THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF PRODUCTION PROCESSES

Abstract

The article highlights the issues of digitalization of production at industrial enterprises, analyzes existing problems in this area, describes the directions of digitalization of production. The features of modern digital production systems are revealed.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tuychieva, O. . (2024). THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES TO IMPROVE THE EFFICIENCY OF PRODUCTION PROCESSES. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(13(Special Issue), 48–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/57505
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article highlights the issues of digitalization of production at industrial enterprises, analyzes existing problems in this area, describes the directions of digitalization of production. The features of modern digital production systems are revealed.


background image

48

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

KORXONALARDA ISHLAB CHIRISHNI

RAQAMLASHTIRISH MASALALARI

К ВОПРОСУ ЦИФРОВИЗАЦИИ

ПРОИЗВОДСТВА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES TO

IMPROVE THE EFFICIENCY OF PRODUCTION

PROCESSES

Odina Nabievna

Tuychieva

“Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti

Farg’ona politexnika instituti

Email: o.nabiyevna@ferpi.uz

A

nno

ta

ts

iy

a

Maqolada sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni raqamllashtirish masalalari
yoritilgan, ushbu sohada mavjud muammolar tahlil qilingan, ishlab chiqarishni
raqamlashtirish yo‘nalishlari bayon etilgan. Zamonaviy raqamli ishlab
chiqarish tizimlarining xususiyatlari ochib berilgan.

В статье освещены вопросы цифровизации производства на
промышленных предприятиях, проанализированы существующие
проблемы в этой области, описаны направления цифровизации
производства.

Раскрыты

особенности

современных

цифровых

производственных систем.

The article highlights the issues of digitalization of production at industrial
enterprises, analyzes existing problems in this area, describes the directions of
digitalization of production. The features of modern digital production systems
are revealed.

Kalit so‘zlar:

ishlab chiqarish jarayoni, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya,

avtomatlashtirish, dasturiy ta’minot, sun’iy intellect, aqlli korxona,
blokcheyn.

производственный процесс, цифровая экономика, цифровые
технологии,

автоматизация,

программное

обеспечение,

искусственный интеллект, интеллектуальное предприятие,
блокчейн


background image

49

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

production process, digital economy, digital technologies, automation,
software, artificial intelligence, intelligent enterprise, blockchain

Ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarning kirib borishi bilan

korxonalarning raqobatdosh ustunlik manbalariga, ularning faoliyati va boshqaruvining
samarali kontseptsiyalariga yangi talablar qo‘yilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga
o‘tishning o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni prognozlash, shuningdek, salbiy oqibatlarni minimallashtirish bo‘yicha
yechim va takliflar ishlab chiqish korxona faoliyatini tashkil etishning asosiy shartiga
aylanmoqda. Sanoat korxonalarida mavjud resurslar va biznes-jarayonlarni samarali
boshqarishning innovatsion texnologiyalar va biznes jarayonlarini optimallashtirish
usullariga asoslangan tizimi raqobat ustunligiga erishishning muhim jihati hisoblanadi.

Shunday

ekan,

korxonalarda

ishlab

chiqarishniraqamlashtirishning

xususiyatlarini o‘rganishsh va raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirish
algoritmini shakllantirish ob’ektiv zaruriyat sifatida maydonga chiqali.

Raqamli iqtisodiyot va uning mamlakatlar, soha va tarmoqlar taraqqiyotiga

ta’siri masalalari juda ko ‘p iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq qilinmoqda.

Xususan, Karl Dalman (Carl Dahlman), Sem Mili (Sam Mealy), Martin

Vermelinger (Martin Wermelinger) “Taraqqiyot uchun raqamli iqtisodiyotdan
foydalanish” mavzusidagi maqolalarida raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiy
rivojlanishidagi ahamiyati tadqiq qilingan.

I.N.Kosareva va V.P.Samarina o‘zlarining “Raqamlashtirish sharoitida

korxonani boshqarish xususiyatlari” maqolalarida ishlab chiqarishni raqamlashtirish
sharoitida korxonalarni boshqarishning o‘ziga xos jihatlarini, boshqarish jarayonida
axborot texnologiyalarini qo ‘llashning afzalliklarini yoritib berishga xarakat qilingan.

A.J.Siddikovning “O ‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishini ifodalovchi

ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishga doir yondashuvlar” nomli maqolasida
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga oid ko‘rsatkichlar tizimini ishlab
chiqishga doir muallifning ayrim fikrlari bayon etilgan.

O‘zbekiston sanoatini rivojlantirib borish raqamlashtirilgan texnologik

platformalarni yaratish, tashqi va ichki bozorlar uchun yuqori qo ‘shilgan qiymatga ega
bo‘lgan mahsulotlar yetkazib beruvchi yuksak texnologiyali korxonalarni tashkil
etishni taqazo etadi.

Iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga o‘tishi bilan mamlakat ishlab chiqarish

tuzilmalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkiliy-iqtisodiy
ta’minoti, boshqaruv usullari zamonaviy yodashuvlarni shakllantirishga extiyoj paydo
bo‘lmoqda. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va robotlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg’or usul va
uslublarini joriy etish, uning raqamli intelektuallashuv darajasini oshirish jarayonlari
jadal rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy
yondashuvlar qisqa vaqt ichida to ‘liq axborot almashinuvi, ishchilar va xodimlar sonini
qisqartirish, ularning kompetentligini oshirish, moslashuvchan ishlab chiqarish
tizimlari va robotlashtirish komplekslarini joriy etishga tayanadi. Buning uchun
innovatsion, yuqori texnologik mahsulot chiqaruvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga
e’tibor qaratilishi lozim.


background image

50

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

Raqamli ishlab chiqarish sohasida “buyumlarning sanoat interneti” “ishlab

chiqarishning additive texnologiyalari” “bulutli texnologiyalar” “sun’iy intelekt” “aqlli
robotlashtirilgan ishlab chiqarish “kabi zamonaviy yo ‘nalishlar rivojlanib bormoqda,
tashkilot

qarorlarini

qabul

qilishda

imitatsion

va

iqtisodiy

matematik

modellashtirishdan foydalanilmoqda.

Zamonaviy iqtisodiy vaziyat to ‘rtinchi sanoat inqilobini boshlanganligi bilan

xarakterlandi. Ushbu inqilob doirasida raqamlashtirilgan “aqilli” korxonalar tashkil
etilmoqda. Bunday korxonalar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo ‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.

Lekin bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat

korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng ko ‘lamda
joriy etish jarayoni qoniqarli darajada emas. Bunga quyidagi xolatlar to‘sqinlik
qilmoqda:

­

yangi iqtisodiy tartibni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yo ‘qligi yoki
uning hozirgi bosqichda sodir bo ‘layotgan texnologik o ‘zgarishlarga mos
elmasligi;

­

yangi texnologiyalarning tez sur’atda o ‘zgarishi;

­

malakali kadrlarning yetarli darajada emasligi;

­

katta hajmdagi ma'lumotlar katta miqdordagi axborot oqimlarini va
ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot xavfsizligini ta'minlash
bilan bog'liq xavflarni keltirib chiqaradi;

­

korxona

moliyaviy

resurslarining

yetishmasligi

va

sanoat

sohasini

raqamlashtirishga yo ‘naltirilgan loyixalar qiymatining yuqori ekanligi;

­

axborot xavfsizligi,ish o ‘rinlari sonining kamayib ketish,ishlab chiqarishni
boshqarish jarayonlarining yomonlashuvi bilan bog ‘liq xatarlarning mavjudligi;

­

ayrim sanoat tarmoqlarida raqamli texnologiyalarning keng ko‘lamda
qo ‘llanilishiga e’tiborning sustligi;

­

ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni raqamlashtirish borasida
tajribaning yetishmasligi;

­

raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish dasturlarining ishlab
chiqilmaganligi.

Korxonada biznes jarayonlari va yangi texnologiyalarni boshqarishga

samarali yondashuvni ishlab chiqish oson ish emas. Sanoat korxonasining barqaror
rivojlanishini ta'minlash uchun boshqaruvning innovatsion nazariyalari va
metodologiyalarini qo‘llash talab etiladi. Korxonada sodir bo ‘layotgan jarayonlar
rahbariyat, jarayon egalari va biznes jarayonlarini amalga oshirishni ta'minlovchi
xodimlardan doimiy e'tiborni talab qiladi.

Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy usuli korxonalarni boshqarishning yangi

avlodi kontseptsiyalarini ishlab chiqish bilan tavsiflanadi. Ushbu konsepsiyalar sanoat
robotlari, boshqaruvsiz transport, raqamli boshqaruv dasturlari asosida ishlaydigan
jihozlarni qo ‘llash, 3D printerlarni qo ‘llash, katta hajimdagi ma’lumotlarni bulutli
texnologiyalarda saqlash, sun’iy intelekt, sanoat buyumlari interneti (Internet of Things,
IoT), blokcheyn innovatsiyasi, imitatsion va matematik modellashtirish va
prognozlashtirish, kiber xafsizlik kabi jarayonlar bilan xarakterlanadi.


background image

51

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

Raqamli texnologiyalaridan foydalanish tashkilotning biznes-jarayonlarini

o‘zgartirishga va ishlab chiqarishning muddatini qisqartirish hisobiga operatsion
samaradorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi; operatsion xarajatlarni
kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish; uskunaning ishlamay qolishi xolatlari
soni va davomiyligini qisqartirish, uning yuklanganlik darajasini oshirish; mahsulotlar
sifatini yaxshilshni ta’minlaydi.

Raqamli boshqaruvga asoslangan ko ‘p koordinatli ishlov beish markazlarini

qo ‘llash, tokarlik, parmalash, jilvirlash ishlarini bajarish davomida ishchi asboblarni
mexanik ishlov berish jarayonida ko‘chirish imkoniyatini ham yaratadi. Bunday
to ‘rt-olti koordinatli jihozlar har qanday murakkab detallarga ishlov berishda bir necha
jarayonlarni bir vaqtda bajarishni ta’minlaydi va o‘z navbatida ishlab chiqarish
siklining qisqarishiga olib keladi.

Raqamli ishlab chiqarish mehnat unumdorligining yuqori darajasi va

mahsulotning yuqori sifatini, loyixa ishtirokchilarining masofadan turib birgalikda
ishlashlarini ta’minlaydi, xarajatlarni nazorat qilishni sezilarli darajada yaxshilashga
yordam beradi. Ishlab chiqarishning va nazorat qilishning dasturli-apparatli
komplekslarini qo ‘llash inson omili ta’sirida yuzaga keladigan xatolarni oldini olishga
olib keladi. Buyumlar sanoat internetining rivojlanishi. neyrotarmoqli texnologiyalarga
asoslangan sun’iy intelektning qo ‘llanilishi oqibatida muammoli vaziyatlar yuzaga
kelgan sharoitda ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish borasidagi qarorlarni tezkorlik
bilan qabul qila oladigan “aqilli ishlab chiqarish” ni yaratish imkoniyati paydo bo ‘ladi.

Raqamli ishlab chiqarish konsepsiyasinig yutug‘i shundaki, mahsulotni virtual

muxitda modellashtirish bosqichidayoq xatoliklarni aniqlash, bartaraf etish orqali
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga erishiladi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan xolda sanoat korxonalarida raqamli

texnologiyalarni joriy qilishni yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi tadbirlarni amalga
oshirish taklif qilinadi:

­

tashkilot faoliyatini tashxis qilishga qodir bo‘lgan ishchi guruhini shakllantirish;

­

raqamlashtirish (raqamli yetuklik) darajasini va korxonaning axborot xavfsizligi
darajasini baholash;

­

mavjud muammolarni aniqlash, raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor
yo ‘nalishlarini belgilash, xavflarni baholash;

­

raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish;

­

tashkilot rahbari darajasida korxona faoliyatiga raqamli texnologiyalarni qo
‘llash va joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, samaradorligi to
‘g‘risida qaror qabul qilish;

­

raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirish.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, ishlab chiqarishni tashkil etishda

zamonaviy texnologiyalardan foydalanish to‘g'risidagi qaror butun korxona faoliyatiga
ta'sir qiladi va bunda yuzaga kelish mumkin bo ‘lgan xavflarni hisobga olish kerak.
Faqat istiqbolli texnologiyalarni, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini puxta
rejalashtirish, har tomonlama o‘rganish bilangina istalgan samarani olish mumkin.
Shuningdek, raqamlashtirish sharoitida korxona boshqaruvining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish kerak..


background image

52

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati:

1.

O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-октябрдаги pf-6079-sonli
“ Raqamli O ‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to ‘g’risidagi Farmoni. www lex.uz

2.

Tuychieva,O.N. (2022). Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish sanoat
korxonalari samaradorligini oshirish omili.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar

xalqaro jurnali

,

2

(4), 83-92.

3.

Tuychieva, O. N. (2022). Ishlab chirish jarayonlari samaradorligini oshirishda
raqamli texnologiyalarдан foydalanish.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro

jurnali

,

2

(11), 180-189.

References

O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-октябрдаги pf-6079-sonli

“ Raqamli O ‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

amalga oshirish chora-tadbirlari to ‘g’risidagi Farmoni. www lex.uz

Tuychieva,O.N. (2022). Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish sanoat

korxonalari samaradorligini oshirish omili. Nazariy va amaliy tadqiqotlar

xalqaro jurnali, 2(4), 83-92.

Tuychieva, O. N. (2022). Ishlab chirish jarayonlari samaradorligini oshirishda

raqamli texnologiyalarдан foydalanish. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro

jurnali, 2(11), 180-189.