25
INTERFAOL METODLARNING MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH
JARAYONIDAGI O‘RNI
Mashrapov Qaxramon Olimjonovich
NamDTU tayanch doktoranti
Email: mashrapovqaxramonbek1987@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15725671
Annotatsiya:
Ushbu maqolaning kirish qismida yurtimizda kadrlar tayyorlash sohasida
amalga oshirilayotgan samarali ishlar, interfaol metodlardan foydalangan holda ilmiy izlanishlar
olib borgan olimlarning fikr-mulohazalari, yaratilgan o‘quv adabiyotlari va ilmiy nashrlar tahlili
bayon etilgan. Natijalar bo‘limida esa taklif etilgan metod qo‘llanilgandagi amaliy samaradorlik va
natijalar tahlili yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
talaba, omil, mehnat, korxona, metod, interfaol, mashg‘ulot, bilim, ta’lim, dars,
o‘qituvchi.
Аннотация:
Во вводной части данной статьи приведён анализ эффективной работы,
проводимой в нашей стране в области подготовки кадров, изложены мнения учёных,
проводивших научные исследования с использованием интерактивных методов, а также
проанализированы созданные учебные пособия и научные публикации. В разделе с
результатами представлены аналитические данные, отражающие эффективность
предложенного метода на практике.
Ключевые слова:
студент, фактор, труд, предприятие, метод, интерактивный,
занятие, знание, образование, урок, преподаватель.
Abstract:
The introduction of this article presents an analysis of the effective efforts being
made in our country in the field of personnel training, the opinions of researchers who have
conducted scientific studies using interactive methods, and a review of developed educational
materials and scientific publications. The results section provides an analysis of the practical
effectiveness of the proposed method.
Keywords:
student, factor, labor, enterprise, method, interactive, lesson, knowledge,
education, class, teacher
KIRISH
Albatta, bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda malakali kadrlar tayyorlash va ularning
bilim salohiyatini oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar
bevosita Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotganini ta’kidlash joiz. Bunga yaqqol misol
sifatida davlat rahbarining quyidagi so‘zlarini keltirish maqsadga muvofiq:
“Yangi O‘zbekistonning
asosiy ustuni — bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi”
[2]. Bugungi kunda yurtimizda o‘sib kelayotgan
yosh avlodni bilimli va zukko etib tarbiyalash yo‘lida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak mutaxassislarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimga ega qilib tayyorlash mas’uliyati,
asosan, oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatilgan (o‘rta maxsus kasb-hunar maktablari esa
o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlaydi).
OTMlarda ta’lim sifatini oshirish maqsadida an’anaviy, samaradorligi past metodlardan voz
kechilib, zamonaviy va interfaol yondashuvlar asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Bunga
misol sifatida 2019-yil 8-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PF–
5847-sonli farmoni
—
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
[2] hujjatini keltirish mumkin. Mazkur hujjat asosida ko‘plab
26
oliy ta’lim muassasalarida (harbiylashtirilgan OTMlardan tashqari) o‘quv jarayonlari kredit-
modul tizimiga o‘tkazildi. Shubhasiz, yangi o‘quv tizimi yosh kadrlarning bilimli va salohiyatli
bo‘lib yetishishiga zamin yaratdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
OTMlar o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyaning tarmoqlaridan biri bo‘lgan interfaol
metodlardan foydalanish talabaning mutaxassisligiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiya qachon paydo bo‘ldi? Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk
ishlanmalar AQSH da XX asming 50-yillarida paydo bo‘ldi. Interfaol – inglizcha “inter” so‘zidan
olingan bo‘lib, “orasida”, “o‘rtasida” degan ma’noni anglatadi, ya’ni ikki narsa o‘rtasidagi faollik
degan ma’noni bildiradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida talabalar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi
faollikni oshirish orqali talabalarning bilimlarini o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. “Interaktiv” so‘zi inglizcha, “Inter”- “o‘zaro”, “akt”- “harakat, ta’sir,
faollik” ma’nolarini bildiradi.
Ta’limda interfaol metod – bu talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasida ta’lim dasturini o‘zlashtirish
demakdir. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga
yordam beradi. Ular talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi.
D.A.Alibekovning fikricha ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi
omillar asosida amalga oshiriladi:
1. Obyektiv omillar:
- ta’lim jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;
- ta’lim jarayonida pedagogik monitoring tashkil etilganligi va uning adabiyotlar bilan
ta’minlanganligi;
2. Subyektiv omillar:
- ta’lim jarayonining o‘qituvchilarda interfaol metodlar mohiyatini o‘rganishga nisbatan
qiziqishning yuzaga kelganligi;
- ta’lim jarayonining o‘qituvchilarning interfaol metodlar mohiyatidan xabardorligi;
- ta’lim jarayonining o‘qituvchilarning o‘z pedagogik faoliyatlarida interfaol metodlarni
qo‘llay olish mahoratiga ega ekanligi;
- o‘qituvchilarda ijodkorlik, izlanuvchanlik, talabalar o‘rtasida ko‘tarinki kayfiyatni yarata
olish sifatlarining mavjudligi;
- interfaol metodlar asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o‘qituvchilarni
rag‘batlantirib borish[4].
Amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o‘rganishlariga ko‘ra shaxsning
tabiiy fiziologik- psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli
darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya’ni:
- shaxs manbani o‘zi o‘qiganida 10 %;
- ma’lumotni eshitganida 20 %;
- sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganida 30 %;
- sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
eshitganida 50 %;
- ma’lumot (axborot)larni o‘zi uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80
%;
- o‘zlashtirilgan bilim (ma’lumot, axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % xajmdagi
ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega[3].
27
Interfaol metodlardan texnika OTMlaridan foydalanish bo‘lg‘usi muhandislarni bilim
salohiyatini mustahkamlab, yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga, mehnat bozorida qiyinchiliksiz o‘z
mutaxassisliklari bo‘yicha korxona (tashkilot)larda faoliyat yuritish uchun, ishga joylashishlariga,
katta yordam beradi.
Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- talabalarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
- muammmoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
- o‘z-o‘zini fikrlashga majbur etish;
- faollashtirish;
- talabalarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchanlikka undash;
- do‘stona munosabatlarni shakllantirish.
Interfaol usullardan foydalanish shakllari:
1. Individuallashtirish;
2. Kichik guruhlarga ajratish;
3. Tabaqalashtirish;
4. O‘rgatish va o‘rganish jarayonida demokratik, do‘stona muhitni yaratish;
5. O‘zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish.
Interfaol usullarni qo`llashda foydalanadigan vositalar:
1. Darsliklar, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar:
2. Texnik vositalar;
3. Tarqatma materiallar;
4. Multimedialar.
Quyida interfaol metodlarni bir nechta turlarini ko‘rib chiqamiz:
Aqliy hujum metodi
Aqliy hujum - auditoriyadagi har bir talaba oldiga o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo
yuzasidan o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv uslubidir. Uslub mohiyati “Bir kalla
yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi” prinsipi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan belgalangan
muammo yoki savol yuzasidan extimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay
olishda bo‘lib, istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to‘g‘ri
bo‘lmaganlari ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida
talabalarning qo‘yilgan savol yoki muammoni to‘g‘ri tushunishlariga imkon beradi.
Qo
‘
llanilishi:
- savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda;
- muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;
- talabalarning faolligini oshirishda;
- fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda.
Afzalligi:
- aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi;
- talabalarning mazmunning ilmiyligiga chuqurroq jalb qilinishi;
- belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o‘z fikrlarini bayon etish imkoniyatining
berilishi.
BBB (Bilardim, bilmoqchiman, bilib oldim) metodi.
Bu metodni "Yangi bilim beruvchi tipidagi darsda foydalanish mumkin.
28
1- Qadam: Doskaga yangi mavzu yoziladi va talabalar daftariga "Bilardim" - deb yozib yangi
mavzu bo‘yicha bilganlarini, yozish taklif etilib buning uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Taqdimot
o‘tkazilib, shu jarayonda talabalar yangi mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumotlarini aytib beradilar.
Taqdimot davomida fikrlarni guruhlar tomonidan qaytib takrorlamaslik qoidasiga qat’iy rioya
qilinadi.
2-Qadam: talabalarga daftarlariga "Bilmoqchiman" – deb yozib yangi mavzu bo‘yicha
nimalarni bilishni xoxlashini yozish taklif etiladi. Buning uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Taqdimot
o‘tkaziladi.
3-Qadam: talabalarga daftarlariga "Bilib oldim" - deb yozib qo‘yib tushuganlarini o‘n daqiqa
ichida yozish taklif etiladi. Vaqt o‘tgandan so‘ng taqdimot o‘tkaziladi. Yangi mavzu bo‘yivha
talabalar o‘z fikrlarini bildiradilar. Barcha qadamlarda talabalar bir - birini tinglash qoidasiga
rioya qiladilar. O‘qituvchi tomonidan yangi mavzu bo‘yicha aytilmasdan qolgan qismlari va
qo‘shimcha adabiyotlardan topilgan materiallardan foydalanib to‘ldiriladi[8].
Zakovat o‘yini – bu o‘yinni o‘tkazishda dastlab sinfxonani o‘yinga moslashtirish lozim. O‘yin
ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘yinda ishtirok etish
huquqiga ega bo‘ladilar. O‘yin ishtirokchilari 6-8 kishidan iborat bo‘ladi. Qolgan o‘quvchilar esa
o‘yinni tomoshabin sifatida kuzatib turishadi. O‘yin uchun mo‘ljallangan savollar konvertga
joylashtirib o‘qib eshittiriladi. Guruh sardori savolni o‘qib o‘qituvchiga beradi. Javobni aniqlash
uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt orasida o‘yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib
topishga harakat qilishadi. Bu o‘yinni asosan yuqori sinfda o‘tkazish tavsiya etiladi. Zakovat
o‘yinlarida asosan, o‘rtaga muammoli savollar tashlanib, shu muammoni hal etishga diqqat
qaratiladi[7].
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki interfaol metodlarni OTMlar dars
mashg‘ulotlarida qo‘llash bugungi zamonaviy ta’lim ya’ni kredit-modul tizimi sharoitiga mos
keladi. Bu fikrni ilgari surishimizga sabab bu yangi tizim ham talabani bilim olishga majbur etadi.
Buning yakunida esa talabaning fanga bo‘lgan qiziqish darajasi ijobiy bo‘lishini ta’minlaydi.
Interfaol metodlar ham talabani fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib, fanni chuqur o‘rganishda ko‘prik
vazifasini o‘taydi. Natijada talaba bilim, ko‘nikma, malakaga ega bo‘lib o‘z sohasining yetuk
mutaxassisiga aylanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr PF-5847-sonli
Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘z saylovoldi dasturida so‘zlagan
nutqlari 30-may 2023y.
3.
Д.Рузиева, М.Усмонбоева, З.Хoрликова Интерфаол методлар: мохияти ва
қўпланилиши / Методик йўлланма - Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ нашриѐти, 2013. -
136 бет.
4.
Абдуллаева Нафиса Основы развития продуктивного мышления учащихся
29
Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого
развития Москва - 2012. 326-327.
5.
Z.K.Ismailova, P.M.Maxsudov, O.K.Ergashev “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” - Toshkent
– 2020y.
6.
N.X.Avliyaqulov, N.N.Musayeva Pedagogik texnologiya-Toshkent: Cho‘lpon NMIU, 2012.208
b.
7.
F.F.Aniyazova, N.D.Abdolniyazova “Tarix fanini o‘qitishda interfaol metod hamda didaktik
o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati” “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi-2022y.
8.
Mashrapov, Q., Yoqubjanova, Y., Djurayeva, D., & Xasanboyev, I. (2022). THE ROLE OF
CREDIT-MODULE SYSTEM IN DEVELOPMENT OF STUDENTS’ SPECIALTIES IN TECHNICAL
HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences
,
1
(6), 332-336.
9.
Mashrapov, Q., & Xasanboyev, I. (2022). TEXNIK OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BILIM
OLAYOTGAN TALABALARNING O‘Z MUTAXASSISLIKLARI BO‘YICHA YETUK KADR BO‘LIB
YETISHISHLARIDA KREDIT-MODUL TIZIMINING O‘RNI.
Theoretical aspects in the formation of
pedagogical sciences
,
1
(6), 82-87.
10.
Ergashev, Sh., & Mashrapov, Q. (2024, March). Conditions for the development of the credit-
module system in technical higher education institutions. In
American Institute of Physics
Conference Series
(Vol. 3045, No. 1, p. 030075).
11.
12.
