86
PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI
Karatayeva Zamira Zakrulla qizi
Toshkent Amaliy fanlar Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika-psixologiya
ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Ilmiy raxbar:
Usmanova Sevara Akmalovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.15220719
Annotatsiya.
Bugungi kunda jamiyat tez sur’atlarda o’zgarayotgan bir davrda yashayapmiz.
Texnologiyalar, axborot oqimi, ijtimoiy tarmoqlar va turli madaniyatlarning bir-biriga ta’siri shaxs
ongiga kuchli ta’sir ko’rsatib, shaxsiy identifikatsiya (o’zini anglash), qadriyatlar inqirozi va
maqsadsizlik va izlanish holatlarini keltirib chiqarmoqda.
Kalit so’zlar:
shaxs muammosi, individual qobilyatlar, psixoanaliz, ommaviy axborot,
jamiyat.
Kirish:
Ma’lumki shaxs psixologiya fanining asosiy kategoryalaridan biri bo’lib eng ko’p
qo’llaniladigan tushunchalaridan biridir. An‘anaga ko’ra, psixologiyada bu tushuncha inson
sub’ektining eng rivojlangan darajasini bildiradi. Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning
maxsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo’lmish individdir. Shaxsga tegishli bo’lgan eng muhim tasniv
ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlariga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy
faoliyatga nisbatan ham ob’ekti, ham sub’ektidir. Shaxs, shaxsning psixologiyada o’rni haqida juda
ko’p olimlar o’zlarining fikr va mulohazalarini bildirganlar. “Shaxs psixologiyaning rivojlanish
sur’atlari, - deb yozadi A.Asmolov, - shaxs psixologiyasi muamolaridan faqat bittasi –“men“
muammosiga ta’sir etuvchi quyidagi faktlarni keltirsak, yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Agar
1969 yilda ushbu muammoga to’rt yuzga yaqin nashrlar bag’ishlangan bo’lsa 1980 yilda ularning
soni mingdan oshdi.
Shaxsni psixologik o’rganishga bunday qiziqish, albatta, tasodifiy emas. Shaxs g’oyasi orqali
zamonaviy inson,madaniyat va ijodkorlik o’zini namoyon qiladi. Psixologiyada shaxs muammosi
asosiy muammolaridan biridir. U boshqa gumanitar, fanlar uchun ham yetakchilik qiladi: falsafa,
pedagogika, huquqshunoslik, sotsiologiya, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar. Bu fanlarning
barchasi shaxsni nazariy jihatdan rivojlangan hodisa sifatida umumiy tushunishga asoslanadi, shu
bilan birga o’ziga xos xususiyatga urg’u beradi. Shaxs psixologiyaning markaziy muammolaridan
biri uning faoliyati, namoyon bo’lishi va inson hayotini tartibga solishning psixologik
mexanizmlarini aniqlashdir.
Hozirgi kunda psixologiyada shaxs muammosining dolzarbligi.
Zamonaviy dunyo tobora murakkablashib borar ekan, inson yani shaxs masalasi
psixologiyada eng muhim va dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda. Shaxs bu shunchaki
biologik mavjudot emas, balki ozini anglaydigan, atrof-muhitga ongli ravishda moslashadigan va
jamiyatda muayyan rol oynaydigan ijtimoiy mavjudotdir. Psixologiyada shaxs muammosini
chuqur tadqiq qilish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham juda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Shaxsni o’rganishning hozirgi zamon ehtiyoji .
Bugungi kunda insoniyat global muammolar ekologik inqiroz, axborot portlashi,
madaniyatlar toqnashuvi, iqtisodiy bosim va ijtimoiy zoriqishlar sharoitida yashamoqda. Bu
omillar shaxsning ichki dunyosida iz qoldirmay qolmaydi. Shuning uchun shaxsning ichki
kechinmalari, moslashuv darajasi, stressga chidamliligi va ozini anglash jarayoni psixologlar
etiborida markaziy ornini egallaydi. Texnologik taraqqiyot va ijtimoiy tarmoqlarning kengayishi
87
natijasida insonlar tobora koproq virtual dunyoda yashay boshladi. Bu esa shaxsning real ijtimoiy
hayotga bolgan munosabatiga, ozini namoyon qilishiga va oziga bolgan bahosiga salbiy tasir
kormoqda. Shu sababli, psixologiyada shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi, ruhiy holati va ijtimoiy
identifikatsiyasi muhim tadqiqot yonalishlariga aylandi.
Shaxs muammosining psixologik yondashuvlari.
Shaxsga oid muammolar turli psixologik maktablar tomonidan turlicha talqin etiladi.
Masalan,
Zigmund Freyd
boshchiligidagi psixoanaliz shaxsning harakatlari ortida ongsiz
impulslar va bolalikdagi travmalar yotishini takidlaydi.
K. Rojers
va
A. Maslou
esa gumanistik
yondashuv orqali shaxsning ozini anglash, osish va oz salohiyatini toliq royobga chiqarish
ehtiyojiga urgu beradi. Yana bir muhim yondashuv ijtimoiy-psixologik nazariya bolib, u shaxs
jamiyat bilan ozaro munosabatda shakllanishini asos qilib oladi. Oila, maktab, dostlar, ommaviy
axborot vositalari va madaniy muhit bularning barchasi shaxs rivojiga bevosita tasir qilmoqda.
Tarbiya, talim va shaxs.
Hozirgi kunda pedagogika va psixologiya sohasida shaxsga yonaltirilgan talim tamoyili
tobora dolzarb bolmoqda. Har bir oquvchi, har bir shaxs oziga xos, uning individual qobiliyatlari,
ehtiyojlari, qiziqishlari bor. Shunday ekan, shaxsga mos yondashuv, individual psixologik yordam
va yonaltirishlar orqali shaxs rivojini qollab-quvvatlash talim tizimi oldida turgan eng muhim
vazifalardan biridir.
Ish faoliyati va shaxs sifatlari.
Mehnat bozori ham bugun ozgarib bormoqda. Ish beruvchilar texnik bilimlardan tashqari
shaxsiy sifatlarga masuliyatlilik, tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash qobiliyati, stressga
chidamlilik, liderlik kabi fazilatlarga katta etibor qaratmoqda. Bu holat psixologlarni kasbiy
orientatsiya, shaxsiy qobiliyatlarni baholash va rivojlantirish yonalishida faol ishlashga
undamoqda.
Shaxs muammosi (psixologik nuqtai nazardan)
1.Shaxs tushunchasi
Psixologiyada “shaxs” deganda insonning individual va ijtimoiy xususiyatlari, ichki dunyosi,
xarakteri, temperamenti, ijtimoiy rollari, qadriyatlari va motivlari tushuniladi. Bu tushuncha
insonning jamiyatdagi o’rnini belgilab beradi.
2.Shaxs muammosi nima?
Shaxs muammosi deganda psixologiyada quyidagi savollar atrofida shakllangan ilmiy
muammolar tushuniladi:
Shaxs qanday shakllanadi?
Shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir qanday kechadi?
Biologik va ijtimoiy omillar shaxs rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Shaxsning psixik tuzilmasi qanday?
Erk, iroda, motivatsiya, qadriyatlar shaxsni qanday belgilaydi?
3. Turli yondashuvlar
Turli psixologik maktablar shaxs muammosiga turlicha yondashadi:
Psixoanaliz
(Z. Freyd
): Shaxsning asosiy harakatlantiruvchi kuchi – ongsiz impulslar va
orzular.
Gumanistik psixologiya
(K. Rojers, A. Maslou
): Shaxs o‘zini namoyon qilish, o‘sish va o‘zini
anglashga intiladi.
88
Ijtimoiy-psixologik yondashuv: Shaxs ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi (oilaviy tarbiya,
atrof-muhit, jamiyat).
Kognitiv psixologiya: Shaxs qaror qabul qilish, tafakkur va bilim asosida shakllanadi.
4. Shaxs muammosining ahamiyati
Bu mavzuni o‘rganish quyidagi sohalarda muhim:
Pedagogika (tarbiya va ta’lim jarayonida)
Kasbiy yo‘naltirish va psixologik maslahat berish
Ruhiy salomatlikni saqlash
Rivojlanish psixologiyasi
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda shaxs muammosining psixologik tadqiqi
nafaqat ilmiy, balki amaliy nuqtai nazardan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Inson bu
murakkab, kop qirrali mavjudot bolib, uning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari, ijtimoiy
munosabatlari chuqur organilishi zarur. Psixologiya esa bu yolda insoniyatga eng yaqin fan
sifatida xizmat qilmoqda. Shaxsni tushunish bu jamiyatni, kelajagimizni tushunish demakdir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Абдурахманова Г.Ҳ. Psixologiya asoslari. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2020.
2.
A.A. Rean. Psixologiya lichnosti. – Sankt-Peterburg: Piter, 2014.
3.
Карпов А.В. Psixologiya individualnosti. – Moskva: Yurayt, 2015.
4.
Маъруфов Н.Г. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2019.
5.
Jalolov J.J., Isroilova M.X. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Fan, 2021.
6.
Усманова Севара Акмаловна. (2024). ЛЕВОРУКИЙ РЕБЕНОК — ОСОБЕННОСТИ
РАЗВИТИЯ. Международные научные и актуальные исследовательские конференции,
1(01), 11–14. Получено с https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1538
7.
www.psychologytoday.com
8.
scholar.google.com
9.
www.researchgate.net
