76
JADIDLAR ASARLARIDA ARXAIKLASHGAN ETNOGRAFIZMLAR SEMANTIKASI
Khabibullayeva Gavhar Nosirjon qizi
Namangan davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14809473
Arxaizmlar eskirgan soʻz tiplaridan biri boʻlib, zamonaviy narsa va hodisalarining eskirib
qolgap nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning oʻzi ham, nomi ham
eskiradigan boʻlsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodisa zamonaviy boʻladi, ularning nomi
yoki nomlaridan biri eskiradi, isteʼmoldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar
nomlari yangisi bilan atala boshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud boʻlgan
narsalarni ifodalashda kamida ikkita soʻz ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi,
nofaol leksik qatlamga oʻtadi va asta-sekin eskiradi.
Tarixiy taraqqiyot talabi bilan baʼzi til birliklari saqlanib qolishi, eskirgan til vositalari
oʻrnida yangi til vositalari qoʻllanishi mumkin. Bularning barchasi hayot talabi, ijtimoiy
taraqqiyot taqozosi bilan yuz beradi. Buni hisobga olgan F.de Sossyur: “Agar biz tilni unda
soʻzlashuvchi ommasiz faqat vaqt birligida, zamonda mavjud boʻlgan (yaʼni inson bir necha asrlar
davomida yakka oʻzi yashagan) deb tasavvur qilsak, vaqt tilga oʻzining taʼsirini oʻtkazmas va tilda
hech qanday oʻzgarish sodir boʻlmas edi. Va, aksincha, tilda soʻzlashuvchi ommani zamondan holi
deb tasavvur qilinsa (yaʼni inson hayoti bir nuqtada toʻxtab qolsa), tilga ijtimoiy hodisalarning
taʼsiri kuzatilmasdi”
1
, - degan edi. Bular tilda zamon, makon, ijtimoiy taraqqiyot, oʻz sohiblarining
butun borligʻi katta ahamiyat kasb etadi, degan xulosa uchun asos boʻla oladi. Oʻzbek tili ham
mazkur ijtimoiy hodisalarning taʼsirida oʻzgardi, koʻp til boyliklari iste`moldan chiqib ketdi,
ularning o‘rnini yangi til vositalari egalladi. Ammo shuni ham qayd qilish kerakki, isteʼmoldan
chiqib arxaiklashgan qatlam yozma yodgorliklarda saqlangan holda, hozirgi adabiy tilda
uchramasa ham, xalq tilida uning ildizlari hanuzgacha asrab qolingan, relekt sifatida mavjud
boʻlishi mumkin.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, arxaik soʻzlar shevalarda tarixiy soʻzlarga nisbatan
koʻpchilikni tashkil qilmaydi. Sababi. shevalarda eski soʻzlar oʻrnini yangisi egallashi jarayoni
juda sekinlik bilan oʻtadi. Adabiy tilda boʻlganidek, shevalarda ham soʻzlarning isteʼmoldan
chiqishi, ularning oʻrnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan
chambarchas bogʻlikdir. Soʻzlarning arxaizmga aylanishida ikki xil holatni kuzatish mumkin:
birinchisida soʻz oʻzi eskirib, uning oʻrniga zamon talablariga mos keladigan boshqa soʻz
ishlatilsa, ikkinchisida soʻzlar maʼnolaridan biri eskiradi, boshqa maʼnolari esa saqlanadi.
O‘zbek xalqining an`anaviy kiyim-kechak madaniyatida ayollarning yuzini to‘sib turadigan,
boshqan o‘ralib kiyiladigan libosnianglatadigan “Paranji” etnografizmi hozirgi vaqtda
qo‘llanilmaydiga arxaiklashgan leksema hisoblanadi. Hozirgi davrda paranjining muqobili
sifatida “hijob”, “ro‘mol” so‘zlari qo‘llaniladi. Jadidlar asarlarida paranji, chimmat, lo‘ki,
chashmband so‘zlari uchraydi:
Yo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmandi qo‘lida edi. Hasanali O‘zbek
oyim bilan tanishdirdi:
1
Sossyur de F. Kurs obshey lingvistiki. Trudы po yazыkoznaniyu. - M., 1933, - S. 86-87.
77
- Bu kishi qudachangiz- Oftob Oyim bo‘ladirlar. O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib
quchoqlasha ketdilar. O‘zbek oyimdan keyin boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar
[A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar”. B-313].
Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, paranji va chashmband farqli liboslar hisoblanadi. Lekin
“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” da chimmat va chashband so‘zi bir so‘zligi keltirilgan:
CHIMMAT Bu ot asli tojik tilida 'ko‘z' ma’nosini anglatadigan chashm oti bilan (TjRS, 439) bog‘ich
ma’nosini anglatadigan band otidan (TjRS, 44) tuzilgan bo‘lib, o‘zbеk tiliga juda murakkab
tovush o‘zgarishlari bilan olingan; chashm qismida a tovushi i tovushiga almashtirilib, sh tovushi
tashlangan: chashm> chim; band qismida b tovushi m tovushiga, d tovushi m tovushiga
almashtirilib, n tovushi tashlangan: band > mat. Bu ot asli ”ko‘zni to‘sadigan parda” ma'nosini
anglatadi (O‘TIL,II, 369)
2
, [3, 255]
Demak, arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri isteʼmoldan chiqadi, yaʼni eskiradi.
Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan boʻladi. Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir
boʻladigan har xil oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir. Shevalarda narsa, hodisalar nomlaridan birining
eskirishi, koʻp maʼnoli soʻzlar maʼnolaridan birining eskirishi hodisalari uchraydi.
Tarixiy soʻzlar oʻtmishda bor boʻlgan narsa va tushunchalarning nomini bildirgan, ammo
hozirda eskirib qolgan soʻzlardir
Bu jarayon adabiy tilga nisbatan shevalarda sekinlik bilan oʻtadi. Chunki shevalarda
soʻzlarning eskirishi, yangi soʻzlarning kirib kelishi tez sodir boʻlmaydi. Tarixiy soʻzlar, koʻpincha,
moddiy va maʼnaviy hayot, turmush, davlat tuzilishi, din, urf- odatlar, turli lavozimlar, unvonlar,
kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-asboblar bilan aloqador boʻlib, jamiyatdagi roʻy
bergan oʻzgarishlar bilan bogʻliq ravishda, ularning nomlari ham davr oʻtishi bilan eskiradi, ular
oʻrnini boshqa soʻzlar egallaydi.
1.
Qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikka oid arxaiklashgan etnografizmlar:
Mola Bu ot “ishqala”, “tekisla” ma’nosini anglatadigan tojikcha molidan fe’lining (TjRS 232)
mol hozirgi zamon asosiga -a qo‘shimchasini (TjRS 543) qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, “haydalgan
yerning kesaklarini maydalab tekislaydigan qishloq xo‘jaligining asbobi” ma’nosini anglatadi
(O‘TIIL, I, 470) Bu otdan o‘zbek tilida molala- fe’li yasalgan
3
.
2.
Kiyim-kechakka oid arxaiklashgan etnografizmlar :
Har zamon titrab, uchib ketishka hozir turg‘an boshidag‘i sarig‘` atlas
parcha
sini (ro‘ymolni)
bir qo‘li bilan bosib ushlagan edi (Qodiriy) .
Taom olib yey desam, ustimdagi yirtiq
chakmon
dan boshqa hech narsam yo‘q(Avloniy).
Turkiston bo‘limida usta To‘xtashning yog‘och
kavushi
ga ham diqqat qildi:
-Nima bu? Kalo‘shmi?
(Cho`lpon).
Bu so‘z lug‘atda shunday izohlangan:
Bu kungi sovuq bilan qor har kimga ham g‘archliq kafsh in'om qilg‘an, boy va beklar
oyog‘idag‘i bedona, sag‘ri qala kafshlar bilan kambag‘al kosiblar kiygan upika, aybaki kafshlarning
o‘zaro farqi qolmag‘an va hatto ba'zilar oyog‘idagi Yog‘och kafshlar ham ajoyib nag‘manavozliq
qilar edilar
(Qodiriy).
2
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг етимологик луғати. III. Тошкент: Унивэрситет, 2000. Б-
255
3
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг етимологик луғати. III. Тошкент: Университет, 2000. Б-
140
78
Odina uch yil zavodda ishladi, ish haqi juda oz bo‘lsa ham, yemay-ichmay, to‘y niyati bilan
anchagina narsa to‘pladi: bir to‘p chit, bir to‘p
satin,
bir to‘p surp, ikkita ro‘mol, bir kiyimlik shoxi
va bir juft kavush-maxsi olib xurjunga tikib qo‘ygan edi
(Sadriddin Ayniy).
Bulardan biri baland bo‘yli, baquvvat gavdali, quloqlari irvaygan, qo‘y ko‘z, qo‘ng‘ir soqol,
oyog‘iga
chuqay
kiygan O‘rta yashar bir kimsa edi. (Choriq o‘rnida kiyilaturg‘on, ot pochasidan
ishlangan oyoq kiyimi)
(Elbek).
Sepkil va chechak bog‘i bu betni “muzoyaqakor” qilib ko‘rsatkanidek oyog‘idag‘i
choriq
,
ustidagi qisqa, eski alak chopon, belidagi besh-o‘n aylantirib bog‘lang‘an bo‘z belboq, boshining
uchdan bir qismigagina qo‘nib o‘lturgan tor pilta to‘ppi bir “hush”ga yana bir yuz “ hush” qo‘shib
arz qilar edi
(Qodiriy).
CHoriq “qalin xom tеridan tayyorlangan, kalta qo‘njli, tagi qalin, uchi yuqoriga ozroq
qayrilgan oyoq kiyimi”… Dеmak, chariq oti asli “o‘rab bog‘la-“ ma'nosini anglatgan chari fе'lidan
(bunday fе'l qirg‘iz tilida ham mavjud: KRS, 851) –q qo‘shimchasi biIan yasalgan; kеyinchalik
o‘zbеk tilida a unlisi â unlisiga almashgan, i unlisining qattiqlik bеlgisi yo‘qolgan: chari- +
q=chariq > châriq
4
.
Yigirma-o‘tiz chog‘liq yosh yigitlar - Rahmatning o‘rtoqlari, ular orasida Otabek - kuyav
ko‘rindi: boshida simobi! Shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘zining
Shamayda tiktirgani osmonirang movut, kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali, belida
Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘...
(Qodiriy)
3.
Milliy taomlar nomini anglatgan arxaiklashgan etnografizmlar:
Varaqi somsalar qilsak, oq unlardan g‘alati mantilar, chuchvaralar qilsak, boylarnikida
bo‘ladigan dimlama qo‘gurmalar gilsak…(Cho`lpon).
Varaqi Bu sifat asli “barg” ma'nosini anglatib kеyinchalik “qog‘oz” ma'nosini anglata
boshlagan arabcha varaq otidan (ARS,883) –I qo‘shimchasi bilan yasalgan bo‘lib asli
“varaqlardan iborat”, “qavat-qavat” ma'nosini anglatadi, shu ma’no asosida “yupqa yoyilgan bir
nеcha varaq yog‘li xamir parchalari ichiga-qiyma solib tugib, yog‘da pishiriladigan somsa ma'nosi
yuzaga kеlgan(O‘TILL, І, 172)
5
.
Mahalla xodimchasi ham bir dona qotgan kulcha birla sahal kam bir tabaq sut oshini
ko‘tarub, ul yerda ichmasdin uyiga kelturdi
(Mirmuhsin Shermuhammedov)
4.
Uy-ro‘zg‘or buyumi va hunarmandchilikka oid arxaiklashgan etnografizmlar:
Ana, mistovoqda non, likopchada mayiz bor, nondan, mayizdan olib, yo‘lga tushing! Tez
bo‘ling, jon xola!
(Cho`lpon)
Kecha rostan ham Boltay Muhammadi masjidni qiziga qudasinikidin barkashda osh keladi,
degan edi. Kecha panjshanba kuni kelmadi(Mirmuhsin Shermuhammedov)
Barkash Bu ot “meva-cheva” ma’nosini anglatadigan tojikcha bar otiga (TjRS, 45) “sol”
ma’nosini anglatadigan kashidan fe’lining kash hozirgi zamon asosini(TjRS,284) qo‘shib hosil
qilingan bo‘lib(TJRS 47), “meva-chev solinadigan ro‘zg‘or buyumi”,”patnis” ma’nosini
anglatadi(O‘TILL, I, 82)
6
.
Oʻz maʼnaviyati va madaniyatini, milliy qadriyatlarini, maʼrifiy oʻziga xosliklarini, uning
insoniyat ravnaqi uchun taqdim qilayotgan madaniy boyliklarini asrlar osha avlodlarga yetkazib
kela olgan tuganmas xazina bu - har bir xalqning oʻzligidir. Shu sababli ham har bir xalqning ona
4
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. I. Тошкент: Университет, 2000. Б- 435
5
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. III. Тошкент: Университет, 2000. Б- 56
6
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг етимологик луғати. III. Тошкент: Университет, 2000. Б-22
79
tilidagi lisoniy boyliklarni oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Chunki hozirgi, yaʼni ilmiy-texnika
taraqqiyoti davrida adabiy tilning xalq tiliga, dialektlarga taʼsiri katta boʻladi.
References:
1.
Sossyur de F. Kurs obshey lingvistiki. Trudы po yazыkoznaniyu. - M., 1933, - S. 86-87.
2.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг етимологик луғати. III. Тошкент: Унивэрситет,
2000. Б- 255
3.
Ogli, N. K. N. (2024, September). ANALYSIS OF SOME WORDS IN UZBEK WITH COMPLEX
MORPHOLOGICAL COMPOSITION. In Next Scientists Conferences (pp. 61-63).
4.
Nosirjon o’gli, N. K. (2024). TRADITIONAL INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF
MORPHEME IN UZBEK LINGUISTICS. American Journal of Philological Sciences, 4(10), 53-56.
5.
Nosirjon O'g'li, N. K. (2024, July). ANALYSIS OF SOME WORDS IN UZBEK LANGUAGE
THAT ARE DIFFICULT TO SEGMENT. In International Scientific and Current Research
Conferences (pp. 168-169).
6.
Nosirjon o'g'li, X. N. (2024). ANALYSIS OF SOME WORDS WHICH ARE DIFFICULT TO
DISTRIBUTE INTO UZBEK LANGUAGE. International journal of artificial intelligence, 4(03), 592-
594.
7.
Xabibillayev, N. (2024). KEYINGI DAVRDA O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI SO ‘Z TARKIBI BO
‘YICHA QILINGAN ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI. Наука и инновация, 2(22), 73-77.
