82
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA VOKAL VA JAMOA BO’LIB KUYLASH
MALAKALARI MAZMUNI VA MOHIYATI
Rahmonova O.F.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unverseteti
San’atshunoslik kafedrasi 4- bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
Haqqulov Sh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15220700
Annotatsiya.
Bugungi kunda musiqa tarbiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalar oʻquvchi-yoshlarda
barcha musiqiy qobiliyatlarini oʻstirish, ijodiy intilishga ragʻbatlantirish, hayotga ongli va ijodiy
munosatda boʻlish hususiyatlarini tarbiyalashni takozo etadi. Shu sababli bolalar bogʻchasidan,
umumtaʻlim maktablarida 1- sinfdan boshlab bolalarda eng avvalo musiqaga qiziqish uygʻotish,
vokal va jamoa bo’lib kuylash
malakalarini shakillantirish,
milliy xalq qoʻshiqlarini oʻrgatish,
musiqa asarlari tilini tushunish, musiqa asarlarini ongli idrok etish, unda emotsional, badiiy zavq
olishga oʻrgatish eng dolzarb vazifalardan qilib qoʻyildi. Mazkur maqola bolalar musiqa va san’ at
maktablarida vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini mazmun va mohiyati haqida ma’lumot
beradi.
Kalit so‘z:
musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash, ovoz kuchi, diapazoni, vokal, jamoa bo‘lib
kuylash, xor, repertuar.
Musiqa madaniy hayotimizda keng oʻrin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadigan sanʻat turidir. Har bir insonni maʻnaviy shakllanishida oilani, maktabni,
jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh
avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani koʻplab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida oʻrin
tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri boʻlib, insonni
atrofdagi goʻzal narsalarni toʻgʻri idrok etishga va qadrlashga oʻrgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga
kuchli taʻsir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy gʻoyaviy
tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga maʻnaviy
ozuqa beradi.
Tarbiyalash deganda har tomonlama yetuk, oʻzida ahloqiy poklik, maʻnaviy boylik va
jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida
musiqa sanʻati yetakchi oʻrinda turadi. Hozirgi kunda musiqa sanʻatni inson tarbiyasidagi roli
ortib bormoqda. Yoshlarimizni maʻnaviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda musiqa
tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi. U bolani
ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yoʻlida asosiy poydevor boʻlib hizmat
qiladi.
Shunday ekan umumtaʻlim maktablarining boshlangʻich sinflarida vokal va jamoa bo‘lib
kuylash malakalarini shakillantirishning asosiy maqsadi – oʻquvchilarga musiqa sanʻatini goʻzallik
qonunlari asosida oʻrganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib
toptirishdir. Boshlangʻich sinflarda musiqa madaniyati darslari umumiy taʻlimning axloqiy-estetik
tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi boʻlib hisoblanadi. Shunga koʻra 1-sinfdan boshlab
darslarni izchil, tizimli va ilmiy asosda tashkil etilishi oʻquvchi-yoshlarni taʻlimning keyingi
boʻgʻinlariga maʻlum tayyorgarlik bilan borishlarini taʻminlaydi.
Darslarni toʻgʻri tashkil etishning pedagogik, metodik jihatlarini unutmagan holda quyi
sinflarda vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirish musiqa taʻlimi va tarbiyasini
tashkil etilishida oʻquvchilarning yosh xususiyatlari bilan bogʻliq psixologik va fiziologik
83
imkoniyatlari va xususiyatlarini hisobga olib ish tutish lozim boʻladi. Oʻquvchilarni avvalo musiqa
sanʻatiga, vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirishga musiqa darslariga qiziqtira
olish, qiziqishlarini shakllantira olishga asosiy diqqat-eʻtibor qaratiladi. Bu oʻrinda kichik yoshdagi
oʻquvchilarining diqqatini turgʻun boʻlmasligi, yaʻni oʻquvchilar diqqatini bir narsadan ikkinchi
narsaga tez oʻtuvchi, oʻzgaruvchan boʻlishligini hisobga olish kerak. Shuningdek bolalarni musiqiy
dunyoqarashi, musiqiy idroki, ularning ovoz imkoniyatlari, ovoz kuchi, diapazoni kabilar bevosita
fiziologik rivojlanish bilan bogʻliq murakkab jarayonga asoslanishini unutmaslik kerak.
Oʻquvchilarga jamoa boʻlib qoʻshiq kuylash chogʻida vokal-xor malaklari ustida ish olib borganda
bu jihatlarni doimiy ravishda eʻtiborda tutish shartdir.
Oʻquvchilarni xotirasi yaxshi rivojlanmagan, ovoz apparatlari toʻla shakllanmaganligi sababli
ovoz pardalari nozik, kuchsiz boʻladi. Shu bilan birga ular serharakat, oʻyinga moyil, taqlidchan
boʻladilar. Oʻquvchilar oʻrganishi, tinglashi uchun repertuar tanlashda musiqaviy asarlar ana shu
xususiyatlarni nazarga olgan holda mazmuni va mavzusi jihatdan xilma-xil boʻlmogʻi lozim. Bu
oʻrinda musiqa oʻqituvchisi har bir darsga puxta tayyorgarlik koʻrmogʻi, ijodiy yondashmogʻi shart.
Boshlangʻich sinflarda musiqa taʻlim va tarbiyaisni muvaffaqiyatli tashkil etlishi koʻproq dars
faoliyatlarini oʻz oʻrnida tez-tez almashtirishni taqazo etadi. Chunki, musiqa darslarning besh
asosiy faoliyat turlaridan musiqaga mos harakatlar bajarish va bolalar cholgʻu asboblarida joʻr
boʻlish, vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirish kabi faoliyatlar darslarni
qiziqarli va mazmunli oʻtishini taʻminlaydi.
Maktablarda musiqa oʻqitishning asosiy maqsadi oʻquvchilarda musiqa madaniyatini shak-
llantirish kulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish.
Maktabda musiqa darslarini oʻqitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
oʻquvchilami musiqa sanʻatiga boʻlgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;
-
musiqiy faoliyatlar jarayonida oʻquvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy oʻquvi, ovozi,
diqqat-eʻtibori va ijodkorlik his-tuygʻularini oʻstirish;
-
musiqiy asarlami badiiy-gʻoyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;
-
musiqa darslarida oʻquvchilami kasb-hunarga yoʻnaltirish, mehnatga muhabbat, Vatan- ga
muhabbat, kattalarga hurmat tuygʻularini shakllantirish.
Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish oʻqituvchining kasbiy va pedagogik ma-
horatlariga bogʻliq. Har qanday sanʻatkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib
borolmaydi. Buning uchun musiqa oʻqituvchisi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi,
musiqa oʻqitish va metodikasi hamda oʻz musiqiy kasbiy fanlarini puxta oʻzlashtirgan boʻlishi
kerak.
Hozirga kunda umumiy oʻrta taʻlim maktablarini oldida har tomonlama rivojlangan
barkamol shaxsni tarbiyalashdek maʻsuliyatni vazifa turibdi. Bu vazifani bajarishda sanʻatning
barcha turlari qatori musiqa taʻlimning va tarbiyaning oʻrni beqiyosdir. Maktab musiqa
madaniyati darslarida bolalarga xos musiqa tinglash qoʻshiq kuylash, vokal va jamoa bo‘lib
kuylash musiqa joʻrligida har xil harakatlar bajarish, bolalar cholgʻu asboblarida chalish turi
tadbirlarda qatnashish kabilar musiqaviy faoliyatni mazmunini tahlil etadi. Ayniqsa 1- sinfga
qadam qoʻygan bolalarning quvnoq musiqalarning zavq-shavq bilan tinglashi, musiqa asboblarini
qiziqib chalishi, qoʻshiqlarni berilib ijro etishlari unda musiqaga boʻlgan qiziqishlarni tarbiyalash
boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning eng muhim qismlaridir. Musiqani faol ravishda tinglash
oʻquvchilarda oʻziga xos badiiy nafosatni hamda ijrochilik malakalarini shakllantiradi. Musiqa
tinglaydigan soʻngi asari haqida oʻquvchilarning suhbati oʻzaro fikr almashuvlar juda katta
84
tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, oʻquvchilarda musiqadagi obrazlarni, uning gʻoyaviy-badiiy
mazmunini, musiqaning oʻziga xos ifodaviylik hususiyatlarini anglash, yaʻni musiqani ongli idrok
etish malaka va koʻnikmalarni vujudga keltiradi, hamda shakllantirib beradi. Shuning uchun
oʻqituvchi tinglash va kuylash uchun asarlar tanlashda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutmogʻi
lozim boʻladi. Asarlar oʻquvchi bolalarga tushunarli va mavzu jihatdan rang-barang, bolalar
dunyosiga yaqin boʻlmogʻi lozim. Oʻqitish-oʻqituvchi va oʻquvchining birgalikdagi faoliyati va bu
jarayonga bolalarning maʻlumot olishi oʻqib koʻnikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib,
rivojlanib borishi nazarda tutildi.
Musiqa oʻqituvchisining koʻp qirrali va murakkab faoliyat zaminida yosh avlodni odobli,
eʻtiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi.
Oʻqituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi, taʻlim-tarbiya ishlarini
muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi.
Boʻlajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuygʻularni singdirish ularda
ona vatanga muhabbat, goʻzallikka intilib yashash, uni asrash va yaratishga boʻlgan ishtiyoq
uygʻotuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
Musiqa darsi boshqa fanlarga qaraganda koʻp qirrali va oʻziga xos tuzilishiga ega boʻlib,
zamonaviy musiqa oʻqituvchilaridan yuksak professionallik mahorat, bilim, tashabbuskorlik, oʻz
ishiga sidqidildan yondashib ishlash, izlanuvchanlik, yangilik, talabchanlik oʻziga nisbatan hamda
oʻz kasbiga nisbatan yetarli bilim va malakaga ega boʻlishligini talab qiladi. Darsning sifat va
samaradorligini oshirish, oʻz ishiga ijodiy yondashgan holda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanib darsni tashkil qilishni ham musiqa madaniyati darslarida vokal va jamoa bo‘lib
kuylashda yuqoridagilardan unumli foydalanish va ularga amal qila bilish ongli ravishda idrok
etib borishlariga koʻp jihatdan bogʻliq boʻladi. Jahon pedagogikasi amaliyotida, Respublikamiz
pedagogika taʻlimi, xususan musiqa madaniyati taʻlimida juda boy va ijobiy ahamiyatga molik
tajribalar, anglanmalar, metodlar toʻplangan. Ularda musiqa madaniyati darsining oʻziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda mashgʻulotlarni qiziqarli, yuksak samaradorligini
ta’minlashda xizmat qiluvchi pedagogik omillar, vositalar, shakllar, usullar va faoliyatlar mazmuni
mujassamlashgan musiqa pedagogikasi boʻyicha juda koʻplab ilmiy tadqiqodlar olib borilgan va
ularga musiqa darslarida oʻqituvchilarni badiiy-estetik tarbiyalash, vokal va jamoa bo‘lib kuylash
malakalarini shakillantirish, ayrim mavzularni yangicha zamonaviy talab darajasida oʻtish
texnologiyalari, shuningdek, musiqa tinglash va qoʻshiq kuylash, musiqa savodi bilan bogʻlash
gigantlik muammolar oʻrganish kabilarni oʻz ichiga olish zaruriydir. Bizga maʻlumki musiqa
mashgʻulotlari jarayonida amaliy faoliyatlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki oʻqituvchi har bir
qoʻshiqni ommaviy jihatdan yetarli darajada oʻrgatishi tufayli darsga boʻlgan qiziqishi va intilishi
yanada yuksaladi. Zeroki, oʻquvchilar aynan nega shu dars faoliyatida koʻproq estetik zavq
oladilar. Chunki qoʻshiq kuyi, matni, mazmuni, mohiyati maʻlum tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Boʻlajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuygʻularni singdirish ularda ona
Vatanga muhabbat, goʻzallikka intilib yashash, uni asrash va yaratishga boʻlgan ishtiyoq
uygʻotuvchi kasb egalari hisoblanadilar. Uning oʻziga xos dolzarbligi ham shundadir deb
belgilaymiz. Musiqa darslarini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish va uni toʻlaqonli
samaradorlik kasb etishda oʻquvchilar musiqa madaniyatiga boʻlgan his-tuygʻularini ongli idrok
etib hamda unga amal qilib bajarishlari yetakchi omil boʻlib xizmat qilishini koʻrsatadi. Shularga
asoslangan xolda musiqa madaniyati darslari oldiga qoʻyilgan har-bir muommoli masalalari
85
ilmiy jihatdan oʻrganishga va ushbu muammolarni yechimni topish va ilmiy nazariy va amaliy
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish xozirgi kunda muxim axamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O.A. Shodiyeva “To‘garaklarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. SamDU., 2023.
2.
R.N.Muxitdinova. “Xorshunoslik”. Toshkent. DTPU. 2008-yil
3.
Sh.Ro’ziyev “Xorshunoslik”
4.
B. V. Shomahmudova “Xor lug’ati”Toshkent-2009 yil
5.
B.V.Shomahmudova “Xor fanlarini o’qitish metodikasi” Toshkent-2012 yil
