14
MUSTAQILLIK YILLARIDA KURASHNING RIVOJLANISHI VA MILLIY
KURASHNING DUNYODA OMMAVIYLASHUVI
Kim Dinara Vladislavovna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti
Telefon raqam:+998915491080
Abdurahmonova Diyora Sheraliyevna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165304
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin milliy sport
turi bo‘lgan kurashning rivojlanishi, uning davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanishi va xalqaro
maydonda ommalashuvi tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida milliy kurash sport turi sifatida
rasmiy maqomga ega bo‘lib, unga bo‘lgan e’tibor ortdi, xalqaro musobaqalar tashkil etildi va
sportchilar yuksak natijalarga erishdi. Kurash bo‘yicha xalqaro federatsiyaning tashkil etilishi va
jahon chempionatlarining muntazam o‘tkazilishi uning global miqyosda tan olinishi va keng
ommalashishiga xizmat qilmoqda. Maqolada kurashning rivojlanish bosqichlari, uni qo‘llab-
quvvatlash siyosati va kelajakdagi istiqbollari yoritilib beriladi.
Kalit so‘zlar:
mustaqillik yillari, kurashning rivojlanishi, milliy kurash, davlat, sportchilar,
sport turi.
Аннотация.
В данной статье анализируется развитие борьбы как национального
вида спорта после обретения независимости Узбекистана, ее поддержка на
государственном уровне и популяризация на международной арене. В годы
независимости национальная борьба получила официальный статус вида спорта,
внимание к ней возросло, были организованы международные соревнования,
спортсмены добились высоких результатов. Создание международной федерации борьбы
и регулярное проведение чемпионатов мира способствуют ее мировому признанию и
популярности. В статье освещены этапы развития борьбы, политика ее поддержки и
дальнейшие перспективы.
Key words:
years of independence, development of wrestling, national wrestling, state,
athletes, sport.
Annotation.
This article analyzes the development of kurash, a national sport of
Uzbekistan after its independence, its state support and popularization in the international
arena. During the years of independence, kurash gained official status as a national sport,
increased attention to it, international competitions were organized, and athletes achieved high
results. The establishment of the International Wrestling Federation and the regular holding of
world championships contribute to its global recognition and wide popularity. The article
highlights the stages of development of kurash, its support policy, and future prospects.
Ключевые слова:
годы независимости, развитие борьбы, национальная борьба,
государство, спортсмены, спорт.
Asrlar davomida shakllangan, shaxsning kamolotga erishuvida muhim ahamiyat kasb etgan
kurash ba’zi davrlarda, xususan, 130 yildan ziyod vaqt davom etgan chor mustamlakasi va
sho‘rolar hukmronligi paytida anchayin zavol topdi, oyoqosti qilindi. Totalitar tuzum
15
mutasaddilari mahalliy xalqni ruhan ko‘taradigan, mudroq qalbini uyg‘otib, faxr va g‘urur
bag‘ishlaydigan kurash singari milliy qadriyatlarimizning payini qirqishdan manfaatdor edilar.
Shu bois ham avloddan-avlodga o‘tib, sayqal topib kelgan kurash sho‘rolar davrida ro‘yobga
chiqa olmadi.
Biroq jism-u dilida buyuk ajdodlar qoni gupurib turgan, ularning ma’naviy merosidan
qandaydir darajada bahra olgan beli baquvvat polvonlar tor doirada bo‘lsa ham kurash udumiga
sodiq qoldilar. Faqatgina O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin kurashga qaytadan ruh
bag‘ishlandi. Bayramlaru sayillarga yana kurash kirib keldi.
Asrlar sinovidan, murakkab davrlardan mardona o‘tgan, chinakam mardlar raqiblar bahsi,
ezgu niyatlar, oliy maqsadlar bo‘lib e’tirof etilgan kurash yana xalq nazariga tushdi. Davlat,
mamlakat darajasidagi muhim ishga aylandi. Bir necha yildirki, jahon ommasining mehrini
qozonib, dunyo sport sahnasida o‘z o‘rnini topdi.
1991-yil 7-10-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston respublikasining polvonlari ishtirokida o‘tkazilgan katta kurash musobaqasi (sayli),
oldingi musobaqalardan tubdan farq qildi. Chunki unda polvonlar mutloq yangi bo‘lgan qonun-
qoidalar asosida kurashishdi. Ana shu yangi qonun- qoidalar asosida 1992-yildan boshlab
nufuzli bellashuvlar boshlanib ketdi. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘tmishda
yashab o‘tgan barcha pahlavonlar va ulug‘ allomalarning ruhlarini shod etishni kurash bo‘yicha
xalqaro turnirlar o‘tkazish bilan boshlagan edilar. Qorako‘lda Tursun ota, Shahrisabzda Amir
Temur, Surxondaryoda At-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband, Andijonda Bobur Mirzo,
Xorazmda Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro
turnirlar kurashni yuksak darajaga ko‘tarilishida, sport olamiga yangi tur bo‘lib kirishiga katta
hissa qo‘shdi. Chunki kurash ilk musobaqalardayoq jozibadorligi va jangovorligi, go‘zalligi va
halolligi bilan barcha ishtirokchilarning, xorijiy mutaxassislarning mehrini qozondi.
Milliy sport turini dunyo sportiga aylantirish uchun mamlakatimizda tashkil etilgan bu
bellashuvlar kamlik qilardi. Albatta, shuning uchun ham Janubiy Koreya (1992 yil), Kanada
(1993), Litva (1993), Yaponiya (1994), Irlandiya (1997), Hindiston (1995), Atlanta (1996),
Moskva (1998), Fransiyada o‘tkazilgan yirik sport anjumanlarida to‘plangan mutaxassis va
muxlislarga tashabbuskorlar tomonidan kurash haqida atroflicha ma’lumotlar berildi,
ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Tinimsiz mehnat, ko‘plab izlanish va sa’y-harakatlar bekor ketmadi. 1998-yil 6-sentabrda
Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo qit’asining 28 ta davlatidan kelgan vakillar ishtirokida
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis kongressida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi (KXA) tuzilganligi,
xalqimizning milliy qadriyati “kurash” nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi.
Shunday qilib ta’kidlash mumkinki, Kurash dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan,
avlodu ajdodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy meros – katta bir xazina. Bu xazina bugun
farzandlar tarbiyasida muhim omil bo‘lmoqda. Sayyoramizning turli qit’a va yurtlarida istiqomat
qiluvchi ne-ne xalqlar, elatlar kurashning jozibasiga, uning insonparvarlik, baynalminallik,
bag‘rikenglik g‘oyalariga mahliyo bo‘lib, sevimli sport turi sifatida qabul qilmoqdalar
Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi
tuzilganiga 22 yil to‘ldi. Tarix uchun juda qisqa muddat
sanalmish bu davrda kurash xalqaro maydonda o‘z mavqeini misli ko‘rilmagan darajada
yuksaltira oldi va olimpiyada o‘yinlari safidan munosib o‘rin olishga haqli ekanligini isbotladi.
O‘tgan muddat ichida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi quyidagi asosiy uch yo‘nalish bo‘yicha
ish olib bordi:
16
1. KXA tuzilmasi tashkil etildi va u doimiy faoliyat olib bormoqda. Kurash Xalqaro
Assotsiatsiyasining eng yuqori organi Kongress. Doimiy ishlovchi organ bo‘lmish – Ijroiya
qo‘mitasi o‘tgan davr mobaynida to‘la shakllandi va muntazam ish olib bormoqda, 15 kishidan
iborat qo‘mita o‘zida O‘zbekiston, JAR, Boliviya, Hindiston, YAngi Zelandiya, Polsha, Vengriya,
Turkiya, Eron va Niderlandiyadan iborat davlat vakillarini birlashtirgan. Ijroiya qo‘mita bir yilda
eng kamida ikki marta to‘liq tarkib bilan yig‘iladi. Pan-Amerika, Okeaniya, Afrika, Osiyo va
Yevropadan iborat, jami 5 qit’ada Assotsiatsiyaning mintaqaviy bo‘limlari, ya’ni
Konfederatsiyalari ham tashkil etilgan va ular keng faoliyat olib bormoqda. Dunyoning 100 ga
yaqin davlatida esa Kurash Xalqaro Assotsiatsiyalari rasman tashkil etilgan. KXA a’zosi
sanalmish har bir davlatlarda 100 dan ziyod klublar ishlab turibdi.
2. Musobaqa raqami: KXA tuzilganidan beri dunyo bo‘ylab 1000 dan ziyod yirik va nufuzli
musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ular qatoriga Jahon chempionatlari, o‘smirlar o‘rtasida Jahon
birinchiliklari, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida kontinental chempionatlar, xalqaro turnir va
homiylik asosida tashkil etilgan musobaqalar, kubok musobaqalari kiradi. Hozirgacha 10 ta
Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 2005-yildan boshlab jahon chempionatlari har 2 yilda o‘tkaziladi.
Qolgan barcha musobaqalar har yili bo‘lib o‘tadi. Kattalar va o‘smirlar o‘rtasida kontinental
chempionatlar ham doimiy o‘tkazilmoqda. Birinchi Yevropa chempionati 1999-yil
Belorussiyaning Minsk shahrida, birinchi Osiyo chempionati 2001-yil O‘zbekistonning Toshkent
shahrida, birinchi Afrika chempionati 2001-yil Afrikaning Xartenbos shahrida, birinchi Pan-
Amerika chempionati 2002-yil Boliviyaning La-Pas shahrida, birinchi Okeaniya Chempionati
2003-yil Yangi Zellandiyaning Oklentd shahrida bo‘lib o‘tgan.
Buyuk Britaniya Kurash Milliy Federatsiyasi 2000-yil dan boshlab London shahrida
an’anaviy Kurash Assotsiatsiyasi Faxriy Prezidenti Islom Karimov xalqaro turnirini muntazam
o‘tkazib kelmoqda. Bundan tashqari, Kurash Milliy Federatsiyasi har yil eng kami yoshlar,
ayollar, kattalar bo‘yicha 5 ta milliy chempionatlar va 3 ta turnirlar o‘tkazib kelmoqda.
3. Xalqaro munosabatlar, KXA rahbariyati Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro Sport
Tashkilotlari Bosh Assotsiatsiyasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Futbol, Dzyudo, Djit-su, FILA, Og‘ir
atletika, Sambo kabi Jahon sport Federatsiyalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Bu faoliyat kurashni
dastlab mintaqaviy va qit’aviy o‘yinlariga, keyin esa yozgi Olimpiyada o‘yinlariga kiritishga
qaratilgandir.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va
sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari
cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda
mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jismonan baquvvat botir insonlarni tarbiyalashga yordam
beradigan sport kurashining har xil turlari jismoniy tarbiya tizimida muhim o‘rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Kerimov F.A. Kurash tushaman. -T: 1990.
2.
Matveev L.P. Teoriya i metodika fizitseskoy kulturы.M. 1991.
3.
Nurshin J.M., Salamov R.S. , Kerimov F.A.Uzbekcha milliy sport kurashi. T:. 1993.
4.
Галковский Н.М. , Керимов. Ф.А. Вольная борба. Т: 1987.
5.
Современная система спортивной подгатовки. Под. Эд. Суслова Ф.П. М. 1995.
17
6.
Вяткин Б.Н. Управление психологическим стрессом в спортивных соревнованиях. М.
1998.
7.
Родионов А.В. Психофизическая тренировка. М. 1995.
8.
Верхошанский Ю.В. Программирование и организация тренировочного процесса. М.
1985.
