SINGAPUR UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA REFLEKSIV YONDASHUV TAJRIBASI: O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MASALALARI VA QIYOSIY TAHLILI

Annotasiya

Singapurda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, O‘zbekistonda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, pedagogik jarayonlarni boshqarish, refleksiv yondashuv tajribasi, qiyosiy tahlil, afzalliklar va tavsiyalar kabi masalalar atroflicha yoritib berilgan.

4-9
8

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Odiljanova , G. ., Nodirov , J. ., & Shodmanov , Q. . (2025). SINGAPUR UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA REFLEKSIV YONDASHUV TAJRIBASI: O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MASALALARI VA QIYOSIY TAHLILI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(11), 4–9. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/99369
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Singapurda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, O‘zbekistonda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, pedagogik jarayonlarni boshqarish, refleksiv yondashuv tajribasi, qiyosiy tahlil, afzalliklar va tavsiyalar kabi masalalar atroflicha yoritib berilgan.


background image

4

SINGAPUR UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK

JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA REFLEKSIV YONDASHUV

TAJRIBASI: O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MASALALARI VA

QIYOSIY TAHLILI

Odiljanova Gulasal Ilxomjon qizi

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

E-mail: gulasalodiljanova@mail ru

Nodirov Jaxongir Muxamadjanovich

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

E-mail: jahongir78@umail.uz

Shodmanov Qodirjon Odilxanovich

Namangan davlat universiteti dotsenti, p.f.n.

E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15553741

Annotatsiya:

Singapurda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, O‘zbekistonda

pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, pedagogik jarayonlarni boshqarish, refleksiv
yondashuv tajribasi, qiyosiy tahlil, afzalliklar va tavsiyalar kabi masalalar

atroflicha

yoritib

berilgan.

Kalit so‘zlar:

Pedagogik jarayonni tashkil etish, pedagogik jarayonni boshqarish, CPA

metodikasi, refleksiv suhbatlar, refleksiv yondashuv, qiyosiy tahlil.

ОПЫТ РЕФЛЕКСИВНОГО ПОДХОДА К ОРГАНИЗАЦИИ И УПРАВЛЕНИЮ

ПЕДАГОГИЧЕСКИМ ПРОЦЕССОМ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЯХ СИНГАПУРА: ВОПРОСЫ ВНЕДРЕНИЯ В СИСТЕМУ

ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА И СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ

Одилжанова Гуласал Илхомжон кизи

Докторант Наманганского государственного университета

E-mail: gulasalodiljanova@mail ru

Нодиров Жахонгир Мухамаджанович

Докторант Наманганского государственного университета

E-mail: jahongir78@umail.uz

Шодманов Кодиржон Одилханович

П.ф.н., доцент Наманганского государственного университета

E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com

Аннотация:

Подробно освещены такие вопросы, как организация и управление

педагогическими процессами в Сингапуре, организация и управление педагогическими
процессами в Узбекистане, управление педагогическими процессами, опыт рефлексивного
подхода, сравнительный анализ, преимущества и рекомендации.

Ключевые

слова:

Организация

педагогического

процесса,

управление

педагогическим процессом, методика КПА, рефлексивные беседы, рефлексивный подход,
сравнительный анализ.

EXPERIENCE OF A REFLECTIVE APPROACH TO ORGANIZING AND MANAGING

THE PEDAGOGICAL PROCESS IN GENERAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS OF

SINGAPORE: ISSUES OF IMPLEMENTATION IN THE EDUCATION SYSTEM OF

UZBEKISTAN AND COMPARATIVE ANALYSIS


background image

5

Odiljanova Gulasal Ilxomjon kizi

Doctoral student at Namangan State University

E-mail: gulasalodiljanova@mail ru

Nodirov Jaxongir Muxamadjanovich

Doctoral student at Namangan State University

E-mail: jahongir78@umail.uz

Shodmanov Кodirjon Odilxanovich

Associate Professor at Namangan State University

E-mail: Kshodmanov1969@gmail.com

Annotation:

The article covers in detail such issues as the organization and management of

pedagogical processes in Singapore, the organization and management of pedagogical processes
in Uzbekistan, the management of pedagogical processes, the experience of a reflective approach,
comparative analysis, advantages and recommendations.

Key words:

Organization of the pedagogical process, management of the pedagogical

process, methodology of CPA, reflective conversations, reflective

approach, comparative analysis.

KIRISH

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga

murojaatnomasida ta’lim sohasida boshlangan islohotlarni davom ettirish

zarurligini ta’kidlagan.

Prezidentning 2023-yilga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida “2023-2024 o‘quv yilidan
boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va
milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ
ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlarini

amaliyotga kiritilish” vazifasi belgilangan.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida va 2022-2026-yillarda xalq ta’limini

rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturda 2026-yilgacha mazkur dasturni to‘liq amaliyotga joriy qilish
ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan umumiy o‘rta ta’limni yangi

rivojlanish bosqichiga ko‘tarish, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari barqaror taraqqiyotga
olib bora oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab berish maqsadida ilg‘or milliy va xorijiy
tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, o‘qitish
metodikasi va ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi [1].

Ta‘lim jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishda pedagogika sohasidagi

bilimlardan foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llash metodlarini takomillashtirish bo‘yicha
Germaniya, Yaponiya, Malayziya, Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya kabi
dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ta’lim sohasini modernizatsiyalash, innovatsion
texnologiyalarni tatbiq etish, o‘qitishning didaktik asoslarini global strategiyalar sifatida
pedagogik amaliyotga tatbiq etish tendensiyalari kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim
eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda uzluksiz ta’limning barcha
bosqichlarida “Ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish” dolzarb
vazifa etib belgilandi.

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali ta’lim tarbiyada qotib qolgan,

o‘z dolzarbligini yo‘qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni
munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ega bo‘lamiz.


background image

6

Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar

sur’atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta’lim tizimi
takomillashtirilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim sifati ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida
yuksaltirilmoqda.

Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan

maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim
maskanlari tashkil etildi. Ularda xalqaro tajribalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar yo‘lga
qo‘yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi.

Ta’lim sifatini oshirishda pedagogik vositalarni qo

llash, ta’limda tashabbuskorlik va

ijodkorlikka keng yo

l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi xorijiy tajribalarini o

rganish

ayni muddaodir.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan

ijtimoiy jarayon ekanligi e’tirof qilingan haqiqatdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Respublikamiz olimlaridan, S.T.Turg’unov, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva,

Yo‘ldoshev J.F. Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. A. Karimov kabi bir qator
tadqiqotchi olimlar shug‘ullanganlar. Ularning ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘rta ta’lim muassasalarida
pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga oid ma’lumotlar ta’kidlanadi [3], [4], [11].

Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar yo‘nalishlari va ularning natijalariga ko‘ra aytish mumkinki,

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishda
ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil

etish va boshqarush masalasi muhokama qilinadi. O‘zbekiston va Singapur mamlakatlarining
ta’lim tizimini tashkil etish va boshqarishga refleksiv yondashuv texnologiyalari joriy qilish
qiyosiy tahlil qilindi, ularning kuchli va zaif jihatlarini aniqlandi hamda ilg‘or tajribalarni o‘zaro
solishtirish orqali amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Ta’lim tashkilotini boshqarish samaradorligi rahbarning ham, o’qituvchilarning ham

pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog’liq, ta’lim tashkilotlarida ta’limni rivojlantirish,
ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilish borasida xorijiy mamlakatlar (Singapur, Malayziya,
Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Shvetsiya, AQSh)ning tajribalari O’zbekiston ta’lim
tizimidagi holatlar bilan qiyosiy tahlil qilinishi lozim. Bu o‘rinda ilg‘or mamlakatlarning oliy o‘quv
dargohlari bilan xalqaro ilmiy pedagogik aloqalarni rivojlantirish, xalqaro ta’lim dasturlarida
ishtirok etish, xalqaro loyiha va dasturlarda qatnashish uchun buyurtmalar berish, mamlakat ilm-
fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatiga qo‘shilishini faollashtirish maqsadida olimlar va pedagoglar
bilan o‘zaro fikr almashinuv jarayonini kuchaytirish lozim.

Singapur umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va

boshqarishda refleksiv yondashuv tajribasi: O‘zbekiston ta’lim tizimiga joriy etish masalalari va
qiyosiy tahlili keltirilgan.

Pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarishda refleksiv yondashuv

pedagoglarning o‘z faoliyatini tahlil qilish, o‘rganish va takomillashtirishga qaratilgan
metodologiyadir. Singapur umumiy o‘rta ta’lim tizimida bu yondashuv o‘qituvchilarning kasbiy


background image

7

rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Quyida Singapur tajribasi va O‘zbekiston ta’lim tizimiga
refleksiv yondashuvni joriy etish masalalari qiyosiy tahlil qilinadi.

Singapur ta’lim tizimida refleksiv yondashuv.

Singapurda o‘qituvchilarning kasbiy

rivojlanishi uchun refleksiv yondashuv asosida tashkil etilgan bir nechta dasturlar mavjud.
Masalan, Singapur Musiqa o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan professional rivojlanish loyihasida
o‘qituvchilar o‘z pedagogik amaliyotlarini tahlil qilish, yangi metodlarni sinab ko‘rish va
o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali kasbiy o‘sishga erishganlar. Bu jarayon “reflektiv suhbatlar”
orqali amalga oshirilgan [10].

Singapur ta’lim modeli dunyodagi rivojlangan ta’lim tizimlari orasida eng samarali

usullardan biri sifatida e’tirof etilgan. Singapur yondashuvi yuqori natijalarga erishganligi bilan
mashhur bo‘lib, xalqaro PISA (Programme for International Student Assessment) va TIMSS
(Trends in International Mathematics and Science Study) reytinglarida doimiy ravishda yuqori
o‘rinlarni egallab kelmoqda [2].

Singapur ta’lim tizimi maxsus pedagogik yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, unda

o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni mustaqil muammolarni hal qilishga
yo‘naltirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Ushbu tizimda boshlang‘ich sinflar alohida e’tibor bilan
o‘qitilib, an’anaviy yodlash metodlaridan ko‘ra tushun chalarni vizualizatsiya qilish, muammolarni
real hayot bilan bog‘lash va o‘quvchilarning mustaqil tahliliy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga urg‘u beriladi. Aynan shu sababli ko‘plab davlatlar Singapur ta’lim tizimini o‘z
ta’lim dasturlariga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar [3].

Singapur ta’lim modelining asosiy uch tamoyili – Concrete (Aniq), Pictorial (Tasviriy) va

Abstract (Mavhum) (bosqich)tamoyillari orqali o‘quvchilarga tushunchalarni bosqichma-bosqich
o‘rgatishdan iborat. Ushbu model tufayli bolalar mavzuni o‘zlashtirish jarayonida nafaqat nazariy
bilimlarni, balki ularning amaliy qo‘llanilishini ham o‘rganadilar. Bunday tizimli yondashuv
O‘zbekistonda matematik savodxonlikni oshirish va xalqaro maydonda o‘quvchilarning
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin [6].

O‘zbekiston ta’lim tizimida refleksiv yondashuvning joriy etilishi. O‘zbekistonda ta’lim

tizimida refleksiv yondashuvni joriy etish uchun bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
UNESCO tomonidan amalga oshirilgan “O‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishni moslashtirish va
kengaytirish” loyihasi doirasida o‘qituvchilarga refleksiv yondashuv asosida professional
rivojlanish imkoniyatlari taqdim etilgan. Loyihada o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini tahlil qilish,
o‘zgarishlarni amalga oshirish va o‘zini-o‘zi baholash orqali kasbiy o‘sishga erishganlar .

Shuningdek, O‘zbekistonda “Yuksalish sari 45 daqiqa” nomli o‘qituvchilar uchun innovatsion

pedagogika bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqilgan. Bu qo‘llanma o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini
refleksiv yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi [8].

Qiyosiy tahlil

Aspektlar

Singapur tajribasi

O‘zbekiston tajribasi

Pedagogik

rivojlanish

Refleksiv yondashuv asosida

tizimli rivojlanish

Loyihalar va qo‘llanmalar orqali

rivojlanish

Metodologiya

CPA metodikasi, refleksiv

suhbatlar

Innovatsion qo‘llanmalar, onlayn

platformalar

O‘qituvchilarni

qo‘llab-quvvatlash

Professional rivojlanish

markazlari, mentorlik tizimi

UNESCO loyihalari, “Yuksalish

sari 45 daqiqa” qo‘llanmasi


background image

8

Natijalar

Yuqori sifatli ta’lim,

o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi

O‘qituvchilarning faoliyatini tahlil

qilish va takomillashtirish

Xulosa va tavsiyalar

Singapur tajribasi o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida refleksiv yondashuvning samarali

ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham bu yondashuvni kengaytirish uchun quyidagi
tavsiyalarni berish mumkin:

1.

Refleksiv yondashuvni o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga kiritish:

O‘qituvchilarga

o‘z darslarini tahlil qilish va o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish.

2.

Onlayn platformalar orqali professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash:

O‘qituvchilar

uchun onlayn kurslar va resurslarni taqdim etish.

3.

Mentorlik tizimini joriy etish:

Yosh o‘qituvchilarni tajribali o‘qituvchilar bilan bog‘lash

orqali ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlash.

4.

Refleksiv yondashuvni ta’lim dasturlariga kiritish:

O‘qituvchilarni tayyorlash

dasturlarida refleksiv yondashuvni asosiy komponent sifatida qo‘shish.

YAKUNIY XULOSA

Singapur tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim sifati va o‘qituvchilar malakasi bevosita ularning

refleksiv faoliyatga jalb qilinganlik darajasiga bog‘liq. Refleksiv yondashuv, nafaqat o‘qituvchining
o‘z faoliyatini tahlil qilishi, balki tizimli tarzda uni qayta ko‘rib chiqish va rivojlantirish uchun asos
yaratadi.

O‘zbekistonda bu boradagi dastlabki qadamlar tashlangan, ammo bu jarayonni yanada

kengroq va tizimli tarzda olib borish talab etiladi. Eng muhimi, ta’lim muassasalarida refleksiv
yondashuvga asoslangan ichki madaniyat shakllantirilishi lozim.

Takliflar:

-

Ta’lim tashkilotlarida refleksiv jurnal yuritishni yo‘lga qo‘yish.

-

Har chorak yakunida o‘qituvchilarning refleksiv tahlil asosida o‘zlashtirish monitoringini

o‘tkazish.

-

O‘quvchilar fikrini reflektiv metod orqali yig‘ish va bu orqali o‘qituvchi faoliyatini baholash.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga

ko‘taramiz. Toshkent.: “O‘zbekiston” 2017.
2.

Abdullayev, B. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Toshkent: Fan

nashriyoti. 2019.
3.

S.T.Turg’unov, L.A.Maqsudova, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva. Pedagogik

jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari.
Toshkent – 2014.
2.

Rahimov, M., & Shodmanov, Q. (2022). Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik

jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga asosiy yondashuv texnologiyalari. Евразийский
журнал академических исследований, 2(13), 1267–1271. извлечено от

https://www.in-

academy.uz/index.php/ejar/article/view/7932

3.

R.Alimov O‘zbekiston ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent:


background image

9

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. 2020.
4.

O‘.F.Taniqulova. Boshlang‘ich ta’limda ta’lim samaradorligini oshirishda xorijiy tajribalardan

foydalanish mexanizmlari (singapur ta’lim tizimi misolida). Maktabgacha va maktab ta’limi. 5-son.
2025.
5.

Chee, Y. S., & Tan, L. W. (2014). Becoming a 21st Century Teacher: Reflections from

Singapore’s Professional Learning Communities. In: C.-Y. Tan (Ed.), Education in Singapore (pp.
365–380). Springer. =
6.

UNESCO (2022). Adapting and Scaling Teacher Professional Development Approaches in

Uzbekistan: A Research Project.

https://www.unesco.org/en/articles/adapting-and-scaling-

teacher-professional-development-approaches-uzbekistan-research-project

7.

OECD (2019). Teacher professionalism and reflective practices in Singapore. OECD

Education Policy Perspectives.

https://www.oecd.org/education/policy-outlook/

8.

Jalolova.M.M. Matematika darslarida singapur o`qitish metodlari. «Zamonaviy dunyoda ilm-

fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya. 2025 y.
9.

G.Anorqulkova, A. Karimov. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xos yo‘nalishi uslub

va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent.: “O‘zbekiston” 2017.

Abdullayev, B. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni. Toshkent: Fan nashriyoti. 2019.

S.T.Turg’unov, L.A.Maqsudova, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari. Toshkent – 2014.

Rahimov, M., & Shodmanov, Q. (2022). Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga asosiy yondashuv texnologiyalari. Евразийский журнал академических исследований, 2(13), 1267–1271. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/7932

R.Alimov O‘zbekiston ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. 2020.

O‘.F.Taniqulova. Boshlang‘ich ta’limda ta’lim samaradorligini oshirishda xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmlari (singapur ta’lim tizimi misolida). Maktabgacha va maktab ta’limi. 5-son. 2025.

Chee, Y. S., & Tan, L. W. (2014). Becoming a 21st Century Teacher: Reflections from Singapore’s Professional Learning Communities. In: C.-Y. Tan (Ed.), Education in Singapore (pp. 365–380). Springer. =

UNESCO (2022). Adapting and Scaling Teacher Professional Development Approaches in Uzbekistan: A Research Project. https://www.unesco.org/en/articles/adapting-and-scaling-teacher-professional-development-approaches-uzbekistan-research-project

OECD (2019). Teacher professionalism and reflective practices in Singapore. OECD Education Policy Perspectives. https://www.oecd.org/education/policy-outlook/

Jalolova.M.M. Matematika darslarida singapur o`qitish metodlari. «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya. 2025 y.

G.Anorqulkova, A. Karimov. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xos yo‘nalishi uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.