14
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KASBIY MAHORAT
SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sаlomovа Nаrgizа Sаttorovnа
Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15354524
Аnnotаtsiyа.
Ushbu mаqolаdа boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаrningi kаsbiy mаhorаtini
rivojlаntirishning psixologik xususiyatlari haqida so’z boradi. Bundаn tаshqаri, boshlаng‘ich sinf
o‘qituvchilаri kаsbiy mаhorаtini rivojlаntirishning реdаgogik хususiyаtlаri yoritib bеrilgаn.
Bundаn tаshqаri boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаri kаsbiy mаhorаtini oshirishnng ijtimoiy
рsiхologik хususiyаtlаri hаqidа so‘z borаdi.
Kаlit so‘zlаr.
Psixologik
,
o‘qituvchi, kаsbiy mаhorаt, fаoliyаt, tа’lim, tаrbiyа, individuаllik,
boshlаng‘ich sinf, tаfаkkur, kаsbiy mаhorаt.
Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng
rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi oldiga ham muayyan
vazifalar qo‘yadi. Bu vazifalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o‘qituvchilarning kasbiy-uslubiy tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. O‘qituvchilarning
kasbiy-uslubiy tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o‘z
navbatida, o‘qituvchining o‘z fanini o‘qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga
keltirishi, ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan tayanch
kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o‘qitish va tarbiyalash jarayonini ta’lim sohasidagi
innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etadi.[1]
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kasbiy mahoratni rivojlantirish ishlari o‘ta murakkab jarayon
sanalib, hozirgi kunda uni shora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan ko‘plab psixologik-
pedagogik shora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, mahalliy muhitda ushbu muammoni
nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish ishlari hozirga qadar ilg‘or psixologik tadqiqotlarga zarurat
sezmoqda. Chunki, kasbiy mahorat shunchaki ta’lim-tarbiya jarayoni bilan shakllanib qolmaydi
balki, unda o’qituvchi shaxsiga xos qadriyatlar tizimi, hissiy-irodaviy soha mazmuni, kognitiv
sohani rivoji, kasbiy muvaffaqiyatni ta’minlovshi puxta o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalar,
kasbiy mahorat, kasbiy kompetentlik kabi sifatlarni rivojlantirish ishlari nazarda tutiladi.
Bizningsha, oliy ta’lim sharoitida o‘quv mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli darajada tashkil etish
kasbiy mahoratni rivojlantirishning dastlabki bosqichi sanaladi.
Mashug‘ulotlar qanchalik qiziq bo‘lsa, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o‘quv
motivatsiyasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Universitetning birinchi bosqich talabalari soha
ma’lumotlariga ancha sezgir, qiziquvchan va faol bo‘ladi. Ikkinchi bosqichga o‘tib ta’lim muhitida
o‘z-o‘zini boshqarish, o‘quv faoliyatidagi har qanday qiyinchiliklarga chidamlilik va vazifalarga
bo‘lgan javobgarlik darajasi ancha oshishi kuzatiladi. Uchinchi bosqichga o‘tib ularda vazifalarni
bajarishga bo‘lgan ijodkorlik qobiliyatlari to‘liq shakllanadi deb ta’kidlaydi. Mazkur fikr-
mulohazalardan farqli o‘laroq, A.K.Markovaning fikricha, kasbiy mahoratning namoyon bo‘lishi
bu professionalikka o‘tish sanalib, u quyidagi xususiyatlar orqali tushuntiriladi [80]:
15
Umumiy psixologiya fanida to‘plangan nazariy va amaliy ma’lumotlarning tahliliga
qaraganda, mehnat harakatlarida iroda faolligining alohida shakli vujudga kelgan. Hozirgi zamon
psixologiya fanining talqiniga asoslangan holda shuni ta’kidlash mumkinki, iroda ikki bir-birini
taqozo etuvchi psixologik hodisadan tashkil topadi, jumladan, asosan ichki va tashqi
ko‘rinishlarni o‘zida mujassamlashtirib, birinchidan, motivlar kurashida, ikkinchidan,
qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi ta’kidlardan, mulohazalardan
kelib chiqqan holda iroda bir qator funksiyalarni bajaradi:
a) ichki funksiya integratsiya (birlashish, qo‘shilish) deb nomlanib, psixikaning jamiki
imkoniyatlarini safarbar etadi;
b) tashki funksiya boshqaruv (regulyatsiya) deb atalib, maqsadga erishish yo‘lidagi zo‘r
berishlik (zo‘riqish)jamoaviy xususiyatni kasb etadi. Shuning uchun barcha psixik hodisalarning
ichidan diqqat va xotira "ixtiyoriy"lik mezoniga daxldor, xolos.
Iroda kategoriyasi ko‘p asrlik tadqiqot tarixiga ega bo‘lganligi tufayli falsafa va psixologiya
fanlarining asosiy uchta (aql, hissiyot, iroda) kategoriyasining biri sifatida yuqori mavqeni
egallab kelmokda. Psixologiya tarixida iroda muammosiga nisbatan qiziqishni keskin o‘zgarish
davrlari ham hukm surgan. Ayniqsa, XX asrning 30-yillarida irodani o‘rganish salmog‘i G‘arb
mamlakatlarida, shuningdek, AQShda ham o‘ta kamayib ketdi, ba’zi davlatlarda iroda
tushunchasi qo‘llanilmay qoldi, xuddi shuning uchun darsliklarga unga bag‘ishlangan bob ham
o‘zidan o‘zi tushib qoldirildi. Rossiyalik psixolog V.I.Selivanovning ta’kidlashicha, yigirma yil
davomida (1938-1958 yillarda) irodaga oid 40 ta ilmiy ish e’lon qilingan, xolos. Mazkur davr
oralig‘ida sobiq sho‘ro davlatida psixologiya bo‘yicha 400 ta dissertatsiya himoya qilingan bo‘lsa,
ularning atigi 8 tasi iroda mavzusiga taalluqlidir [130].
Hozirgi zamon psixologiyasida iroda kategoriyasi ikkita variantga asoslangan holda
tadqiqqilinmokda. Birinchi variant iroda o‘zini o‘zi determinatsiya qilishiga asoslanadi. Odatda
iroda erkin, u tashqi zaruriyatga aslo bo‘ysunmaydi degan nuqtai nazar uning negizida yotadi.
Ikkinchi variant esa iroda o‘zini o‘zi boshqaruvga suyanadi. Chunonchi, iroda erkinlikka ega
emas, chunki u tamoman tashqi zaruriyatga bog‘lik, unga bevosita tobe, degan ta’limotni o‘zida
mujassamlashtiradi. Shaxs irodasi rivojlanishining harakatlantiruvchisi – bu sub’ektning tashqi
olam yoki tevarak-atrof bilan amaliy jarayonda o‘zaro ta’siri hisoblanadi (talqin bizniki).
Psixologiyada irodaning tuzilishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar tahlilining ko‘rsatishicha,
irodaviy jarayonlar irodaviy aktning bevosita kechishida, maqsad belgilanishidan to ijro
etilishigacha vaqt oralig‘ida namoyon bo‘ladi.Jumladan, oldindan niyat qilingan dikqatda,
idrokda, esda olib qolishda, esda saqlashda, vizual obrazlar yaratishda, tafakkurda, xayolda aks
etadi. Buning uchun irodaviy zo‘r berishni, yo‘naltirishni talab qiladi. Endi iroda strukturasining
tarkibiy qismlari ta’rifi yuzasidan mulohaza yuritaylik.
Irodaviy holatlar – favqulodda vujudga keladigan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib
o‘tishga yordam beruvchi shaxsning optimal ichki sharoitlari hisoblanmish muvaqqat psixologik
holatdir. Psixologik holatlar tarkibiga optimizm holati, umumiy faollik, safarbar tayyorgarlik,
qiziquvchanlik kabilar kiradi. Ular holatlarning yaxlit majmui ta’siri ostida vujudga keladi.
Stress – tashqi va ichki muhit noqulay omillarining inson psixikasiga ta’sir etishi natijasida
paydo bo‘luvchi keskin emotsional zo‘riqish holati.
Frustratsiya – inson faoliyati va xulq-atvorini tamoman izdan chiqaruvchi emotsional-
psixologik holat. Berilgan topshiriqlarni yechish jarayonida bartaraf etishning imkoni yo‘q
16
to‘siqlar ta’siri ostida shaxsda tushkunlik holati paydo bo‘ladi. Chunonchi, o‘zini yo‘qotib qo‘yish,
esankirash, favquloddagi vaziyatga nisbatan tajovuzkorlik munosabati vujudga kelishi mumkin.
Irodaviy sifatlar – nisbatan barqaror, muvaqqatlikdan yiroq, mazkur vaziyatga daxldor
bo‘lmagan psixologik yangilanishlarni, o‘zgarishlarni o‘rnatish, tiklash jarayonining mahsuli.
Shaxsning irodaviy sifatlariga maqsadga yo‘nalganlik (sobitqadamlik), tashabbuskorlik, qatiylik,
o‘zini tuta bilishlik (toqatlilik), mustaqillik, tashkiliylik, jasurlik, ishbilarmonlik, esankiramaslik
kiradi. Insonning irodasizligi quyidagi tushunchalar orqali tavsiflanadi: prinsipsizlik,
chidamsizlik, yalqovlik, qo‘rqoqlik, qaysarlik, shafqatsizlik va boshqa illatlar, patologik holatlar
ifodasida mujassamlashadi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kasbiy mahoratni
rivojlantirishda ularning ichki murakkab individual-psixologik tuzilishiga ega bo‘lgan, kognitiv,
axloqiy, irodaviy, regulyativ va motivatsion omillarini rivojlantirish kerakligi ta’kidlab o’tilgan.
O‘qituvchi to‘g‘risida buyuk ajdodlarimizning ta’limotlari negizida ham har bir o‘qituvchini
shakllantirishning pedagogik va psixologik omillariga jiddiy e’tibor qaratish taqozo etiladi.
Pedagogning kasbiy faoliyatida muloqotchanlikni rivojlanganligi ulardagi tashkilotchilik
qobiliyatlari bilan uzviy bog‘liqlikka ega bo‘lishi mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. 2020 yil 23 sentyabr:
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni.
3.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari kasbiy maxoratini oshirishning ijtimoiy- psixologik
xususiyatlari. Ta’limda istiqbolli izlanishlar xalqaro ilmiy – metodik jurnal № 5 2024 Iyul. 46-
49
4.
Pedagog shaxsida kasbiy maxorat rivojlanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
Ta’limda istiqbolli izlanishlar xalqaro ilmiy – metodik jurna l № 4 2024 Iyun. 34-37 .
5.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik-psixologik kompetentligini amaliy jihatdan
o’rganilishi. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti ilmiy axbarotnomasi ilmiy amaliy jurnal
№ 3 (7) 2024 154-156
6.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari kasbiy mahoratiga ta’sir qiluvchi omillarning ilmiy nazariy
asoslari. Zamonaviy psixologik tadqiqodlar tendensiyalari xalqaro ilmiy amaliy anjumani
to’plami 2024-yil, 20 –aprel 359-362 .
