69
PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK TADQIQOTLAR ASOSIDA TAʼLIMDA YANGI
TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING SAMARADORLIGI
Hayitmurodova Gulinur Zafarovna
gulinurhayitmurodova162@gmail.com
Ingliz filologiyasi fakulteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Toshkent, Oʻzbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15210793
Annotatsiya.
Ushbu maqola zamonaviy ta'lim tizimida yangi texnologiyalarni qo'llashning
dolzarbligi va ahamiyati, shuningdek, psixologik va pedagogik tadqiqiotlarning ta'limda yangi
texnologiyalarni foydalanishga ta'siri haqida ma'lumot beradi. Bundan tashqari, oʻquvchilarning
texnologiyalarni qoʻllashga bo`lgan munosabati va ularning ta'lim samaradorligiga ta'siri, turli
oʻquv fanlarida texnologiyalardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari, oʻqituvchilarning
texnologiyalarni qoʻllashga tayyorligi va ularning malakasini oshirish kabi jihatlar tahlil etiladi.
Kalit soʻzlar:
pedagogika, psixologiya, texnologiyalar, samaradorlik, oʻquv jarayoni,
natijalar, taʼlim, tadqiqot.
Kirish.
Bugungi rivojlanib borayotgan zamonamizda har bir soha rivoji uchun, albatta,
texnologiyalarning oʻrni katta. Ayniqsa, ta'lim tizimini bugunga kelib ularsiz tasavvur qilish qiyin,
ammo oʻquvchilarning hammasi bunga psixologik tomondan tayyor, pedagoglarda esa zamonaviy
texnologiyalarni dars jarayonida ishlatishda yetarlicha tajriba, salohiyat va koʻnikmalar bor deb
aytish toʻgʻri deb boʻlmaydi. Ammo texnologiyalarni shunchaki sinfxonalarga olib kirib qoʻyishning
oʻzi yetarli emas, albatta. Ularning taqdim etadigan imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish uchun
ham oʻqituvchilar kuchli psixologik va pedagogik tadqiqotlar asosida texnlogiyalarning
oʻquvchilar bilim olishi va rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini tushunishlari kerak.
Asosiy qism
. Innovativ va interaktiv texnologiyalar matematika va til kabi turli soha
fanlariga oʻquvchilar uchun faol oʻquv muhitini yaratish orqali oʻrgatish metodlarini butunlay
oʻzgartitib yubordi [1]. Biroq ta'lim jarayonida texnologiyalardan foydalanishning oʻquvchilarning
idrok etish, xotira, diqqat, fikrlash, motivatsiya va boshqa psixologik xususiyatlariga aynan ijobiy
yoki salbiy ta'siri yoʻq deb aytolmaymiz. Ayrim tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, dars davomida
an'anaviy usullardan emas, balki yangi texnologik vositalar orqali turli metodlardan foydalanish
oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini oshirgan. Ikki sinf oʻrtasida tadqiqot olib boriladi:
birinchi sinfda hech qanday komyuter yoki ekranlasiz, ikkinchi sinfda esa elektron doska
yordamida dars olib boriladi. Tadqiqot davomida shunisi aniq boʻldiki, texnologiya vositasida
oʻrgatilgan mavzuni oʻquvchilar hech bir qiyinchiliklarsiz tushunib oladi, darsdan soʻng hatto
mayda detallarigacha savol berilganda ham ular bexato javob berishadi. Hech qanday
texnologiyalarsiz, anʼanaviy tarzda oʻtilgan xuddi shu mavzu esa narigi sinf oʻquvchilari
tomonidan juda zerikarli kutib olinib, dars jarayoida uxlash, esnash, bee'tiborlik holatlari
kuzatiladi, dars oxirida savol soʻralganda atigi bitta oʻquvchi javob beradi. Demak, yangi texnologik
qurilmalar oʻquvchilarning nafaqat fanga boʻlgan qiziqishini oshiradi, balki dars jarayonlarida faol
ishtirok etishini ta'minlaydi. Chunki elektron vositalarda mavzuga doir tushunchalar rasm yoki
video koʻrinishida namoyishi etilshi, qiyin atamalar ham turli jadvallar asosida qiziqarli tartibda
qoʻyilishi oʻquvchining motivatsiyasiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi, bu narsa psixplogiyada kuzatuv
orqali oʻrganish (observational learning) deyiladi [2]. Shuningdek, tadqiqotchilarning
ta'kidlashicha, talabalar faol ishtirok etganlarida va tushunchalarni oʻzlarini oʻrab turgan haqiqiy
hayot bilan bogʻlashsa yaxshiroq oʻrganadi. Shu sababli, elektron ta'limni (e-learning) oʻz ichiga
70
olgan laboratoriya yoki eksperimental muhit talabalarga samarali oʻrganishga yordam beradi [3].
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bir qancha elektron ta'lim metodlari o'rganilgan va
tadqiqotchlar tomonidan texnologiyalar asosida oʻrganish an'anaviy ta'limdan koʻra foydaliroq
degan xulosaga kelingan. Misol uchun, dars bilan bogʻliq animatsion multfilmlar koʻrsatish
ularning ilmiy mushohada yuritish koʻnikmasini shakllaniradi [4], elektron portfolio esa yozuv
samaradorligini oshirishga yordam beradi [5].
Shu bilan birga texnologiyalarning oʻziga xos salbiy tomonlari mavjud. Birinchidan, haddan
ortiq foydalanish ularga boʻlgan qaramlikni yuzaga keltiradi; dars jarayonlardan tasharida ham
undan foydalanishga boʻlgan moyillik ortib boraveradi, bu nafaqat oquvchlarning ko`rish
qobiliyati, balki miya faoliyatiga, ta'lim samaradorligiga ham zararlidir. Bir soʻz bilan aytganda,
texnologiya foydali vosita boʻlish bilan birga chalgʻituvchi omilga ham aylanishi mumkin. Bu
muammoning yechimi pedagogik mahoratni talab etadi, yaʼni oʻqituvchi qay tarzda, qancha vaqt
undan foydalanishni bilsa, oʻquvchi unga oʻrganib qolmaydi, me'yor barcha narsada muhimdir.
Shuningdek, texnologiyaga tushunmaydigan va natijada undan foydalana olmaydigan oʻquvchilar
ham bor, ularga yordam berish, oʻzlarini noqulay his etmasliklariga imkon yaratib berish
pedagogning vazifalaridan biridir.
Turli oʻquv fanlarida texnologiyalardan foydalanishning oʻziga xos tomonlari bor. Umuman
olganda, pedagoglar oʻquvchilarning psixogik holatlarini, texnologiyalarning ularga
koʻrsatayotgan ta'sirini inobatga olgan holda ulardan foydalanishlari maqsadga muvofiq boʻladi.
Biologiya, fizika, kimyo kabi amaliy tajribalarni talab etadigan fanlarda zamonaviy texnologik
qurilmalardan foydalanish, oʻz navabtida, ularning amaliy bilimlarini mustahkamlashga yordam
beradi. Til oʻrgatishda ham texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi, pedagoglarning ishini
ancha osonlashtiradi. Lekin bugungi kunda barcha ta'lim muasassalari ham yetarlicha texnologik
qurilmlar bilan jihozlanmagan va bu narsa oʻquvchilar dunyoqarashiga ta'sir koʻrsatmasdan
qolmaydi. Ta'limdagi eng dolzarb muammolardan biri ham aslida tizimning amaliy bilimlarni
emas, balki nazariy bilimlarni keng qamrab olganidadir. Baʼzi oʻqituvchilarning yangi
texnologiyalar asosida dars oʻtishga tajibalari yetmasligi mumkin, ammo ular uchun turli
pedagogik kurslarni yaratish taʼlim jarayonida texnologiyalardan samarali foydalanishlariga, oʻz
mahoratlarini ular orqali yanada proffesional namoyish etish imkoniyatini beradi.
Xulosa.
Taʼlim har bir davlat rivojida eng muhim rol oʻynaydigan sohalardan biri
hisoblanadi. Shuning uchun u bilan bogʻliq har qanday muammoni bartaraf etish jamiyati ravnaqi
yoʻlida tashlangan eng katta qadamdir; zamonaviy texnologiyalardan oʻquv mashgʻulotlarida
samarali foydalanish, foydalanishga oʻrgatish bugungi kunning ulkan vazifalaridan biridir, albatta,
bunda oʻquvchilarning psixologik holatlari va oʻqituvchilarning pedagogik mahoratlari inobatga
olinishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Hwang, G. J., Chang, H. F. A formative assessment-based mobile learning approach to
improving the learning attitudes and achievements of students, 2011
2.
Albert Bandura. Social learning theory, Stanford University, 1971
3.
Tashkm, N., Kendemir B. The affect of computer supported simulation applications on the
academic achievements and attainments of the seventh grade students on teaching of science,
2010
71
4.
Dalacosta, K.; KamariotakiPaparrigopoulou, M.; Palyvos, J.A. and Spyrellis, N. Multimedia
application with animated cartoons for teaching science in elementary education, 2009
5.
Nicolaidou, I. E-portfolios supporting primary students' writing performance and peer
feedback, 2013.
