31
YOSHLARDA MILLIY MUSIQIY ONGNI RIVOJLANTIRISH MILLIY VA
UMUMINSONIY QADRIYATLARGA YO‘NALGANLIKNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK
OMILI SIFATIDA
A’zam Ahadovich G’aybullayev
Buxoro davlat pedagogika instituti
Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13121877
Annotatsiya.
Ushbu tezis yoshlarda musiqa tarbiyasi, ayniqsa milliy musiqaga bo’lgan
qiziqishni uyg’otish - milliy qadriyatimizning ijtimoiy psixologik omili sifatida hamda shaxsning
rivojlanishida muhim ahamiyati, muammosi va yechimiga qaratilgan.
Kalit so'zlar:
musiqa san’ati, psixologik immunitet, milliy tarbiya, milliy xarakter, psixologik
omil, shaхs, yoshlar, milliy g’urur, milliy ruh.
Kirish.
Musiqa tinglashda shaxsning turli yosh xususiyatlari, temperamental individual
xususiyatlari, yuksak onglilik darajasi, iqtisodiy-ijtimoiy yashash tarzi bevosita ahamiyat kasb
etadi. Musiqa o'z xususiyatiga ko'ra sho'x, quvnoq, g'amgin, mayin, nozik, tantanavor, hazil,
beg'amlik, ma'yuslik, dard kabi turli kayfiyatlarni ifodalashi mumkin. Milliy musiqalarimiz asrlar
osha jilolanib, sayqal topib kelgan. Har bir millatning o'tmishi hozirgi kuni va kelajakdagi orzu
umidlari o'zining kuy va qo'shiqlarida namoyon bo'ladi. Bu bilan har bir millatning taraqqiyoti
yo'lidagi xizmati g'oyat beqiyos ekanligini har bir yosh avlod anglab yetmog'i lozim. Yoshlarimiz
milliy musiqalarimizni nafaqat madaniy, balki-siyosiy ijtimoiy xususiyatga ega ekanligini chuqur
mushohada qilgan holda tinglashi, mazmunan tushunishi hamda kelgusi avlodga yetkazish
maqsadga muvofiqdir. Yuksak ijodiy namunalardan tortib, milliy fol`klargacha nazar tashlaydigan
bo'lsak, musiqa xalq va millat manfaati uchun xizmat qilishini anglaymiz.
“Musiqa haqida fikr yuritish metodi” –o'quvchilarning ma'naviy qadriyatlarni shaxsan,
yakka holda o'zlashtirishlariga qaratilgan. Bu metod musiqa yordamida hal etilishi mumkin
bo'lgan muammoni tanlash va uning yechimi o'quvchilar tomonidan hal etilishini nazarda tutadi.
Tadqiqot ob'ekti:
yoshlarning milliy musiqiy ongining shakllanish orqali milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga ijobiy munosabatini rivojlanib borishini ijtimoiy psixologik tahlili.
Tadqiqot sub'ekti:
Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakul`tetining 1-
bosqich talabalari
Tadqiqotda:
1) talaba-yoshlarda milliy musiqiy ongning namoyon etilish dinamikasi; 2)
milliy musiqa asarlarining ichki tuzilishi; 3) talaba yoshlarning xalq musiqa janrlarini (xalq kuyi,
xalq qo'shig'i, maqom musiqasi) baholashi darajasini o'rganishga mo'ljallangan musiqiy
psixologik trening usullari ishlab chiqildi hamda aprobatsiyadan o'tkazildi.
Maqolaning asosiy qismi:
Tadqiqot doirasida dastlab talaba yoshlarda milliy musiqiy
ongning namoyon bo'lish dinamikasini diagnostik o'rganildi. Natijalarga ko'ra jahon va milliy
estrada yoshlar hayotida ijobiy ahamiyatga ega deb biladiganlar 95%ni, ma'nosini ongli
anglamasada “Rok musiqalari”ni tinglovchilar 23%ni, milliy estradada ma'nosiga emas musiqa
ohangi tempi va jozibadorligiga ko'ra tinglovchilar 50%ni, milliy estrada musiqaning
mazmundorligiga ko'ra tinglovchilar 43%ni, xalq kuyi, xalq qo'shiqlarini ongli anglagan, idrok
qilgan holda tinglovchilar 42%ni, Yevropa klassik musiqasini mazmunan tushunib tinglaydigan
yoshlar atigi 18%ni tashkil qilganligi kuzatildi.
Talabalar bilan milliy musiqa san'atimizning nodir durdona asarlari yuzasidan davra
suhbatlari, musiqiy terapiya hamda o'zligingni angla psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
32
Talaba yoshlarga har bir musiqaga ongli idrok qilgan holda ijobiy emotsional ta'sirlanish
kechinmalarini shakllanganligini diagnostik o'rganildi. Eksperimental tadbirlar yakunida
yoshlarda milliy musiqiy ongning namoyon bo'lish progressiv dinamikasi namoyon bo'ldi.
Ma'nosini ongli anglamasada “Rok musiqalari”ni tinglaydigan yoshlar 23%dan 12%ga
kamayganligini, Milliy estradani ma'nosiga emas musiqa ohangi tempi va jozibadorligiga ko'ra
yoqtirib tinglaydigan yoshlar ham 23%dan 12%ga kamayganligini, Jahon klassik musiqasini
mazmunan tushunib, his qilib tinglaydigan yoshlar 18%dan 26%ga oshganligini, Milliy estrada
musiqaning mazmundorligiga ko'ra tinglaydigan yoshlar 43%dan 79.5%ga oshganligini, xalq kuyi,
xalq qo'shiqlarini ongli anglab,sevib eshitadigan yoshlar 42%dan 62.5ga oshganligini
kuzatishimiz mumkin. Karelyatsion tahlillarga ko'ra milliy musiqiy ongni yuksak darajada
rivojlanishi o'z navbatida jahon klassik musiqasini tushuna olishiga olib keladi. Musiqa san'ati ham
individual ham ijtimoiylik kasb etganligi sababli milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar
ongida shakllanib borishiga ijobiy emotsional hamda tarbiyaviy ta'sir etuvchi vosita sifatida
xizmat qiladi.
Xulosa:
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, maqola yakunida quyidagi
pedagogik-psixologik xulosalar chiqarish mumkin:
1.
Radio va televideniya kanallarida milliy musiqa merosimiz namunalarini yanada kengroq va
ko'proq namoyish qilib borilishi, milliy musiqamizni keng ommoga xususan, yoshlar ongida
taraqqiy qilishi uchun tahliliy dasturlar ko'proq tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
2.
Yoshlarning musiqiy bilim va ko'nikmani egallash darajasi o'zlari yashaydigan hudud,
madaniy muhitning ta'siri, ularning bo'sh vaqtini tashkil etishi, o'z madaniy saviyasini oshirish
imkoniyatlari darajasi kabi ijtimoiy-psixologik omillar ta'siriga ko'p jihatdan bog'liq.
3.
Yoshlarda milliy musiqa idrokini rivojlantirishda, ularda musiqa madaniyatini tarkib
toptirishda, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishda keng imkoniyatlar mavjud.
4.
Musiqa san'atining o'ziga xos bo'lgan zamonaviy metodlardan foydalanib, taolaba yoshlar
bilan mavzu yuzasidan qiyosiy tahlil,muhokamalar o'tkazish musiqiy idrok faoliyatini o'stiradi.
Milliy musiqiy ongni yoshlarda shakllantirish orqali ularda estetik did, vatanparvarlik,
adolatlilik, hamjihatlik, yuksak insoniy hislar hamda milliy qadriyat va o'zligini ulug'laydigan
shaxs bo'lib kamol topishi shak-shubhasizdir.
References:
1.
Gʻaybullayev A’zam Ahadovich. Talaba yoshlarda milliy musiqiy ongni rivojlantirish milliy va
umuminsoniy
qadriyatni
shakllantirishning
ijtimoiy
psixologik
omili.
TA'LIM
TRANSFORMATSIYASI Respublika ilmiy - me'todik jurnali 1- soni Jurnal muassisi: BuxDPI indeks:
200130. ISSN – 2181-4201.
2.
A’zam Ahadovich G’aybullayev. Urf-odat va an'analar –yoshlarda milliy qadriyatlarni
shakllantiradigan Ijtimoiy psixologik mezon. Ta’limda istiqbolli izlanishlar. Xalqaro ilmiy-metodik
jurnal / 2024 № 4, iyun
https://buxdu.uz
3.
A.A. G’aybullayev. Yoshlarni milliy qadriyatlarga yo’nalganligining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. Inter education & global study / lmiy-nazariy va metodik jurnal. ISSN 2992-9024
(online) 2024, №5 (1).
4.
Ганс-Гельмут Декер-Фойгт “Введение в музыкотерапию”. СПб.: Питер, 2003г
33
5.
Гайбуллаев А.А. Проблемы воспитания подростков в условиях глобализации
общества "Science and Education" илмий электрон журналининг Volume 3 Issue 2 сони ISSN
2181-0842 1120-1125 б
https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/2637
6.
Иванченко Г.В. Психология восприятия музыки: подходы, проблемы, перспективы. –
М.: «Смысл», 2001. – С.171
