11
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Kirish
Jahonning rivojlangan mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishning innovatsion modeliga o‘tish mavjud tabiiy-iqtisodiy,
moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Innovatsion
rivojlanishga ustuvorlik berish uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish, ko‘plab global
muammolarni hal etish va yuqori ijtimoiy samaraga ega bo‘lishning asosiy omili
hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda milliy xo‘jaliklarning innovatsion rivojlanish strategiyasiga
o‘tishini ob’ektiv zaruriyat qilib qo‘yayotgan ikkita omilni alohida ajratib ko‘rsatish
mumkin:
Birinchidan, globallashuv va global raqobatning kuchayishi. Bu omilning ta’sirida
firmalarning yangi bozorlarga chiqish mud- datlari qisqarmoqda, kompaniyalar va
mamlakatlarning innovatsion harakatlari jadallashmoqda. Jahon ilmiy-texnika makonida
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TEXNOLOGIK
INNOVATSIYALARNING FAOLLIGINI OShIRISh
YO‘LLARI
Mamayev Bahodirjon
Nosirovich
AIQI, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, i.f.n.,
dotsent
E-mail:
Uraimova Mehriniso
AIQI, Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich 102-guruh talabasi
Jaxbarova Sarvinoz
AIQI, Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich 102-guruh talabasi
A
nno
ta
ts
iy
a
Maqolada texnologik innovatsiyalar sohasidagi joriy tendentsiyalar va
istiqbollarni o'rganadi, raqamli iqtisodiyotning turli tarmoqlarga ta'sirini
baholaydi,
davlat
tomonidan
qo'llab-quvvatlanayotgan
strategiyalar
samaradorligini tahlil qiladi, innovatsion rivojlanishda kichik va o'rta
korxonalar muhimligini ta'kidlaydi. Iqtisodiy o‘sishning innovatsion modeliga
o‘tishning milliy xo‘jaliklar rivojlanishiga ta’siri asoslangan, O‘zbekistonda
innovatsion rivojlanishga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
yoritib berilgan, innnovatsiyalarni joriy etishda mavjud hududiy tafovutlar va
ularni hal etish yo‘llari asoslangan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyot, innovatsiya, zamonaviy, ishlab chiqarish, texnologiya,
strategiya, raqamli iqtisodiyot, korxona, jarayon, biznes, hudud,
milliy xo‘jalik, jamiyat, davlat, globallashuv, moliyaviy resurs,
mehnat resurslari.
12
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
yangi global ishtirokchilarning paydo bo‘lishi innovatsiya jarayonlariga tobora faol ta’sir
ko‘rsatmoqda, xalqaro texnologiyalar almashinuvi, transmilliy kompaniyalar, xodimlar
mobilligining roli kuchaymoqda. Ayni vaqtda global muammolar еchimining innovatsiya
lashuv darajasi ortib bormoqda.
Ikkinchidan,
innovatsiyalarning
murakkablashuvi.
Innovatsiyalarning
tarmoqlararo xarakterga ega ekanligi unga kiritilayotgan investitsiyalarning tobora
qimmatlashuviga va tavakkalchilik darajasining oshishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda
alohida olingan firma innovatsiya bilan yakka shug‘ullanishi, barcha zaruriy tadqiqotlarni
moliyalashtirishi, bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishi ancha murakkab. Ayni
vaqtda innovatsiya faoliyatini birgalikda olib borish mu- staqillikni saqlab qolish, o‘z
manfaatlariga zarar keltirmaslik nuqtai nazaridan murakkab hisoblanadi.
XX asrning so‘nggi choragidan boshlab jahon iqtisodiyotidagi radikal tarkibiy
o‘zgarishlarni ta’minlagan muhim omillardan biri innovatsiyalar iqtisodiy rolining
o‘sganligi hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda innovatsiyaga asoslangan
iqtisodiyot shakllantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning intellektuallashuv
darajasini va yalpi ichki mahsulotning fan sig‘imini oshirish bugungi kundagi dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani
islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi еtakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez
va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va
texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Shuni hisobga olgan holda so‘nggi yillarda mamlakatimizda innovatsion
salohiyatdan samarali foydalanish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini
ko‘paytirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018 yil 21
sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019- 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-
son farmoni imzolandi. Farmonda ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya
qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh
mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganligi,
bu borada ko‘plab ko‘rsatkichlarning mavjud emasligi va ishlar samarali
muvofiqlashtirilmagani sababli mamlakatimiz so‘nggi yillarda nufuzli va obro‘li xalqaro
tuzilmalar tomonidan tuziladigan Global innovatsion indeks reytingida ishtirok
etmayotganligi, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarining ilmiy muassasalar bilan
o‘zaro hamkorligi darajasi pastligi, vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining innovatsion rivojlanish sohasidagi faoliyati lozim darajada
muvofiqlashtiril- mayotganligi bu boradagi birinchi navbatdagi maqsadlar va vazifalarga
erishish imkonini bermayotganligi qayd etilib, 2019-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l
xaritasi”, O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning
maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
13
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Strategiyaga muvofiq O‘zbekiston Respu blikasini 2030 yilga borib Global innova
sion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish
asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.
Albatta, bunday natijaga erishishda mamlakatimizda mavjud innovatsiya
salohiyatidan samarali foydalanish, ta’lim sifati va qamrovini oshirish, ilmiy tadqiqotlar
va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini
kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali
shakllarini joriy etish kabi masalalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash lozimki, innovatsion sohaning yadrosi mamlakatimiz hududlarida
faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalaridir. Ularning texnologik darajasi,
mahsulotlarining raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish samaradorligi, bozordagi o‘rni,
barqaror moliyaviy ahvoli bilimlarga, yangi texnologiyalarga, yangi mahsulotlarga,
boshqarish usul va tartiblariga talabni belgilaydi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda innovatsion mahsulotlar, ishlar
xizmatlar ishlab chiqarigan korxona va tashkilotlar soni 2010-2022 yillar davomida 7,5
barobarga ko‘payib, 289 tadan 2171 taga еtdi. Jumladan, birinchi marta innovatsion
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan korxonalar soni 1007
taga ko‘paydi.
Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishda
mamlakatimizda katta hududiy tafovutlar mavjud. 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, O‘zbekistonda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar,
ishlar, xizmatlarning asosiy qismi 5 ta hudud – Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Andijon, Toshkent va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xususan, 2016 yilda bu beshta hududning jami ko‘rsatkichdagi ulushi 2016 yilda 89,9
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu hududlarning ulushi 90,8 foizga еtdi. Ko‘rinib
turibdiki, mamlakatimizda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar,
ishlar, xizmatlar asosan 5 ta hududda konsentratsiyalashgan bo‘lib, 2016 yilda 6 ta, 2022
yilda 5 ta hududning ulushi 1 foizga ham еtmadi.
1-jadval
O‘zbekistonda 2016-2022 yillarda o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan innovatsion
mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning hududiy tarkibi (%)
Viloyatlar kesimida
2016 yil
2022 yil
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
18,3
21,2
Andijon
8,3
20,3
Buxoro
0,7
0,4
Jizzax
0,6
1,0
Qashqadaryo
1,9
0,8
Navoiy
0,7
1,5
Namangan
1,5
1,3
Samarqand
6,0
4,2
14
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Surxondaryo
0,4
0,4
Sirdaryo
0,9
0,9
Toshkent
9,3
6,4
Farg‘ona
2,6
2,2
Xorazm
0,7
0,7
Toshkent shahri
48
38,7
2017 yilda 975 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 1946 turdagi texnologik
innovatsiya joriy etildi. Bu innovatsiyalarning 61,6 foizi yoki 1198 tasi kichik va
mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayni vaqtda bu еrda ham katta hududiy tafovut
kuzatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, mamlakatimiz
hududlarida innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining innovatsion rivojlanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsiya faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
korxonalarning yarmidan ko‘prog‘ini ishlovchilar soni 500 kishidan ko‘p bo‘lgan
korxonalar tashkil etadi. Bu albatta, tabiiy hol, chunki yirik salohiyat va moliyaviy
mablag‘larga ega bo‘lgan korxonalar mustaqil ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik
ishlarini olib borishlari, innovatsiya faoliyatini yuri- tishlari mumkin.
Mamlakatimiz
hududlarida
korxona
uchun
innovatsiya
jarayonlarini
faollashtirishda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni mar- kazlashmagan holda tashkil etish
muhim o‘rin egallaydi. Bunda asosiy e’tibor qonunchi- likda belgilab berilgandek, o‘z-
o‘zini tashkil etishga qaratilmog‘i lozim. Bu esa korxonada tadqiqotchilar jamoasini
tashkil etishni taqozo etadi.
Markazlashmagan boshqaruv tizimida shartnoma munosabatlari alohida
ahamiyatga ega. Bu munosabatlar, odatda, buyurtmachi va ijrochi o‘rtasida yuzaga
keladi. Korxonada tashkil etilgan tadqiqot guruhi va korxona rahbariyati o‘rtasida
istiqbolli innovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolanadi.
Bundan tashqari korxona va ilmiy-texnikaviy va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari,
ilmiy-sanoat uyushmalari va boshqa yirik markazlar ham innovatsiya loyihalarini ishlab
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolashlari mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, korxonalar tomonidan texnologik yangiliklarga
bo‘lgan talab ko‘p jihatdan uning resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi bilan
belgilanadi. Moliyalashtirishning еtarli darajada bo‘lmasligi samarali innovatsiya
loyihalarining amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida
iqtisodiyotdagi umumiy innovatsiya faolligining pasayishiga olib keladi.
Innovatsiya sohasidagi stagnatsiya ko‘p jihatdan davlat tomonidan innovatsiya
sohasining еtarli darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi bilan bog‘liq. Shu sababli davlat
innovatsiya siyosati yangiliklarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qartilmog‘i lozim.
15
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Davlatning innovatsiya siyosati davlatning ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatish
usullari yig‘indisidan iborat bo‘lib, uning maq- sadi yangi turdagi mahsulot va
texnologiyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, milliy tovarlarga xizmat
ko‘rsatish bozorlarini kengaytirishdan iborat.
Davlat innovatsiya siyosatining maqsadi va yo‘nalishlari, eng avvalo, u yoki bu
tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati hamda
mazkur tarmoq asosiy mahsulotining raqobatbardoshlik da rajasiga bog‘liq.
Davlat innovatsiya siyosatining quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
-
innovatsiya faoliyatining, uni amalga oshirish mexanizmining me’yoriy-
huquqiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
-
innovatsiya faoliyati, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmtalab mahsulotlarning
raqobatbardoshlik darajasi va eksporti hajmini oshirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini
barpo etish;
-
innovatsiya jarayonining infratuzilmasini, shu jumladan, axborot ta’minoti,
ekspertiza, moliya-iqtisodiy, sertifikatsi- yalash va ishlanmalarning bozorlarga kirib
borish tizimini rivojlantirish;
-
kichik korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyati uchun qulay shart-
sharoitlarni barpo etish hamda ular faoliyatining dastlabki bosqichlarida davlat
tomonidan yordam ko‘rsatish yo‘li bilan kichik innovatsiya tadbirkorligini rivojlantirish;
-
innovatsiya loyihalari va dasturlarini konkurs asosida tanlash tizimini
takomillashtirish.
Jahon amaliyotida innovatsiya faoliyatini amalga oshirish usullari ishlab chiqilgan
bo‘lib, uning asosiy maqsadi innovatsiya loyihalari va dasturlarini samarali tarzda
amaliyotga joriy etishdan iborat.
Innovatsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
•
innovatsiya sohasida ijobiy o‘zgarishlarga erishish uchun qonuniy shart-
sharoitlarni barpo etish (ya’ni qonunchilikda tegishli huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish
ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim);
•
ilmtalab, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga o‘z mablag‘larini
kiritayotgan investorlarni, shuningdek, tashkilotlarni (innovatsiyalarni o‘zlashtirish
davrida) muayyan soliq imtiyozlarini kiritish, davlat kafolatlari va kreditlar hisobidan
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
•
innovatsiya faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlarni barpo etish maqsadida
soliq tizimini takomillashtirish;
•
milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorda sotish bo‘yicha
qo‘shma korxonalar barpo etish, milliy innovatsiyalarni xorijda keng targ‘ib qilishni
ta’minlash, innovatsiya loyihalari bo‘yicha axborot almashinuvi uchun xalqaro axborot
tizimlariga kirib borish uchun shart-sharoitlar yaratish;
•
eng yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida innovatsiya
loyihalarini davlat kafolati ostida amalga oshirishni ko‘zda tutib, uskunalar,
16
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
texnologiyalarga litsenziyalar va nou-xaularni sotib olish, innovatsiya infratuzilmasini
rivojlantirish uchun xorijiy kredit liniyalarida kvotalarni ta’minlash;
•
Yevropa Ittifoqi, MDHga a’zo mamlakatlar, shuningdek, boshqa mamlakatlar
bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat hokimiyati organlari va
xususiy investorlar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish;
•
ilmtalab uskunalar lizingini rivojlantirish;
•
innovatsiya nuqtai nazaridan faol tashkilot va korxonalarni xalqaro konkurslarda
ishtirokini ta’minlash;
•
umummilliy xarakterga ega bo‘lgan, ammo xususiy korxonalar uchun jozibador
bo‘lmagan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat investitsiyalarini
ajratish va h.k.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, innovatsion iqtisodiyot murakkab mexanizm
bo'lib, unda texnologik innovatsiyalar, raqamli transformatsiyalar, davlat tomonidan
qo'llab-quvvatlash hamda kichik va o'rta korxonalarning faol ishtiroki muhim o'rin tutadi.
Shularni hisobga olgan holda quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
-Texnologik innovatsiyalar va raqamli transformatsiya zamonaviy iqtisodiyotning
harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, hozirgi tendensiyalarni belgilab beradi va rivojlanish
istiqbollarini shakllantiradi.
-Innovatsiyalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash innovatsiyalar uchun qulay
muhit yaratishda muhim rol o'ynaydi, samarali siyosat va chora-tadbirlarni talab qiladi.
-Kichik va o'rta korxonalar innovatsion jarayonlarda faol ishtirok etib, iqtisodiy
xilma-xillikni rag'batlantiradi va o'sishni rag'batlantiradi.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish davlat, biznes va jamiyatning kelishilgan
harakatlarini talab qiluvchi murakkab jarayondir. Faqatgina birgalikdagi sa'y-harakatlar
va strategiyalar barqaror va innovatsion kelajakka erishadi. Texnologiyani faol tatbiq
etish, tegishli davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va biznesning barcha darajadagi
ishtiroki muvaffaqiyatning asosiy komponentlari hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli farmoni.
2. Abulqosimov H.P. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma.-T.:
Akademiya, 2012.-161-162-bet.
3. Umarov, Tursunboy Sayfiddin o‘g‘li (2024) Korrelyatsiya koeffitsientini
statistik baholash. Analytical Journal of Education and Development, 4 (5). pp. 413-415.
ISSN 2181-2624
4. T
adbirkorlik faoliyatida loyixaviy boshqaruvni rivojlantirish tendensiyalari va
Y. Nematillo “PEDAGOGS” international research journal 59 (Issue-1), 202-
207
17
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
5. Shukurullaevna, B. S. (2023). Management system for the effective use of labor
potential in the development of integration processes. Best Journal of Innovation in
Science, Research and Development, 466-473.
6. Qahhorov, S. (2023). Soliq siyosatini iqtisodiy faollikka yo ‘naltirilgan
mexanizmlarini takomillashtirish. Educational Research in Universal Sciences, 2(14),
261-263.
7. Davidova D. T. Sug‘urtada axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan
foydalanish mezonlari //models and methods for increasing the efficiency of innovative
research. – 2023. – T. 2. – №. 23. – S. 56-62.
8. Mamayev B.N. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda raqamli
marketing elementidan biri internet-reklamadan foydalanishning tendensiyalari
8 (2022): O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali
9. Mamayev B.N. O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini ta’minlashning
o‘ziga xos jihatlari, International scientific journal “Interpretation and researches”
Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2
10. Mamayev , B. N. (2023). O‘zbekiston baliq sanoatini rivojlantirishda
klasterlash. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 693–700. Retrieved from
http://erus.uz/index.php/er/article/view/4511
