10
YUNUS RAJABIY UY-MUZEYI FAOLIYATI
Toʻraxonova Dilshoda Baxromjon qizi
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
1-bosqich magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14824493
Annotatsiya:
Oʻzbek xalq musiqachisi va bastakori Yunus Rajabiyning hayoti va ijodiy
faoliyati haqida keng yoritilgan. Yunus Rajabiy xotirasiga bagʻishlangan Respublika tanlovlari
va uy-muzeyining tashkil etilishi haqida bayon etiladi.
Kalit soʻzlar:
oʻzbek xalq cholgʻulari, maqom, uy-muzey, ijodiy faoliyat, buyuk bastakor.
Rajabiylar – 20-asr o‘zbek san'atiga ulkan hissa qo‘shgan san'atkorlar sulolasi.Sulola
boshlig‘i Yunus Rajabiy 1897 yil 5-yanvarda Toshkentda tugʻilgan. Otasi Yunusni yoshligidan
turli yigʻinlarga, davralarga olib borar, jajji Yunus esa sozanda va xonandalar ijrosidagi
diltortar kuy va qoʻshiqlarni maroq bilan tinglab, oʻrganishga harakat qilardi.
Yunus Rajabiy dastlab akasi Rizqi Rajabiyga ergashib dutor sozida kuylar mashq qila
boshlaydi. Keyinchalik esa andijonlik Mirzaqosim hofizdan Toshkent va Fargʻona vodiysida
aytiladigan maqom parchalarini tinglab oʻrganadi va dutor chalib ashula ayta boshlaydi. U
sekin-asta Mulla Toʻychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov singari sanʼatkorlar
nazariga tushadi. Ular ijro etgan maqom ashulalarini bor diqqat-eʼtibori bilan oʻrganishga bel
bogʻlaydi.
1919 yilda u Toshkentda ochilgan xalq Konservatoriyasining milliy musiqa boʻlimiga
kirib oʻqiydi va xalq musiqa merosi durdonalarini, ayniqsa, maqom yoʻllarini sozanda va
xonandalarga oʻrgatishda ustozlar anʼanasiga sodiq qoladi.
1923 yili Yunus Rajabiy akasi Rizqi Rajabiy, Imomjon Ikromov va Ismat changchi bilan
birga Samarqand bilim yurtiga yuboriladi. Ular bu yerda Hoji Abdulaziz Abdurasulov bilan
tanishadilar va toʻrt yil davomida taʼlim oladilar. Yunus Rajabiy bu toʻgʻrida oʻz xotiralarida
shunday degandi: “Biz Samarqandda toʻrt yil turdik, soz chaldik, ashula va qoʻshiqlar aytdik.
Hoji Abdulazizning ashula yoʻllarini oʻrgandik. Shashmaqom yoʻllari bilan shu yerda tanishdik.
Xullas, Hoji Abdulaziz bizga ustoz boʻlib qoldi”.
Uning repertuaridan maqom parchalari «Girya», «Ushshoq». «Ko‘cha bog‘i», «Eshvoy»,
«Kurd». «Qalandariy», «Gulyor- Shahnoz», «Bayot», «Dugohi Husayniy», «Chorgoh», «Miskin»,
«Nasrulloyi» kabi ashula va kuy turkumlari o‘rin olgan. U bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy
va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: «Subhidam», «Yolg‘iz» «Sayqal». «Fig‘on», «Oraz», «Begi
Sulton» va boshqalar.
Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yunus Rajabiy o‘zbek
musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan. Dastlab «Farhod va Shirin»,
«Layli va Majnun», «Rustam», «Avaz», «Xolisxon» kabi spektakllarga xalq ashulashri asosida
kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorlikda «Qasos», N.Mironov bilan
«Qo‘chqor Turdiyev», G.Mushel bilan «Muqanna», O.Halimov bilan «Nodira», B. Zeydman bilan
«O‘g‘il uylantirish», Sayfi Jalil bilan «Navoiy Astrobodda» singari musiqali dramalarni
yaratgan. U «Zaynab va Omon» operasining yozilishida ishtirok etgan.
Yunus Rajabiy, shuningdek, «Fabrika yallasi», «Bizning davron», «Mirzacho‘lda to’y»,
«O‘zbekiston», «Yangrasin Gulyor», «Dugonalarga». «Qadah», «Koshki», «Gul sochar», «Judo»,
11
«Ra'nolanmasun», «Chapandoz»,«Kuygay» kabi qo‘shiq va ashulalar, «O‘yin Bayoti», «O‘yin
Dugohi»,«Paxta» singari raqs kuylari yaratgan.
Yunus Rajabiyning, ayniqsa, o‘zbek musiqa merosini to‘plashdagi xizmatlari katta. U
1935 yildan xalq kuy va ashularini notaga yoza boshlagan. Natijada Y.Romanovskaya va
I.Akbarov «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» (1939) to’plamidan Yunus Rajabiy notaga olgan 29 ta
musiqa namunasi o‘rin olgan. 1955-yillarda Yunus Rajabiy 5 jildli «O‘zbek musiqasi»
to‘plamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o‘zbek kuy va ashulalari, Buxoro
Shashmaqomi, Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlarining
asarlari kiritilgan. «Maqom» ansambli bilan ishlashi jarayonida Yunus Rajabiy
Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini hamda grammplastinka yozuvlar mukammal
to‘plamini tayyorladi.
T.Sodiqov, D.Zokirov, D.Soatqulov, F.Sodiqov, N.Hasanov, K.Jabborov, S.Kalonov,
K.Mo‘minov, O.Imomxo‘jayev, B.Dovidova, K.Ismoilova, O.Alimahsumov, T.Alimatov va boshqa
san’atkorlar Yunus Rajabiyning shogirdlaridir.
Yunus Rajabiy Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati(1971), «Buyuk
xizmatlari uchun» ordeni (2000) bilan mukofotlangan. O‘zbekiston teleradiokompaniyasi
qoshidagi «Maqom» ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa
pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko‘chalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi
bilan yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Yunus Rajabiy», «Umr daftari» filmlari
suratga olingan.
Bugungi kunda musiqa ijrochiligimizda asriy qadriyatlarni, musiqiy merosimizni tiklash,
o’rganish, rivojlantirishga e`tiborni qaratilayotganligi quvonarlidir."Sharq taronalari" xalqaro
ko’rik tanlovlari, maqom ijrochiligi xalqaro ko’rik tanlovi "Boysun bahori" xalqaro folklor
festivali, "Barhayot an`analar" folklor festival Respublika koʻrik tanlovlari orqali unib
borayotgan xalq durdonaalari qaytadan dunyo yuzini ko’rmoqda.
Yunus Rajabiyning xotirasini yanada abadiylashtirish, professional yosh maqom
ijrochilarini saralash va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Y.Rajabiy nomidagi Oʻzbek
milliy musiqa sanʼati institutining tantanali ramziy ochilish marosimini oʻtkazildi. “Mazkur
dargoh hali kelgusida oʻnlab Yunus Rajabiylarni tarbiyalashiga ishonamiz. Bu borada esa bizga
Rajabiylar sulolasi yaqindan yordam berishadi.Tanlovda ishtirok etayotgan yoshlarga esa
muvaffaqiyat tilaymiz” – deydi Madaniyat vaziri,Y.Rajabiy nomidagi OʻzMMSI rektori Ozodbek
Ahmadovich Nazarbekov koʻtarinki ruh bilan.
Yunus Rajyabiy 1957-76 yillar yashab ijod etgan uyda 1997 yilda Y. Rajabiy uy-muzeyi,
2001 yilda Yunus Rajabiy madaniyat markazi ochilgan.O'zbekiston Respublikasi
Hukumatining 1989 yil 13 sentyabrdagi 301-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahri,
Y.Rajabiy ko'chasida joylashgan 20-uy bugun Yunus Rajabiyning uy-muzeyi. Y.Rajabiy
"O'zbek xalq musiqasi" kitobining beshinchi nashrini (1955-1959), 6-jild "Shashmakom"
(1966-1975) va "Musiqiy merosning ko'rinishi" ni tayyorladi. Jami 11 jild nashr qilingan.
Rajabiyga o'z ko'zimiz bilan ko'rish va uni xalqimizga tanishtirish imkoniyati berildi.Mingdan
ortiq qo'shiqlar, raqslar va musiqa asboblari va haykallar mavjud. Ushbu musiqa talabalar va
tomonidan jonli ijroda ijro etiladi.
Rajabiyning o'zbek folklor musiqachilari va ansambllari, shu jumladan folklor
musiqachilari va ansambllari tomonidan yozilgan musiqiy merosi o'zbek radiosining oltin
fondida saqlanadi. Bugun Buyuk Britaniyaning jamoatlar uyida mehmonlar ziyoratchilarning
12
iltimosiga binoan taniqli ustalarning jonli ijrodagi chiqishlarini tinglash imkoniyatiga ega. Uy-
muzey mehmonlari taniqli musiqachilarning jonli ijrolarini tinglashlari va disklarni sotib
olishlari mumkin. Muzey 1997 yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi
arafasida uning o'g'li Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan.
Xotiralarning eng nozik tomoni – ular hamisha “oʻtgan zamon feʼlida” yoziladi. Shu
sababdan ham oʻtganlarni yod etganda odatda zamondoshlarning xotiralariga, hujjatlarga va
ular haqida yozilgan bitiklaru maʼlumotlarga suyaniladi.Benazir isteʼdod sohibi, bastakor,
xonanda va sozanda, akademik Yunus Rajabiy haqida soʻz yuritganda ham huddi shunday.Xalq
ardoqlagan hofiz umrining oxirgi 20 yilini aynan shu yerda o‘tkazgan. U butun umrini
Shoshmaqomni o‘rganishga bag‘ishlagan.
Maqom ashulalari, kuylari uning hayoti mazmuniga aylanadi. Endi u tunlari bilan mijja
qoqmay, yodida saqlab qolgan xalq kuylarini oz-ozdan notaga sola boshlaydi. U bu kuylarni
shunchaki koʻr-koʻrona notaga tushiravermas, har bir musiqa asarini qayta oʻzlashtirib,
oʻzining ijrochilik va bastakorlik tajribasiga suyanib ish koʻrardi. Akasi Rizqi Rajabiyning
aytishicha, bastakor olti yuzga yaqin kuy, ashula va qoʻshiqlarni yoddan bilgan. Darhaqiqat,
dunyoda shunday insonlar borki, ular garchi oramizda yoʻq boʻlsalar-da, ularning qilgan ezgu
ishlari, oʻzlaridan qoldirgan boymadaniy va maʼnaviy merosi bizga ular haqida soʻylab
turgandek tuyulaveradi.
References:
1.
Rajabiy Yu. “Oʻzbek xalq musiqasi” V-tom. Oʻzbekiston davlat badiy adabiyoti. -
Toshkent, 1959 .
2.
Muhammadkarimov Abdulaziz .“Toshkentnoma”.- T., 2006 .
3.
Jabborov A., Begmatov S., Azamova M. «O’zbekiston musiqasi tarixi» kitobi, Т., 2018 .
4.
Rajabiy Yu., Karomatov F. SHashmaqom toʻplamlari II.Gʻafur Gʻulom nomli badiiy
adabiyot nashriyoti. -Toshkent: 1967.
5.
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.- T., 2000.
