OʻSMIRLARDA KARERANI TANLASH DAVRIDA YUZAGA KELUVCHI IDENTIFIKATSION KRIZISLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Annotasiya

Maqolada oʻsmirlik davridagi yoshlarning kasbiy identifikatsiya jarayonida yuzaga keluvchi inqiroz holatlarining psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Oʻsmirlik yosh davrining oʻziga xos xususiyatlari, ayniqsa, shaxsning oʻzini anglash, kelajakka oid rejalar tuzish va kasbiy yoʻnalishni tanlashda identifikatsion krizislarning sabablari va namoyon boʻlish shakllari psixologik nazariyalar asosida ochib berilgan. Identifikatsion krizislarning oʻsmirlar shaxsiyati rivojiga ta’siri, uning oldini olish va bartaraf etishda psixologik yordam mexanizmlari muhokama qilingan. Mualliflar tomonidan mazkur krizislarning yechimini topishda oʻsmirlarning psixologik salohiyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

63-68
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nurjanov , A. (2025). OʻSMIRLARDA KARERANI TANLASH DAVRIDA YUZAGA KELUVCHI IDENTIFIKATSION KRIZISLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(14), 63–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/128006
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada oʻsmirlik davridagi yoshlarning kasbiy identifikatsiya jarayonida yuzaga keluvchi inqiroz holatlarining psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Oʻsmirlik yosh davrining oʻziga xos xususiyatlari, ayniqsa, shaxsning oʻzini anglash, kelajakka oid rejalar tuzish va kasbiy yoʻnalishni tanlashda identifikatsion krizislarning sabablari va namoyon boʻlish shakllari psixologik nazariyalar asosida ochib berilgan. Identifikatsion krizislarning oʻsmirlar shaxsiyati rivojiga ta’siri, uning oldini olish va bartaraf etishda psixologik yordam mexanizmlari muhokama qilingan. Mualliflar tomonidan mazkur krizislarning yechimini topishda oʻsmirlarning psixologik salohiyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.


background image

63

OʻSMIRLARDA KARERANI TANLASH DAVRIDA YUZAGA KELUVCHI

IDENTIFIKATSION KRIZISLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Nurjanov Arslon Atanazarovich

Ma’mun universiteti strategik rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16257672

Annotatsiya

: Maqolada oʻsmirlik davridagi yoshlarning kasbiy identifikatsiya jarayonida

yuzaga keluvchi inqiroz holatlarining psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Oʻsmirlik yosh
davrining oʻziga xos xususiyatlari, ayniqsa, shaxsning oʻzini anglash, kelajakka oid rejalar tuzish
va kasbiy yoʻnalishni tanlashda identifikatsion krizislarning sabablari va namoyon boʻlish
shakllari psixologik nazariyalar asosida ochib berilgan. Identifikatsion krizislarning oʻsmirlar
shaxsiyati rivojiga ta’siri, uning oldini olish va bartaraf etishda psixologik yordam mexanizmlari
muhokama qilingan. Mualliflar tomonidan mazkur krizislarning yechimini topishda
oʻsmirlarning psixologik salohiyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

oʻsmirlik yoshi, kasb tanlash, identifikatsion krizis, psixologik tahlil, shaxs

rivojlanishi, kasbiy orientatsiya, psixologik salohiyat.

Kirish.

O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab va ayni paytda mas'uliyatli bosqichlardan

biridir. Bu davrda yoshlarning shaxsiyati shakllanishining asosiy yo‘nalishlari belgilanadi va
aynan shu bosqichda shaxs hayot yo‘lini belgilashga yo‘naltirilgan qator muhim qarorlar qabul
qiladi. Ushbu qarorlar orasida kasbiy yo‘nalishni aniqlash – ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy jamiyatda kasbiy muvaffaqiyat inson hayotining farovonligi va psixologik
qoniqishining asosiy mezonlaridan biriga aylanganligi sababli, o‘smirlar uchun to‘g‘ri kasb
tanlash masalasi nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy jihatdan ham dolzarbdir.

O‘smirlik davri psixologik jihatdan qarorlar qabul qilish va o‘zini anglashda beqarorlik,

noaniqlik va ichki ziddiyatlarga boy bo‘lgan bosqichdir. Ayniqsa, ushbu yosh davrida shaxs o‘z
identifikatsiyasini shakllantirish jarayonida qator psixologik krizislarni boshdan kechirishi
mumkin. Ushbu krizis holatlaridan eng murakkabi va keng tarqalgani – identifikatsion krizisdir.
Identifikatsion krizis – o‘smirning kim ekanligi, qanday qadriyatlarga ega bo‘lishi, kelajakda
qanday kasb bilan shug‘ullanishi kerakligi kabi savollarga javob topishda yuzaga keladigan
psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi.

Bugungi kunda, ayniqsa, globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez

rivojlanishi sharoitida yosh avlod vakillarining oldiga qo‘yilayotgan talablar tobora
murakkablashmoqda. Natijada o‘smirlarning identifikatsion jarayonlari murakkab ijtimoiy va
psixologik omillar ta’sirida kechib, ko‘pincha krizis holatlarining paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Aynan shu bois, psixologik nuqtayi nazardan ushbu krizis holatlarining yuzaga kelish
mexanizmlarini, ularning o‘smirlar psixikasiga ta’sirini chuqur o‘rganish dolzarblik kasb
etmoqda.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, o‘smirlarning identifikatsion krizislariga oid tadqiqotlar hali

ham yetarlicha olib borilmagan bo‘lib, ayniqsa, o‘zbek psixologiya fanida mazkur masala bo‘yicha
chuqur nazariy va amaliy tadqiqotlarning zaruriyati sezilmoqda. Ushbu ilmiy maqolaning asosiy
maqsadi – o‘smirlik davrida yuzaga keluvchi identifikatsion krizislarning psixologik jihatlarini
tahlil qilish orqali, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini ilmiy asoslash, shuningdek,
krizislarning oldini olish va bartaraf etishda samarali psixologik yordam usullarini aniqlashdir.
Ushbu tadqiqot quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: o‘smirlik davrida kasbiy tanlov


background image

64

jarayonining psixologik xususiyatlarini aniqlash; identifikatsion krizislarning kelib chiqish
sabablari va asosiy belgilarini tahlil qilish; identifikatsion krizislarning o‘smirlar shaxsiyatiga
ta’sirini aniqlash; krizislarni bartaraf etishda samarali psixologik yordam usullarini tavsiya
qilish. Mazkur vazifalarni hal qilish o‘smir yoshlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirishga hamda ularda kasbiy va shaxsiy rivojlanishni ta’minlashga yordam beradi.
Mazkur tadqiqotning metodologik asosini o‘smirlik davri psixologiyasiga oid nazariy
konsepsiyalar, identifikatsion krizislarni ilmiy asoslashda keng qo‘llaniladigan Erik Eriksonning
psixosotsial rivojlanish nazariyasi, Jeyms Marsia identifikatsiya maqomlari modeli va zamonaviy
psixologiyada o‘smir shaxsiyatini shakllanish xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy yondashuvlar
tashkil etadi. Shu bilan birga, mazkur tadqiqotning empirik materiali sifatida o‘smirlik davrining
turli bosqichlaridagi yoshlarning kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan identifikatsion krizis
holatlari va psixologik muammolari misolida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanildi.

Tadqiqot davomida quyidagi psixologik diagnostika metodlari qo‘llanildi:

“Kasbiy yo‘naltirilganlik va shaxsiy identifikatsiya” anketa-metodikasi. Ushbu metodika

yordamida o‘smirlarning kelajakdagi kasbga oid qarashlari, identifikatsion krizis belgilari
mavjudligi va uning darajasi aniqlab olindi. Metodikada ishtirokchilar tomonidan kasbiy
maqsadlarni belgilashda qiyinchiliklarni boshdan kechirish darajasi va bu jarayonda shaxsiy
tanlovga oid noaniqlik omillari baholandi.

“O‘zini anglash va shaxsiy identifikatsiya darajasini aniqlash” testi (Marsia modeli asosida

ishlab chiqilgan). Ushbu test orqali o‘smirlarning identifikatsion maqomlari – "aniq
identifikatsiya qilinganlik", "moratoriy (qidiruv davri)", "identifikatsiya diffuziyasi" va "majburiy
identifikatsiya (foreclosure)" kabi holatlar aniqlab olindi. Har bir holat yuzaga kelishining
psixologik sabablari va omillari tahlil qilindi.

Shaxsiy tashvish va bezovtalikni aniqlash uchun “Spilberger-Xanin” shkalasi. Bu metodika

orqali o‘smirlarning kasb tanlash jarayonida psixologik tashvishlanish darajasi va bezovtalik
holatlari aniqlab, identifikatsion krizis holatlarining emotsional-psixologik jihatlari tahlil qilindi.

Empirik tadqiqot natijalari statistik usullar yordamida qayta ishlanib, o‘rtacha qiymatlar,

foiz ko‘rsatkichlari va korrelyatsion tahlil metodlaridan foydalanildi. Mazkur statistika tahlillari
yordamida identifikatsion krizis holatlarining o‘smirlarning jinsi, yoshi, kasbiy tanloviga oid
shaxsiy qiziqishlari bilan bog‘liqligi va ularning o‘zaro bog‘liqlik darajalari ilmiy asoslandi.

Olingan natijalarga ko‘ra, quyidagi asosiy xulosalar shakllandi:

O‘smirlarning aksariyat qismi (67,5%) kasb tanlash jarayonida identifikatsion krizis

alomatlarini namoyon qiladi. Bu holat asosan kelajak kasbga oid noaniqlik, o‘zini past baholash,
ijtimoiy ta’sir va psixologik bosimlar natijasida yuzaga keladi.

Jinsiy jihatdan farqlar tahlili natijalariga ko‘ra, qizlar orasida identifikatsion krizis holatlari

va tashvish darajasi yuqoriroq ekanligi qayd qilindi (qizlar 73,2%, o‘g‘il bolalar 61,3%). Bu esa
qizlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchi pastligi va jamiyatdagi an’anaviy gender stereotiplar ta’siri
bilan bog‘liqdir.

Yosh jihatidan tahlil natijalariga ko‘ra, 15-16 yosh oralig‘idagi o‘smirlarda krizis holatlari

eng yuqori darajada bo‘lib (72,4%), bu davr identifikatsiya shakllanishidagi intensiv qidiruv va
shaxsiy qadriyatlarni qayta baholash bosqichi ekanligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, tadqiqot jarayonida o‘smirlarga psixologik yordam ko‘rsatishda quyidagi

tavsiyalar ishlab chiqildi:


background image

65

Kasbiy identifikatsiyani shakllantirish uchun o‘smirlar bilan individual psixologik

maslahatlar tashkil etish zarur.

O‘smirlarning o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga baho berish va identifikatsion qaror qabul qilish

malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening mashg‘ulotlarini muntazam ravishda amalga
oshirish.

O‘smirlarga psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimida ota-onalar, pedagoglar va

psixologlarning hamkorligini kuchaytirish.

Umuman olganda, tadqiqot davomida qo‘llanilgan mazkur materiallar va metodlar

identifikatsion krizislarning sabablarini aniqlash, ularning o‘smirlar psixologiyasiga ta’sirini
tahlil qilish va samarali psixologik yordam choralarini ishlab chiqish imkonini berdi. Mazkur
material va metodlarning samaradorligi esa tadqiqot natijalarining ishonchliligini oshirib, ilmiy
xulosalar va tavsiyalar amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlaydi.

Adabiyotlar va manbalar tahlili:

O‘smirlarning kasbiy tanlov jarayonida yuzaga keluvchi identifikatsion krizislarning

psixologik tahliliga oid tadqiqotlar o‘zining boy tarixiga ega bo‘lib, mazkur masalani ilmiy
asoslashda qator nazariyalar va kontseptsiyalar shakllangan. Ushbu maqolaning nazariy va
metodologik asoslarini yaratishda quyidagi muhim ilmiy ishlar va manbalarga tayanildi.

Birinchidan, o‘smirlik davri psixologiyasining asosiy nazariy yo‘nalishlarini belgilashda

Erik Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasi yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning fikricha,
o‘smirlik davri shaxsning identifikatsiyasini shakllantirish jarayonidagi hal qiluvchi bosqichdir.
Erikson nazariyasiga ko‘ra [4], ushbu davrda shaxs o‘z oldiga “Kimman?”, “Kelajakda qanday
inson bo‘lishim kerak?” kabi savollarni qo‘yadi va shu orqali identifikatsiya krizislarini boshdan
kechiradi. Ushbu holatning ijobiy hal etilishi shaxsda ijtimoiy va kasbiy jihatdan barqaror
identifikatsiyaning shakllanishiga olib keladi. Mazkur nazariya o‘smirlarning psixologik
muammolari va identifikatsion krizislar sabablari tahlilida asosiy nazariy poydevor sifatida
xizmat qiladi.

Jeyms Marsia tomonidan ishlab chiqilgan identifikatsiya maqomlari nazariyasi (Identity

Status Model) [5] mazkur tadqiqotning ikkinchi muhim nazariy tayanchini tashkil etdi. Marsia
Erikson nazariyasini rivojlantirib, shaxsiy identifikatsiyaning shakllanishini quyidagi to‘rt asosiy
maqom orqali tavsiflaydi: identifikatsiya diffuziyasi (noaniqlik), majburiy identifikatsiya
(foreclosure), moratoriy (qidiruv va izlanish bosqichi) hamda aniq identifikatsiya (achieved
identity). Ushbu nazariy model o‘smirlar orasida identifikatsion krizislarning paydo bo‘lish
sabablarini va ularning psixologik holatini baholash imkonini beradi.

Rus psixologiyasida o‘smirlik yoshiga oid identifikatsiya muammolari D.I.Feldshteyn [6],

L.I.Bojovich [7] kabi olimlar tomonidan ham chuqur tahlil qilingan. Jumladan, D.I.Feldshteyn
tadqiqotlarida o‘smirlarning shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiyasi jarayonida o‘zini anglash va
baholash mexanizmlari muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan [6]. Uning fikricha,
o‘smirlarning shaxsiy identifikatsiyasidagi muammolar asosan ular tomonidan ijtimoiy va kasbiy
rollarni anglashdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. L.I.Bojovich esa o‘z tadqiqotlarida
o‘smirlarning identifikatsion krizislarini ularning psixologik rivojlanish jarayonida tabiiy bosqich
sifatida baholab, bu krizislarni samarali boshqarish va yo‘naltirish uchun maxsus psixologik-
pedagogik usullarning ahamiyatini ta’kidlaydi [7].

Shuningdek, xorijiy psixologiyada identifikatsion krizislarni tahlil qilishda R.Waterman

hamda J.Kroger kabi olimlarning tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, Krogerning


background image

66

ijtimoiy o‘rganish nazariyasiga ko‘ra, o‘smirlarning kasbiy identifikatsiyasi jarayoni ijtimoiy
muhit va taqlid mexanizmlariga bog‘liq bo‘lib, krizislarning yuzaga kelishida ijtimoiy ta’sir
omillari hal qiluvchi ahamiyatga ega [8]. Kroger va Waterman [9] esa o‘z tadqiqotlarida
identifikatsiya krizislarini o‘smirlarning shaxsiy rivojlanishidagi majburiy va tabiiy bosqich deb
hisoblaydilar, shu bilan birga, bu jarayonda psixologik yordamning muhimligini alohida
ta’kidlaydilar.

O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlarda esa ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar

hozircha yetarlicha chuqur va keng qamrovli emas. Biroq so‘nggi yillarda o‘zbek psixologiyasida
yoshlar va o‘smirlar psixologiyasiga oid olib borilayotgan tadqiqotlarda (E.G‘oziyev [2],
Z.Nishonova [1], G‘.Shoimova [3] va boshqalar) o‘smirlarning identifikatsiyasi va kasb tanlash
jarayonlari qisman yoritilgan. Mazkur tadqiqotchilar o‘z ishlarida o‘smirlik davrida yuzaga
keladigan psixologik krizislarning ijtimoiy va shaxsiy omillarini o‘rganib, ayniqsa, psixologik
xizmatning ahamiyati va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ilgari surganlar.
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar va manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning kasbiy
identifikatsiyasi jarayonida yuzaga keluvchi identifikatsion krizislarning psixologik jihatlari
bo‘yicha xorijiy va rus psixologiyasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shu bilan birga,
O‘zbekiston sharoitida mazkur masala hali yetarli darajada chuqur o‘rganilmaganligi bois, ushbu
tadqiqot orqali ushbu bo‘shliqni to‘ldirish va mahalliy amaliyotda psixologik yordam
mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Muhokama:

Tadqiqot davomida olingan empirik natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning kasbiy

identifikatsiya jarayonida yuzaga keluvchi identifikatsion krizislar psixologik jihatdan murakkab
va ko‘p qirrali muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur holat yoshlarning kasbiy yo‘nalish
tanlash jarayonidagi ichki ziddiyatlari, noaniqlik va tashvishlanish kabi psixologik ko‘rinishlarda
yaqqol aks etmoqda.

Birinchidan, tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etgan o‘smirlarning 67,5 foizida

identifikatsion krizisning turli shakllari mavjudligi aniqlandi. Bu raqam yuqori ekanligi o‘smirlar
orasida mazkur muammoning dolzarbligi va keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Ushbu holatni
Eriksonning nazariyasiga ko‘ra tushuntirish mumkin: o‘smirlik davri shaxsiy va ijtimoiy
identifikatsiyaning faol shakllanish bosqichi hisoblanadi va aynan shu davrda yoshlar kasbiy
yo‘nalishni aniqlashda faol qidiruv va o‘z-o‘zini anglash jarayonini boshdan kechiradilar. Bu esa,
o‘z navbatida, krizis holatlarining yuzaga kelishini tabiiy hol deb hisoblashga asos beradi [4].

Shuningdek, tadqiqotda o‘smirlarning jinsiy jihatdan farqli xususiyatlari alohida

ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, qizlarning identifikatsion krizis holatlarini
boshdan kechirish darajasi (73,2%) o‘g‘il bolalarga nisbatan (61,3%) yuqori ekanligi qayd etildi.
Ushbu farqning sabablari psixologik adabiyotlarda ham qayd etilganidek, ko‘pincha jamiyat
tomonidan o‘rnatilgan an'anaviy gender stereotiplari, qizlarga nisbatan ijtimoiy talablarning
yuqoriligi va ularning kasbiy tanlov jarayonida shaxsiy ishonchning pastligi bilan izohlanadi.
Mazkur holat rus tadqiqotchisi L.I.Bojovich [7] va xorijiy psixologlar J.Kroger hamda R.Waterman
tomonidan qayd etilgan fikrlarni tasdiqlaydi, ya’ni qizlarning o‘z-o‘zini anglash va baholash
jarayoni murakkab va ko‘p jihatdan ijtimoiy ta’sirlarga bog‘liq holda yuzaga keladi.

Uchinchidan, yosh jihatdan tahlil natijalariga ko‘ra, eng yuqori krizis holatlari 15–16 yosh

oralig‘idagi o‘smirlarda (72,4%) kuzatildi. Buni Jeyms Marsia nazariyasi nuqtayi nazaridan
baholaydigan bo‘lsak, aynan ushbu yosh davrida shaxs identifikatsiyasining "moratoriy" holati,


background image

67

ya’ni intensiv qidiruv va o‘z qadriyatlarini qayta baholash bosqichi kichadi [5]. Mazkur natija
tadqiqot davomida kuzatilgan yosh davriga xos psixologik qiyinchiliklarni ilmiy asoslaydi va bu
davr o‘smirlarning o‘z shaxsiy va kasbiy yo‘lini aniqlash jarayonidagi muhim bosqich ekanligini
yana bir bor tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, tadqiqot davomida aniqlangan psixologik tashvish va bezovtalik darajasi

o‘smirlarning identifikatsion krizislari bilan bog‘liq holda yuqori ekanligi qayd etildi. Jumladan,
Spilberger-Xanin shkalasi yordamida olingan natijalar o‘smirlarda tashvish darajasining yuqori
ekanligini ko‘rsatdi va bu tashvish aynan kasb tanlash jarayonidagi noaniqlik, ijtimoiy bosim,
ota-onalar va tengdoshlarning fikrlari ta’sirida yuzaga kelmoqda. Mazkur holatning sabablari
A.Banduraning ijtimoiy o‘rganish nazariyasiga ko‘ra, o‘smirlarning o‘zini baholash va kasbiy
identifikatsiyani shakllantirish jarayonida atrof-muhit omillari hamda ijtimoiy modellarning
ta’siri juda yuqori ekanligi bilan izohlanadi.

Empirik tadqiqot asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, jumladan, individual psixologik

maslahatlar, treninglar va pedagog-psixolog-ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish, mazkur
krizis holatlarining bartaraf etilishiga yordam beradi. Bu orqali o‘smirlarning identifikatsion
jarayonidagi inqirozlarni boshqarish, ularni ijobiy hal qilish mexanizmlarini shakllantirish
imkoniyati yaratiladi.

Umuman olganda, o‘tkazilgan tadqiqot va uning muhokamasi shuni ko‘rsatadiki,

o‘smirlarning identifikatsion krizislarini psixologik jihatdan o‘rganish orqali ularning kelib
chiqish sabablarini aniqlash, mazkur krizislarning ta’sirini kamaytirish bo‘yicha samarali
choralarni ishlab chiqish mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari o‘smirlar bilan ishlaydigan psixolog
va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, identifikatsiya krizislariga oid psixologik
yordam mexanizmlarini yanada takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kelajak
tadqiqotlarida ushbu mavzuni yanada chuqurlashtirib o‘rganish orqali identifikatsiya
krizislarining oldini olish bo‘yicha yangi psixologik metodikalarni ishlab chiqish imkoniyati
mavjud. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatimizda kasbiy jihatdan barkamol va psixologik jihatdan
sog‘lom avlodni shakllantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, o‘smirlarning kasbiy tanlov jarayonida yuzaga keluvchi

identifikatsion krizislarni chuqur psixologik tahlil qilish orqali, ularning kelib chiqish sabablari,
shakllanish mexanizmlari va psixologik oqibatlarini aniqlash, shuningdek, bu muammolarning
oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha samarali tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati mavjudligi
tadqiqot davomida to‘liq asoslandi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Нишонова З.Т. Психология профессионального самоопределения подростков / З.Т.

Нишонова. – Тошкент: Фан, 2014. – 128 б.
2.

G‘oziev E. Psixologiya shaxs shakllanishi / E. Goziev. – T.: Universitet, 2010. – 296 b.

3.

Shoimova G‘. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya / G‘. Shoimova. – Toshkent:

O‘zbekiston, 2008. – 176 b.
4.

Эриксон Э. Идентичность: юность и кризис / Э. Эриксон; пер. с англ. А. В. Толстых. –

М.: Прогресс, 1996. – 342 с.


background image

68

5.

Марсиа Дж. Эго-идентичность и психосоциальные статусы идентичности //

Психология личности: тексты / под ред. Ю.Б. Гиппенрейтер, А.А. Пузырея. – М.: Изд-во
МГУ, 1982. – С. 210–239.
6.

Фельдштейн

Д.

И.

Психология

взросления:

структурно-содержательные

характеристики процесса развития личности / Д. И. Фельдштейн. – М.: МПСИ; Воронеж:
МОДЭК, 2004. – 400 с.
7.

Божович Л. И. Личность и ее формирование в детском возрасте / Л. И. Божович. –

СПб.: Питер, 2008. – 398 с.
8.

Крогер Дж. Психология идентичности. Юношеский и взрослый периоды / Дж.

Крогер; пер. с англ. – М.: Когито-Центр, 2009. – 334 с.
9.

Уотерман А.С. Развитие идентичности от подросткового до взрослого возраста:

расширение теории и исследований / А. С. Уотерман // Психологический журнал. – 2000. –
Т. 21, № 2. – С. 92–104.

Bibliografik manbalar

Нишонова З.Т. Психология профессионального самоопределения подростков / З.Т. Нишонова. – Тошкент: Фан, 2014. – 128 б.

G‘oziev E. Psixologiya shaxs shakllanishi / E. Goziev. – T.: Universitet, 2010. – 296 b.

Shoimova G‘. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya / G‘. Shoimova. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 176 b.

Эриксон Э. Идентичность: юность и кризис / Э. Эриксон; пер. с англ. А. В. Толстых. – М.: Прогресс, 1996. – 342 с.

Марсиа Дж. Эго-идентичность и психосоциальные статусы идентичности // Психология личности: тексты / под ред. Ю.Б. Гиппенрейтер, А.А. Пузырея. – М.: Изд-во МГУ, 1982. – С. 210–239.

Фельдштейн Д. И. Психология взросления: структурно-содержательные характеристики процесса развития личности / Д. И. Фельдштейн. – М.: МПСИ; Воронеж: МОДЭК, 2004. – 400 с.

Божович Л. И. Личность и ее формирование в детском возрасте / Л. И. Божович. – СПб.: Питер, 2008. – 398 с.

Крогер Дж. Психология идентичности. Юношеский и взрослый периоды / Дж. Крогер; пер. с англ. – М.: Когито-Центр, 2009. – 334 с.

Уотерман А.С. Развитие идентичности от подросткового до взрослого возраста: расширение теории и исследований / А. С. Уотерман // Психологический журнал. – 2000. – Т. 21, № 2. – С. 92–104.