42
YASHIL SUVOʻTLAR BOʻLIMI UMUMIY TA'RIFI , HUJAYRASINING TUZILISHI
VA KOʻPAYISH USULLARI
Xolmatova Sarvinoz Noyibjon qizi
Andijon Davlat Pedagogika internet Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi
2- bosqich 203- guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123611
ANNOTATSIYA:
Ushbu tezisda yashil suvo‘tlar haqida umumiy tushunchalar,
ularning ahamiyati tarqalishi, sistematikasi haqida malumotlar keltirilgan.
ABSTRACT:
This thesis provides information on general concepts of green
algae, distribution of their importance, and systematics.
АННОТАЦИЯ:
В диссертации представлены сведения об общих представлениях
озеленых водорослях, распределении их значения и систематике.
KALIT SO‘ZLAR:
Xlorofill, karotin, kraxmal, monad, kokkoid, sartsinoid,
sifokladial, palmelloid, tetrasporali, karotin, lyutenin.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Xлорофилл, каротин, крахмал, монада, коккоид, сарциноид,
сифокладиал, пальмеллоид, тетраспор, каротин, лютеин.
KEYWORDS:
Chlorophyll, carotene, starch, monad, coccoid, sarcinoid, syphocladial,
palmelloid, tetrasporal, carotene, lutein.
Yashil suvo’tlar olami barcha yashil rangdagi suvo’tlarni (keng manoda) va yuksak
o’simliklarni birlashtiradi. Bu olamga mansub organizmlar xloroplastlarga ega, ularning posti
ikki membranadan iborat, tilakoidlari to’p xolga jamlangan. Kraxmal xloroplastning
stro’masida to’ planadi. Ushbu oilam ikki guruhga: bittasi streptofitlar deb nomlanadigani
yuksak o’simliklar va haro’fitlarni va ikkinchisi xlorafila deb nomlanadiganiga boshqa barcha
yashil suvo tlar mansub.Yashil suvo’tlar (haro’fitlami ham qo’shib hisoblaganda keng
manoda) suvo’ tlarningeng katta 500 ga yaqin turkum va 8000 ga yaqin (ayrim
malumotlarga ko’ra 13000-20000) turkumdan iborat, morfologiyasi jihatidan ham juda
xilma-xil. Ulaming orasida bir hujayrali, koloniya hosil qilgan, shu jumladan, senobiy va ko ‘
p hujayrali vakillari bor. Yashil suvo tlaming tallomini tuzulishi quyidagi tiplarda bo’ladi: -
monad (masalan,
Chlamydomonas,
Volvo, Gonium turkumlarida); -palmelloid yoki
tetraspo’rali (Tetraspora,
Sphaerocystis
turkumlarida); -kokkoid (
Chlorella,
Hydradictyon
turkumlari) -sartsinoid (
Chorosarcinopsis
turkumi) -trixal yoki ipsimon (Ulothrix, Spirogyra
turkumlarida) geterotrixal yoki turli yo’g onlikdagi ip (Stigeoclonium, Draparnaldia
turkumlari) -psevdoparenximatoz
(Protoderma
turlarda)parenximatoz (Ulva, Ulvaria
turkumlarida) -sifonal (
Caullerpa,
Bryopsis turkumlarida) -sifonokladial (
Cladophora
,
Dactyosphaeria
) turkumlarida. Yashil suvo’tlaming xloroplastlari shakli va kattaliklariga ko’
ra turlicha. Bir hujayrali vakillaridan ko’pincha asosi qalinlashgan piyola ko’rinishida.[1;3]
Yashil suvo‘tlari bir hujayrali, kolonial yoki ko‘p hujayrali tuzilishga ega bo‘lishi mumkin.
Ularning hujayrasi quyidagi qismlardan iborat: 1. Hujayra devori – Tashqi qatlam bo‘lib,
sellyuloza va pektin moddalaridan iborat. 2. Sitoplazma – Hujayraning ichki qismi bo‘lib, unda
organoidlar joylashgan. 3. Yadro – Irsiy axborotni saqlovchi asosiy organoid. 4. Xloroplastlar –
Fotosintez jarayoni kechadigan organoidlar. Ularda xlorofill a va b mavjud bo‘lib, yorug‘lik
energiyasini yutadi. 5. Pirenoidlar – Xloroplast ichida joylashgan bo‘lib, kraxmal zahirasini
yig‘adi. 6. Vakuola – Hujayraning suv va oziq moddalarini saqlovchi qismi. 7. Qamchilari
43
(flagellasi) – Ayrim turlarda harakatlanish uchun xizmat qiladi (masalan, Chlamydomonas).
Ko‘payish usullari Yashil suvo‘tlari vegetativ, jinsiy va jinsiy bo‘lmagan yo‘llar bilan
ko‘payadi.1. Vegetativ ko‘payish – Oddiy bo‘linish yoki parchalash orqali sodir bo‘ladi.
Masalan, Spirogyra suvo‘tlari hujayralari bo‘linib yangi organizm hosil qiladi. 2. Jinsiy
bo‘lmagan ko‘payish – Zoosporalar yordamida amalga oshadi. Ular harakatlanuvchi
sporalardir va yangi sharoitga tushgach yangi o‘simlikni hosil qiladi. 3. Jinsiy ko‘payish –
Gametalarning qo‘shilishi orqali ro‘y beradi. Bu jarayonda ikkita gameta birlashib zigota hosil
qiladi, undan yangi avlod rivojlanadi.[3]
Xulosa
Yashil suvo‘tlari suv havzalarida kislorod ishlab chiqaruvchi va oziq-ovqat zanjirida
muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Ularning fotosintez qilish qobiliyati, tez ko‘payishi va ekologik
muhitga moslasha olish xususiyatlari ularni tabiatning ajralmas qismi qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ikromova.M.I Normurodov.X.N, Yuldashev.A.S. BoTANIKA.-O’zbekiston// TOSHKENT-
2002.
2.
Xolmatov Sh., Xayitov A. (2019). Botanika: Algologiya va Mikologiya. Toshkent:
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
3.
Zokirov K. X. (2003). O‘zbekiston o‘simliklari va ularning biologik xususiyatlari.
Toshkent: Fan nashriyoti