50
YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI
TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI
D.E.Abduqodirova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
abduqadirovadilobarbonu@gmail.com
J.Abdurasulov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14636273
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
vatanparvarlik tushunchasini psixolog-pedagog olimlar tomonidan o‘rganilishi, vatanparvarlik
tuyg‘usini shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omillar, vatanparvarlikning tarkibiy
komponentlari yoritib berilgan.
Tayanch so‘zlar:
harbiy-vatanparvarlik, emotsional komponent, kognitiv komponent,
faoliyat komponenti, vatanparvarlik.
Globallashuv davrida yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar har
bir davlatning kelajagini hal qilinishga bog‘liq bo‘lgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
So‘nggi paytlarda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar vatanparvarlik tarbiyasining
mohiyatini, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va rolini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi.
Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi o‘z Vatanini sevadigan, Vatanga sodiq, o‘z mehnati bilan
unga xizmat qilishga va uning manfaatlarini himoya qilishga tayyor bo‘lgan ishonchli
vatanparvarni tarbiyalashdir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-iyun kuni “Yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Hukumat qarori (267-son) qabul qilindi. Shunga asosan 2023-2027 yillarda «Yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» samaradorligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.Uni
amalga oshirish boyicha esa «Yo‘l xaritasi « ham belgilab olingan. Qaror bilan 2023-2027-yillarda
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish
kontseptsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
1
Davlatning eng muhim qadriyatlari va mafkuraviy asoslaridan biri bu vatanparvarlikdir.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi deganda talabalar o‘rtasida har tomonlama rivojlangan shaxsning
eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va hurmatning
bosqichma-bosqich va barqaror shakllanishi tushuniladi. Vatanparvarlik tushunchasi asrlar
davomidagi chuqur nazariy an’anaga ega. Bu konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashning ustuvor shakllarini amalda qo‘llash yoritib o‘tilgan. «Yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi»da yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning usullari: ishontirish; mashq qildirish va mustaqil ishlash; kuzatish;
rag‘batlantirish; o‘rnak ko‘rsatish va shaxsiy namuna deb ko‘rsatilgan. Shunga muvofiq ravishda
tegishli yo‘l-yo‘riqlar belgilab berilgan. «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash»
konsepsiyasining 14 bandida ta’kidlanganidek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, ko‘nikma, mahorat va mustahkam irodani,
1
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevral kuni tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash kontsepsiya" Vatanparvar gazetasining № 9 (2760) – soni, 2018 yil 2 mart.
51
yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan iborat.
2
Vatanparvarlik deganda yurtga muhabbat va sadoqat, yurt uchun xizmat qilish, bu yo‘lda
butun umr va salohiyatingizni, kerak bo‘lsa, joningizni fido qilish demakdir. Vatanparvarlik barcha
xalqlar, millatlar va elatlarga xos umuminsoniy tuyg‘ular va ma’naviy qadriyatlardan biri bo‘lib,
asrlar osha sayqallanib kelgan. Tarixiy nuqtai nazardan, vatanparvarlik – odamlarning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida o‘z Vatani taqdiri, xalqlarning o‘zi yashayotgan hududning
yaxlitligi va mustaqilligi uchun kurashi bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘ular majmui.
Y.A.Komenskiyning fikriga ko‘ra, odamlarda vatanparvarlik ularning shakllanishining
dastlabki bosqichlarida tarbiyalanishini ta'kidlaydi: avval bu ota – onalarga, keyin uning uyiga,
tug‘ilgan joyiga, keyin esa Vatanga bo‘lgan muhabbat hisoblanadi.
G.Gegel vatanparvarlikni davlatning umumiy maqsadlari va manfaatlariga intilish deb
tushunadi, bu, albatta, har qanday kishiga, xoh u shaxs, xoh odamlar guruhi yoki umuman jamiyat
manfaatlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega.
G.N.Bulgakov vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish milliy ijodkorlikni o‘rganish orqali
amalga oshirishi mumkin deb hisoblagan.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarni va tahlil qilish bizga vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omillarni aniqlashga imkon berdi:
1. Makrofaktorlar: davlat tizimi, jamiyatdagi psixologik muhit, fuqarolik jamiyati holati,
mamlakat tarixi.
2.bMezofaktorlar: ma'lum bir mintaqaning an'analari va madaniyati, milliy xususiyatlari,
tabiiy-iqlim va ijtimoiy-demografik sharoitlar; turmush tarzi.
3. Mikrofaktorlar: tengdoshlar guruhlari, ta'lim va madaniy-ommaviy muassasalar, oila,
maktabning ta'lim tizimi, shaxsiy hayot tajribasi va boshqalar.
4. Fuqarolik-vatanparvarlik tarbiyasining ma'naviy-axloqiy tarkibiy qismi o‘z xalqining
tarixiy o‘tmishiga doimiy qiziqishni shakllantirishdan iborat
Psixologik bilimlarni hisobga olgan holda vatanparvarlik ijtimoiy-psixologik ta'lim sifatida
ta'riflanishi mumkin, Vatan, xalq ishlariga shaxsiy daxldorlikda namoyon bo‘ladigan inson
psixikasining protsessual mexanizmlari (sezgi, idrok, tasavvur va boshqalar), shuningdek,
individual psixologik xususiyatlar (yo‘nalganlik, qiziqishlar, e'tiqodlar va boshqalar) kiradi.
Vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish uchun inson va uning xalqi, inson va uning Vatani,
inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy tuyg‘ularni “o‘ziga xos tarzda”
tarbiyalash, milliy madaniyat va yuksak muloqot ko‘nikmalarini singdirish zarur.
Zamonaviy tadqiqotchilar (S.T.Aliyeva, E.A.Kazaeva, L.V.Kokueva, L.E.Nikonova, L.V.Filatova,
N.Y.Yaseva) vatanparvarlik va vatanparvarlik tarbiyasi muammosini uchta tarkibiy
komponentning birligida ko‘rib chiqadilar: kognitiv (intellektual), hissiy (hissiy-emotsional) va
faoliyat (samarali-amaliy).
Kognitiv komponent insonning bilimlari, qarashlari, e'tiqodlarini tavsiflaydi. G‘oyalar
vatanparvarlik ongini shakllantiradi va u o‘z navbatida shaxsning qarashlari va e’tiqodlarini,
jumladan, axloqiy bilim va tuyg‘ularni shakllantiradi.
2
Розимова Ё.Ю. СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ВОЕННО-ПАТРИОТИЧЕСКОМУ ВОСПИТАНИЮ
МОЛОДЕЖИ В УЗБЕКИСТАНЕ
52
Hissiy tarkibiy qism shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari, Vatanga muhabbat, Vatan uchun
g‘urur bilan tavsiflanadi, insonning ma'naviy va axloqiy salohiyati uchun javobgardir.
Bilim faqat faoliyat jarayonida shaxsning shaxsiy e'tiqodiga aylanganligi sababli
vatanparvarlik tarbiyasi mazmunida faoliyatga asoslangan tarkibiy komponent alohida ahamiyat
kasb etadi. Tadqiqotchilar Vatan farovonligi, Vatanga xizmat qilish uchun amaliy faoliyatda
namoyon bo‘ladigan vatanparvarlikning faol xususiyatini ta'kidlaydilar.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda oliy ta'lim oldida qiyin, ammo ayni paytda muhim vazifa turibdi
– Vatanning ma'naviy-axloqiy, madaniy, tarixiy qadriyatlarini saqlash va ko‘paytirish, yoshlar
ongini shakllantirish, o‘z mamlakatining faol, ijodiy, tashabbuskor fuqarolarini tarbiyalash.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevral kuni tasdiqlangan
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontsepsiya” Vatanparvar gazetasining № 9
(2760) – soni, 2018 yil 2 mart.
2.
Rozimova YO.Y. Sovremenniye trebovaniya k voyenno-patrioticheskomu vospitaniyu
molodeji v Uzbekistane
3.
Butirskaya YE.V. Smolenskiy gosudarstvenniy universitet Teoreticheskiye podxodi k
formirovaniyu patriotizma
4.
Турсунов
А
2022
ЧАҚИРУВГА
ҚАДАР
БОШЛАНҒИЧ
ТАЙЁРГАРЛИК
МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА
УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434
5.
Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY PATRIOTIC
EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL
BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–40). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051
6.
Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.
Молодые
ученые,
2(6),
48–52.
извлечено
от
https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164
7.
Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE
BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной
науке, 3(7), 149–153.извлечено.
8.
Тожибоев Марат Нормадович ТАЛАБАЛАРНИНГ ПЕДАГОГИК ТАФАККУРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШГА ИННОВАЦИОН ЁНДАШУВ // SAI. 2023. №Special Issue 10. URL:
9.
Meylieva, M. S. (2024). Talabalarga individual ta ‘lim yondashuvlari asosida intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagog, 7(2), 381-384.
10.
Dilfuza Uchkunovna Rakhmanova 2024. INTRODUCTION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
INTO PSYCHOLOGY.
Web of Teachers: Inderscience Research
. 2, 9 (Sep. 2024), 116–121.
11.
Burieva , K. и Kamilova, Z. 2023. JAHON OZIQ-OVQAT BOZORI VA DUNYONING TURLI
MAMLAKATLARIDA RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI VA XUSUSIYATLARI. Interpretation and
researches. 1, 1 (май 2023).
53
12.
H.Mirkosimova 2024. Assessment Of Communicative Qualities Of Primary Class
Teachers.
Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments
. 2, 4 (Apr. 2024), 48–55.
13.
Burteshova,A.B.b(2023).O’smirlaragresivligixususiyatlariningempirikko’rsatkichlari.Образ
ованиеипедагогика,1(1),176-186.
14.
Eshnayev Nortoji Jumayevich, & Madgapilova Nargiza Talipjanovna, . (2023).
CHARACTERISTICS OF IMPLEMENTING THE CLUSTER APPROACH IN THE EDUCATIONAL
SYSTEM.
International
Journal
of
Pedagogics,
3(02),
44–47.
https://doi.org/10.37547/ijp/Volume03Issue02-09
15.
Yuldasheva, S. (2023). High school student ability and problems of its determination. Science
and innovation, 2(B3), 95-98.
