87
MIRZO ULUG'BEK: MANGULIKKA DAXLDOR SIYMO
Hazratova Zebiniso Jahongir qizi
Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi
zebinisohazratova61@gmail.com
919623231
https://doi.org/10.5281/zenodo.15131960
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XIV asr oxiri – XV asrda yashab o’tgan temuriy hukmdor,
buyuk mutafakkir hamda olim sifatida o’zidan o’chmas iz qoldirgan Ulug’bek Muhammad
Tarag’ayning hayoti va siyosiy faoliyati haqida qisqacha yoritib beriladi. Shu o'rinda XV-XVI
asrlarda Samarqandning ilm-fan markaziga aylanganini alohida takidlash lozim. Mazkur
maqolada ushbu masalaning bayoni keltiriladi.
Kalit sо‘zlar:
Samarqand, ilm-fan, adabiyot, muhit, ijod, tarix, Mirzo Ulug’bek, “Buyuk
xoqon”, Amirak Ahmad, 1410-yil.
Abstract:
This article briefly describes the life and political activity of Ulugbek Muhammad
Taragai, a Timurid ruler who lived at the end of the 14th - 15th century, left an indelible mark as
a great thinker and scientist. It should be noted that Samarkand became a center of science in the
15th-16th centuries. This article describes this issue.
Key words:
Samarkand, science, literature, environment, creativity, history, Mirzo
Ulug'bek, "The Great Khan", Amirak Ahmad, 1410.
Аннотация:
В данной статье кратко описана жизнь и политическая деятельность
Улугбека Мухаммада Тарагая – тимуридского правителя, жившего в конце XIV – XV века,
оставившего неизгладимый след как великий мыслитель и учёный. Следует отметить,
что Самарканд стал центром науки в 15-16 веках. В этой статье описана эта проблема.
Ключевые слова:
Самарканд, наука, литература, окружающая среда, творчество,
история, Мирзо Улугбек, «Великий хан», Амирак Ахмад, 1410 год.
Kirish.
Mirzo Ulug‘bek – buyuk davlat arbobi, olim va astronom bo‘lib, uning ilm-fan
rivojiga qo‘shgan hissasi jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat o‘z davrining eng yirik
astronomik tadqiqotlarini olib borgan, balki ilmiy markazlar tashkil etib, keyingi avlod olimlariga
mustahkam zamin yaratgan. Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bek faoliyati, uning ilmiy yutuqlari va
ularni o‘rganishda qo‘llanilgan tadqiqot metodlari tahlil qilinadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ilmiy, madaniy sohalardagi islohotlar natijasida dunyoga
mashhur allomalarimiz ilmiy merosini, yaratgan ta’limotlari tadqiqiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu borad Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz ajdodlarimizning donishmandlik
an’analariga amal qilib, ularning g‘oyalarini teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga
oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz”
Dunyoda globallashuv davrida inson qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan bir paytda
mutafakkir allomalarining ilg‘or va bunyodkor g‘oyalarini o‘rganish, targ‘ib qilish masalasiga
alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Sharq ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirgan
buyuk siymolardan biri Mirzo Ulug‘bekdir. U nafaqat Movarounnahrning dono hukmdori, balki
ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan astronom, matematik va olim edi. Uning ilmiy faoliyati faqat
Markaziy Osiyo bilan chegaralanib qolmay, balki butun jahon fani taraqqiyotiga katta ta’sir
ko‘rsatdi. Mirzo Ulug‘bek o‘z hukmronligi davrida ilm-fanga katta e’tibor berib, Samarqand
shahrini ilmiy markazga aylantirdi. Uning eng buyuk yutuqlaridan biri Samarqand rasadxonasi
bo‘lib, bu joyda olib borilgan kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar keyingi asrlardagi astronomik
88
ishlanmalarga asos bo‘lib xizmat qildi. U tuzgan "Zij-i Ko‘ragoniy" yulduz jadvali nafaqat Sharqda,
balki G‘arb olimlari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ammo Ulug‘bekning ilmga bo‘lgan
yuksak qiziqishi va ilg‘or dunyoqarashi o‘sha davr siyosiy va diniy doiralarga mos kelmadi. U o‘z
yaqinlarining fitnalari qurboniga aylanib, fojiaviy tarzda hayotdan ko‘z yumdi. Biroq uning ilmiy
merosi asrlar osha yashab, bugungi kunda ham olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. [1].
Mirzo Ulug‘bek o‘z davri uchun misli ko‘rilmagan ilmiy yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, uning
faoliyati ko‘plab qarama-qarshiliklarga duch keldi. Uning asosiy maqsadi – bilim va fanni keng
yoyish bo‘lgan bo‘lsa-da, bu g‘oya ayrim diniy va siyosiy kuchlarga to‘g‘ri kelmadi.
Uning Samarqand rasadxonasida amalga oshirgan ilmiy ishlari keyingi asrlarda Kopernik,
Tyaxo Braxe va Kepler kabi olimlarning tadqiqotlariga poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Ulug‘bek
ilmiy haqiqatga intilishning fidoyisi bo‘lib, u yaratgan yulduzlar jadvali keyinchalik Yevropada
ham o‘rganilgan. Ammo uning ilmiy merosi o‘z davrida to‘g‘ri baholanmadi va u fitna qurboni
bo‘ldi.
Ulug‘bekning taqdiri shuni ko‘rsatadiki, ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida qanchalik fidokor
bo‘lmasin, ba’zan ilmga to‘sqinlik qiluvchi kuchlar ham bo‘ladi. U o‘z farzandi tomonidan
o‘ldirilgan bo‘lsa-da, uning nomi tarixda abadiy qolib ketdi. Mirzo Ulug’bek Amir Temurning
kenja farzandi Shohruhning to’ng’ich o’g’li bo’lib, onasi Gavharshod og’a nufuzli qipchoq
amirlaridan G’iyosiddin tarxonning qizi edi. Mirzo Ulug’bek XIV asr oxiri va XV asrda yashab ijod
etgan. Bu davr nafaqat Movarounnahr, balki dunyo tarixidagi muhim bir palla edi. U Jahongir
Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida, ya’ni 1394- yil 22- martda Eron
Ozarbayjonining Sultoniya shahrida dunyoga keldi. O’sha kunlari Temur va uning ko’p sonli
qo’shini al-Jazira (Iroq) ning Mordin qal’asini qattiq qurshovga olib turgan edi. Qal’a og’ir
janglardan so’ng o’sha yilning aprelida olindi va Temur uni talon-taroj qilish, xalqni esa
yoppasiga tig’dan o’tkazishni buyurdi. Lekin Sultoniyadan maxsus chopar keltirgan
xushxabargina qal’ani butunlay vayron bo’lishdan, xalqni esa qirilib ketishdan asrab qoldi.
Chopar keltirgan bu xushxabar sulton Shohruhning o’g’illi bo’lganligi haqidagi xabar edi. Temur
bu xushxabardan behad xursand bo’lib, qal’a ahli va uning atrofidagi aholiga umumiy avf berdi
va hatto, Mordin va uning atrofidagi yerlarni ilgarigi hokimning inisi sulton Solihga in’om qildi.
Lekin u ko’proq Ulug’bek ismi bilan mashhur bo’ldi. Ulug’bek 1395-1398- yillari Samarqandda
bo’ladi. Amir Temur 1398- yili nabirasi Pirmuhammadning iltimosi bilan Hindistonga qo’shin
tortdi va Ulug’bekni ham o’zi bilan birga olib ketdi. Lekin uni Hindistonning nihoyatda issiqligi
sababli Kobuldan Samarqandga qaytarib yubordi. 1399-1404- yillari Temur yana g’arbga
Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389-1402) va Misr sultoni Nosiriddin Faraj (1398-1405) ga
qarshi yurish qildi va Ulug’bek ana shu yillari hamma vaqt katta onasi Saroymulkxonimning
qoshida bobosi bilan birga bo’ldi. Temur Ulug’bekni Xitoy yurishiga ham birga olib ketgan. Lekin
sohibqiron yurishdan bir necha oy ilgari, ya’ni 1404- yilning sentyabrida Konigil mavzeyida zo’r
to’y-tomosha o’tkazdi. Qariyb qirq kun davom etgan ana shu to’yda Amir Temur Ulug’bekka
o’zining sevimli va e’tiqod qo’ygan nabirasi Muhammad Sultonning qizi O’gay begimni olib berdi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mirzo Ulug‘bek shaxsiyati va ilmiy merosini o‘rganishda
quyidagi tadqiqot usullari qo‘llanildi:
1. Tarixiy tahlil – Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid tarixiy manbalar o‘rganilib, uning ilmiy
va davlat boshqaruvidagi o‘rni tahlil qilindi.
2. Manbashunoslik usuli – XV asr yozma manbalari, xususan, "Zij-i Ko‘ragoniy" va boshqa
tarixiy hujjatlar asosida tadqiqot olib borildi.
89
3. Matematik va astronomik tahlil – Ulug‘bekning astronomik kuzatishlari va u tomonidan
tuzilgan yulduzlar jadvali zamonaviy ilm bilan solishtirildi.
4. Taqqoslash usuli – Ulug‘bekning ilmiy yutuqlari G‘arb va Sharq olimlari tadqiqotlari bilan
taqqoslanib, uning ilm-fandagi o‘rni belgilandi.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlil. “Zij”ning G‘arbiy Yevropa ilm-faniga ham ta’siri yetarli
darajada katta bo‘lgan. Ayniqsa, Ali Qushchining Turkiyadagi faoliyati tufayli Mirzo Ulug‘bekning
ilmiy maktabi haqidagi xabarlar Yevropa ilmiy jamoatchiligiga keng tarqaldi. 1638 yili
Oksforduniversiteti sharqshunos professori Jon Grivs Istambulga tashrif buyuradi va Mirzo
Ulug‘bek “Zij”ining nusxasini Angliyaga olib ketadi. Jon Grivs 1648 yili Britaniyada “Zij”dagi 98
yulduz va geografik jadvalni, 1650-1652 yili “Zij”ning ayrim qisimlarini lotin tilida nashr ettiradi.
1665 yili ingliz sharqshunosi Tomas Xayd “Zij”dagi turg‘un yulduzlar jadvalini forscha va
lotinchada chop etadi. Ushbu nashrlarning qiziq tomoni Hayd va Grivs bir birining ilmiy
ishlaridan butunlay bexabar bo‘lishgan. 1680-yili polyak olimi Yan Geveliy Dansigda “Zij”ning
ayrim qisimlari va jadvallarini chop etadi. 1847- 1853 yillarda fransuz sharqshunosi L.A. Sediyo
“Zij”ning ayrim qismlarini fransuz tilida nashr etadi. Shunday qilib XV-XVI asrlarda Samarqand
ilm-fan markaziga aylanganini, fanga oid yutuqlar butun jahon darajasida bo'lganligini ko'rish
mumkin, bugungi kunda Yangi O'zbekistonning yoshlari uchinchi Renessans doirasida ilm olib,
izlanib tarixdagi bobolarimiz yo'lidan borishmoqda, shunday ekan kelajagimiz ishonchli
qo`llarda ekanligi shubhasiz. Roppa- rosa qirq yil, ya’ni 1409-yildan 1449-yilgacha hukmronlik
qilgan bu temuriyzoda Ulug’bek Muhammad Tarag’ay bizning davlatchiligimiz tarixida o’zidan
o’chmas iz qoldirdi. Bu davr keskin, murakkab kurashlar davri edi. Shunga qaramasdan Mirzo
Ulug’bek o’z davlatini mustahkamlab, bu yurtda tinchlik o’rnata oldi. Bu davlatning iqtisodiy
barqarorligini ta’minladi hamda madaniy hayotni yuksaltirish borasida bir qancha ishlarni
amalga oshirdi. Lekin, o’z davrining mashhur hukmdori va olimi Mirzo Ulug’bek 1449-yil 27-
oktabrda fojiali halok bo’ldi. Temuriylar saltanatining yorqin vakili Mirzo Ulug’bek hukmronligi
shu tariqa o’z poyoniga yetdi. Maqolada tahlil etilayotgan davr ilm-fani borasida gap ketganda
Mirzo Ulug`bek taniqli matematik va tarixchi olim A.Ahmedov fikriga ko‘ra Amir Temurning
saroyidagi eng yirik olimlardan biri Mavlono Ahmad Ulug‘bekga dastlabki astronomiyaga oid
bilimlarni bergan bo‘lishi mumkin. Ammo Mirzo Ulug‘bek “Zij”asarida Qozizoda Rumiyni
“ustozim” deb ataydi.[114]
Natijalar va muhokama.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Mirzo Ulug‘bek tomonidan
olib borilgan ilmiy faoliyat quyidagi muhim natijalarga olib kelgan:
Astronomiya rivojiga ulkan hissa – "Zij-i Ko‘ragoniy" asarida 1018 ta yulduzning
koordinatalari aniq belgilangan bo‘lib, bu natijalar hozirgi zamonaviy hisob-kitoblarga juda
yaqin. Ilmiy maktab yaratgan – Samarqand rasadxonasi nafaqat Ulug‘bek, balki Ali Qushchi kabi
olimlarni ham yetishtirdi. Davlat boshqaruvi va ilm-fanning uyg‘unligi – Ulug‘bek ilm-fanni
davlat boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirib, madaniyat va fan taraqqiyotiga xizmat qildi. Mirzo
Ulug‘bek ilm-fanni rivojlantirish orqali o‘z davridan ancha ilgarilab ketgan shaxs edi. Uning
astronomiyaga qo‘shgan hissasi nafaqat Sharq, balki butun jahon fani uchun muhim bo‘ldi.
Ammo uning ilg‘or fikrlari va ilmga berilganligi siyosiy muhitga mos kelmay, uning hayotining
fojiali yakunlanishiga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, uning ilmiy merosi asrlar davomida
saqlanib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
90
Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi jahon ilm-fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning
astronomiya va matematika sohasidagi ishlari nafaqat O‘rta Osiyo, balki butun dunyo olimlari
uchun katta ahamiyat kasb etdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki:
"Zij-i Ko‘ragoniy" aniq astronomik ma’lumotlarga asoslangan – Ushbu yulduz jadvali XVII
asrga qadar G‘arb olimlari tomonidan ham asosiy manbalardan biri sifatida foydalanilgan.
Samarqand rasadxonasi Sharq ilm-fanining eng yirik markazi bo‘lgan – Ulug‘bek
rasadxonasida olib borilgan ilmiy kuzatishlar keyinchalik Yevropa astronomiyasiga ta’sir qilgan.
Ulug‘bek ilmiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan – Uning ilmga bo‘lgan qiziqishi va
fanga qo‘shgan hissasi isbotlaydiki, ilm-fan taraqqiyoti uchun ilmiy markazlar va ilmiy erkinlik
muhim rol o‘ynaydi.
Ulug‘bek ilm-fan va siyosat ziddiyatlari qurboni bo‘lgan – Uning o‘z davrida to‘liq tan
olinmagani va fitnalar qurboni bo‘lishi, ba’zan ilg‘or g‘oyalar siyosiy muhit bilan mos kelmasligini
ko‘rsatadi.
Ilmiy merosi bugungi kungacha o‘rganilmoqda – Zamonaviy olimlar Ulug‘bekning
astronomik kuzatishlarini o‘rganishda davom etmoqda va uning ilmiy uslubi hali ham dolzarb
hisoblanadi.
Shunday qilib, Mirzo Ulug‘bekning ilmiy faoliyati va mehnati asrlar davomida qadrlanib
kelmoqda va u haqiqatan ham mangulikka daxldor siymo sifatida tarixda qoladi.
Xulosa
va
takliflar.
Amir Temur va temuriylar saltanati, ayniqsa Mirzo Ulug‘bek haqida
G‘arbiy Yevropa xalqlari va mamlakatlari XV asrdanoq bilardi. “Zij”ning G‘arbiy Yevropa ilm-
faniga ham ta’siri yetarli darajada katta bo‘lgan. Ayniqsa, Ali Qushchining Turkiyadagi faoliyati
tufayli Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabi haqidagi xabarlar Yevropa ilmiy jamoatchiligiga keng
tarqaldi. 1638 yili Amir Temur va temuriylar saltanati, ayniqsa Mirzo Ulug‘bek haqida G‘arbiy
Yevropa xalqlari va mamlakatlari XV asrdanoq bilardi. Mirzo Ulug‘bek nafaqat buyuk astronom,
balki ilm-fanni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arbobi hamdir. Uning ilmiy ishlari
bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan. Ulug‘bek siymosi tarix va ilm-fan
taraqqiyotida abadiy yashaydi.
Mirzo Ulug‘bek faqat buyuk astronom emas, balki ilm-fan yo‘lida jonini fido qilgan haqiqiy
fidoyi olim edi. U yaratgan ilmiy meros bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, butun dunyo olimlari
tomonidan o‘rganilmoqda. Uning asos solgan rasadxonasi va ilmiy ishlari, afsuski, uzoq davom
etmagan bo‘lsa-da, bu ilmiy yutuqlar keyinchalik butun dunyo astronomiyasining rivojlanishiga
xizmat qildi. Ulug‘bekning fojiaviy taqdiri shuni ko‘rsatadiki, ba’zan ilm-fan va siyosat o‘rtasidagi
ziddiyat buyuk siymolarning hayotiga tahdid soladi. Ammo uning haqiqat yo‘lidagi harakatlari
bevosita ilmiy tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Bugungi kunda Ulug‘bek siymosi nafaqat o‘z
yurti, balki butun insoniyat uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, Mirzo Ulug‘bek
nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyat tarixining eng yirik olimlaridan biri bo‘lib, uning ilm-
fan rivojiga qo‘shgan hissasi mangulikka daxldordir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19 sentabr kuni Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Bosh
Assambleyasining
72-sessiyasida
so‘zlagan
nutqi//
https://president.uz/uz/lists/view/1063 B [1]
2.
Гавҳар Турсунова, Исмат Очилов. Sharq sanʼati va madaniyati jo'rnali / 2020 B [46-47]
91
3.
AVLODLARIMIZDA AJDODLAR SIYMOSI Kamola Shuxratovna Axatova. Sharq sanʼati va
madaniyati jo'rnali / 2021 B[666]
4.
F.Azizov. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar metodik jo'rnali / 2020 B [114]
5.
Xudoyberganov, A. Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy merosi – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi, 2009.
6.
Gulyamov, Ya. Mirzo Ulug‘bek – buyuk astronom va matematik – Samarqand: Ma’naviyat,
2015.
7.