68
YER SHARINNI ASRAYLIK
Xolboyeva Mahliyo
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani 2-son Politexnikumi
Biologiya fani oʻqituvchisi
e-pochta: davlatxolboyev8@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123679
Annotatsiya:
Ushbu maqola atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik ongni rivojlantirish
masalalarini ko‘rib chiqadi. Maqolada Yerning tabiiy resurslari, ularning ahamiyati va inson
faoliyatining atrof-muhitga ta'siri haqida ma'lumot beriladi. Ekologik muammolar, ifloslanish,
iqlim o‘zgarishi va biologik xilma-xillikning kamayishi kabi masalalar tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
muammo, ifloslanish, global isish, atrof-muhit, iqlim, ekologik ta’lim, talofat.
Kirish
XXI asrning katta muammolardan biri bu - atrof-muhitning ifloslanishi hamda iqlim isishi
bilan bog‘liq holda ekologiyaning global tarzda buzilishidir. Ekologik inqiroz davomiyligi va
talofat ko‘lamiga ko‘ra turli xil ko‘rinishda yuz beradi. Ayrimlari bir necha kun ichidayoq sodir
bo‘lib, tezkor talofatlarni keltirib chiqarsa, ba'zilarining yuzaga chiqishi uchun millionlab yil
kerak bo‘ladi. Shuningdek, ekologik inqiroz biror hudud doirasida yoxud global miqyosda
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatni samarali tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikamizda 20-mart sanasi – Yer kuni sifatida nishonlanadi.
Mazkur sana mamlakatimiz aholisi orasida ekologik ong va ekologik madaniyat to‘g‘risidagi
tushunchalarni mustahkamlash va rivojlantirish, respublikada suv, yer resurslari va yer osti
boyliklarini muhofaza qilish, yashil qoplamalar – himoya o‘rmonzorlarini barpo etishni izchil
davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tizimli rivojlantirish maqsadida
tashkil etilgan.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy 2025-yil
– “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani ham bejiz emas. Zero, Ona
tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ularni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, odamzod
va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash dolzarb masalaga aylanmoqda
1
.
Muhokama va natijalar
Atrof-muhit ifloslanishi, natijada iqlimning global tarzda isishiga asosiy sabab tabiiy
yoqilg‘i zahiralarining katta hajmda iste’mol qilinishidir. Zamonaviy dunyoda insoniyat
«ishtahasi ochilib borgani» sari neft, ko‘mir, gaz kabi yoqilg‘ilar iste'moliga bo‘lgan talab ham
oshib bormoqda hamda ular ko‘r-ko‘rona va tartibsiz ravishda o‘zlashtirilib, atrof-muhitga katta
ziyon yetkazilayapti.
Avvalo, mazkur yerosti zahiralaridan bo‘shab qolgan konlar mutlaqo yaroqsiz va sog‘liq
uchun zararli chiqindi yerlarga aylanib qolishi bilan atrof-muhit uchun xavflidir. Yoqilg‘ilardan
foydalanish oqibatida atmosferaga chiqayotgan issiqxona gazlari yetkazayotgan zarar ko‘lami
esa undan ham katta. Zavodlardan ko‘kka o‘rlayotgan zaharli tutunlarning aniq hisobini bilish
imkonsiz. Kuniga millionlab tonna chiqindilar esa oqava suvlarga qo‘shilib, suv havzasi hayvonot
olami uchun ham ulkan ofat manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ochiq hududlarga tashlanayotgan
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.05.2023 yildagi PQ-171-son
69
chiqindilar esa katta-katta yerlarda axlat uyumlarini hosil qilayapti. Bularning barchasi dunyo
ob-havosining me'yordagi darajadan ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.
Global iqlim isishi asoratlari allaqachon o‘zini namoyon qilishga ulgurdi. To‘fonlar,
bo‘ronlar hamda qurg‘oqchilik ofatlarining tez-tez uchrayotgani ayni iqlim isishi oqibatida
yuzaga kelayotir. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlarda issiqxona
gazlarining katta miqdorda va betartib tarzda atmosferaga chiqarilishi ozon qavatining
teshilishiga olib keldi. Natijada Quyoshning inson uchun zararli bo‘lgan nurlari mazkur teshikdan
o‘tib, insoniyat uchun xavfni yuzaga keltirdi. Jahon hamjamiyati bundan jiddiy tashvishga tushib,
issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish uchun lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqish
zarurligini anglab yetdi hamda bu borada qilingan amaliy ishlar natijasida mavjud xavfni ma'lum
darajada jilovlashga muvaffaq bo‘lindi.
Iqlim isishi abadiy muzliklar diyori bo‘lgan Arktikaga ham yetib bordi. Bu yerdagi ulkan
muzliklarning erishi ummonlardagi suv sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘lyapti. Ayni holat okean
qirg‘oqlarida qad rostlagan shaharlar uchun xavf tug‘dirmoqda
2
.
O‘tgan asrda suvga nisbatan bo‘lgan talabning oshishi aholi o‘sishiga nisbatan ikki barobar
yuqori bo‘ldi. Hali dunyoda suvsizlik muammosi ochiq ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa-da, lekin Yer
yuzi aholisining 2,8 milliardi yoki boshqacha qilib aytganda, jami yer yuzi aholisining 40 foizi suv
tanqis bo‘lgan hududlarda yashaydi. Ayni holat esa mavjud suv resurslaridan tejab-tergab
foydalanishni taqozo etadi.
Toza ichimlik suvi borasidagi muammolarga, asosan, Afrika qit’asida yashovchi insonlar
ko‘proq duch kelmoqda. Bu mintaqa suv resurslarining hududlar o‘rtasidagi taqsimotida jiddiy
nomutanosiblik bor. Masalan, Shimoliy Afrikada aholining 92 foizi toza ichimlik suvi iste'mol
qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, sahro mintaqasidagi Afrika davlatlarida bu ko‘rsatkich 60 foizga
ham yetmaydi.
Atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan o‘ziga xos himoya qobig‘iozon (O3)
qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami
2
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/qiziqarli-malumotlar/ona-sayyoramizni-asraylik.
Atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq yana bir
muammo bu toza ichimlik suvining tanqisligidir.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda
dunyoning kamida 1 mlrd. aholisi toza
ichimlik suvi ichish imkoniyatiga ega emas.
1990 yildan beri toza ichimlik suvini iste'mol
qiluvchilar soni 1,6 mlrd. kishiga oshgan
bo‘lsa-da, lekin bu ne'matga tashnalar soni
hanuz yuqoriligicha qolmoqda.
70
insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarini zararli ta'siridan himoya
qiladi. Freon, Xlorftoruglevodorodlar, ozot oksidlari ta’'sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi
qutublarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Hozirgi
kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarining oldini olish
uchun mahalliy mintaqaviy va umumjahon miqiyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 10-
15 yil ichida kislotali yomgirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har
qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va ozot qo‘sh
oksidlari bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomgirni kislotaga
aylantiradi. So‘nggi yillarda AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa
rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar quriy
boshlagan. Bunday yomg‘irlar hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi,
inson sog‘lig‘iga zarar etkazadi. Kislotali yomg‘irlarning uzoq masofaga ko‘chishi natijasida turli
davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish
uchun mahalliy xalqaro miqyosida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, "Yer sharini asraylik!" shiori,
atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan harakatlarni
ifodalaydi. Bu shior orqali biz quyidagi muhim jihatlarni ta’kidlaymiz:
1. Tabiatni muhofaza qilish:
Yerning tabiiy resurslarini, o‘simlik va hayvonot dunyosini
asrash, ularni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish zarur.
2. Ekologik ta’lim:
Odamlarni ekologik muammolar, ularning sabablari va oqibatlari
haqida xabardor qilish, atrof-muhitni asrashga qaratilgan bilimlarni oshirish.
3. Barqaror rivojlanish:
Iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarni birlashtirgan holda
barqaror rivojlanishni ta'minlash, resurslardan oqilona foydalanish.
4. Qayta tiklanadigan energiya:
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish,
energiya sarfini kamaytirish va ifloslanishni kamaytirish.
5. Qattiq chiqindilarni boshqarish:
Qattiq chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash va
to‘g‘ri utilizatsiya qilish orqali atrof-muhitni tozalash.
6. Ijtimoiy mas’uliyat:
Har bir insonning atrof-muhitni asrashda o‘z mas'uliyatini his
qilishi va faol ishtirok etishi.
7. Global hamkorlik:
Barcha mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ekologik
muammolarni hal qilishda hamkorlikni kuchaytirish.
Xulosa
Umuman olganda, Yer sharini asrash g‘oyasi har bir insonning atrof-muhitga bo‘lgan
mas'uliyatini his qilishini ta’minlaydi. Tabiatni asrash, ekologik muammolarni hal qilish va
kelajak avlodlar uchun toza va sog‘lom muhit yaratish har birimizning burchimizdir. Bu
jarayonda harakat qilish, o‘zgarishlarni amalga oshirish va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni
rivojlantirish orqali biz Yer sharini asrab qolishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.05.2023 yildagi PQ-171-son
2.
Khalilov, A. (2020). Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish. Tashkent: O'zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi.
3.
Murodov, B. (2019). Iqlim o'zgarishi va uning ta'siri. Tashkent: O'zbekiston Milliy
71
Universiteti.
4.
Saidov, D. (2021). Tabiatni asrash va ekologik ta'lim. Tashkent: O'zbekiston Ta'lim Vazirligi.
5.
Jumaniyazov, R. (2018). Yerdagi hayot va uning muhofazasi. Tashkent: O'zbekiston
Ekologiya Jamiyati.
6.
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/qiziqarli-malumotlar/ona-sayyoramizni-
asraylik
