JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING MAZMUNI

Аннотация

Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va “ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar mavjud.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
44-47

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ashurov, R. . (2025). JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING MAZMUNI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(15), 44–47. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/135526
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va “ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi. Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar mavjud.


background image

44

JAHON PSIXOLOGLARI TADQIQOTLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI

TUSHUNCHASINING MAZMUNI

Ravshan Ashurov

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16931438

Kompetentlik - shaxsning faoliyat predmetiga shaxsiy munosabatini o‘z ichiga olgan tegishli

kompetensiyaga ega bo‘lishi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari mehnat, tashkilot,
iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro ta’sirning asosiy tushunchalari bilan bog‘liq. Bu esa “kompetensiya” va
“ijtimoiy jarayonlar” fenomenlariga yagona harakat mexanizmi xos degan fikrni mustahkamlaydi.
Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv kompetentligining mazmuni va ma’nosi haqida turli xil qarashlar
mavjud.

Jumladan, N.O.Polishuk boshqaruv kompetensiyasi deganda tashkilotni boshqarish uchun

zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va tajribalar majmuini tushunadi [9]. Aksincha, V.P.Suxinin va M. V.
Gorsheninalarning fikricha [11], boshqaruv kompetentligi muammosi menejerlar faoliyatining
tashkilot muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini aniqlash va baholashning muhim parametri sifatida
paydo bo‘lgan.

“Boshqaruv kompetensiyasi deganda, boshqaruv faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan shaxsiy

psixologik xususiyatlar va xulq-atvor xususiyatlarini o‘z ichiga olgan bilim, amaliy ko‘nikma va
malakalarga, shuningdek, o‘ziga xos qobiliyatlarga ega bo‘lish tushuniladi”. S.S.Mixeyev boshqaruv
kompetensiyasini maxsus tur sifatida, kasbiy kompetentlikning muhim tarkibiy qismi sifatida
ko‘rib chiqadi [8]. “O‘z mazmuniga ko‘ra, bu samarali boshqaruv va insonlar bilan o‘zaro
munosabatlar, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish usullari va texnologiyalari
to‘g‘risidagi maxsus boshqaruv bilimlari va ularga mos keladigan boshqaruv ko‘nikmalari va
malakalari, boshqaruv tajribasi tizimidir”. Ushbu muallifning fikricha, boshqaruv kompetensiyasi
- bu boshqaruv faoliyatini yuqori samaradorlik bilan amalga oshirishga imkon beradigan tizimli-
tuzilmaviy, integral shaxsiy-faoliyatli xususiyatdir.

G.S-X.Dudayev boshqaruv kompetentligi [5] mutaxassis tomonidan amalga oshiriladigan

kasbiy boshqaruv faoliyati jihatida ochib beriladi, degan fikrga amal qiladi. U o‘zining mazmuniy-
ma’noviy negizida boshqaruv faoliyati sohasidagi nazariy tasavvurlarni, boshqaruv qarorlarini
qabul qilish texnologiyalarini, insonlar bilan o‘zaro munosabatlar usullari va texnikasini,
shuningdek, ushbu tasavvurlarga mos keladigan boshqaruv ko‘nikmalari, malakalari va
boshqaruv tajribasini jamlaydi.

Harbiy xizmatchining boshqaruv kompetensiyasi - bu uning egallagan kompetensiyalarini

boshqaruv vazifalarini samarali hal qilish va kasbiy-shaxsiy rivojlanish maqsadida standart
boshqaruv vaziyatlarida qo‘llash qobiliyati va tayyorligidir, deb hisoblaydi Yu.A.Turchanina [12].

Mazkur tadqiqotchi boshqaruv kompetensiyasi har doim boshqaruv faoliyatida namoyon

bo‘lishiga, xususan, harbiy xizmatchining boshqaruv kompetensiyasi faqat harbiy boshqaruvi
sohasida namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratadi.

Harbiy boshqaruvi esa, eng avvalo, boshqaruv jarayoni tuzilmasini tashkil etuvchi o‘zaro

bog‘liq tipik harakatlardan tashkil topadi. Demak, harbiy xizmatchining boshqaruv faoliyati
samaradorligi algoritmga muvofiq yoki umumiy boshqaruv texnologiyasi asosida harakat qilish
qobiliyati bilan belgilanadi [12].

Boshqaruv kompetentligini aniqlashga yondashuvlarning mavjud xilma-xilligi ushbu hodisa

haqidagi tasavvurni kengaytirish va uni harbiy boshqaruvi mutaxassislarining boshqaruv


background image

45

kompetensiyasiga nisbatan aniqlashtirish imkonini beradi. Ushbu tushunchaning mazmuniy-
semantik ma’nosini yoritish boshqaruv faoliyatining tabiatini, hal etiladigan vazifalarning o‘ziga
xos xususiyatlarini, shuningdek, harbiy xizmatchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini aniqlashni
talab qiladi.

O‘z navbatida tadqiqot ishimizning asosiy tushunchasi boshqaruv kompetensiyasi

bo‘lganligi bois, mazkur tushunchaning mazmunini yoritishga qaratilgan olimlarning qarashlarini
tahlil qilishga e’tiborimizni qaratdik. Jumladan, Ye.Yu.Zimina bo‘lajak kasb-hunar maktabi
o‘qituvchisining boshqaruv kompetensiyasini “uning faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga
(maqsadlar, tamoyillar, mazmun, texnologiyalar va boshqalar) muvofiq ta’lim oluvchilarga
samarali rahbarlikni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ichki resurslar tizimi” sifatida ta’riflaydi [6].

“Boshqaruv kompetensiyasi” tushunchasi muallif tomonidan tadqiq etilmagan. Bo‘lajak

o‘qituvchining boshqaruv kompetentligi muallif tomonidan boshqaruv kompetentligining ilmiy-
nazariy, operasion-texnologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘z ichiga olgan yaxlit tizim
sifatida taqdim etilgan.

O.A.Kuznesova talabalarning boshqaruv kompetensiyasi deganda ta’lim va mustaqil ta’lim

jarayonida shakllangan, o‘quv va kelajakda kasbiy vazifalarni hal qilish sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan
boshqaruv kompetensiyalari tizimini tushunadi. Boshqaruv kompetensiyasi esa tadqiqotchi
tomonidan “individ yaxshi xabardor bo‘lgan va boshqaruv faoliyatini amalga oshirishga
tayyorligini ko‘rsatadigan tadqiqot sohasi” sifatida qaraladi [7].

Muallif tomonidan boshqaruvchining ham funksional, ham shaxsiy xususiyatlarini o‘z ichiga

olgan talabaning boshqaruv kompetentligining integrativ tuzilmasi tavsiflangan. O.A.Kuznesova
funksional boshqaruv kompetensiyasi tarkibida zahiralarni boshqarish, insonlarni boshqarish,
axborotni boshqarish, faoliyatni boshqarish kabi kompetensiyalarni ajratib ko‘rsatadi. Shaxsiy
boshqaruv kompetensiyasi tuzilmasida esa maqsadni belgilash va baholash, liderlik,
muloqotmandlik, tashkilotchilik va rahbarlik qobiliyatlari mavjud [7].

Bu yo‘nalishda aksariyat mualliflar V.A.Slasteninning [10] pozisiyasiga tayanadilar va

pedagogning boshqaruv malakasini boshqaruv faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy
tayyorgarlikning yagonaligi sifatida ko‘radilar. Bunda pedagogik boshqaruv funksiyalari bilan
bog‘liq bo‘lgan va ushbu tayyorgarlikni tavsiflovchi boshqaruv bilim va ko‘nikmalaridan iborat
bo‘ladi.

Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning shaxsiy fazilatlari

to‘plami sifatida shaxsiy boshqaruv kompetensiyasi; tashkiliy, mutaxassisning o‘z kasbiy
faoliyatini tashkil etish, uni rejalashtirish va tashkil etishda mustaqilligini rivojlantirishga
qaratilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuini ifodalaydi; kommunikativ, muloqot asoslari
bo‘yicha shakllangan bilimlar va muloqot kanallarini qurish ko‘nikmalarining mavjudligi,
muloqotning turli variantlari (verbal, noverbal) madaniyati asoslarini bilish bilan belgilanadi;
motivasion (motivasiya kompetensiyasi), ushbu soha mutaxassisiga xos bo‘lgan asosiy
qobiliyatlar boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan motivasiya usullari va metodlari,
liderlik nazariyalari, jamoani rag‘batlantirish shakllari hisoblanadi [1,2, 3].

Boshqaruv kompetensiyasi ichki xarakteriga ega bo‘lib, tashqi vositalar yordamida emas,

balki faqat o‘zining shaxsiy tajribasi orqali o‘zlashtiriladi, u axborot tizimi ko‘rinishida
uzatilmaydi.


background image

46

G.S.-X.Dudayev boshqaruv kompetentligini tadqiq etib, uni mutaxassisning olgan bilimlarini

o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llash istagi sifatida belgilaydi: konstruktiv, kommunikativ, tashkilotchilik
va boshqalar [5].

T.I. Shamovaning fikricha, boshqaruv kompetentligi - bu maxsus boshqaruv bilimlari,

ko‘nikma va malakalari, shuningdek, orttirilgan ijtimoiy tajribalar majmuidir. Shaxsiy va kasbiy
sifatlarning ushbu majmuasi ijtimoiy ahamiyatli va shaxsiy kasbiy natijalarga erishish uchun
mutaxassisni ijodiy rivojlantirishga qaratilgan [13].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, bo‘lajak ofiserning boshqaruv

kompetentligi - bu mutaxassis shaxsining integral sifati bo‘lib, bo‘lajak ofiserning real harbiy-
kasbiy faoliyatda qo‘yilgan vazifalarning mohiyatiga kirish va boshqaruv qarorlarini qabul
qilishga tayyorligi va istagini nazarda tutadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bo‘lajak ofiserlarning harbiy-kasbiy tayyorgarlik jarayonidagi

boshqaruv kompetentligi uning tahliliy, loyihalash, tashkiliy va boshqa boshqaruv ko‘nikmalariga
ega bo‘lishini taqozo etadi.

Fuqarolik oliy ta’lim muassasasining harbiy o‘quv markazida harbiy tayyorgarlik dasturi

bo‘yicha ta’lim olayotgan fuqarolarning harbiy-kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka
talablari tahlili zamonaviy ta’lim tizimining nafaqat ofiser, balki o‘zining kasbiy faoliyatini ham, o‘z
qo‘l ostidagilar faoliyatini ham rejalashtirish va tashkil etishga qodir bo‘lgan harbiy mutaxassisni
tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. Shu bilan birga harbiy-kasbiy faoliyatni amalga
oshirishning yuqori sifatini ta’minlaydi. Bu bo‘lajak ofiserning boshqaruv kompetensiyasining
mohiyatini tashkil etadi. Boshqaruv kompetensiyasiga ega bo‘lish deganda, harbiy-kasbiy
faoliyatni uning turli ko‘rinishlarida boshqarish qobiliyati tushuniladi.

Shunday qilib, bo‘lajak ofiserlarning boshqaruv kompetensiyasi deganda, harbiy-kasbiy

faoliyat jarayonida doimiy ravishda o‘zgarishlarga uchraydigan, yangi standartlar, talablar va
shartlarga muvofiq tuzatiladigan tayyorgarlik, intilish va bilimlarni o‘z ichiga olgan butun bir tizim
tushuniladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Августимова О.С. Методика формирования управленческой компетентности у

студентов вузов физической культуры: автореф. дис. … канд. пед. наук. Волгоград, 2004. 24
с.;
2.

Баженова К.А. Формирование организационно-управленческой компетентности

педагогов-руководителей исследовательской деятельностью школьников: автореф. дис. …
канд. пед. наук. Чита, 2009. 24 с.;
3.

Бедняк С.Г. Роль IT-компетентности при формировании управленческой культуры

будущего специалиста // Вестник Самарского муниципального института управления.
2011. № 1 (16). С. 192-196;
4.

Дудаев Г.С.-Х. Методологические подходы к формированию управленческой

компетентности // Сборник материалов XV Международной научно-практической
конференции «Перспективы развития научных исследований в 21 веке» (Махачкала, 29
октября 2017 г.). Махачкала, 2017. С. 90-92.


background image

47

5.

Дудаев Г.С-Х. Формирование управленческой компетентности будущих специалистов

государственного управления: диссертация на соискание ученой степени кандидата
педагогических наук. Грозный, 2015. — 228 с.
6.

Зимина Е. Ю. Развитие управленческой компетентности будущего педагога

профессиональной школы [Текст] : дис. … канд. пед. наук / Е. Ю. Зимина. – Екатеринбург,
2004. – 172 с.
7.

Кузнецова О. А. Формирование управленческой компетентности у студентов

специальности «Управление качеством» [Текст] : дис. … канд. пед. наук / О. А. Кузнецова. –
Тольятти, 2007. – 220 с.
8.

Михеев С. С. Развитие управленческой компетентности государственного служащего:

диссертация на соискание ученой степени кандидата психологических наук. М., 2011. —
258 с.
9.

Полищук Н. О. Формирование управленческих компетенций в условиях смены

парадигм управления и образования / Материалы Всероссийской научной конференции,
Челябинск, 1 июня 2012 г. / ФГБОУ ВПО «ЧелГУ» — Челябинск: ООО «Печатный двор», 2012.
— С.108–112.
10.

Сластенин В. А. Педагогика [Текст] : учеб. пособие для студентов пед. учеб. заведений

/ В. А. Сластенин, И. Ф. Исаев, А. И. Мищенко, Е. Н. Шиянов. 4-е изд. – М. : Школьная Пресса,
2004. – 512 с.
11.

Сухинин В. П., Горшенина М. В. Введение в менеджмент. Учебное пособие — М.: Инфра-

М, 2010. — 464 с.
12.

Турчанина Ю. А. Структурная модель управленческой компетентности

государственного гражданского служащего // Научные ведомости. Серия Философия.
Социология. Право. — 2013. — № 2 (145). — С. 104–111.
13.

Шамова Т.И. Управление образовательными системами: учебное пособие для

студентов вузов, обучающихся по специальностям: 031000 – Педагогика и психология,
033400 – «Педагогика». М., 2005. 171 с

Библиографические ссылки

Августимова О.С. Методика формирования управленческой компетентности у студентов вузов физической культуры: автореф. дис. … канд. пед. наук. Волгоград, 2004. 24 с.;

Баженова К.А. Формирование организационно-управленческой компетентности педагогов-руководителей исследовательской деятельностью школьников: автореф. дис. … канд. пед. наук. Чита, 2009. 24 с.;

Бедняк С.Г. Роль IT-компетентности при формировании управленческой культуры будущего специалиста // Вестник Самарского муниципального института управления. 2011. № 1 (16). С. 192-196;

Дудаев Г.С.-Х. Методологические подходы к формированию управленческой компетентности // Сборник материалов XV Международной научно-практической конференции «Перспективы развития научных исследований в 21 веке» (Махачкала, 29 октября 2017 г.). Махачкала, 2017. С. 90-92.

Дудаев Г.С-Х. Формирование управленческой компетентности будущих специалистов государственного управления: диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. Грозный, 2015. — 228 с.

Зимина Е. Ю. Развитие управленческой компетентности будущего педагога профессиональной школы [Текст] : дис. … канд. пед. наук / Е. Ю. Зимина. – Екатеринбург, 2004. – 172 с.

Кузнецова О. А. Формирование управленческой компетентности у студентов специальности «Управление качеством» [Текст] : дис. … канд. пед. наук / О. А. Кузнецова. – Тольятти, 2007. – 220 с.

Михеев С. С. Развитие управленческой компетентности государственного служащего: диссертация на соискание ученой степени кандидата психологических наук. М., 2011. — 258 с.

Полищук Н. О. Формирование управленческих компетенций в условиях смены парадигм управления и образования / Материалы Всероссийской научной конференции, Челябинск, 1 июня 2012 г. / ФГБОУ ВПО «ЧелГУ» — Челябинск: ООО «Печатный двор», 2012. — С.108–112.

Сластенин В. А. Педагогика [Текст] : учеб. пособие для студентов пед. учеб. заведений / В. А. Сластенин, И. Ф. Исаев, А. И. Мищенко, Е. Н. Шиянов. 4-е изд. – М. : Школьная Пресса, 2004. – 512 с.

Сухинин В. П., Горшенина М. В. Введение в менеджмент. Учебное пособие — М.: Инфра-М, 2010. — 464 с.

Турчанина Ю. А. Структурная модель управленческой компетентности государственного гражданского служащего // Научные ведомости. Серия Философия. Социология. Право. — 2013. — № 2 (145). — С. 104–111.

Шамова Т.И. Управление образовательными системами: учебное пособие для студентов вузов, обучающихся по специальностям: 031000 – Педагогика и психология, 033400 – «Педагогика». М., 2005. 171 с