56
ZIRKDOSHLAR OILASI SISTEMATIKASI, O`ZIGA XOS BELGILARI, ASOSIY
VAKILLARI VA ULARNING XALQ XO`JALIGIDAGI AHAMIYATI
Xolmatova Sarvinoz
Andijon davlat pedagogika instiuti
Biologiya yo`nalishi 203-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504418
Annotatsiya:
Ushbu tezisda zirkdoshlar oilasi sistematikasi, oʻziga xos belgilari, asosiy
vakillari va ularning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzlar:
zirk, berberin, alkoloid, bergen, qashqar, qoraqand.
Аннотация:
В данной диссертации представлены сведения о систематике
семейства барбарисовых, его характеристике, основных представителях и их значении
в народном хозяйстве.
Ключевые слова:
цирк, берберин, алкалоид, берген, кашкар, караканд.
Abstract:
This thesis provides information on the systematics of the zirkdash family, its
characteristics, main representatives and their importance in the national economy.
Key words:
zirk, berberine, alkaloid, bergen, kashqar, karakand.
Zirkdoshlar (Berberidaceae) - oilasi magnoliyasimonlar sinfiga mansub, koʻp yillik oʻt,
buta yoki daraxtlarni o`z ichiga oladi. Yer yuzida 14 turkumga mansub 650 turi bor. Ular
asosan, Shimoliy yarim sharning moʻtadil hududlarida oʻsadi. Yovvoyi holdagi zirklar Yevropa,
Oʻrta Osiyo hamda Uzoq Sharq hududlarida keng tarqalgan. Barglari teskari tuxumsimon,
choʻzinchoq, oʻtmas, chetlari biroz tishli yoki tekis, ularning uzunligi 2-6 sm keladi. Barglari
qalin, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Zirkning bargi tarkibida alkaloidlar, ayniqsa,
berberin koʻp. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq, bir necha 4-5 qator boʻlib joylashgan, har bir
qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik zirkning gulida tojbarg bilan changchisi orasida
shiradon boʻladi. Ayrim vakillarida changchilar orasida staminodilar ham uchraydi. Gullari
sariq rangda boʻlib, gul shingili shoxlangan, rovaksimon. Guli sariq, qoʻsh gulqoʻrgʻonli,
shingilga toʻplangan. Mevasi rezavor, baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Mevasi
qoramtir-binafsha rangda boʻlib, ellipsimon koʻrinishga ega. Oʻzbekistonda 4 turkumga
mansub 12 turi oʻsadi. Zirk (Berberis vulgaris L.), qoraqand — zirkdoshlar oilasiga mansub
butalar turkumi. Qora zirk (qoraqand) - zirkdoshlar oilasiga mansub boʻlib, boʻyi 4 metrgacha
boradigan sershox buta. Oʻsimlikning eski shoxlarning kulrang, yosh novdalari qoʻngʻir boʻladi.
Tikanlari uch boʻlakli. Oʻsimlik may oyida gullab, iyun-iyul oylarida pishadi. Ular dengiz
sathidan 1800 m balandlikgacha mintaqalarda oʻsadi. Qora zirk tabiiy holda
respublikamizning Toshkent, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining
togʻli hududlarida, soy boʻylarida toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi. Zirkning berberis integerrima bunge,
berberis nummularia bunge, gymnospermium albertii (Regel) takht, leontice everesmannii
bunge nomlarini xalq tilida qashqar, bergen, qizil, tugma, qoraqand deb atashadi. Zirk
vakillarining salomatlik uchun foydali neʼmat ekanligi juda qadim zamonlardan maʼlum.
Ossuriya shoxi Ashshurbanipalning shaxsiy qiroatxonasida saqlanuvchi, bundan 2670-yil
muqaddam sopol taxtachalarga yozilgan kitoblarga qaraganda, zirk "Qonni pokizalovchi" omil
sifatida qadrlangan. Uning shifobaxsh xususiyatlaridan qadimiy Misr, Hindiston tabiblari
tadbirkorlik bilan foydalanishgan
57
Abu Ali ibn Sino zirkni chanqoq qoldiruvchi, yurakka quvvat beruvchi hamda jigar
kasalliklariga davo sifatida ishlatgan.
Qora zirk mevalari xalq tabobatida asab faoliyati sustlashganda, oshqozon-ichak, sariq
kasalliklarini, hafaqonlikni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari undan haroratni
pasaytiruvchi, ishtaha uygʻotuvchi, oʻt haydovchi, yalligʻlanishgaa qarshi vosita sifatida ham
foydalaniladi. Xalq tabobatida zirk ildizidan tayyorlangan qaynatma (poʻsti ajratilganda)
bezgak va bodning davosi hisoblanadi. Bu qaynatma xalq tilida "qiyomi zirk" deb atalib, uning
suyuqlashtirilgani bilan ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarida chayqash tavsiya etiladi.
Oʻsimlik barglarining suvli damlamasi bezgak asorati boʻlgan taloq shishida hamda jigar
kasalliklarida ishlatilsa, ildiz poʻstloqlarining damlamasi oʻtdagi tosh, sariq, buyrak ogʻrigʻi,
bod kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Zirk mevalari ziravor sifatida keng koʻlamda
qoʻllanadi. Uning mevalaridan murabbo tayyorlanadi. Oʻsimlik boʻyoqchilik sanoatida ham
katta ahamiyatga ega. Uning ildiz va tanasidan junlarni boʻyash uchun sariq boʻyoq olinadi.
Mevasidagi qizil rang esa jun matolarini boʻyash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
Zirkning poyasi och sariq rangda boʻlib, juda qattiq, mustahkam. Hind duradgorlari
undan nafis buyumlar va mebellar yasashda foydalanadilar. Zirk gullaridan asal shirasi bor,
ular oʻzidan koʻplab nektar ajratadi, ayniqsa, iliq va nam havoda olingan asali xushboʻy boʻladi.
Zirk manzarali oʻsimlik sifatida ham qadrlanadi. Uning murgʻak novdalari, yashil barglari,
tillarang gullari bahorda oʻzgacha dilbarlik kashf etadi.
Zirkni isteʼmol qilish ayollarga klimaks va koʻzi yorigandan keyingi chilla kunlarida,
muskullar faolligini oshirishini inobatga olib, homilador hamda emizikli ayollarga ham uni
isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.
Oʻt pufagida tosh, jigar sirrozi, sariq kasalligida, uni isteʼmol qilish yoqmaydigan ayrim
shaxsiy holatlarda, shuningdek, 12 yoshga toʻlmagan bolalar isteʼmol qilishi maslakat
berilmaydi. Yana shuni bilib qoʻyish kerakki, zirkning hali pishib yetilmagan koʻk mevasi
zaharli boʻlganidan uni isteʼmol qilish aslo mumkin emas.
Zirkdoshlar oilasining vakillari adir va tog`-adir mintaqalarida ko`p tarqalgan. Xulosa
qilib aytganda, zirkdoshlar oilasining vakillari inson hayotiga , sanoat mahsulotlari sifatida ,
xalq xoʻjaligida juda katta ahamiyatga ega.
References:
1.
Shifobaxsh nematlar M.Nabiyev, V.Shalnev, A. Ibrohimov Toshkent - «Mehnat» - 1989
2.
Tojiboyev M.U. Foydali o`simliklar resursshunosligi fanidan amaliy mashg`ulotlar.
Andijon-2024
3.
Pratov O`.P., Nabiyev M.M. O`zbekiston yuksak o`simliklarining zamonaviy tizimi. –
Toshkent: O`qituvchi, 2007.-64-b.