PEDAGOGIKA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING AXBOROT BILAN ISHLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH

Abstract

Mazkur tezisda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni axborot bilan ishlashga o‘rgatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va pedagogik-mahorat darslaridagi integratsiyasi yoritiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
14-15
1

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Temirov, O. . (2025). PEDAGOGIKA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING AXBOROT BILAN ISHLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(13), 14–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/109099
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur tezisda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni axborot bilan ishlashga o‘rgatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va pedagogik-mahorat darslaridagi integratsiyasi yoritiladi.


background image

14

PEDAGOGIKA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING AXBOROT BILAN

ISHLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH

Temirov Oybek Mamatxo‘ja o‘g‘li

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

e.mail temirovoybek177@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15699112

ANNOTATSIYA.

Mazkur tezisda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni axborot

bilan ishlashga o‘rgatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali
foydalanishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va pedagogik-mahorat darslaridagi
integratsiyasi yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Axborot bilan ishlash malakasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,

pedagogik mahorat, raqamli ta’lim, interaktiv o‘qitish, media savodxonlik, axboriy pedagogika.

Bugungi axborot asrida zamonaviy pedagog oldida turgan muammolarni hal etish yo‘llarini

izlar ekanmiz axborotning uzluksiz o‘zgarib borishi, yangiliklarning keng masshtabda tarqalishi
va raqamli vositalarning o‘quv jarayoniga chuqur kirib kelishi axborot bilan ishlash malakasini
shakllantirishni ustuvor vazifaga aylantirmoqda. Bo‘lajak pedagoglarda va ayniqsa, pedagogika va
psixologiya yo‘nalishi talabalarida bu malakani shakllantirish ularning kelajakdagi pedagogik va
kasbiy faoliyatlarida axborotning to‘g‘ri va samarali tahliliga tayangan holda qaror qabul qilish
qobiliyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi [1].

O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat o‘qituvchining pedagogik mahoratini
oshiradi, balki uning o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham xizmat qiladi [2].

Axborot bilan ishlash malakasi.

Axborot bilan ishlash malakasi – bu o‘quvchining yoki

talabaning: kerakli axborotni topish,uni tahlil qilish va saralash, manbaga tanqidiy yondashish,
ma’lumotni qayta ishlash, tuzish, taqdim etish, axborot manbalari asosida mustaqil qaror qabul
qilish qobiliyatini anglatadi [3].

Bu malakalar, bo‘lajak pedagoglar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy

o‘quvchi axborotga boy sharoitda ulg‘aymoqda va unga ta’lim berayotgan pedagog undanda
bilimli, idrokli, moslashuvchan bo‘lishi kerak.

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi talabalari

o‘quv rejasida keltirilgan “Pedagogik mahorat” fani nafaqat o‘qitish metodlari, dars tahlili,
kommunikativ ko‘nikmalarni o‘rgatadi, balki o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, innovatsion
texnologiyalarni o‘zlashtirishi, raqamli kompetensiyasini oshiradi [4]. Bu jarayonda AKT
vositalari o‘z o‘rniga ega. Pedagogik mahorat fanining asosiy yo‘nalishlari orqali: talabaning dars
uchun material tanlashi (axborot saralash), turli metodik vositalarni solishtirib tahlil qilishi (kritik
fikrlash), o‘quv loyihalarini ishlab chiqishi (axborotni tuzish va ishlab chiqish), o‘z ishini virtual
formatda taqdim etishi (vizualizatsiya) kabi axborot bilan ishlashga oid ko‘nikmalar rivojlanadi
[5].

Talabalarning axborot bilan ishlash malakasining rivojlanishini baholashda quyidagi

mezonlar qo‘llaniladi:

-Axborot tanlashda aniqlik;
-Manbaga tanqidiy yondashish;
-Axborot asosida yakuniy qaror yoki xulosa chiqarish;


background image

15

-Axborotni tushunarli va lo‘nda taqdim etish;
-O‘z fikrini asoslab berish.
Bu mezonlardan kelib chiqib talabalarda refleksiv yondashuvni shakllantirish orqali ularda

o‘z-o‘zini tahlil qilish, ish usullarini qayta ko‘rib chiqish kutiladi.

Biz talablarda axborot bilan ishlash malakalarini shakllantirish jarayonidagi ayrim

muammolar va ularga yechimlarni aytib o‘tamiz.

Muammo 1: Talabalarning AKT savodxonligi past
Yechim: maxsus treninglar, mustaqil topshiriqlar orqali raqamli ko‘nikmalarni

shakllantirish.

Muammo 2: Axborot manbalariga baho berishda sustkashlik
Yechim: tanqidiy fikrlashni o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar, sun’iy intellekt vositalari bilan parallel

tahlil.

Muammo 3: Ko‘chirishga moyillik (plagiat)
Yechim: original fikrga asoslangan topshiriqlar, plagiatni aniqlovchi vositalar (Turnitin,

PlagiarismCheck).

Biz bugungi kundagi muammolarning ayrimlarinigina keltirib o‘tdik va bularni bartaraf etish

orqali talablarda, bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirishga
erishish mumkin deb hisoblaymiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Pedagogik mahorat” fani doirasida axborot bilan

ishlash malakalarini AKT orqali shakllantirish, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi talabalar
uchun muhim tayyorgarlik bosqichidir. Bu nafaqat ularning kasbiy kompetensiyasini
rivojlantiradi, balki raqamli jamiyatda mustaqil va ongli qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida
shakllanishiga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt, interaktiv platformalar, media vositalar – bularning
barchasi ta’limning sifatini oshirish, axboriy madaniyatni shakllantirishda muhim vositalardir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yuldasheva, D.X. (2022).

Axborot bilan ishlash malakasini shakllantirishda yangi

yondashuvlar

. Toshkent: Ilm Ziyo.

2.

Shodmonov, Q.X. (2021).

Pedagogik innovatsiyalar va AKT

. Samarqand: Tafakkur.

3.

UNESCO (2020).

Media and Information Literacy Curriculum for Teachers

.

4.

Abdurahmonov, A.S. (2020).

Pedagogik mahorat asoslari

. Toshkent: O‘qituvchi.

5.

Karimova, G.T. (2023).

AKT va raqamli didaktika: pedagoglar uchun qo‘llanma

. Toshkent:

Fan.
6.

Anderson, L.W. & Krathwohl, D.R. (2001).

A taxonomy for learning, teaching, and assessing: A

revision of Bloom's taxonomy of educational objectives

. New York: Longman.

7.

Yusupova, M.S. (2024).

Ta’limda sun’iy intellekt: imkoniyat va cheklovlar

. Nukus: Bilim.

8.

Davies, J. & Merchant, G. (2009).

Web 2.0 for schools: Learning and social participation

. New

York: Peter Lang.

References

Yuldasheva, D.X. (2022). Axborot bilan ishlash malakasini shakllantirishda yangi yondashuvlar. Toshkent: Ilm Ziyo.

Shodmonov, Q.X. (2021). Pedagogik innovatsiyalar va AKT. Samarqand: Tafakkur.

UNESCO (2020). Media and Information Literacy Curriculum for Teachers.

Abdurahmonov, A.S. (2020). Pedagogik mahorat asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.

Karimova, G.T. (2023). AKT va raqamli didaktika: pedagoglar uchun qo‘llanma. Toshkent: Fan.

Anderson, L.W. & Krathwohl, D.R. (2001). A taxonomy for learning, teaching, and assessing: A revision of Bloom's taxonomy of educational objectives. New York: Longman.

Yusupova, M.S. (2024). Ta’limda sun’iy intellekt: imkoniyat va cheklovlar. Nukus: Bilim.

Davies, J. & Merchant, G. (2009). Web 2.0 for schools: Learning and social participation. New York: Peter Lang.