaga keladi. Transformatsiya shakl o‘zgarishini
nazarda tutadi. Bu leksik birliklar tarkibidagi unli hamda undosh tovushlar o‘zgarishida o‘z
aksini topadi. Shu jihatdan olib qaralganda, transformatsiya fonetik sathda keng qamrovga
ega hodisadir. Transformatsiya hodisasi bir til so‘zlarining boshqa tillarda tushunarli
bo‘lishini ta’minlaydi. Xususan, ingliz tili tovush va harf tizimining yozilishi va o‘qilishini
o‘zbek tili bilan solishtirganda katta farq ko‘zga tashlanadi. Masalan, nutqda ishlatiladigan

Homer, Hayne, Vilyam

kabi atoqli otlar tilga o‘zlashtirilgan holatida bu so‘zlarning asliyatdagi

va o‘zbek tiliga o‘zlashgan holatida katta farqlanish kuzatiladi. Ya’ni,

Homer-Gomer, Hayne-

Geyne, Vilyam-Uilyam

kabi. Bu kabi atoqli otlarni o‘zbek tilida ifodalagan so‘z tarkibidagi unli

va undosh tovushlarda tafovut borligi yaqqol ko‘rinadi. Bu esa so‘zlarning o‘zlashtirilishida
o‘zbek tili imkoniyatlari ularning ayni shaklga kelishiga asos bo‘lganini ko‘rsatadi. Yuqoridagi
leksik birliklar tahlilida tilning chog‘ishtirish metodidan foydalaniladi. Barchaga ayonki, ba’zi
tillarda mavjud belgilarning boshqa tillarda muqobili mavjud bo‘lmaydi. Bunday muqobili
mavjud bo‘lmagan birliklar ishtirok etgan so‘zlar o‘zbek tiliga o‘zlashtirilganda o‘zbek tilida
mavjud imkoniyatlar ishga solinadi. Shunday qilinganda o‘zbek tili va so‘z o‘zlashayotgan til
imkoniyatlari bir-biriga yaqinlashadi. Misol uchun rus tiliga mansub so‘zlar o‘zbek tiliga
o‘zlashganida ham ayni shu masala diqqat markaziga chiqadi. Chunki bu ikki til harflar
tizimida farqlanish mavjud. Ayni o‘rinda transformatsiya hodisasi yuz beradi. Sababi o‘zbek
tili harf va tovush tizimida ba’zi rus alifbosidagi birliklar aks etmaydi. Misol tariqasida rus
alifbosidagi [щ, ы, ъ, ц, ь] O‘zbek alifbosida mavjud emas. Aksincha, o‘zbek alibosidagi [q, o‘,
g‘, h] kabi birliklar rus alifbosida o‘z aksini topmagan. Bu birliklar ishtirok etgan so‘zlar o‘zaro
almashinganda transformatsiya hodisasi yuz beradi. Masalan: Qosim-Косим, G‘olib-Голиб,
Samarqand- Самарканд kabi. Bu misollar yuqorida keltirilgan qoidalarni asoslaydi va shu
kabi leksik birliklarning qiyosiy o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi.

XULOSA.

Bugungi kunda tilshunoslik fanida fonetik transformatsiya masalasiga oid ba’zi

noaniqliklar va yechimini topmagan muammolar talaygina. Bunday fonetik transformatsiya
qolipiga mos keluvchi fonetik hodisalar o‘zbek tiliga o‘zlashgan atoqli otlarda kuzatiladi.
Sababi, tilshunoslikning fonetika bo‘limi birliklari boshqa til fani bo‘limlarining elementlarini
shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan aynan tilda muqobilini topmagan
birliklar fonetik sathda namoyon bo‘ladi. Natijada inglizcha va ruscha so‘zlarni o‘zbek tiliga
o‘zlashtirish jarayonida o‘zbek tili qoidalariga zid holatlar yuzaga kelmoqda. Ma’lumki, o‘zbek
tili turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, o‘zida agglyutinativlik xususiyatini aks ettiradi. Hind-
yevropa tillar oilasiga mansub tillardagi so‘zlar esa flektivlik xususiyatiga ega. Ularni o‘zbek
tiliga o‘girishda o‘zbek tili qonuniyatlarini hisobga olsak, bu masalaga ijobiy yechim topgan
bo‘lar edik.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010. 323-b.


Библиографические ссылки

Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010. 323-b.

https://www.dissercat.com/content/zvukovye-transformatsii-russkoi-leksiki-vidy-i-funktsii-na-materiale-sovremennoi-poezii

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. I jild. 445-b.