JANUBIY OROL BO'YI ( AMUDARYO O'NG QIRG'OG'I ) ANTIK DAVR SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Annotasiya

Qoraqalpoqlar turkiyzabon xalqlar turkumiga kiradi. Ularning ko’p asrlar davomida shakllangan tarixi qadimgi Orolbo’yi mintaqasining dasht qabilalaridan boshlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlarining mashhur tadqiqotchisi S.P.Tolstovning fikricha, Orol dengizining janubiy qirg’og’ida yashagan sak va massaget qabilalari (orol va botqoqlik massagetlari), qoraqalpoqlarning eng qadimgi ajdodlari hisoblanadi. Ular baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan yarim ko’chmanchi qabilalar hisoblanishgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
44-49
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bekmuratov , Y. . (2025). JANUBIY OROL BO’YI ( AMUDARYO O’NG QIRG’OG’I ) ANTIK DAVR SHAHARSOZLIK MADANIYATI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(7), 44–49. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/70536
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Qoraqalpoqlar turkiyzabon xalqlar turkumiga kiradi. Ularning ko’p asrlar davomida shakllangan tarixi qadimgi Orolbo’yi mintaqasining dasht qabilalaridan boshlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlarining mashhur tadqiqotchisi S.P.Tolstovning fikricha, Orol dengizining janubiy qirg’og’ida yashagan sak va massaget qabilalari (orol va botqoqlik massagetlari), qoraqalpoqlarning eng qadimgi ajdodlari hisoblanadi. Ular baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan yarim ko’chmanchi qabilalar hisoblanishgan.


background image

44

JANUBIY OROL BO'YI ( AMUDARYO O'NG QIRG'OG'I ) ANTIK DAVR

SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Bekmuratov Yersultan Yerboy o'g'li

Qoraqalpoq Davlat universiteti, Arxeologiya fakulteti

1- kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14969978

Annotatsiya:

Qoraqalpoqlar turkiyzabon xalqlar turkumiga kiradi. Ularning ko’p asrlar

davomida shakllangan tarixi qadimgi Orolbo’yi mintaqasining dasht qabilalaridan boshlanadi.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlarining mashhur tadqiqotchisi S.P.Tolstovning fikricha,
Orol dengizining janubiy qirg’og’ida yashagan sak va massaget qabilalari (orol va botqoqlik
massagetlari), qoraqalpoqlarning eng qadimgi ajdodlari hisoblanadi. Ular baliqchilik,
chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan yarim ko’chmanchi qabilalar hisoblanishgan.

Kalit so'zlar:

orol bo'yi mintaqasi, baliqchilik, chorvachilik, Volga, Oltin O'rda.


AMUDARYO — Turkiston o’lkasidagi eng sersuv, yirik daryo. Amudaryoni yunon va

rimliklar Oksus yoki Oksos, arablar Jayxun, yerli xalqlar dastlab O’kuz, Balx, Vaxsh, so’ngra
Amul deb ataganlar. Amudaryo quyi va o’rta to’rtlamchi davrda Qoraqum orqali o’tib, Kaspiy
dengiziga quyilgan, tog’lardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasida
qumlar tarkib topgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy «Amudaryo tarixi» asarida yozib
qoldirgan. Yuqori to’rtlamchi davrda Amudaryo hozirgi o’zani bo’yicha oqqan. Miloddan
avvalgi 10-mingyillikdan 2-ming yillikkacha Xorazm botig’ini va qisman Sariqamish botig’ini
to’ldirgan. [1]. Oqimining bir qismi Janubiga oqib, hozirgi O’zbo’y o’zanini vujudga keltirgan va
Kaspiy dengiziga quyilgan. Shu davrda Sariqamish bo’yi deltasi tarkib topgan. Miloddan
avvalgi 3-va 2-ming yilliklar orasida Amudaryo hozirgi Tuyamo’yin qisig’idan shimoliga
Oqchadaryo o’zanida oqib Orol dengiziga uning Janubi-sharqidan quyilgan va Oqchadaryo
deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 2 — va 1-ming yilliklarda Amudaryo hozirgi
yo’nalishda [2], ya’ni Orol dengiziga Jan.dan quyila boshlagan. Miloddan avvalgi 1-ming
yillikning o’rtasida hozirgi Orol bo’yi Amudaryo deltasi (Orol bo’yi deltasi) vujudga kela
boshlagan. O’sha vaqtdan Amudaryo Orol dengiziga quyilmoqda. Ba’zan oqimining bir qismi
Sariqamish ko’liga ham borib turgan. 13-asrda mo’g’ul bosqinchilarining Xorazm davlatiga
hujumi vaqti (1220) da Amudaryoning chap qirg’og’idagi damba va to’g’onlar buzib
tashlangan, natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq o’zanlari orqali
Sariqamish botig’iga oqqan. Keyinroq to’g’on va dambalar tiklangach, Amudaryo yana avvalgi
o’zani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan. 14-asrda o’zaro urushlar sababli qirg’og’idagi
inshootlar buzilgan, suv yana Sariqamishga oqqan, O’zbo’y o’zanida suv hatto Kaspiy
dengiziga yo’nalgan. 17-asr boshida Amudaryoning chap qirg’og’idagi to’siqlar yana qayta
tiklanishi bilan suv eski o’zani orqali oqa boshlab, 18-19-asrlarda ba’zan oqimning bir qismi
Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda

1 Воробьева М.Г. Ранние терракоты древнего Хорезма // История, археология и

этнография Средней Азии – М.: Наука 1968. – С. 135–147.

2 Толстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко–археологического исследования. –

М.: МГУ, 1948. – 352 с.; ўша муаллиф. По следам древнехорезмийской цивилизации. – М.
– Л.: АН СССР, 1948. – 328 с.


background image

45

3 Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения //

МХЭ. – М., 1960. Вып. 3. – 348 с.

4 Гуломов Я. Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. – Тошкент: Фан, 1959. – 324 б.;

Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. – М.; Наука, 1969. – 254 с.

qayd etilgan. Amudaryo yuqori qismida Tojikiston va O’zbekistonning Afg’oniston bilan

chegarasidan oqadi[3]. Amudaryoning uzunligi 2540 kilometr (Vahjir — Vohondaryo bilan
birga), havzasining maydoni qariyb 465 ming kilometr kvadrat, shundan 227,3 ming kilometr
kvadrat suv to’playdigan tog’li qismiga to’g’ri keladi. Amudaryo Afg’onistonda Hindukush
tog’larining shimoliy yon bag’ridan 4950 metr balandlikdagi muzlikdan boshlanadi;
Vohondaryo Pomirdagi Zo’rko’ldan chiqib keladigan Pomir daryosi bilan qo’shilgandan keyin
Panj deb ataladi. Panjga o’ngdan G’unt, Bartang, Yazg’ulom, Vanj, Qizilsuv irmoklari kelib
qo’shiladi, nihoyat, eng yirik va sersuv irmog’i — Vaxsh daryosi qo’shilgandan so’ng
Amudaryo nomini oladi; bu qismida unga yana chapdan Qunduzdaryo, o’ngdan Kofarnixon,
Surxondaryo qo’shiladi [4]. Sheroboddaryo suvi esa Amudaryoga ahyon-ahyonda etib boradi,
undan G’arbdagi Ko’hitangdaryo suvi ham yo’l-yo’lakay sug’orishga sarf bo’ladi. Surxondaryo
quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 kilometrdan ziyod
masofada boshqa irmoq qo’shilmaydi. Zarafshon bilan Qashqadaryo esa Amudaryoning
qadimgi irmoqlari bo’lib, ularning suvi butunlay sug’orishga sarflanadi. Amudaryoning asosiy
suv rejimi uning yuqori, tog’li qismida shakllanadi. Bu joyda Amudaryo tor, ba’zan chuqur va
nishabi katta o’zandan oqadi. O’zan o’rta hisobda har bir kilometrga 4 metrdan (ayrim
joylarda esa 10 metrdan ham ko’p) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning
tezligi 4-6 m3/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir tog’ sistemasiga kiruvchi tik ko’tarilgan
qoyali tog’larni aylanib o’tadi. Tog’oralaridan jo’shqin irmoqlar kelib qo’shiladi. Vodiy eni 3-4
kilometrdan oshmaydi, ba’zi joylardagina uchraydigan qayirlar ko’pincha to’qayzor. Qizil-suv,
Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo quyiladigan joylarda daryo vodiysi kengaygan va bu yerlarda
oqindi jinslardan tarkib topgan terrasalarda dehqonchilik qilinadi, ba’zan terrasalar qalin
to’qayzorlardan iborat. Amudaryo Surxondaryo qo’shilgandan so’ng tekislikdan oqa boshlaydi
va taxminan Karkidan Pitnakkacha bo’lgan oraliqni daryoning o’rta oqimi deb hisoblash
mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum cho’llaridan o’tib, Orol dengiziga
quyiladi. O’rta qismida o’zanning o’rtacha kengligi 1500 metr. Daryoning tekislikdan oquvchi
qismida nishabi kam (har bir kilometrga 0,2—0,3 metr). Daryo oqimining tezligi kattaligidan
(2-3 m/sek) o’zan va qirg’oqlarini muttasil yemiradi, shu sababli o’zan doimo o’zgarib turadi.
Amudaryoning o’rta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpog’istonda
(Urganch, Ellikqal’a) qirg’oqlarning o’pirilish hodisasi — deygish kuzatiladi. Keyingi davrda
Daryo o’zanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi
Tuyamo’yin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining ta’siri bir oz
pasaydi. Qishda daryoning yuqori oqimida asosan qirg’oqqa yaqin joylari muzlab, shovush
hosil bo’ladi va qisqa muddat muz oqadi, Karki shahri yaqinida qish qattiq kelgan yillari esa
10-15 kun davomida daryo yoppasiga muzlaydi. Chorjo’y shahri va undan quyida daryoning
yoppasiga muzlashi undan ham uzoqroq davom etadi. Nukus shahridan kuyida esa daryo
deyarli to’rt oy davomida butunlay muzlaydi. Erta bahorda ayniqsa, o’zan keskin burilgan va
tor joylarda muz tiqilib suv sathi keskin ko’tariladi va ba’zan toshqinga sabab bo’ladi.
Tekislikda Amudaryo vodiysining eni 10— 15 kilometr bo’lib, ayrim joylarda 20-25
kilometrga etadi. Vodiy kengaygan joyda uchta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past tog’lar


background image

46

orasidan o’tgan joylarida vodiyning eni 350-380 metrdan oshmaydi. Pitnak yaqinida
Tuyamo’yin, o’rta oqimida Duldulhatlagan va Eljik qisiqlari bor. Tekislik qismida daryoning
har ikkala sohilida kumgildan tarkib topgan, eni 2-3 kilometr keladigan qayirlar uchraydi.
Amudaryoning kuyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamo’yin qisig’idan to Orol dengiziga qadar
boradi, quyi oqimining uzunligi 500 kilometr, shundan 325 kilometr Nukus bilan Orol dengizi
oralig’iga — daryoning hozirgi deltasiga to’g’ri keladi. Amudaryo sersuv daryo, muzlik va
qorlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (shu jumladan, yer kurrasidagi eng katta
tog’-vodiy muzligi — Fedchenko muzligi) bor. Suv yig’ish havzasida katta maydonlarni qor
dalalari egallagan. Amudaryoda eng ko’p suv oqimi iyun — iyulda, eng kam oqim dekabr —
martda sodir bo’ladi. Qish mavsumida faqat grunt va zovur suvlari hisobiga to’yinadi. Eng ko’p
suv okimi Karki shahri yaqinida 9180 m3/sek (98,7 km3, 1969), eng kam suv oqimi o’sha
joyda 465 m3/sek (1930) qayd etilgan. O’rtacha ko’p yillik (1926-73 yillar) suv oqimi Karki
shahri yaqinida 68,1 km3 ga teng. Daryoning to’linsuv (41 km3) davri may — iyulda yuz
beradi; aprel — sentabrda oqim 12 km3, kuz va qishda oqim birmuncha tekisroq
taqsimlanadi, novegetasiya davrida oqim 15 km3 (yoki butun oqimning 22%) ni tashkil qiladi.
Amudaryoda oqimning miqdori Orol havzasida havo massalarining regional tsirkulyasiya
xarakteriga bog’liq, yog’in har 4-5 yidda kamroq tushib, har 6-10 yilda ko’proq bo’lishi
aniqlangan. Amudaryo havzasida eng so’nggi suv taqchilligi davri 1995 yildan boshlandi va
2002 yilgacha davom etishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. 60-yillardan suv xo’jaligi va
sug’orish ishlarining jadal rivojlanishi natijasida Amudaryo oqimi tartibi va miqdori keskin
o’zgara boshladi. Masalan, 60 yillargacha o’rtacha yillik oqim miqdori Karki shahri yonida
2080 m3/sek, quyi oqimi (Chatli)da esa 1500 m3/sek ni tashkil etgan. 80-yillarda ulardagi
suv sarflari Karki shahri yonida 1850 m3/sek va Chatlida 170 m3/ sek ga teng bo’ldi.
Amudaryoning Orol dengiziga kuyilishiga yaqin qismida joylashgan Qiziljar kuzatuv manzilida
undan ham kam (160 m3/sek) suv miqdori qayd etilgan. 90-yillarning 1-yarmida Orol
dengizini qutqarish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida Amudaryo deltasiga
kelayotgan suv miqdori 1995 yilgacha birmuncha ortdi (yiliga ba’zan 24,2 km3 gacha).
Amudaryo suvi tabiiy holatda (60-yillargacha) aprel — avgustda ko’paygan. Lekin ko’plab
yirik suv omborlari (Norak, Tuyamo’yin va boshqa) qurilishi daryo suvining ma’lum darajada
kamayishiga olib keldi. 60-yillargacha Amudaryo suvi nihoyatda loyqa, o’rta hisobda har bir
metr kub suvda 3740 gramm oqizik bo’lgan; o’rtacha yillik oqiziqlar miqdori Karki yonida 210
million tonna, deltada esa 100 million tonnaga yetgan. Ular sug’orish tizimlari va dalalarda
cho’kib qolgan. Amudaryoning oqiziqlarida o’simliklar uchun oziq bo’lgan ohak, kaliy, fosfor
kabi mineral moddalar bor. Yirik suv omborlari qurilishi natijasida daryo suvining loyqaligi
keskin kamaydi. 80-yillarning 2-yarmi — 90-yillarning boshlarida loyqa miqdori yiliga Karki
yonida 90 million tonnaga, quyi oqimi (Chatli) da esa 18 million tonna bo’ldi. Amudaryoning
suv rejimi antropogen omillar ta’sirida o’zgarmagan davrida daryo har yili dengizga qariyb 18
million tonna tuz keltirgan. Hoz. kunda bu miqdor keskin kamaydi, lekin umumiy oqim
miqdorining kamayishi hisobiga daryo suvining minerallashuv darajasi ancha ortdi.
Amudaryo havzasidagi vohalardan zovur tashlamalari (yiliga o’rtacha 20 km3) ning qariyb
yarmi daryoga oqizilishi suv sho’rligining ortishiga sabab bo’lmoqda. Surxondaryo
Amudaryoga qo’yilgandan so’ng suvning minerallashuv darajasi o’rtacha 0,4—0,6 g/l ga,
Tuyamo’yin gidrouzelidan so’ng 1,0—1,2 g/l, Chatli — Temirboy oralig’ida esa 1,4—2,5 g/l ga
ortib bormoqda. Daryo suvining minerallashuv darajasi mart — aprelda zovur suvlari


background image

47

hisobiga yuqori bo’ladi, yozda esa qor va muzliklarning erishi bilan keskin kamayadi.
Amudaryo o’zaniga minerallashgan suv asosan Qarshi vohasi (7,7 g/l), daryoning
Turkmaniston sohilidagi sug’oriladigan yerlardan (3,5 g/l), Buxoro vohasidan (3,5 g/l)
tushadi. Amudaryoga tushayotgan zovur va korxonalar oqova suvlarida sulfat va xlor, magniy,
natriy tuzlarining salmog’i ancha ortgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra Amudaryo suvi tarkibida
azot nitrati, neft mahsulotlari, fenol, mis, rux, pestisidlarning miqdori ruxsat etilgan me’yor
(REM) dan bir necha (2-5) baravar ko’pligi aniqlandi. Ifloslangan suv Amudaryoning
Termizdan Orol dengizigacha bo’lgan qismiga to’g’ri keladi. Suvning ifloslanganligi Zarafshon,
Qashqadaryo, Quyi Amudaryo vohalaridagi aholi orasida 70-yillardan boshlab turli
kasalliklarning tarqalishiga, chorva mollarining nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Tuyamo’yin
suv omboridan olingan suv pestisid, kimyoviy moddalardan tozalanib, minerallashuv darajasi
0,6— 0,8 g/l gacha kamaytirilgach, Nukus, Urganch, Toshhovuz shaharlariga quvurlar or-ali
uzatilmoqda. Amudaryo suvining tozaligini muhofaza qilish uchun daryoning o’ng sohili
bo’ylab maxsus tashlama — Sho’rdaryo qurilishi loyihalangan. Loyihada Surxondaryo, Qarshi,
Buxoro, Qoraqalpog’iston va boshqa vohalarning zovur suvlarini tashlama orqali Orol
dengiziga oqizish mo’ljallangan. Sho’rdaryoni qazish Buxoro viloyatida boshlandi.
Amudaryoning sug’orishda ahamiyati juda katta. Chorjo’y va Xorazm vohalarida yerlar
qadimdan sug’orilib, dehqonchilik qilib kelinadi. Amudaryoning suv zaxiralaridan keng
miqyosda foydalanish 80-yillardan avj olib ketdi. Amudaryoning yuqori qismida Vaxsh,
Kofarnihon, Surxondaryo kabi irmoqlaridan kanallar chiqarilib, Tojikiston va O’zbekistonda
yangi yerlar o’zlashtirildi. Amudaryoning o’rta oqimida 1954 yilda Qoraqum kanali qurilishi
boshlandi. Buxoro yerlarini Amudaryo suvi bilan sug’orish uchun Amu Qorako’l kanali, Amu-
Buxoro mashina kanali, qarshi magistral kanali qurildi. Amudaryo quyi qismida Toshsoqa,
Shovot, Qilichniyozboy, Qipchoq-Bo’zsuv, Suenli, Paxtaarna, Qizketken, Kegeyli,
Quvonishjarma irrigasiya tizimlarining ta’mirlanishi natijasida ayni vaqtda Taxiatosh
gidrouzeli (1974) va Tuyamo’yin gidrouzeli (1978) qurib bitkazildi, daryodan kanallarga suv
olish hajmi ko’paydi. Hozirgi kunda Amudaryoning eski o’zanlari izidan Daryoliq va Ko’lli
tashlamalari ishga tushirilgan. [5]Xorazm vohasidan yer osti sho’r suvlari Sariqamish ko’liga
shu tashlamalardan oqizilmoqda. Tashlamalar orqali Sariqamish botig’iga yiliga 4,5—5,0 km3
suv tashlanmoqda. Amudaryoning quyi qismida 60-yillarda har birining uzunligi qariyb 100
kilometr bo’lgan bir necha yirik kollektor-zovur tarmoqlari qurildi. Ularning o’rtacha yillik suv
sarfi qariyb 5 — 20 m/sek chamasida bo’lib, ko’pchiligi suvini Orol dengizining qurib qolgan
qismiga quymoqda. Amudaryo havzasida suv taqchilligining kuchayishi bilan suv zaxirasidan
oqilona foydalanish muammosi tobora keskinlasha boshladi. Amudaryoning suv oqimini faqat
mavsumlararo tartibga solishdan tashqari ko’p yillik suv oqimini ham tartibga solish zarur
bo’ldi. Buning uchun Amudaryo havzasining tog’li qismida Vaxsh daryosida Norak suv ombori
(to’liqsuv hajmi 10,5 kilometr kub, foydali suv sig’imi 4,5 km3) ishga tushirildi. Loyihalangan
Rog’un suv ombori (to’liq suv hajmi 14 km3, foydali suv sig’imi 8,7 km3) va boshqa qurilishi
daryo suvining ko’p yillik suv oqimini tartibga solishga imkon beradi. 1992 yilda Amudaryo va
Sirdaryo suv resurslarini Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston
davlatlari o’rtasida barcha imkoniyatlarni to’g’ri hisobga olgan holda taqsimlanishi uchun
Amudaryo (Urganch shahrida) va Sirdaryo (Toshkent shahrida) havza suv xo’jaligi
boshqarmalari tashkil qilindi. Boshqarmalar yil boshida mazkur havzalarda joylashgan
mamlakatlarning suvga bo’lgan talabini e’tiborga olgan holda mavjud suv boyliklarini o’zaro


background image

48

taqsimlaydi (chunki har yili havzalarda turli miqdorda suv resurslari vujudga keladi). O’rta
Osiyo davlatlari va Qozog’iston suv xo’jaligini muvofiqlashtirish davlatlararo komissiyasi ham
Amudaryodan foydalanish bilan shug’ullanadi. Amudaryo havzasi ulkan gidroenergetika
resurslariga ega. Jami gidroenergetika resurslari 63,2 million kVt ni tashkil qiladi. Havza
bo’yicha mazkur gidroenergetika resurslarining 29,8% Panj, 38% Vaxsh, 5,6% Kofarnihon,
3,0% Surxondaryo, 1,0% Qashqadaryo, 5,4% Zarafshon, 17,1% Amudaryo havzalariga to’g’ri
keladi [6]. Hozirgacha Amudaryo havzasidagi gidroenergetika resurslarining faqat 2% dan
ziyodroq qismi amadda foydalanilmoqda. Ishga tushirilgan gidroinshootlarning eng kattasi
Vaxsh daryosining Pulisangin darasida qurilgan Norak suv ombori va GESdir. 60-yillargacha
Amudaryoda suv transporti keng yo’lga qo’yilgan edi. Lekin, keyingi yillarda Chorjo’y —
Qo’ng’irot temir yo’lni qurish hamda avtomobil yo’llari tarmoqlarining rivojlanishi, ayni
vaqtda daryoning sayozlanishi natijasida umumiy yuk tashishda Amudaryo suv
transportining hissasi keskin kamayib ketdi.

5 Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности. VII в. до н.э. – VIII в. н.э. – М.:

ИВЛ, 1999. – 356 с.; ўша муаллиф. Реконструкция верований древних хорезмийцев по
археологическим материалам // Калалыгыр 2. Культовый центр в Древнем Хорезме IV-
II вв. до н.э. – М. : ИВЛ РАН, 2004. – С. 213-236.

6 Хорезм в истории государственности Узбекистана / Ответ. ред. Э.В. Ртвеладзе,

Д.А. Алимова. – Ташкент. «Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти», 2013. – С.14-48,
72-85.

O’rta asrlarda qoraqalpoqlarning asosiy etnik o’zagini pecheneg va o’g’uz qabilalari

tashkil etgan. Ular nafaqat Amudaryoning quyi oqimi bo’ylari va Orol dengizining qirg’oq
hududlarida, balki Orolbo’yi mintaqasidan Volgagacha bo’lgan keng hududlarda istiqomat
qilishgan. Keyinchalik, ularning taqdiri XI asrda Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan bog’liq
bo’lgan. Ular mog’ullar istilosidan oldin va keyin ushbu qabilalarning bir qismi bo’lgan.
Qipchoqlarning qaqshatqich hujumlari ostida pecheneglarning bir qismi g’arbga ko’chib
o’tadi. Rus yilnomalarida ular “qora qalpoqlar” (XII-XIV asr) yoritilgan. Orol dengizi
qirg’oqlariga joylashgan boshqa qismi esa sharqiy manbalarida “qavmi kulahi siyah” (qora
qalpoq kiygan qavm) nomi bilan qayd etilgan.

Nihoyat, Oltin O’rda parchalanganidan so’ng, mog’ullar hukmronligidan keyingi davr

qoraqalpoq etnik tarixida muhim bosqich hisoblanadi. XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlarning
katta qismi Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida yashagan. Qoraqalpoqlarning qolgan qismi esa
XVI asrda daryo o’zanining Orolga burilishidan so’ng Amudaryoning quyi oqimi hududlariga
joylashgan.

XVIII asr o'rtalariga kelib, qoraqalpoq aholisining bir qismi Samarqand, Buxoro va

Farg'ona vodiysiga ko’chib o’tadi. Ushbu davrda aholining ko’pchilik qismi Amudaryo va
Janadaryoning (Janubiy Orolbo’yi mintaqasi) quyi oqimida yashagan. Ular tashlandiq
sug’orish kanallarini tiklab, yangi kanallar qurdilar va serhosil ekin maydonlarini barpo
etdilar. Har bir ovul baland tuproq devorlar bilan o’ralgan va qabila yetakchisining qo’rg’onini
o’rab olgan qal’aga ega bo’lgan.

Qoraqalpoqlar ikki asosiy urug’ birlashmalaridan (aris) tashkil topgan: o’n to’rt urug’ va

qo’ng’irot. Ular ham o’z navbatida qabila va urug’ guruhlaridan tashkil topgan. “O’n to’rt urug”
(14 qabila) urug’lar birlashmasi tarkibiga xitoy-qipchoq, kenagas va mang’it qabilalari kirgan.
Aris-qo’ng’irotlar esa ikki eng katta urug’ birlashmasi hisoblangan hulluk va joungurdan


background image

49

tashkil topgan. Har bir guruh, qabila yetakchisi (biy) yoki harbiy qo’mondonlar (botir)
tomonidan boshqarilgan.

XIX asr boshida qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibiga kirgan. Biroq, O’rta Osiyo Rossiya

imperiyasi tomonidan zabt etilgandan so’ng, qoraqalpoqlar, Turkiston-general gubernatorligi
va Xiva xonligi (Xo'jayli va Qo'ng'irot bekliklari) tarkibiga o’tgan.

Xulosa.

XX asrning 20-yillariga kelib, Amudaryo quyi oqimi hududlarida tarixiy voqea

yuz berdi. Ushbu davrda Qoraqalpog’iston avtonom viloyati tashkil etildi.1991-yilda
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng, Qoraqalpog’iston O’zbekiston
tarkibidagi suveren respublikaga aylandi. Hozirgi Amudaryo havzasining janubida, qumli
bo’shliqda, Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti Nukus shahri joylashgan. Ushbu
shahar O’zbekistonning “eng yosh” shaharlaridan biri hisoblanadi. Miloddan avvalgi IV-III
asrlarda Nukus shahri o’rnida qadimiy Shorsha shahri joylashgan edi. Hozirda kunda
Qoraqalpog’iston boy tabiiy va madaniy boyliklarga ega, rivojlanayotgan mintaqa hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Воробьева М.Г. Ранние терракоты древнего Хорезма // История, археология и

этнография Средней Азии – М.: Наука 1968. – С. 135–147.
2.

Толстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко–археологического исследования. –

М.: МГУ, 1948. – 352 с.; ўша муаллиф. По следам древнехорезмийской цивилизации. – М.
– Л.: АН СССР, 1948. – 328 с.
3.

Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения //

МХЭ. – М., 1960. Вып. 3. – 348 с.
4.

Гуломов Я. Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. – Тошкент: Фан, 1959. – 324 б.;

Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. – М.; Наука, 1969. –5
Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности. VII в. до н.э. – VIII в. н.э. – М.: ИВЛ,
1999. – 356 с.; ўша муаллиф. Реконструкция верований древних хорезмийцев по
археологическим материалам // Калалыгыр
5.

Культовый центр в Древнем Хорезме IV-II вв. до н.э. – М. : ИВЛ РАН, 2004. – С. 213-

236.
6.

Хорезм в истории государственности Узбекистана / Ответ. ред. Э.В. Ртвеладзе, Д.А.

Алимова. – Ташкент. «Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти», 2013. – С.14-48, 72-
85. 254 с.
7.

Рапопорт Ю.А. Из истории религии древнего Хорезма (Оссуарии) // Тр. ХАЭЭ. – М.,

1971. Т. VI. – 126 c.
8.

Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья //

Тр. ХАЭЭ. – М.: Наука,1981. Т. XII. – 172 с.
9.

Мамбетуллаев М. История и культура Хорезма античной эпохи (города и

поселения в IV в. до н.э. – в IV в.н.э.): Автореф. дисс... докт. ист. наук. – Ташкент:
Институт истории АН РУз, 1994. – 57 c.
10.

Ходжаниязов Г.К. Фортификация древнего Хорезма (VI в. до н.э. – IV в.н.э.):

Автореф. дисс... канд. ист. наук. – Нукус: ККО АН РУз, 1996. – 20 с.

Bibliografik manbalar

Воробьева М.Г. Ранние терракоты древнего Хорезма // История, археология и этнография Средней Азии – М.: Наука 1968. – С. 135–147.

Толстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко–археологического исследования. – М.: МГУ, 1948. – 352 с.; ўша муаллиф. По следам древнехорезмийской цивилизации. – М. – Л.: АН СССР, 1948. – 328 с.

Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения // МХЭ. – М., 1960. Вып. 3. – 348 с.

Гуломов Я. Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. – Тошкент: Фан, 1959. – 324 б.; Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. – М.; Наука, 1969. –5 Вайнберг Б.И. Этногеография Турана в древности. VII в. до н.э. – VIII в. н.э. – М.: ИВЛ, 1999. – 356 с.; ўша муаллиф. Реконструкция верований древних хорезмийцев по археологическим материалам // Калалыгыр

Культовый центр в Древнем Хорезме IV-II вв. до н.э. – М. : ИВЛ РАН, 2004. – С. 213-236.

Хорезм в истории государственности Узбекистана / Ответ. ред. Э.В. Ртвеладзе, Д.А. Алимова. – Ташкент. «Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти», 2013. – С.14-48, 72-85. 254 с.

Рапопорт Ю.А. Из истории религии древнего Хорезма (Оссуарии) // Тр. ХАЭЭ. – М., 1971. Т. VI. – 126 c.

Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья // Тр. ХАЭЭ. – М.: Наука,1981. Т. XII. – 172 с.

Мамбетуллаев М. История и культура Хорезма античной эпохи (города и поселения в IV в. до н.э. – в IV в.н.э.): Автореф. дисс... докт. ист. наук. – Ташкент: Институт истории АН РУз, 1994. – 57 c.

Ходжаниязов Г.К. Фортификация древнего Хорезма (VI в. до н.э. – IV в.н.э.): Автореф. дисс... канд. ист. наук. – Нукус: ККО АН РУз, 1996. – 20 с.