TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH

Аннотация

Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sultamuratova , X. . (2025). TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(15), 48–50. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135525
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.


background image

48

TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH

Sultamuratova Xurliman Joldasbay qizi

Mustaqil tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16938806

Mustaqillik atalmish tarixiy ne’mat xalqimizning tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini

qayta tiklovchi, uni yangi mazmun bilan boyituvchi muhim omil bo‘ldi. O‘z navbatida ta’lim tizimi
mazkur omil doirasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida esa tarix fanini o‘qitish, unda
milliy asosga tayanish, xalqimizning ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik kabi
an’analari, andishalilik, iymon-insof, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o‘rganish va
ularni yoshlar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.

Vatanimiz tarixini haqqoniy, xolisona va chuqur o‘rganib, uning mohiyatini anglash

o‘quvchilarga ajdodlarning tarixiy an’analariga oid manbalari, ularning tarixan tarkib topganligini
tushunib olishlariga yaqindan ko‘mak beradi. Shu o‘rinda mamlakatimiz rahbari Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev “Milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa,
yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati juda katta. Аfsus, bu
fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda” », deb aytgan fikrining nechog‘lik dolzarbligi ayon bo‘ladi.

Ta’lim tizimi oldida turgani kabi tarix darsiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarning oshishi,

dars turlarining rang-barangligi, tarixiy manbalarga e’tiborning kuchayishi, zamonaviy pedagogik
hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kundalik ehtiyojga aylanishi bugungi
ta’limning asl manzarasidir. Qolaversa, ta’lim samaradorligiga bo‘lgan e’tiborning zaruratga
aylanishi jarayonida O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganish, yoshlarni o‘tmishimizning boy
madaniy va ma’naviy merosi, jahon ilmiy tafakkuri va madaniyatiga qo‘shgan hissasi bilan
tanishtirish, madaniyatimizning benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan
faxrlanish, milliy iftixor ruhini singdirishga yordam beradi. SHu bois, davlatimiz, millatimizning
haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga
aylandi. Mazkur muhim va dolzarb masalaning samarali echimini topish uchun yosh avlodning
tarixiy ongini shakllantirish kabi vazifa kun tartibidan joy olishi zarur. Buning uchun, nazarimizda,
eng avvalo tarix darsi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish
lozim. O‘quvchi tarixiy hodisa-voqealar, tarixiy sahna-manzaralarni chuqur anglashi uchun unda
ijodkorlik ruhini uyg‘otish yo‘llarini izlash kerak. Aks holda mavhum tasavvur bilan yoki
yodlattirish usuli orqali o‘rgatishga o‘xshagan metodlar zamon talabiga mutlaqo javob bermaydi.
Yana bir muhim omil, o‘quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish, ya’ni oldingi
darslarda o‘tilgan mavzularni keyingi darslar mazmuni bilan muntazam tarzda iloji boricha
uzviyligini izlab topish zarur. Albatta, har bir pedagog uchun muhimroq bo‘lgan yana bir omil –
tarix darslarida o‘quvchilar jamoasi orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Ijodkorlik ruhini uyg‘otish deganda nima nazarda tutiladi? Bunda tarix darsida

qo‘llaniladigan ijodiy topshiriqlar orasida tarixning ma’lum bir mavzularida ijodiy ishlarni yozish
muhim o‘rin egallaydi. Ijodiy ish yozdirish orqali bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarda yozma nutqni
rivojlantirish, tarixiy sanalar, voqealar, shaxslar va tarixiy joylarni tasavvur qilib, uni yozma ifoda
etish ijodiy hamda tarixiy tafakkur shakllantiriladi. Ijodiy yozma ishlar uchun tanlanadigan
mavzular ham albatta ma’lum talablardan kelib chiqishi lozim.

O‘quvchilarning tarixiy ong, tarixiy xotirasini shakllantirishda ularning ijodiy fikrlashi,

mustaqil bilim egallash ko‘nikmalarini rivojlantirish juda muhim. Shu o‘rinda o‘quvchilarning


background image

49

o‘zlarida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni turli vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni
o‘zlashtirishda darsda tashkil etilishi mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlar ham katta rol o‘ynaydi.
Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlar, tabiat va tabiiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni tarixiy-
badiiy ko‘rinish va mazmunda yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni hamkorlikda,
bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan didaktik o‘yinlar
yaxshi samara berishi mumkin. Zero, bunday o‘yinlar asosan jamiyat hayotidan olinadi.

O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, qo‘shimcha

bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda shubhasiz ijodiy o‘yinlar yaxshi samara beradi.
Tarix darslarida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar guruhining o‘zaro
hamkorlikda avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy izlanish va qo‘llash orqali
hal etishga qaratilgan didaktik o‘yinlar tabiiy holda o‘quvchining ijodiy ruhini uyg‘otadi hamda
rivojlantiradi. Chunki bunday didaktik o‘yinli darslarda o‘quvchilar hamkorlikda ishlab, o‘z
bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilimlarga ega bo‘ladilar.

Natijada o‘quvchilarda o‘z bilim va qobiliyatlariga ishonch hosil bo‘ladi, har bir o‘quvchi

sidqidildan har qanday puxta tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini anglab, chinakam bilim
olishga jiddiy kirishadi. O‘qituvchilar e’tiboriga bir muhim omilni yetkazishni joiz deb bildik. Bu
ham bo‘lsa, tarix darslarida o‘rtaga tashlangan muammoni echish jarayonida o‘qituvchi
o‘quvchilarga eng zarur fikrni aytmasligi. Aksincha, aynan shu fikrni shakllantiruvchi dalillar,
faktlarni keltirib o‘tishi kerak bo‘ladi. Qolaversa, o‘qituvchi muammoni qo‘yganda o‘quvchilarga
uni echishga doir puxta ko‘rsatmalar, yo‘llanmalar beradi va ish natijalarini baholash mezonlarini
e’lon qilib o‘tadi. Har bir darsda tarixiy bilimlarga oid o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan muammoning
murakkablik darajasi o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirishga yo‘naltirilgan holda belgilanadi.
O‘qituvchi aniq bilishi lozimki, muammoni hal qilishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar
o‘quvchilarga etarli darajada etkazilgan va ular tomonidan ma’lum darajada o‘zlashtirilgan bo‘ladi.

Xulosa qilib aytish lozimki, tarix darslarida o‘quvchilarning faolligini oshirish masalasi

yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishi, jumladan, xalq tarixiga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini
shakllantirish muammolari va ularning echimiga yo‘naltiriladi. Ammo bu faqat shu tor doiradagi
vazifalar degani emas. Aynan tarix darslarida yoshlar faolligini oshirish masalasini nazarda tutib,
o‘qituvchi shogirdlarining har qanday hayotiy voqeaga shaxsiy fikri, xulosasi hamda munosabatini
ifodalashini shakllantirib rivojlantira boradi.

YUqorida ta’kidlaganimizdek, ijodkorlik muhitini yaratishda barcha darslarda bo‘lgani kabi

tarix darslarida ham muammoli vaziyatlar alohida ahamiyatga ega. Muammoli o‘qitish
o‘qituvchidan mahorat talab qiladi va tabiiyki, o‘quvchini ham shunga undaydi. Muammoli
vaziyatni vujudga keltirish, bu muammoni hal qilish uchun o‘quvchilarning faol ishtirokini
ta’minlash, mustaqil fikr yuritishga jalb qilish o‘qituvchining o‘zidan ham ijodkorlikni talab etadi.

Bunday jarayonda o‘quvchilar izlanishlar, o‘rganishlar natijasida manbalardan unumli

foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil tafakkur yuritishni o‘zlashtira oladilar. Tarix fani
o‘qituvchisi hamisha bir qoidani yodda tutishi lozim. Bu qoidaning talqiniga ko‘ra, tarix fani, eng
avvalo, har bir fuqaroni, ayniqsa, yoshlarimizni xalq o‘tmishining mazmuni va mohiyatini anglash,
boy ma’naviy va madaniy merosimizni qadrlash, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, pirovard
ular bilan yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan ruhiy
madad va ibrat namunasini olishga keng va bepoyon imkon yaratadi. Odamlar qalbida ezgulik va
yaxshilik tuyg‘ularini shakllantirib, bugungi avlod kimlarning avlodi ekanini oydinlashtirib,
kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga yo‘naltiradi. Muxtasar qilib aytganda,


background image

50

1) bugun fanni o‘qitish metodikasida ta’limning turli usul va vositalari ilmiy jihatdan asoslab

berilgan. O‘qituvchi tanlagan didaktik materialning mazmun va xarakteridan kelib chiqib, unga
mos tarzda usul va vositalarni qo‘llab, ta’limiy faoliyatiga to‘g‘ri joriy qilishni yo‘lga qo‘ysa,
o‘quvchining faolligini oshirish masalasining yechimi yengilroq bo‘ladi;

2) dars ishlanmasini tayyorlash jarayonida o‘qituvchi albatta o‘quvchilarning bilish

imkoniyatlarini inobatga olsa, ularning tarixiy bilimlarini shakllantirish nisbatan oson kechadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. «Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda» nutqidan

20.01.2021 -yil
2.

Borzova L. Igrы na uroke istorii. – M.: «Vlados-Press», 2003.

3.

Yo‘ldoshev J., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. –

T., 2008.
4.

Toshpo‘latov T., G‘afforov YA. Tarix o‘qitish metodikasi. – T., »Universitet», 1999.

5.

Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (o‘quv

qo‘llanma). – T.: «Fan», 2006.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. «Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda» nutqidan 20.01.2021 -yil

Borzova L. Igrы na uroke istorii. – M.: «Vlados-Press», 2003.

Yo‘ldoshev J., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. – T., 2008.

Toshpo‘latov T., G‘afforov YA. Tarix o‘qitish metodikasi. – T., »Universitet», 1999.

Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (o‘quv qo‘llanma). – T.: «Fan», 2006.