IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISHDA VATAN QAHRAMONLARI SIYMOSIDAN FOYDALANIB UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISH: SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI MISOLIDA

Аннотация

В данной научной статье на основе монгольских источников раскрыты сведения о жизни и тяжелых боях султана Джалалиддина Мангуберди, одного из великих руководителей государства Хорезмшахов со славной историей, великого государственного деятеля, умелого полководца. писатели. В частности, из информации этой статьи вы сможете узнать о защите Родины, любви к Родине, как должен выглядеть патриотичный человек. Ведь в то время, когда наша страна смело идет к Третьему Возрождению, привитие духа наших героев нашей молодежи является одним из главных приоритетных вопросов.

f
239-242
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
O‘dayev , R. . (2024). IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISHDA VATAN QAHRAMONLARI SIYMOSIDAN FOYDALANIB UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISH: SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI MISOLIDA. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(11(Special Issue), 239–242. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/58329
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной научной статье на основе монгольских источников раскрыты сведения о жизни и тяжелых боях султана Джалалиддина Мангуберди, одного из великих руководителей государства Хорезмшахов со славной историей, великого государственного деятеля, умелого полководца. писатели. В частности, из информации этой статьи вы сможете узнать о защите Родины, любви к Родине, как должен выглядеть патриотичный человек. Ведь в то время, когда наша страна смело идет к Третьему Возрождению, привитие духа наших героев нашей молодежи является одним из главных приоритетных вопросов.


background image

239

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISHDA VATAN QAHRAMONLARI

SIYMOSIDAN FOYDALANIB UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI

YARATISH: SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI MISOLIDA

O‘dayev Ravshanbek Kenjaboy o‘g‘li

Toshkent Farmatsevtika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

e-mail: ravshantorayev3456@gmail.com, tel: +998946233456

https://doi.org/10.5281/zenodo.14465404

Annotatsiya:

Mazkur ilmiy maqolada, shonli tarix egasi bo‘lgan Xorazmshohlar

davlatini yirik nomoyondalaridan biri buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Sulton Jaloliddin
Manguberdining hayoti va mashaqqatli janglari haqida ma’lumotlar mo‘g‘ul yozuvchilarining
manbalariga tayanib ochib berilgan. Xususan, Vatan himoyasi, Vatanga bo‘lgan mehr-
muhabbat, vatanparvar inson siymosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida mazkur maqoladagi
ma’lumotlardan bilib olsa bo‘ladi. Zero, davlatimiz Uchinchi renessans sari dadil odimlab
ketayotgan bir paytda, yoshlarimizga qahramon bobolarimiz ruhiyatini singdirib borish
asosiy ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Shaxobiddin An Nasaviy, “Anushtagin - xorazmshohlar davlati (1097-

1231)”, “Ota o’g’li mana shunday bo’lishi kerak”, Chingizxon, Sind daryosi, Vasiliy Yan.


Аннотация:

В данной научной статье на основе монгольских источников

раскрыты сведения о жизни и тяжелых боях султана Джалалиддина Мангуберди,
одного из великих руководителей государства Хорезмшахов со славной историей,
великого государственного деятеля, умелого полководца. писатели. В частности, из
информации этой статьи вы сможете узнать о защите Родины, любви к Родине, как
должен выглядеть патриотичный человек. Ведь в то время, когда наша страна смело
идет к Третьему Возрождению, привитие духа наших героев нашей молодежи является
одним из главных приоритетных вопросов.

Ключевые слова:

Шахобиддин Ан Насави, “Ануштагин - государство хорезмшахов

(1097-1231)”, “Вот такими должны быть отец и сын”, Чингисхан, река Синд, Василий Ян.

Abstract:

In this scientific article, information about the life and hard battles of Sultan

Jalaliddin Manguberdi, one of the great leaders of the state of Khorezmshahs with a glorious
history, a great statesman, a skillful commander, is disclosed based on the sources of
Mongolian writers. In particular, you can learn from the information in this article about the
protection of the Motherland, love for the Motherland, what a patriotic person should look
like. After all, at a time when our country is boldly walking towards the Third Renaissance,
instilling the spirit of our heroes in our youth is one of the main priority issues.

Key words:

Shakhobiddin An Nasavi, “Anushtagin - the state of Khorezmshahs (1097-

1231)”, “This is how father and son should be”, Genghis Khan, Sind river, Vasily Yan.


“U Vatan mudofaasi uchun jonini tikkan mardlarning
shonu-shavkati o’zining shonu-shavkatidan
ko’p ustun ekanligini o’limi oldidan anglab yetdi”.

Shaxobiddin An Nasaviy


background image

240

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Chingizxonning xos kotiblari tomonidan bitilib, iskandarmonand yurishlar ta’rifu tavsif

qilingan kitoblarning bari Shaxobiddin An Nasaviyning “Jaloliddin Manguberdi hayotining
tasviri” asari oldida xira tortadi. Binobarin, yog’iy xos kotiblarining o’zlari ham, o’rni kelganda,
noilojlikdan Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati haqida hayrat bilan yozishadi:
Chingizxon daryodan oti bilan sakrab o’tgan Jaloliddinga qarab aytgan “Ota o’g’li mana
shunday bo’lishi kerak” degan gap ham aslida mo’g’ullarga xizmat qilgan muarrix tomonidan
tarixga muhrlangan. Keyingi davr tarixchilari esa Jaloliddin Maguberdini mo’g’ul
bochqinchilari zulmidan yarim jahonni saqlab qolgan xaloskor sifatida e’tirof etishadi. Axir u
butun 11 yil davomida bosqinchilarni o’t halqasi orasida saqlab, ularning butun kuch-
qudratini o’ziga qaratdi. Oxir-oqibat Chingizxon Iskandardan ham o’zib ketish orzusidan voz
kechib, armon bilan vafot etdi. U Vatan mudofaasi uchun jonini tikkan mardlarning shonu-
shavkati o’zining shonu-shavkatidan ko’p ustun ekanligini o’limi oldidan anglab etdi.

1221 yilning boshida Jaloliddinning xorazmlik jangchilar va qo’shni halqlar askarlaridan

iborat qo’shini mo’g’ullar ustidan qozongan beqiyos g’alabalar dushmanni behad sarosimaga
solganligi tarixiy asarlarda aniq ravshan ifoda etilgan. Mo’g’ullar istilosiga qarshi juda ko’p
sarkardalar va davlat arboblari kurashishgan. Ularning nomlari ham o’z davrining fidokorlari
sifatida tarixdan joy olgan. Ammo, ko’xna tarix bu borada birinchi navbatda Jaloliddin
Manguberdini o’z xotirasida avaylab asraydi. U faqat bosqinchilarga qarshi fidoiy
kurashchigina emas, balki turli xalqlar ustiga mo’ru malaxday yopirilgan baloyu qazolarga
o’zini tutib, mo’g’ullarning dodini bera olgan yagona lashkarboshi hamda davlat rahnamosi
sifatida mangulik mulkidan o’rin egallagan. U dushman ustidan uzil-kesil g’alabaga erishib,
davlatni qayta tiklash orzusi ushalishiga juda yaqin keldi. Ammo, bunga g’animning kuch-
qudrati emas, o’zining itifoqchilari hamda yaqinlari sanalgan ko’plab hukmdor va
lashkarboshchilarning munofiqliklari va xiyonatkorliklari yo’l qo’ymadi. Eng qaltis
vaziyatlarda ular o’zlarining arzimas manfaatlarini ko’zlab, qo’shinlari bilan xorazmshohni
tark etdilar. U esa yonib kulga aylangan va kuldan qayta tug’ilib, olov tarata boshlagan Qaqnus
kabi o’zini ko’rsataverdi.

Jaloliddin Manguberdi charxi kajraftorning ters amallarini puchga chiqarishga muvaffaq

bo’ldi. Ya’ni Chingizxonning bor shonu-shavkati, qudrati asrlar o’tib uning tillarda, dillarda
doston bo’lgan dovrug’i soyasiga aylandi. Ulug’ muarrixlar tarix haqiqatlarini bitishda har
qanday tarafkashlik hamda milliy ehtiros singari to’g’ri yo’ldan ozdiruvchi xato va
qusurlardan holi bo’lishgan. Shu sababli ularning asarlari ishtibohga o’rin qoldirmaydi. Ammo
ayrim taniqli olimlar, ham ularning tarixni o’rganishdagi katta xizmatlariga tan bergan holda,
aytish mumkinki o’zlariga yaqin mintaqalar bilan bog’liq voqealar tafsilotlarini bayon etishda
va sharhlashda noholislikkacha borib yetishgan. Ular bitgan asarlarning bir qator joylarida
Jaloliddin Manguberdining harakatlariga nisbatan muallifning norozilik alomatlari yaqqol
sezilib turadi. Bu esa xorazmshohning boshqa hududlardagi jasorati va himmati haqidagi
o’zlari maroq bilan bitgan voqealar haqidagi hikoyalarga bog’lanmay qoladi. Bu haqda
“Anushtagin - xorazmshohlar davlati (1097-1231)” asarini o’zbekchaga tarjima qilgan taniqli
olimlarimiz Ashraf Ahmedov hamda Mahkam Maxmudovlar juda o’rinli va maqsadga muvofiq
munosabat bildirishgan.

Shu o’rinda xalq qahramoni to’g’risida yaratilgan badiiy asarlar haqida ham to’xtalib

o’tish maqsadga muvofiq. Bu borada ham bugungi kun talablariga javob bermaslik, noholislik
hamda biryoqlamalik holatlari uchraydi. Jumladan o’zbek kitobxonlarining bir nechta avlodi


background image

241

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

o’qigan va o’rgangan Vasiliy Yanning “Chingizxon” romani haqida shunday fikr bildirish
mumkin. Unda Jaloliddin Manguberdining shaxsini, avlodlarini, umuman olganda milliy
qiyofasini aniq-ravshan tasavvur qilolmaslik holati ko’zga tashlanadi. Uzuq-yuluq voqealar
davomida uning siymosi to’laqonli aks etmasdan qolgan. Jaloliddin Manguberdining Sind
daryosini kechib o’tgandan so’nggi hayoti va jasorati haqida muallif sukut saqlashni afzal
bilgan. Buni tushunsa bo’ladi. Chunki “Chingizxon” romani o’tgan asrning dahshatli 30-yillari
oxirlarida yaratilgan. Shu sababli yozuvchi “xalqlar otasining” qaxru g’azabiga uchrashdan
cho’chigan. Umrining so’ngida ham tovba tazarru qilmagan, ammo bu dunyodan behad armon
bilan ketgan Chingizxonni o’zi yashirin ixlos qo’ygan shu “otaga” ibrat qilib ko’rsatishga
intilgan bo’lsa ne ajab? Vasiliy Yan shu davrda Jaloliddin Manguberdini asarning asosiy
qahramoni qilib ko’rsata olmasdi. Binobarin, o‘z asarini uning nomi bilan atay olmasdi. Balki
buni uning o’zi istamagandir ham. Har holda “Chingizxon” asari bugungi o’quvchini hech bir
jihatdan qanoatlantirmay qolgan deyish mumkin. Bu hol olimlarimiz va adiblarimiz qadimiy
va undan keyingi manbalar asosida Jaloliddin Manguberdi hayotini qayta o’rganib, voqea
xodisalarni holis va chuqur taxlil qilib, yangi davr nuqtai nazaridan munosabatlar bildirib,
yangi asarlar yaratishlari lozimigini taqozo etadi.

Jaloliddin Maguberdining shaxsiy kotibi Shaxobiddin An Nasaviy shunday yozadi “U

sherlarning sheri va otliq yigitlar ichida eng dovyuragi edi. U yumshoq edi, jahli chiqmas edi,
so’kinmasdi ham, u jiddiy edi, hech qachon kulmasdi, faqat jilmayardi va kamgap edi. U
adolatni sevardi, biroq u duch kelgan suronli yillar uning ustidan g’alaba qildi va uning fe’lini
o’zgartirdi. U fuqarolarning hayotini osonlashtirishni yoqtirardi, lekin tanazzul paytida
boshqargani uchun jabr qilishgacha bordi”.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Akbar Zamonov. Oʻrta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim nomaʼlum sahifalari. T.:

Bayoz, 2019.
2.

Buniyotov Z.M., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998.

3.

Boʻriyev O., Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999.

4.

Jaloliddin Manguberdi (oʻzbek, ingliz, rus tilida), T., 1999.

5.

Jaloliddin Manguberdi, Vatan, yurt himoyachisi, T., 1999.

6.

Mirxondning “Ravzat us-safo – asarida Jaloliddin Manguberdi zikri”, T., 1999.

7.

Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999.

8.

Tonariy O., Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999.

9.

Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi, T., 1999.

10.

Shaxobiddin Muhammad al-Nasaviy, Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti, T.,

1999.
11.

Tonariy O., Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999.

12.

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE

THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
13.

Абдурахмонов

Х.

И.

ҲОЗИРГИ

ДАВРДА

ЁШЛАРНИНГ

ИННОВАЦИОН

ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.


background image

242

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

14.

Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN

SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
15.

Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF

MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
16.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,

FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.
17.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ

UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
18.

Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY

QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
19.

Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI

TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
20.

Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF

STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
21.

Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH

FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
22.

Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР

РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
23.

Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО

РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ
WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
24.

Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI

INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
25.

Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний

возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
26.

Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ

СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
27.

Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ

В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.

Библиографические ссылки

Akbar Zamonov. Oʻrta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim nomaʼlum sahifalari. T.: Bayoz, 2019.2.Buniyotov Z.M., AnushtaginXorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998. 3.Boʻriyev O., Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999.4.Jaloliddin Manguberdi (oʻzbek, ingliz, rus tilida), T., 1999.5.Jaloliddin Manguberdi, Vatan, yurt himoyachisi, T., 1999.6.Mirxondning “Ravzat us-safo –asarida Jaloliddin Manguberdi zikri”, T., 1999.7.Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999.8.Tonariy O., Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999. 9.Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi, T., 1999.10.Shaxobiddin Muhammad al-Nasaviy, Sulton Jaloliddin Manguberdihayoti tafsiloti, T., 1999. 11.Tonariy O., Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999. 12.Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational Research. –2023. –Т. 15. –С. 202-206.13.Абдурахмонов Х. И. ҲОЗИРГИ ДАВРДА ЁШЛАРНИНГ ИННОВАЦИОН ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. –2023. –Т. 4. –С. 23-29.

Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. –2020. –Т. 2. –No. 7. –С. 161-167.15.Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].16.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI, FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. –2024. –Т. 3. –No. 2. –С. 7-13.17.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 2. –С. 9-13.18.Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 1. –С. 58-64.19.Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. –2024. –Т. 7. –No. 2. –С. 131-13620.Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and innovation, 2(B8), 39-42.21.Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(3), 40-42.22.Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).23.Болтаева, Б. Х.,Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z 40, 152.24.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).25.Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.26.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).27.Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.